Anvar Posho: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 134: Qator 134:
{{OʻzME}}
{{OʻzME}}
{{DEFAULTSORT:Posho, Anvar}}
{{DEFAULTSORT:Posho, Anvar}}

[[Turkum:Bosmachilik]]

30-May 2020, 06:14 dagi koʻrinishi

Anvar posho
Asl ismi

usm. اسماعیل انور پاشا

turkcha: Enver Paşa
Tavalludi 22-noyabr 1881-yil
Istanbul, Usmoniylar imperiyasi
Vafoti 4-avgust 1922-yil(1922-08-04)
(40 yoshda)
Chagana qishlogʻi, Buxoro amirligi / Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Rossiya imperiyasi (hozirgi Tojikiston)
Fuqaroligi Usmoniylar imperiyasi
Turkiston istiqlolchilik harakati
Xizmatdagi yillari 19031918
19211922
Unvoni General
Qoʻmondonlik qilgan Bosh shtab boshligʻi
Harbiy vazir
3-turk qoʻshini
Turkiston istiqlolchilik harakati qoʻmondoni
Jang/urush

Yoshturklar inqilobi
Italyan-turk urushi
Birinchi Bolqon urushi
Ikkinchi Bolqon urushi
Birinchi jahon urushi

Rossiyadagi xorijiy harbiy intervensiya

Mukofotlari
3 darajali Majidiya ordeni 4 darajali Usmoniya ordeni
1-klass Temir xoch 2-klass Temir xoch
Dastxati Enver Paşa imzası

Ismoil Anvar, boshqa manbalarda Anvar posho avval Anvarbey (usm. اسماعیل انور پاشا , turkcha: Enver Paşa); (1881.22.11, Istanbul — 1922.4.8, Baljuvon) — usmoniylar harbiy va siyosiy arbobi. Birinchi jahon urushi davrida Usmoniylar imperiyasining harbiy vaziri. Arxaik va kuchsizlangan Usmoniylar imperiyasining qulab, zamonaviy Turkiya respublikasi tuzilishida ishtirok etgan harbiy qo‘mondonlardan biri. Turkiston istiqlolchilik harakatining yo‘lboshchilaridan biri; panturkchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi. 1908-yilgi Yoshturklar inqilobining faol ishtirokchisi, yoshturklarning „Ittihod va taraqqiy“ partiyasining yo‘lboshchilaridan biri. Harbiy jinoyatchi[1][2][3]. 1915-yilgi armanilar genotsidining nazariyotchi va ishtirokchisi[4][5].

Faoliyati haqida qisqacha

1909-11 yillarda Berlinda harbiy attashe. Turkiya, Makedoniya, Kavkaz, Germaniya, Rossiya, Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. 1908 yil Turkiyada davlat to‘ntarishiga rahbarlik qilib, Sulton [Abdulhamid II]] hokimiyatiga chek qo‘ydi, Turkiyaning chet davlatlar tomonidan bo‘lib tashlanishiga barham berdi. 1913 yil yanvarda „Hurriyat va ittihod“ partiyasini hukumatdan chetlatdi. Tal’at posho hamda Jamol posho bilan birga norasmiy uchlik tuzdi, butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. Turkiyaning Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishi va Birinchi jahon urushiga qo‘shilishi tashabbuskori bo‘ldi, bosh qo‘mondon — sultonning noibi sifatida urushda turk qo‘shinlariga qo‘mondonlik qildi. Turkiya urushda yengilgach, Anvar posho avval Germaniya, Rossiyaga va nihoyat 1921 yil kuzida Buxoroga keldi va Turkiston istiqlolchilari tarafiga o‘tganini eʼlon etdi. Bolsheviklarga qarshi kurashga qo‘shildi;

Yoshlik yillari

Anvar posho Italyan-turk urushi davrida 1911—1912 yillar

Ismoil Anvar 1881-yilning 22-noyabrida Istanbulda temir yo‘l ishchisi Xoji Ahmadbey va Oysha Diloro oilasida tug‘ilgan. Etnik jihatdan otasi turk, onasi alban (buvisi cherkeshen qavmidan)[6]. Otasi jamoat ishlari idorasida faoliyat yuritgan Anvardan tashqari oilada yana uch farzand bor edi; Nuri, u harbiy bo‘lgan, Komil va singlisi. Boshlang‘ich va o‘rta maktabni bitirgandan so‘ng Monastir shahridagi harbiy litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Leytenant lavozimi bilan litseyni bitiradi[7]. Harbiy bilimini Harbiy akademiyaning Bosh shtabida davom ettiradi, 1903-yilda u yerni kapitan lavozimi bilan bitiradi. 1906-yil mayorlik lavozimidagi Anvar „Birlik va taraqqiyot“ partiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan „Vatan va hurriyat“ maxfiy jamiyati bilan aloqa o‘rnatadi. 1908-yil iyunida rus imperatori Nikolay II va ingliz qiroli Eduard VII o‘rtasida Ravelda imzolangan Makedoniyani isloh qilish to‘g‘risidagi kelishuv usmoniy ofitserlar qulog‘iga yetib boradi. U ofitserlarni sergaklikka chorlaydi, chunki Makedoniyada turgan usmoniy harbiylari buni Usmoniylar imperiyasining bo‘linishi sifatida qabul qilishadi. O‘sha yilning 3-iyulida Makedoniyaning Rasen shahrida mayor Ahmad Niyozibey boshchiligida g‘alayon ko‘tailadi. 6-iyulda g‘alayonga Anvar ham qo‘shiladi. Bir necha kun ichida Anvarning qo‘shinlari soni bir necha ming kishiga yetadi. 1908-yilning 10-iyulida mitingda, to‘plardan uch karra o‘q uzilib, Anvar Usmoniylar imperiyasi konstitutsiyasi tiklanganini eʼlon qiladi[8]. Shundan so‘ng musulmonlar va nasroniylar o‘rtasida inoqlik kuchaya boradi. Anvarning ildam harakatlari va g‘alabasi unga xalq ichida mashhurlikni olib keladi. Unga Ozodlik qahramoni deya nisbat berishadi, hattoki uni Napoleon I bilan tenglashtira boshlashadi. Inqilob nashidasi va to‘satdan kelgan kelgan mashhurlik Anvarda o‘zining „alohida taqdirli“ va „xudo yarlaqagan“ inson ekanligiga ishonchini oshiradi[8]. Inqilobdagi g‘alaba va 1876-yilgi konstitutsiyaning tiklanishidan so‘ng Anvar diplomatik missiya bilan Berlinga jo‘naydi. 1909-yil Anvar Berlindagi harbiy attashe lavozimiga tayinlanadi va u yerda ikki yil qolib ketadi. Germaniyada o‘tgan ikki yil davomida Anvar ashaddiy nemisparastga aylanadi. Ayniqsa uni nemis armiyasi, undagi qatʼiy intizom, harbiy tayyorgarlik va zamonaviy qurollanish o‘ziga mahliyo qiladi[8]. 1911-1912 yillardagi Italyan-turk urushida Usmoniylar imperiyasining mag‘lubiyati xalq orasida yoshturklarning obro‘si tushishiga sabab bo‘ladi. 1912-yil mamlakatda „Hurriyat va ittihod“ partiyasi ishtirokida davlat to‘ntarishi bo‘lib o‘tadi. Partiya aʼzolari hukumat tepasiga chiqqach asosiy o‘rinda yoshturklar bo‘lgan parlament tarqatib yuboriladi[9].

Mamlakat boshqaruviga chiqishi

Yoshturklar hokimiyati

1913-yil Usmoniylar imperiyasidagi davlat toʻntarishidan soʻng Anvar posho chet ellik vakillarni kutib olmoqda

1913-yil yanvarida Anvar davlat to‘ntarishini amalga oshiradi, oqibatda Komil posho hukumati tanazzulga yuz tutadi. Isyondagi g‘alabadan keyin Tal’at posho va Jamol posho bilan birga „uch posho“ harbiy diktaturasiga asos soldi, bu bashirkat uchlik amalda Turkiyadagi butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. Harbiy vazir lavozimini egallagan Anvar panturkchilik va panislomchilik g‘oyalarini ilgari surdi. Usmonli turk imperiyasidagi nasroniylarni (asosan armanlar va livanlikar) mamlakatdan siqib chiqarish tarafdori bo‘ladi. 1914-yil Anvar Turkiyaning Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishi va Birinchi jahon urushida ishtirok etishi tarafdori bo‘ldi. Urush davrida u Oliy bosh qo‘mondon o‘rinbosari lavozimini egalladi (Oliy bosh qo‘mondon sulton hisoblanardi).

Birinchi jahon urushi

1914-1917 yillarda Anvar posho, Tal’at posho, Nozimbey va Axmed Agayevlar „Turon yo‘li“ nomli panturkchilik siyosiy harakatini boshlashadi. Bu harakatning asosiy maqsadi — Kavkaz, Eron, Qrim, Volgabo‘yi va Turkistonda yashovchi turkiy xalqlarni Rossiya va Erondan ajratib olib, yagona „Turon“ mamlakatiga asos solish edi[10]. Bu maqsadning amalga oshirilishiga to‘g‘anoq bo‘lganlardan biri arman xalqi bo‘ldi.

Harbiy vazir

Sariqamish jangi

Usmoniylar imperiyasi hududidagi genotsidlar

Birinchi jahon urushi davridagi Usmoniylar imperiyasi tomonidan amalga oshirilgan arman, yunon va ossuriylarga qarshi boshlangan genotsidning tashkilotchilari Anvar posho, Tal’at posho va Jamol posholar edilar.

Germaniyadagi qochqinlik

Anvar posho va Vilgelm II 1917-yil

1918-yil Turkiya Mudross bitimini imzolaganidan so‘ng, Anvar posho, Tal’at posho va Jamol posho suvosti kemasida Germaniyaga qochishga majbur bo‘lishadi. U yerda Anvar posho o‘ziga Alibey tahallusini tanlaydi. Turkiyada harbiy tribunal Anvarni qatl etishga hukm chiqaradi. 1919-yil Germaniyada Anvar posho Sho‘ro Rossiyasi vakili Karl Redekov bilan uchrashadi. Anvar poshoning bundan maqsadi bolsheviklar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va bu orqali O‘rta Osiyoda Buyuk Britaniyaga qarshi kurash kampaniyasini eʼlon qilish uchun foydalanish edi.

Moskvadagi faoliyati

1920-yil boshlarida Anvar posho o‘z maslakdoshlari bilan Moskvaga boradi. U paytda bolsheviklar Mustafo Kamol boshchiligidagi Milliy partiya bilan ham Anvar posho boshchiligidagi Yoshlar partiyalari bilan ham yaxshi aloqada edilar. Anvar Moskvada bir yarim yil ishlab, Inqilob va Islom Birligi Jamiyatida faoliyat yuritadi. Unga Buyuk Millat majlisining 1921-yil 12-martdagi qarori bilan Turkiyaga kirish taqiqlab qo‘yilgan edi. Sho‘ro Rossiyasi IIBJdan foydalanib, O‘rta Osiyo va Kavkazda o‘z manfaatlarini himoya qilishni o‘ylasa, Anvar posho uchun bu u yerdagi inglizga qarshi kurashish imkoniyatini berardi. Ahmad Jamol posho o‘z zimmasiga Turkistonning istiqlolchi kuchlarini inglizlarga qarshi harbiy operatsiyalarga yo‘naltirish maqsadida bir qancha turk ofitserlari bilan Toshkentga yetib keladi. U yerda sho‘ro hukumati nomidan ish ko‘radi ammo bu operatsiyadan ish chiqmagach, u yana Moskvaga qaytishga majbur bo‘ladi. Bu davrda Anvar posho oz vaqtga Germaniyaga ketadi, keyinchalik RSFSR uni Bokuda tashkil etilgan Sharq Xalqlari Konferensiyasiga taklif etadi. Uning ishtirokini Turkiya va ayrim Ozarbayjon vakillari tomonidan qarshiliklarga uchraydi. Uning islom va bolshevizmning birlashish g‘oyasi bilan chiqishi musulmon bo‘lmagan ishtirokchilarga ham yoqmaydi. 1921-yil 30-iyul konferensiyadan so‘ng Anvar posho yaqinlarini ko‘rish uchun Botumiga boradi. Botumidalik vaqtida u o‘zining siyosiy raqibi Kamol Otaturk bilan kuchlarini birlashtirish va vatan himoyasi yo‘lida turib, yunonlarga qarshi kurashish yo‘lini tanlaydi. Bu kurashdagi Turkiyaning g‘alabasi Mustafo Kamolning hukumatni to‘liq qo‘lga olishi uchun juda qulay keladi, rasmiy Moskva ham butunicha uni qo‘llab-quvvatlaydi. Chicherinning fikricha panturkchilik g‘oyalari Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga qarshi kurashish uchun qo‘l keladi va Anvar posho 1921-yil noyabrida u yerga yuboriladi.

Buxoro

Anvar posho Turkistondagi ahvol haqida asosan Botumi konferensiyasi paytida eshitgan maʼlumotlarnigina bilardi. „Turon yo‘li“ loyihasining faol ishtirokchisi Hoji Sami unga: „1916-yil oddiy va kamtarin turk butun Qirg‘izistonni ruslarga qarshi oyoqqa turg‘azdi. Sen esa mashhurliging bilan Turkistonliklarni shaksiz ergashtira olasan“, deydi[11]. Bu davrda Anvar posho sho‘rolar hukumatining o‘ziga nisbatan eʼtiborini biroz so‘ndirganini sezardi. Afg‘onistondan qaytgan Jamol poshoga Anvar poshoni ko‘rish uchun Buxoroga kelishni taqiqlash bu sezgini yanada kuchaytirib yubordi. Yurenyov Anvar poshoga uning rejalarini bilishini aytadi, Anvar posho bolsheviklar uni o‘dirib yuborishlaridan cho‘chiydi. 1921-yil sho‘ro hukumati Anvar poshoni Buxoroga yuborishidan maqsadi — Anvar posho Buxoro tuprog‘ida Sho‘ro Rossiyasi manfaatlarini himoya qilishi, istiqlolchilar harakatidan amirga qarshi kurashda foydalanish edi. BXSR hukumati bilan so‘zlashuvlar va kelishuvga binoan Anvar posho BXSRning mustaqilligini tan olish va Qizil armiya qo‘shinlarini Buxoro hududlaridan olib chiqish to‘g‘risiga Moskvaga xat yozadi. Bu vaqtga kelib, Anvar posho istiqlolchilar tarafiga o‘tish haqida rejalar tuza boshlaydi va Turkiston Milliy kengashi raisi Ahmad Zakiy Validiy bilan maxfiy uchrashuvlar o‘tkaza boshlaydi. Validiy uni bolsheviklar bilan ochiq kelishmovchiliklarga bormaslik haqida ogohlantiradi. O‘rta Osiyoga kelishining 23-kunida Anvar posho shahar tashqarisiga chiqadi va istiqlolchilarga taslim bo‘ladi. U yerdan Afg‘onistonga, sobiq amirga xat yo‘llab, uning tomonida jang qilmoqchiligini bildiradi. Bu bilan bir vaqtda amirning noibi, istiqlolchilar sardori Ibrohimbek bilan ham uchrashuv belgilaydi. Lekin istiqlolchilar Anvar poshoni hamkor sifatida kutib olishmaydi, uni va odamlarini qurolsizlantirib, uch oy davomida asirlikda saqlaydilar. Ibrohimbek sobiq amirdan sobiq turk sultonining kuyovini qo‘llab-quvvatlash haqidagi buyrug‘ini olgandan keyingina Anvar poshoni ozod qiladi[12].

Istiqlolchilik harakatining yoʻlboshchisi

1921-yil oktyabr oxirlarida BXSR hududidagi Qizil armiya qo‘shinlarining soni joylashgan o‘rni haqida maʼlumotga ega bo‘lgan Anvar posho O‘rta Osiyoni bolsheviklardan ozod qilish rejalarini amalda boshlab yuboradi. Istiqlolchilar otryadlarini bolsheviklarga qarshi kurash uchun birlashtirish ishlariga kirishadi. Unga bu ishlarda Toshkent muftiysi Sadriddinxo‘ja Sharifxo‘jayev tomonidan tuzilgan maxfiy aksilsho‘ro Milliy birlik qo‘mitasi ham ko‘maklashadi. Anvar posho bir necha turk ofitserlari bilan sharqiy Buxoro bo‘ylab istiqlolchi guruhlarni bir qo‘shinga birlashtirishda davom etadi. Sobiq Buxoro amiri Sayyid Olimxon uni Buxoro, Xiva va Turkistonning bir qismidagi barcha istiqlolchilarning bosh qo‘mondoni sifatida tan oladi. 1922-yil yanvarida Anvar posho boshchiligidagi istiqlolchilar qo‘shini Dushanbeni qo‘lga kiritishdi, undan so‘ng Buxoro shahriga yurish amalga oshirildi. Qisqa davr ichida bu qo‘shin butun Sharqiy Buxoro hududlarini bolsheviklardan tozalaydi. Sho‘ro hukumati Anvar posho bilan sulh tuzishni va Sharqiy Buxoroda uning g‘alabasi tan olinishini taklif qilishadi lekin Anvar posho har qanday sulh tuzishdan bosh tortib, Qizil armiyaning butun Turkiston hududlaridan chiqib ketishini talab qiladi. 1922-yil mayida Qizil armiya Amudaryo, Panj, Vahsh daryolari oqimlaridan foydalanib, qo‘shinlarni boshqa joyga ko‘chiradilar. Anvar poshoning yo‘lboshchiligini to‘liq tan olmagan Ibrohimbek unga yordamga kelmaydi. Anvar posho bir necha mag‘lubiyatlardan so‘ng Dushanbeni bolsheviklarga topshiradi. Anvar posho qo‘shinlari Laqay vodiysidan o‘tayotgan payt ularga qo‘qqisdan Ibrohimbek qo‘shini hujum boshlaydi va katta talafotlar yetkazadi. Anvar posho qo‘shini bilan Baljuvon shahri yaqinida joylashadi. U yerda Qizil armiya tomonidan taʼqib qilnadi va katta jangni boy beradi.

Anvar poshoning qabri 1930-yillargacha ziyoratgoh sifatida mashhur bo‘lgan, keyinchlik sho‘rolar uning qabrini buzib, joyini tekislab tashlashgan lekin tub aholi qabr o‘rnini ziyorat qilishda davom etishgan. Bu qabr xalq ichida Mozori Hazrati-Shoh nomi bilan mashhur. 1996-yil 4-avgustda Anvar poshoning suyaklari Baljuvon hokimi Izzatullo Hayoyev tomonidan tantanali ravishda Turkiya prezidenti Sulaymon Demirelga topshirilgan[13].

Anvar posho shaxsiga baholar

Qizil armiya, istiqlolchilar, amir bilan qator kelishuvlar va nizolarga yo‘l qo‘ygan Anvar poshoning shaxsiga bir tomonlama baho berish juda mushkul. Nima bo‘lganda ham u o‘ziga, Turkistonda panturkchilik davlati qurish haqidagi o‘z qarashlariga oxirigacha sodiq qoldi. U asosan „Islom qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni va Buxoro amiri noibi“ lavozimidan foydalangan. Anvar poshoning shaxsiy muhriga „Islom qo‘shinlarining Oliy Bosh qo‘mondoni, Xalifaning kuyovi va Muhammad(s.a.v.)ning noibi“ deb o‘yib yozilgan. O‘z vaqtida Anvar o‘zining sayyidlar avlodidan ekanligini targ‘ib qilishga uringan. Uning ota tomondan ajdodi pravoslav dinidagi gagauzlardan bo‘lib, Qrim xonlariga xizmat qilgan, keyinroq islomni qabul qilib, Bog‘chasaroy xizmatkorlaridan biriga uylangan, Qrimni Rossiya bosib olganidan so‘ng, Dunay knyazliklariga ko‘chib ketgan. Shunday ekan, Anvar Muhammad (s.a.v.) avlodlariga hech qanday aloqador emasligini taʼkidlash joiz. Teyliryan ustidan sud qilinayotgan paytda Teyliryanning advokati shunday degan:

O‘zlarini “islom himoyachilari” deb atagan Tal’at posho, Anvar posho, Jamol posho va Nozimbey aslida ateist bo‘lganlar!

Oilasiga yoʻllagan maktubi

U Baljuvondan turmush oʻrtogʻiga yozgan oxirgi xatida bunday deydi:

Sen bilursanki, manim haqimda tuhmat tashviqotlar tarqatib yurgan badbaxt kimsalarning iddao etganlaridek, bu olis diyorga (yaʼni Turkistonga) mol-dunyo axtarib, boy boʻlmoq yoki oʻz hokimiyatimni qurmoq uchun kelganim yoʻq. Meni sendan uzoqlashtirib, bu joylarga keltirgan Janobi Haqning zimmamga yuklagani bir vazifadir...[14]


Vafoti haqida

Anvar poshoning shahid boʻlganini
eshitgan Abdulhamid Choʻlpon
quyidagi baytlarni bitgan:

Eng soʻnggi umidni qonga boʻyagan,
Oh, qanday xayrsiz zamonlar kelgan.
Faryodim dunyoni boʻgʻib oʻldirsin,
Qop-qora baxtimga shaytonlar kulsin.

Anvar posho 1922-yil 4-avgust Qurbon hayitining ikkinchi kuni Baljuvon shahridan 25 km uzoqlikdagi Chagana qishlogʻida Qizil armiya askarlari (8-shoʻro kavaleriya brigadasi) bilan boʻlgan jangda vafot etgan (hozirgi Tojikiston hududi)[15].

Chekist Georgiy Agabekov oʻzining esdaliklarida Anvar poshoning joylashgan joyini topish opaeratsiyasi haqida yozib qoldirgan (Agabekov oʻzining sherigi bilan savdogarlar qiyofasida mahalliy aholiga aralashib ketgan va pul, pora evaziga Anvar posho shtabi joylashgan yerni bilib olganlar). Oʻsha esdaligida Anvar posho shtabiga hujum qilgan otliq divizion qoʻmondoni raportini ham ilova qilgan:

Anvar posho boshchiligidagi bosmachilar shtabi toqqa qarab qochmoqchi boʻldi, biroq ular pistirmadagi eskadronga duch kelib, jangni qabul qilishdi. Jang natijasida dushman shtabi yoʻq qilindi. Faqat uchta odam qochib qutuldi. Jang maydonida 28 ta jasad qoldi. Ularning orasida Anvar posho ham bor edi. Qilich zarbidan uning boshi va jasadining bir qismi chopilgan. U bilan "Qurʼon" topildi[16].

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

  1. Turk harbiy tribunali qarori («Kararname»), 1919 Published in the Official Gazette of Turkey (Takvimi Vekayi), no. 3604 (supplement), July 22, 1919. The transcript was translated into English by Haigazn K. Kazarian and published in the Armenian Review, Vol 24 (1971, 4), pp. 19-26.
  2. Priscilla Mary Roberts, World War One, ABC-CLIO, 2006, p. 642: «In July 1919 a Turkish military tribunal found him guilty in absentia of war crimes (the massacre of Armenians) and sentenced him to death.»
  3. Samuel Totten, Paul Robert Bartrop, Steven L. Jacobs. Dictionary of Genocide: A-L, ABC-CLIO, 2008, p. 118: «Like Enver and Talaat, Djemal was wanted for war crimes by the Allies at the time of the Turkish capitulation in 1918, and for his own safety he fled to a number of different havens, ending up in Afghanistan via Russia.»
  4. Israel W. Charny. Encyclopedia of genocide, A-H, p. 213 "Ismail Enver Pasha (1881—1922) was an instigator of the Armenian Genocide."
  5. Richard G. Hovannisian. The Armenian genocide in perspective, p. 33
  6. „Enver Pasha“. Encyclopedia Britannica (1911). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan.

  7. Вдовиченко Д. И. Энвер-паша // Вопросы истории. 1997. № 8. С. 43.
  8. 8,0 8,1 8,2 Вдовиченко Д. И. Энвер-паша // Вопросы истории. 1997. № 8. С. 44.
  9. История Востока: в 6 т. — М.: Восточная литература, 2005. Т. 4. Кн. 2. С. 328.
  10. Гасанова Э. Ю., «Идеология буржуазного национализма в Турции» // Баку, изд. АН АзССР, 1966 г.; Козубский К. Э., «Под копытом» // Общеказачья газета «Станица», Москва, № 2(26), декабрь 1998 г.
  11. Zeki Velidi Togan. «Hatıralar: Türkistan ve Diğer Müslüman Doğu Türkleri’nin Milli Varlık ve Kültür Mücadeleleri» Istanbul, 1969. Стр. 390.
  12. Turkiya 75 yoshda, 56-bet
  13. Soner Yalçın, Osmanlı’nın Anıtkabiri Abide-i Hürriyet’di, Hürriyet Gazetesi, 29.04.2007
  14. http://www.e-tarix.uz/milliyat-insholari/maqolalar/1059-maqola.html
  15. Зевелев А. И., Поляков Ю. А., Чугунов А. И.. Басмачество: возникновение, сущность, крах. М.: Наука, 1981. 
  16. Георгий Агабеков ЧК за работой Глава VI. Убийство Энвер-паши — Приложение к журналу «Отечественные архивы». Выпуск 1. Москва — 1992. Ассоциация «КНИГА • ПРОСВЕЩЕНИЕ • МИЛОСЕРДИЕ», ББК 67.99(2) 116.2 Л63