Ibrohimbek: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: Havola(lar) qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Qator 15: Qator 15:


лақай
лақай

[[Turkum:Qoʻrboshi]]

30-May 2020, 06:04 dagi koʻrinishi

Ibrohimbek, Ibrohimbek laqay, Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy toʻqsabo oʻgʻli (1889, Dushanba atrofidagi Koʻktosh qishlogʻi — 1932.31.8, Toshkent) — Shoʻro xukumatiga qarshi kurash harakati raxbarlaridan biri. I. maqalliy madrasada saboqolgan. 1919 y.da Hisor begi huzurida qilgan xizmatlari evaziga qorovulbegi, keyinchalik Buxoro amiri tomonidan devonbegi, toʻpchiboshi va lashkarboshi lavozimlariga koʻtarilgan. Sobiq amir Olimxon 1921 y. boshlarida I. ni butun qoʻshinlariga qoʻmondon qilib tayinlagan. Buxoro qoʻrboshilarining qurultoyi (1921.17.09) da I. ka "Islom lashkarboshisi" degan unvon berilgan. U qisqa muddat ichida 10.000 nafardan ortiq askar toʻplab, Koʻlob, Baljuvon, Qorategin, Darvoz, Hisor viloyatlarini qizil qoʻshindan tozalagan. 1922 y. Dushanba sh. ni bosqinchilardan ozod etishda qatnashgan. 1923 y. bahorda I. qoʻl ostida faqat Sharqiy Buxoroda 47 ta qoʻrboshi dastalari harakat qilar, as-karlarining soni Hisorning oʻzida 20000 kishi edi. 1923 y. yozida u Hisor vodiysi va Panj daryosi atrofida qator muvaffaqiyatli qarbiy harakatlarni oʻtkazdi. 1925 y. yanvar da I. Surxon vohasida, Sherobod — Boysun atroflarida shoʻro qoʻshinlariga qarshi mu-vaffaqiyatli kurash olib borgan.

Oʻrta Osiyo respublikalari tuzilgach, I. Tojikiston va Oʻzbekistonning , asosan, togʻlik viloyatlarida kurashni davom ettirgan. 1926 y. 21 iyunda keskin janglardan soʻng Afgʻoniston hudu-diga oʻtib ketgan. I. 1926 — 29 y. larda Kobul yaqinidagi Qalʼai Fotuda — sobiq amir Sayd Olimxonning qarorgohida yashagan. I. boshchiligidagi muho-jirlar Afgʻonistondagi siyosiy kurashga, harbiy mojarolarga qatnashishga majbur boʻlishgan (1928—29). 1928 y. ning oxirlarida I. Kobuldan Shim. Afgʻonistonga kelib, oʻz mavqeini mustahkamladi.

1929 y. 15 aprel — 31 mayda sovet qoʻshinlari Afgʻonistonga bostirib kirdi. Sovet qoʻshinlari 19 aprel Mozori Sharifni, 22 aprel da Toshqoʻrgʻon shaharlarini bosib olishdi.

1930 y. 24—25 mayda qoʻrboshilar qurultoyi chaqirilib, boʻlgʻusi jang harakatlari va chegaraning turli nuqtalaridan Tojikiston SSR hududiga oʻtish masalalari kelishib olindi. I. SSSRga qarshi yalpi hujum muddati qilib 3 iyul kunini belgiladi. Birok josuslar orqali bu rejadan vo-qif boʻlgan sovet rejimi rahbarlari zudlik bilan qarshi zarba uyushtirdilar. 1930 y. 20 iyunda 2-marta Afgʻonistonga bostirib kirishdi. Bir hafta davom etgan janglarda I. ning 839 jangchi-si, shuningdek, koʻplab tinch aholi vakillari oʻldirildi. Kuchlar teng boʻlmagan jangda I. magʻlubiyatga uchrab, oʻzining yaqin safdoshi Oʻtanbek qoʻrboshi va qarbiy kuchlari bilan Qora Botir togʻlariga chekindi.

1931 y. boshlariga kelganda I. oʻz harakatini faollashtirib, muhojirlarning tarqoq kuchlarini yana birlashtirdi. I. 1500 kishilik saralangan qoʻshini va 8 ta qoʻrboshisi bilan 1931 y. 30 martda Tojikiston Respublikasi hududiga kirgan. I. qoʻshini bilan shoʻro askarlari oʻrtasida aprel—iyun oylarida shiddatli janglar boʻlgan. 12 iyunda Oqbosh togʻidagi soʻnggi jangda I. yaralanib, magʻlubiyatga uchragan. 1931 y. 23 iyunda chekistlar tomonidan qoʻlga olinib, Toshkentga olib kelingan. 1932 y. mart oyida I. sud qilinib, 31 avg . da qatl qilingan.

Ad: Amir Sayyid Olimxon, Buxoro xalqining hasrati tarixi, T., 1991; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob, [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: K istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Oʻzbegim, T., 1992; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

Qahramon Rajabov.[1]

лақай

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil