Rauf Parfi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
YiFeiBot (munozara | hissa)
k Bot: endilikda Wikidata d:q12830909 sahifasida saqlanadigan 1 intervikini koʻchirdi
Qator 1: Qator 1:

[[tr:Rauf Parfi]]
{{Adib
{{Adib
| Ism = Rauf Parfi
| Ism = Rauf Parfi

27-Iyun 2020, 05:14 dagi koʻrinishi

Rauf Parfi
Tavalludi 27-sentyabr 1943-yil
Vafoti 28-aprel 2005-yil(2005-04-28)
(61 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Taxallusi Oʻzturk
Kasbi adabiyot, she'riyat

Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) — 1943-yil 27-sentyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Shoʻralisoy qishlogʻida tugʻilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli boʻlib, Fargʻona viloyatining Vodil qishlogʻidan sho‘rolar quvgʻini tufayli Shoʻralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Fargʻonadan edi. Rauf 1958-yilda 8-sinfni tugatgach, oʻqishni Yangiyoʻl shahridagi kechki maktabda davom ettiradi va mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan. Turli yillarda Kinematografiya davlat qoʻmitasi, „Oydin“ gazetasi, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat hamda „Yozuvchi“ nashriyotlarida muharrir boʻlib ishlagan[1].Rauf Parfi 2005-yil 28-martda Toshkent shahrida vafot etadi.

Asarlari

Birinchi sheʼri 1957-yilda eʼlon qilingan.

  • „Karvon yoʻli“ (1968);
  • „Aks-sado“ (1970);
  • „Tasvir“ (1973);
  • „Xotirot“ (1974);
  • „Koʻzlar“ (1976);
  • „Qaytish“ (1981);
  • „Sabr daraxti“ (1986);
  • „Sukunat“ (1991);
  • „Tavba“ (2001) sheʼriy toʻplamlari bor.

Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi sheʼrlari bilan tanilgan. Shoir soʻzning rang va ohanglaridan, sheʼriy tasvir vositalaridan oʻziga xos uslubda foydalanadi. Sheʼrlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan[2].

Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Karlo Kaladzent „Dengiz xayoli“ va boshqa jahon sheʼriyati klassiklarining sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.[3]

Manbalar

Havolalar