Nikolay Rerix: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
File
Qator 1: Qator 1:
[[File:N Roerich.jpg|thumb]]

'''Nikolay Konstantinovich Rerix''' [1874.27.9 (9.10), Peterburg — 1947.13.12, Nagar, Hindistonning Panjob shtati] — rus rassomi, arxeolog , jamoat arbobi. Peterburg BAda oʻqigan (1893—97), Parijda malakasini oshirgan (1900—01). Rassomlarni ragʻbatlantirish jamiyati kotibi (1901 yildan) va uning qoshidagi racm maktabi direktori (1906—18). Peterburg BA akad. (1909 yildan). "Sanʼat dunyosi" birlashmasi aʼzosi (1910—19 yillar uyushma raisi). 1918 yildan xorijda (AQSH va Hindistonda) yashagan. R. ijodi mavzuini uning arxeologiya hamda slavyan va Skandinaviya mamlakatlariga, 20-yillardan buddizmga boʻlgan qiziqish belgiladi ("Dozor", 1905; "Tibet. Monastir", 1942; ikkalasi ham Rus muzeyida); dastlab tarixiy mavzularda asarlar yaratgan Rerix ijodida keyinchalik manzara, tabiat koʻrinishlari yetakchi oʻrinni egallay boshladi: "Chopar" (1897), "Dengiz ortidan kelgan mehmonlar" (1901), "Shahar qurmoqdalar" (1902) va boshqa

11-Avgust 2020, 15:29 dagi koʻrinishi

Nikolay Konstantinovich Rerix [1874.27.9 (9.10), Peterburg — 1947.13.12, Nagar, Hindistonning Panjob shtati] — rus rassomi, arxeolog , jamoat arbobi. Peterburg BAda oʻqigan (1893—97), Parijda malakasini oshirgan (1900—01). Rassomlarni ragʻbatlantirish jamiyati kotibi (1901 yildan) va uning qoshidagi racm maktabi direktori (1906—18). Peterburg BA akad. (1909 yildan). "Sanʼat dunyosi" birlashmasi aʼzosi (1910—19 yillar uyushma raisi). 1918 yildan xorijda (AQSH va Hindistonda) yashagan. R. ijodi mavzuini uning arxeologiya hamda slavyan va Skandinaviya mamlakatlariga, 20-yillardan buddizmga boʻlgan qiziqish belgiladi ("Dozor", 1905; "Tibet. Monastir", 1942; ikkalasi ham Rus muzeyida); dastlab tarixiy mavzularda asarlar yaratgan Rerix ijodida keyinchalik manzara, tabiat koʻrinishlari yetakchi oʻrinni egallay boshladi: "Chopar" (1897), "Dengiz ortidan kelgan mehmonlar" (1901), "Shahar qurmoqdalar" (1902) va boshqa

Rerix, shuningdek, teatr dekoratsiyasi (I.V.Stravinskiy, "Muqaddas bahor" baleti, 1913; A.P.Borodin, "Knyaz Igor" operasi, 1914 va boshqalar) va monumental sanʼatda ham ijod qilgan. Markaziy va Sharqiy Osiyoda yirik ekspeditsiyalar uyushtirgan (1924—28 va 1934—35) hamda qimmatbaho arxeologik va etnografik materiallar toʻplagan.

20-yillardan maʼrifatparvarlik faoliyati olib borgan R. jahon ax/1ining diqqatini jahon madaniy yodgorliklarini saklashga qaratdi; u ilgari surgan ("Rerix pakti" deb atalgan) yoʻnalish asosida 1954 yilda koʻp mamlakatlar tomonidan maʼqullangan "Harbiy toʻqnashuvlar chogʻida madaniy yodgorliklarni himoya qilish" Xalqaro Gaaga konvensiyasi imzolangan.

Rerixning oʻgʻli rassom Svyatoslav Nikolayevich (1904—1991) 1919 yildan Londondagi Qirollik akademiyasida, soʻng AQShning Kolumbiya va Garvard untlarida meʼmorlikdan taʼlim olgan; 1926. yilda ilk bor Hindistonga borgan, 1936 yildan esa oʻsha yerda muqim yashagan. Otasi R.ning ijodiy anʼanalarini davom ettirgan, portret (otasi Rerix portreti, 1937 va boshqalar), ramziy va janrli asarlar, ayniqsa, manzaralar ("Himolay, quyoshning botishi", 1971 va boshqalar) yaratgan. Oʻzbekistonda R. asarlari koʻrgazmalari tashkil qilingan (1999).[1]

Moskvada xalqaro R.lar markazi tashkil qilingan (1991).

Manbalar

  1. "RERIX Nikolay Konstantinovich" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil