Jurnalist: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
YiFeiBot (munozara | hissa)
k Bot: endilikda Wikidata d:q1930187 sahifasida saqlanadigan 53 intervikini koʻchirdi
YiFeiBot (munozara | hissa)
k Bot: endilikda Wikidata d:q1930187 sahifasida saqlanadigan 1 intervikini koʻchirdi
Qator 30: Qator 30:
[[sl:Novinar]]
[[sl:Novinar]]
[[tg:Журналист]]
[[tg:Журналист]]
[[wa:Gaztî]]
[[wuu:记者]]
[[wuu:记者]]
[[zh:記者]]
[[zh:記者]]

28-May 2020, 05:56 dagi koʻrinishi

Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug'ullanish bo'lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig'ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to'ldiruvchi kishi. Jurnalistlar asosan publitsistik faoliyatga yo'nalgan bo'lib (kolumnistlar), ular o'z oldiga ma'lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, davlat hokimiyatining u yoki bu qaror va harakatlariga tahrirlovchi sifatida ta'sir qilish va nashr, radio- yoki telekanal ta'sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o'rtasidagi vositachi bo'lishni maqsad qiladi.

Muxbir (arab. — xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gaz., jur., radio, televideniye tahririyati xodimi (jamoatchi M.). [1]


Jurnalist - muxbir, reportyor (axborot-yangiliklar xizmati xodimi) va sharhlovchiga teleoperator, produser va boshqa texnik xodimlari yordam berishi mumkin.

OAV fotograf (suratkashi) reportyor yoki muxbir bilan birgalikda ishlashi yoki mustaqil ravishda o'z nashri uchun fotoreportajlar tayyorlashi mumkin. Bu jarayonda u fotojurnalistga aylanishi mumkin.

Mavzuga oid

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil