Muhitdin Qoriyoqubov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 13: Qator 13:


== Adabiyot ==
== Adabiyot ==
* K,oriyoqubova E., Muhitdin Qoriyokubov, T., 1968; Muxitdin KariYakubov (dokumentalnaya monografiya, avtor-sostavitel L.Avdeyeva), T., 1984; Yuldashbayeva T., Mastera uzbekskoy opernoy sseni, T, 1985.
* Qoriyoqubova E., Muhitdin Qoriyokubov, T., 1968; Muxitdin KariYakubov (dokumentalnaya monografiya, avtor-sostavitel L.Avdeyeva), T., 1984; Yuldashbayeva T., Mastera uzbekskoy opernoy sseni, T, 1985.


{{OʻzME}}
{{OʻzME}}

3-Sentyabr 2020, 17:50 dagi koʻrinishi

Muhitdin Qoriyoqubov (1896.1.5, hozirgi Fargʻona — 1957.22.2, Toshkent) — ashulachi, opera xonandasi (bariton), aktyor, oʻzbek musiqali teatri asoschilaridan. Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi (1923), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1930), Oʻzbekiston xalq artisti (1936). Dastlab eski maktab, 1912—14 yillarda madrasada tahsil koʻrib, qiroatni yaxshi egallagan, qori sifatida ham tanilgan. Yoshligidan xalq ashulachilik anʼanalarini oʻzlashtirgan Qoriyoqubov, ayni paytda yangi sanʼat shakllariga qiziqib, Fargʻonada mahalliy sozandalardan iborat ilk puflama sozlar orkestrlarida ishtirok etgan, orkestrni tashkil etgan (1916). Konsertlarda faol qatnashib, xalq va mumtoz ashulalar ("Yoʻl boʻlsin", "Gʻayra-gʻayra", "Olmacha anor", "Koʻcha bogʻi" va h.k.)ni ijro etgan.

Fargʻona oʻlka musulmon siyosiy dramatik truppasida aktyor, rejissyor (1918— 20) va rahbar (1921) boʻlib, Fargʻona va Zakaspiy frontlari va hududlarida madaniy xizmat qilgan. Toshkentda K.Shorshteyn teatr-studiyasi (1919), Moskvada teatr sanʼati instituti (1922—24)da tahsil koʻrgan. Tamaraxonim bilan "Sharq kechalari" (Moskva), Jahon amaliy sanʼat koʻrgazmasi (1925, Parij), shuningdek Berlin konsert sahnalarida oʻzbek qoʻshiq, yalla va laparlarini yangicha talqin etib, zamonaviy oʻzbek synʼatini ilk bor Yevropada targʻib etgan.

1926 yil, Samarqandda Oʻzbek davlat sayyor konsert etnografik truppasini tashkil qilgan, u bilan Rossiya, tatariston, Gruziya va boshqa joylarda gastrolda boʻlgan. Qoriyoqubov Qoʻqon va Andijon musiqali teatrlari shakllanishida ham faol ishtirok etgan. 1927—28 yillarda bu teatrlarda badiiy rahbar, rejissyor (M. Miroqilov bilan) sifatida qatnashib, teatr jamoalarini qayta tuzgan, oʻzi spektakllarda bosh rollarni oʻynagan: Neʼmat ("Halima", Gʻ.Zafariy), Farhod ("Farhod va Shirin"; Xurshid pyesasi, Sh.Shoumarov, Toʻychi hofiz va Yu.Rajabiylar musiqalashtirgan), Sultonbek ("Arshin mol olon", U. Hojibekov) va boshqa Konsertetnografyk truppasi zaminida Oʻzbek davlat musiqali teatrinn tashkil qylgan, uning aktyori, direktori va badiiy rahbari boʻlgan (1929—33).

Oʻzbek opera sanʼatining shakllanishi va rivoj topishida ham Qoriyoqubovning xizmatlari salmoqli. Moskva oʻzbek opera studiyasinit tashkilotchisi va rahbari boʻlgan, oʻzi ham shu studiyada taʼlim olgan (1934—36). Oʻzbek davlat opera va balet teatri ochilgach, uning yetakchi yakkaxon xonandasi (1939—47). Milliy operalarda Xusrav ("Farhod va Shirin", V. Uspenskiy va G. Mushel), general-gubernator ("Boʻron", S.Vasilenko, M.Ashrafiy), Novfal ("Layli va Majnun", T.Sodiqov, R.Glier), Ulugʻbek ("Ulugʻbek", A.Kozlovskiy), Mahmud Torobiy ("Mahmud Torobiy", O.Chishko), Er Targʻin ("Er Targʻin", Ye.Brusilovskiy) va boshqa bosh partiyalarni mahorat bilan talqin qilgan, oʻzbek opera ijrochilik sanʼati shakllanishiga katta hissa qoʻshgan.

Oʻzbek davlat filarmoniyasi tashkil etilishida ham Qoriyoqubovning xizmati katta. U 1936 va 1946—50 yillarda filarmoniyaning direktori va badiiy rahbari boʻlib, oʻzbek xalq, mumtoz va yangi janrlarni targʻib etuvchi ijodiy jamoalar (ashula va raqs ansambli, xor kapellasi, xalq cholgʻulari orkestri va h.k.)ni yuzaga keltirgan.

Oʻzbek filarmoniyasi (hozirgi Xalq badiiy jamoalar direksiyasi) Qoriyoqubovnomi berilgan. Uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan film ishlangan. Vafotidan soʻng Q. "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Adabiyot

  • Qoriyoqubova E., Muhitdin Qoriyokubov, T., 1968; Muxitdin KariYakubov (dokumentalnaya monografiya, avtor-sostavitel L.Avdeyeva), T., 1984; Yuldashbayeva T., Mastera uzbekskoy opernoy sseni, T, 1985.