Yulduz Usmonova: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
O‘zbek (munozara | hissa)
→‎Yulduz Usmonova: Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
+image #WPWP
Qator 1: Qator 1:
{{Artist
{{Artist
| Ism = [[Yulduz Usmonova]]
| Ism = [[Yulduz Usmonova]]
| Img =
| Img = Yulduz Usmonova performing live in Dushanbe, 2017.jpg
| Img_capt =
| Img_capt =
| Background = solist
| Background = solist

2-Iyul 2020, 14:06 dagi koʻrinishi

Yulduz Usmonova

Maʼlumot
Kasbiqoʻshiqchi, musiqachi, aktrisa, raqqosa
Faoliyat yillari1990—hozirgi vaqt
Yorliq
Veb-sahifasiwww.yulduz.uz

Yulduz Usmonova (1963-yil 12-dekabrda Margʻilonda tugʻilgan) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor[1]. Oʻzbekiston (1995), Qoraqalpogʻiston (2000) xalq artisti, Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). Oʻzi tashkil etgan ansamblning yakkaxon xonandasi (1989 yildan). Dardli va shirali ovoz sohibi. Milliy estrada qoʻshiqchiligiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Usmonova ijodi xonandalik va aktyorlik sanʼatining omuxtaligi, joʻshqinlik, koʻtarinkilik, badiiy izlanuvchanlik, har bir qoʻshiq talqinida musiqa va sahna vositalarining yorqinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan oʻrin olgan aksariyat qoʻshiqlarning (soʻzi va musiqasi) muallifi.

Xalq kuy-ohang andozalarini ijodiy qoʻllash orqali vatanparvarlik ruhidagi joʻshqin monolog, Muhammad Yusuf va boshqalarning sheʼrlari asosida oʻziga xos daʼvat qoʻshiqlarni yaratdi („Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston“, „Oʻzingdan qoʻymasin, xalqim“, „Elim“, „Oʻzbegim“, „Xalq yashar“) Shuningdek, 20-asr oʻzbek qoʻshiqchiligi anʼanalarida lirik („Nastarin“, „Olov yonar yuragimda“, „Qizil olma“), hajviy („Nozanin, noziman“, „Buxorodan kuyov keldi“), lirik-dramatik („Onaizor“, „Gʻiybat, boʻhton oʻldiradi“, „Shoh va gado“, „Otajon“, „Allohim“, „Muhammad Yusufga“) qoʻshiqlar, bir qator xorij va qardosh xalqlar estrada qoʻshiqlarini (jumladan, „Ya, habib“ (arabcha), „Dunyo“ (turkcha), „Parvardigori“ (forscha)) mahorat bilan ijro etgan.

„Bolajon“ kinofilmida bosh qahramon rolini oʻynagan, koʻpgina „Temir erkak“, „Bolajon“, „Olov qaʼridagi farishta“, „Tohir va Zuhra yangi talqin“, „Sarvinoz“, „Muhabbat sinovlari 2“ filmlarda rol ijro etgan. „Temir hotin“, „Oshiqlar“, „Yolgʻon dunyo“ kinofilmlar uchun qoʻshiqlar ijro etgan.

Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). „Sharq qoʻshiqlari qirolichasi“ unvoniga sazovor boʻlgan (2000, Turkiya). Ijrolari 3 gramplastinka va 20 dan ortiq kompakt diskga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995-2000)[2]

Filmografiyasi

Aktrisa

Film
Yil Film Rol Izoh
1991 Temir erkak Yulduz
1992 Olov qaʼridagi farishta Nargiza Vokal
1995 Bolajon Yulduz Usmonova Kameo
2000 Tohir va Zuhra yangi talqin Estrada yulduzi (Yulduz Usmonova) Kameo
2004 Muhabbat sinovlari 2 Yulduz Usmonova Kameo
Qalblar toʻlqini Nodira Vokal
Sarvinoz Yulduz Usmonova Kameo
2011 Er bermoq jon bermoq Yulduz Usmonova Kameo

Filmografiya

Vokal

Yil Film nomi Rol
1990 Temir xotin (film) Yulduz Usmonova
1991 Temir erkak Yulduz Usmonova
1992 Olov qaʼridagi farishta Yulduz Usmonova
1992 Kim jinni? Yulduz Usmonova
1995 Bolajon Yulduz Usmonova
2000 Tohir va Zuhra yangi talqin Yulduz Usmonova
2004 Muhabbat sinovlari 2 Yulduz Usmonova
2004 Qalblar toʻlqini Yulduz Usmonova
2004 Sarvinoz Yulduz Usmonova
2005 Nahotki, sen? Yulduz Usmonova
2007 Boʻrilar Yulduz Usmonova
2008 Oshiqlar Yulduz Usmonova
2013 Ojiza Yulduz Usmonova
2015 Yolgʻon dunyo Yulduz Usmonova

Kliplar

Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol
2007 Nilufar Usmonova „Bir kuning baxsh et“ Yulduz Usmonova
2017 Akbar va Shirin Mamatova „Nam nujna odna pobeda“ Yulduz Usmonova

Diskografiyasi

№. Yili. Nomi. Sotuvga chiqargan
1. 1990 Sen meni ishontir Vinyl, Melodiya, Plastinka
2. 1991 Aylan qalbim (Vinyl, Melodiya, Plastinka)
3. 1992 Yulduz Usmonova qoʻshiqlari Vinyl, Melodiya, Plastinka
4. 1993 Alma-alma CD-albom, Yevropa, Blue Flame Records
5. 1993 Jeli-jeli CD-albom, Yevropa, Blue Flame Records
6. 1994 Alma-alma CD-albom, Yevropa, Blue Flame Records
7. 1995 Jannona CD-albom, Yevropa, Blue Flame Records
8. 1995 I Wish You Were Here CD-singil, Yevropa, Jupiter Records
9. 1996 Binafsha CD-albom, Yevropa, Blue Flame Records
10. 1997 The Selection Album CD-albom, Yevropa, Blue Flame Records
11. 1998 Dard kelganda sabr qil SD-albom, Muvad-studio, Audio albom
12. 1999 Dünya turkcha, SD-albom, Yevropa, Double T Music
13. 1999 Yulduz CD-albom, Yevropa, Double T Music
14. 1999 Caravan CD-singil, Yevropa, Double T Music
15. 1999 Tak-boom SD-singil Promo, SD-singil Cardsleeve, CD Maxi-Single
16. 1999 Oqqan daryo oqaveradi CD-albom, Audio albom, Oʻzbekiston, Uzbeknavo
17. 1999 Hasrat Audio albom, Tarona Records
18. 2000 Sogʻintirib yashagim kelar Audio-CD albom, Tarona Records
19. 2000 The Best Of Yulduz SD-albom, Yevropa, Blue Flame Records
20. 2000 Ertagimsan 1-toʻplam Audio-CD toʻplam, Yitco Entertainment
21. 2000 Hur qiz 2-toʻplam Audio-CD toʻplam, Yitco Entertainment
22. 2000 Doʻstga zor 3-toʻplam Audio-CD toʻplam, Yitco Entertainment
23. 2000 Tak-bum 4-toʻplam Audio-CD toʻplam, Yitco Entertainment
24. 2000 Uyqudagi qiz 5-toʻplam Audio-CD toʻplam, Yitco Entertainment
25. 2000 Yigit yigʻlamasin 6-toʻplam Audio-CD toʻplam, Yitco Entertainment
26. 2000 Hech kimga bermaymiz seni Oʻzbekiston 7-toʻplam Audio-CD toʻplam, Yitco Entertainment
27. 2000 Uchmoqdaman 8-toʻplam Audio-CD toʻplam, Yitco Entertainment
28. 2000 Kechagi kun 9-toʻplam Audio-CD toʻplam, Yitco Entertainment
29. 2000 1987-2001 Non-Stop hits 10-toʻplam Audio-CD toʻplam, Yitco Entertainment
30. 2001 Oshiqlik Audio-CD albom, Tarona Records
31. 2001 Buncha goʻzal bu hayot Audio-CD albom, Tarona Records
32. 2001 Tegaman Audio albom, Tarona Records
33. 1998 Elimda alyorim qolur Audio albom, Muvad-studio
34. 2002 Yoshligim beboshligim Audio-CD albom, Tarona records
35. 2002 Mega MIX Audio albom, Tarona records
36. 2003 Mendan meni soʻrama Audio-CD albom, Tarona records
37. 2003 O lyubvi ruscha Audio-CD albom, Tarona records
38. 2004 Men oʻzimni topmasam Audio-CD albom, PanTerra Studio
39. 2004 Hayotim Audio albom, Tarona records
40. 2004 Shodligim Audio albom, Tarona records
41. 2004 Taqdirim Audio albom, Tarona records
42. 2004 Bilmadim remiks CD-albom, 30 Hertz Records
43. 2005 Yondiraman, yonaman Audio-CD albom, PanTerra Studio
44. 2005 Estrada Yulduzlari Audio-CD albom, Tarona Records
45. 2005 Ayol ruscha Audio-CD albom, PanTerra Studio
46. 2006 Biyo jonam tojikcha SD-albom, Audio albom, Tarona records
47. 2006 Faqat sabr tiladim Audio-CD albom, PanTerra Studio
48. 2007 Oʻzbekiston, qanday boʻsang, shunday sevaman Audio-CD albom, PanTerra Studio
49. 2007 Kerak boʻlsa, jonim fido Audio-CD albom,PanTerra Studio
50. 2008 Inadım SD-albom- Turkiya, 7 Şans Production
51. 2009 Dünya SD-albom, Turkiya, Şafakaraman Production
52. 2009 Sen ham asra koʻzmunchogʻingman SD-albom, Nirvana
53. 2010 Tilimdan emas, dilimdan SD-albom, Nirvana, Turkiya, 7 Şans Production
54. 2010 Kıble benim kalbimde (turk) turkcha SD-albom, Turkiya, Şafakaraman Production
55. 2011 Bir şans ver turkcha SD-albom, Turkiya, Çinar Müzik
56. 2012 Mendek sevaolasizmi?! SD-albom, Nirvana, Çinar Müzik
57. 2013 Yoningdaman SD-albom, Ohang media
58. 2014 Sen uchun SD-albom, Ohang media
59. 2015 Hayat bana aşk borcun var turkcha SD-albom, Turkiya, YeniKapi Müzik
60. 2015 Men sen bilan qirolichama SD-albom, DiscoVery
61. 2016 Turkcha albomlar toʻplami SD-toʻplam, Ohang Media
62. 2016 Sharqona qoʻshiqlar toʻplami SD-toʻplam, Ohang Media
63. 2017 Ayol aziz, ayol eʼzozda SD-albom, DiscoVery
64. 2017 Ey aziz inson SD-albom, DiscoVery
65. 2018 Sen va men uchun SD-toʻplam, Ohang Media

Plastinkalar

№. Chiqqan vaqti Nomi. Sotuvga chiqargan. Qaysi tilda. Qoʻshiq soni.
1. 1990-yil. "Sen meni ishontir" Melodiya. (oʻzbekcha). 8 ta.
2. 1991-yil. "Aylan qalbim" Melodiya. (oʻzbekcha). 9 ta.
3. 1992-yil. "Poyot Svoi Pesni" Melodiya. (oʻzbekcha). 9 ta.

Audio albomlar

№. Chiqqan vaqti. Nomi. Sotuvga chiqargan. Qaysi tilda. Qoʻshiq soni.
1. 1998-yil. "Dard kelganda sabir qil" Tarona (oʻzbekcha) 12 ta
2. 1999-yil "Dunya" Double T Music (turkcha) 11 ta
3. 1999-yil. "Oqqan daryo oqaveradi" Oʻzbeknavo (oʻzbekcha) 13 ta
4. 2000-yil. "Sogʻintirib yashagim kelar" Tarona (oʻzbekcha) 14 ta
5. 2001-yil. "Buncha goʻzal bu hayot" Tarona (oʻzbekcha) 11 ta
6. 2001-yil. "Oshiqlik" Tarona (har xil) 9 ta
7. 2002-yil. "Yoʻshligim beboshligim" Tarona (oʻzbekcha) 14 ta
8. 2002-yil. "MEGA MIX (rimx)" Tarona (oʻzbekcha) 43 ta
9. 2003-yil. "Mendan meni soʻrama" 1-qism Tarona (oʻzbekcha) 12 ta
10. 2003-yil. "Mendan meni soʻrama" 2-qism Tarona (oʻzbekcha) 10 ta
11. 2003-yil. "O lyubvi" Tarona (har xil) 13 ta
12. 2004-yil. "Men oʻzimni topmasam" Panterra (oʻzbekcha) 18 ta
13. 2005-yil. "Yondiraman yonaman" 1-qism Panterra (oʻzbekcha) 11 ta
14. 2005-yil. "Yondiraman yonaman" 2-qism Panterra (oʻzbekcha) 11 ta
15. 2005-yil. "Ayol" Panterra (har xil) 14 ta
16. 2006-yil. "Faqat sabr tiladim" 1-qism Panterra (oʻzbekcha) 10 ta
17. 2006-yil. "Faqat sabr tiladim" 2-qism Panterra (oʻzbekcha) 10 ta
18. 2006-yil. Biyo jonam Tarona (tojikcha) 11 ta
19. 2007-yil. "Oʻzbekiston qanday boʻlsang shunday sevaman" Panterra (har xil) 14 ta
20. 2007-yil. "Kerak boʻlsa jonim fido" 1-qism Panterra (oʻzbekcha) 10 ta
21. 2007-yil. "Kerak boʻlsa jonim fido" 2-qism Panterra (oʻzbekcha) 11 ta

Audio toʻplamlar

№. Chiqgan vaqti Nomi Sotuvga chiqargan Qaysi tilda Qoʻshiq soni
1. 1999-yil. "Hasrat" Tarona (oʻzbekcha) 12 ta
2. 1999-yil. "Dunyo" Tarona (oʻzbekcha) 12 ta
3. 1999-yil. "Saralangan qoʻshiqlar toʻplami" Tarona (oʻzbekcha) 16 ta
4. 2001-yil. "Yangi yil bali musiqa albomi" 1-qism Evrasia (Terma) 16 ta
5. 2001-yil. "Yangi yil bali musiqa albomi" 2-qism Evrasia (Terma) 15 ta
6. 2001-yil. "New Millenium Megaparty" Tarona (Terma) 19 ta
7. 2001-yil. Toʻplam 1: „Ertagimsan“ Yitco (oʻzbekcha) 16 ta
8. 2001-yil. Toʻplam 2: „Hur qiz“ Yitco (oʻzbekcha) 15 ta
9. 2001-yil. Toʻplam 3: „Doʻstga zor“ Yitco (oʻzbekcha) 15 ta
10. 2001-yil. Toʻplam 4: „Tak-bum“ Yitco (oʻzbekcha) 15 ta
11. 2001-yil. Toʻplam 5: „Uyqudagi qiz“ Yitco (oʻzbekcha) 16 ta
12. 2001-yil. Toʻplam 6: „Yigit yigʻlamasin“ Yitco (oʻzbekcha) 14 ta
13. 2001-yil. Toʻplam 7: „Hech kimga bermaymiz seni Oʻzbekiston“ Yitco (oʻzbekcha) 16 ta
14. 2001-yil. Toʻplam 8: „Uchmoqdaman“ Yitco (oʻzbekcha) 12 ta
15. 2001-yil. Toʻplam 9: „Kechagi kun“ Yitco (oʻzbekcha) 14 ta
16. 2001-yil. Toʻplam 10: „1987-2001 non-stop hits!“ Yitco (oʻzbekcha) 30 ta
17. 2001-yil. "Tegaman" Tarona (oʻzbekcha) 10 ta
18. 2002-yil. "Elimda alyorim qolur" Muvad (oʻzbekcha) 12 ta
19. 2004-yil. "Oʻzbekiston Estrada Yulduzlari" Tarona (oʻzbekcha) 17 ta
20. 2004-yil. "Toʻplam 1" Tarona (oʻzbekcha) 15 ta
21. 2004-yil. "Toʻplam 2" Tarona (oʻzbekcha) 15 ta
22. 2004-yil. "Hayotim" Tarona (oʻzbekcha) 12 ta
23. 2004-yil. "Shodligim" Tarona (oʻzbekcha) 12 ta
24. 2004-yil. "Taqdirim" Tarona (oʻzbekcha) 12 ta

Singl albomlar

№. Chiqgan vaqti Nomi Sotuvga chiqargan Qaysi tilda Qoʻshiq soni
1. 1995-yil. "I Wish You Were Here" Blue Flame (oʻzbekcha) 2 ta
2. 1999-yil. "Caravan" Blue Flame (oʻzbekcha) 1 ta
3. 1999-yil. "Tak Boom" Blue Flame (oʻzbekcha) 3 ta
4. 1999-yil. "Dunya" LFL (oʻzbekcha) 2 ta
5. 2009-yil. "Duet" Shafakaraman (turkcha) 3 ta

Duet

№. Honanda. Duetdosh. Qoʻshiq nomi. Yili
1. Yulduz Usmonova Farrux Zokirov Qoshimda boʻl paydo 1988
2. Yulduz Usmonova Farrux Zokirov Bor dema 1989
3. Yulduz Usmonova Nilufar Usmonova Shaytonga boʻysingan yuraklar 1995
4. Yulduz Usmonova Farrux Zokirov, Nasiba Abdullayeva Oʻzingdan qoʻymasin xalqim 1998
5. Yulduz Usmonova Ruslan Sharipov Hasrat 1999
6. Yulduz Usmonova Ruslan Sharipov Sevgilim 2000
7. Yulduz Usmonova Ruslan Sharipov Nozanin 2000
8. Yulduz Usmonova Ruslan Sharipov Tegaman 2001
9. Yulduz Usmonova Ruslan Sharipov Yangi yil 2001
10. Yulduz Usmonova Ruslan Sharipov Seni osmonimga olib ketaman 2002
11. Yulduz Usmonova DJ Piligrim Tanhoman 2000
12. Yulduz Usmonova Tolib Kuliyev Dalyoka (rus tilida) 2003
13. Yulduz Usmonova Samandar Hamroqulov Dedim 2003
14. Yulduz Usmonova Obid Asomov Lalihon 2003
15. Yulduz Usmonova Akrom Ibodullayev Vadalar 2004
16. Yulduz Usmonova Akrom Ibodullayev Nadur 2005
17. Yulduz Usmonova Adham Yoʻldoshev Baht yarim 2005
18. Yulduz Usmonova Xorij estrada yulduzlari bilan Doʻstlik 2005
19. Yulduz Usmonova Nilufar Usmonova Yor yor 2005
20. Yulduz Usmonova Davron Ergashev Sevaman seni 2006
21. Yulduz Usmonova DOSTAR guruhi Lubov moya (rus tilida) 2007
22. Yulduz Usmonova Die Wiener Ngerknaben The Vienna Boys Shox va gado 2008
23. Yulduz Usmonova Daler Nazarov Chaki chaki boro (tojik tilida) 2009
24. Yulduz Usmonova Levent Yüksel Yalan (turk tilida) 2009
25. Yulduz Usmonova Fatih Erkoç Görmasam olmaz (turk tilida) 2009
26. Yulduz Usmonova Yaşar Günaçgün Seni Severdim (turk tilida) 2009
27. Yulduz Usmonova Alişan Var ya (turk tilida) 2010
28. Yulduz Usmonova Yuri Ryadchenko Podmosvniye vechera (rus tilida) 2010
29. Yulduz Usmonova Sinan Ozen Ihtiyajim var (turk tilida) 2010
30. Yulduz Usmonova Kibariye Ah Istanbul Istanbul Olali (turk tilida) 2011
31. Yulduz Usmonova Serdar Örtaç Diyamem (turk tilida) 2011
32. Yulduz Usmonova Adham Yoʻldoshev Aldadi 2011
33. Yulduz Usmonova Orhan Gencebay va Turk estrada yulduzlari bilan Batsin bu dunyo 2012
34. Yulduz Usmonova Ziyod Eshonxoʻjayev Ne mogu (rus tilida) 2012
35. Yulduz Usmonova Bahodir Nizomov Kechir Olloh 2012
36. Yulduz Usmonova Ozodbek Nazarbekov Dilfuza 2013
37. Yulduz Usmonova Nilufar Usmonova Illo 2012
38. Yulduz Usmonova Nilufar Usmonova Tamanno 2014
39. Yulduz Usmonova Nilufar Usmonova Qirolichaman 2015
40. Yulduz Usmonova Yaşar Günaçgün Vur vur (turk tilida) 2015
41. Yulduz Usmonova Muhammadrofi Karomatullo Joniman (tojik tilida) 2015
42. Yulduz Usmonova Erbolat Erjanbayev Beyxabarmin (qozoq tilida) 2015
43. Yulduz Usmonova Oʻzbek estrada yulduzlari bilan Milliy TV madhiyasi 2017
44. Yulduz Usmonova Shaxriyor Keke do you love me (Ingliz tiliga) 2018
45. Yulduz Usmonova Bunyodbek Saidov Xiva lazgisi 2018

Oilasi

Otasi hunarmand, onasi tikuvchi boʻlgan. Birinchi turmush oʻrtogʻi — xonanda Ibrohim Hakimov boʻlgan. 1996-yilda ajrashgan. Bu nikohdan qizi — Nilufar Usmonova dunyoga kelgan. 2001-yilda militsiya polkovnigi Ilhom Mamadaliyevga turmushga chiqqani haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq tasdiqlanmagan. 2006-yildan beri tadbirkor Mansur Agaliyev bilan nikohda. Hozirda 4 nafar nabirasi bor.

Tanqidlar

1996-yilda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovni tanqid qilgani uchun litsenziyasidan mahrum qilingan, oradan 2 yil o'tib katta sahnaga qaytgan. 2008-yilda yana bir bor Karimovni va oilasini, xususan Gulnora Karimovani ham qattiq tanqid ostiga olgan, shundan keyin litsenziyasidan mahrum qilingan va Turkiyaga muhojirlikka ketgan. Amerika ovoziga bergan intervyusida Islom Karimovni „podshoh“ deb atagan. 2016-yil dekabrda, Oʻzbekistonda Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi ortidan yana katta sahnaga qaytdi. 2017-yilda "hech qachon biror mahsulotni reklama qilmasligini" aytsa-da, "Sochnaya dolina" savdo belgisini reklama qilib beradi va ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchraydi. 2019-yil mart oyidagi intervyularidan birida Gulnora Karimovani "oʻg'ri va muttaham" degan, bunga javoban Imon Karimova uni ikkiyuzlamachilik va maddohlikda ayblagan. [3].

Manbalar

Havolalar