Muhiddinbek: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 13: Qator 13:


{{stub}}
{{stub}}

[[Turkum:Qoʻrboshi]]

30-May 2020, 06:21 dagi koʻrinishi

Muhiddinbek, Moʻydinbek, Muhiddinbek Kattabek Usmon Aliyev (taxminan 1877, Olay vohasidagi Navqat qishlogʻi —1922.26.8, Oʻsh) — Fargʻona vodiysida sovet rejlmiga qarshi harakat rahbarlaridan biri. Turkiston muxtoriyati hukumatini faol qoʻllab-quvvatlab, bolsheviklarga qarshi kurashning sarchashmasida turgan. Katta Ergash, Madaminbek va Shermuhammadbeknint oʻrinbosarlaridan biri (1918—22). Mingtepada Yoʻlchi, Usmon Ponsod, Buloqboshida Yangiboy, Ahmad Polvon, Aravonda Shermat qirgʻiz, Oʻzganda Jonibek qozi kabi qoʻrboshilar M.ning eng nufuzli sardorlari edi, ixtiyorida 4500 yigit boʻlgan. Uning yigitlari 1918—21 yillarda qizil askarlarga zarbalar berib, Oʻsh uyezdini dushmandan muhofaza qilishgan. 1922 yil fevralda unga qarshi bolsheviklar faol jang harakatlarini boshladi. Oʻsh uyezdi atrofida bir oy davom etgan shiddatli janglarda M. lashkari magʻlubiyatga uchradi. M. va uning 7 ta safdoshi Oʻsh shahridagi Azret masjidida boʻlgan Inqilobiy harbiy tribunal majlisining hukmi bilan otib oʻldirildi.

Adabiyot

  • Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachilik davrida], T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917-1924), T., 2002; Istoriya Oʻzbekistana (1917—1991), T., 2002.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil