Parpi qoʻrboshi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 14: Qator 14:
[[Turkum:1921-yilda vafot etganlar]]
[[Turkum:1921-yilda vafot etganlar]]
[[Turkum:9-aprelda vafot etganlar]]
[[Turkum:9-aprelda vafot etganlar]]
[[Turkum:Qoʻrboshi]]

30-May 2020, 05:59 dagi koʻrinishi

Parpi qoʻrboshi, Parpi [taxminan 1882, Andijon atrofidagi Qoʻqonqishloq (hozirgi Paxtaobod shahri) — 1921.9.4] — Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi harakat rahbarlaridan biri. 1918 yil boshlarida Fargʻona vodiysida qizil armiyaga qarshi harakat boshlagan 9 harbiy qoʻmondonning oltinchisi. Koʻqonqishloqdagi Kiziloyoq qishlogʻida qarorgohi joylashgan. Oʻz nomidan pul bosib, muomalaga chiqargan (1919 yil boshidan). Madaminbek va keyinchalik Shermuhammadbekning asosiy oʻrinbosarlaridan biri sifa-tida 3600 yigitga raxbarlik qilib, sovet rejimiga qarshi murosasiz ku-rash olib borgan. 1918—20 yillarda Andijon uyezdi Parpi qoʻrboshi yigitlari nazorati ostida boʻlgan. Jangda jasurligi va dushmanga nisbatan shafqatsizligi bois Parpi botir nomini olgan. Parpi qoʻrboshi qarorgohida koʻplab rus ofitserlari, jumladan, K. Osipov ham boʻlib, qizil armiyaga qarshi kurashganlar (yana q. Osipov isyoni). Qoʻqonqishloq bilan Boʻtaqora oʻrtasidagi Xayrobod qishlogʻida qizil askarlar bilan boʻlgan jangda ularni magʻlubiyatga uchratgan (1920). 1920 yil 24 noyabrda Qoʻqonqishloqda qizil askarlar bilan boʻlgan jangda ham gʻolib chiqqan va dushmanning 2 ta zambarak, 4 ta pulemyot va koʻplab qurol-aslahalarini oʻlja olgan.

Qizil askarlarning 8-otliq brigadasi 1921 yil boshlarida shiddatli janglardan soʻng Parpi qoʻrboshi yigitlarini magʻlubiyatga uch-ratib, Qoʻqonqishloq va Omonchoʻrani egallashgan. Parpi qoʻrboshining 1000 kishilik guruhiga Isroil qoʻrboshi oʻz odamlari bilan koʻmakka kelsa ham, miqdor jihatdan ustun qizil askarlar Jalolobod va Uchqoʻrgʻonda boʻlgan janglarda ham gʻolib chiqishgan. 1921 yil aprel da boʻlgan ana shunday toʻqnashuvlarning birida Parpi qoʻrboshi ogʻir yarador boʻlib, vafot etgan.

Ad:. Uzbekistanning yangi tarixi, 2ki-tob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q., Haydarov M ., Turkiston tarixi (1917—1924), T., 2002.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil