Bosh miya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 84: Qator 84:
{{Reflist|group=help}}
{{Reflist|group=help}}


==Havolalar==
==Tashqi havolalar==
{{Commons category}}
{{Commons turkum}}
* [https://neuinfo.org/data/search?q=cerebrum NIF Search - Cerebrum] via the [[Neuroscience Information Framework]]
* [https://neuinfo.org/data/search?q=cerebrum NIF Search - Cerebrum]



{{Nerv sistemasi}}
{{Nerv sistemasi}}
Qator 205: Qator 206:
}}<noinclude>
}}<noinclude>
</noinclude>
</noinclude>

{{Rostral basal ganglia and associated structures}}
{{Association fibers}}
{{Cortex types}}


{{Authority control}}
{{Authority control}}

27-May 2020, 14:47 dagi koʻrinishi

Bosh miya po‘stlog‘i bo‘laklari, peshona (ko‘k), chakka (yashil), ensa (qizil), va tepa (sariq) bo‘laklarini o‘z ichiga olgan. Miyacha (belgilanmagan) telensefalonning qismi emas.
Umurtqalilar embrioni miyasining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatuvchi diagramma.

Bosh miya (cerebrum) yoki oxirgi miya (telencephalon) miyaning katta qismi bo‘lib, tarkibiga bosh miya po‘stlog‘i (bosh miya yarimsharlarining) va gippokamp, bazal o‘zaklar va [[hidlov piyozchasi]] kabi bir qancha subkortikal tuzilmalar kiradi. Odam miyasida, bosh miya markaziy nerv sistemasining eng yuqori sohasidir. Prosensefalon yoki oldingi miya embrional tuzilma bo‘lib, undan bosh miya prenatal rivojlanadi. Sutemizuvchilarda, dorsal telensefalon, yoki pallium, bosh miya po‘stlog‘iga rivojlanadi va ventral telensefalon, yoki subpallium, bazal o‘zaklarga aylanadi. Bosh miya shuningdek tahminan simmetrik chap va o‘ng bosh miya yarimsharlariga bo‘linadi.

Bosh miya miyacha ishtirokida odam tanasidagi barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.

Tuzilishi

Odam bosh miyasining lokatsiyasi (qizil).

Bosh miya miyaning eng yirik qismi. Hayvon tanasi holatiga ko‘ra miya ustunining oldida yoki ustida yotadi. Odamlarda bosh miya eng yirik va miyaning besh asosiy bo‘limlari ichida eng yaxshi rivojlangani.

Bosh miya ikkita bosh miya yarimsharlarida va ularning po‘stloqlaridan (tashqi kulrang modda qavati) va ostida yotuvchi oq modda sohalaridan iborat.[1] Uning subkortikal tuzilmalari gippokamp, bazal o‘zaklar va hidlov piyozchasini o‘z ichiga oladi. Bosh miya ikkita C-shaklidagi yarimsharlardan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro chuqur bosh miyaning bo‘ylama tirqishi bilan ajralib turadi.

Bosh miya po‘stlog‘i

Bosh miya yuzasi

Bosh miya po‘stlog‘i, bosh miyaning tashqi kulrang modda qavati bo‘lib, faqatgina sutemizuvchilarda topilgan. Yirik sutemizuvchilarda, shuningdek odamlarda, bosh miya po‘stlog‘i yuzasi burmalanib pushtalar va egatlar hosil qiladi va yuza maydonini kengaytiradi.[2]

Bosh miya po‘stlog‘i to‘rt bo‘lakka bo‘linadi: peshona, tepa, ensa va chakka bo‘laklari. Bo‘laklar ulardan yuqorida yotuvchi neyrokranial suyaklarga ko‘ra bo‘lingan.[3]

Bosh miya yarimsharlari

Bosh miya bosh miyaning bo‘ylama tirqishi yordamida ikkita bosh miya yarimsharlari, o‘ng va chap, bo‘linadi. Bosh miya kontralateral tuzilgan, ya’ni, o‘ng yarimshar tananing chap tomonidan signallarni qayta ishlaydi va boshqaradi, chap yarimshar bo‘lsa tananing o‘ng tomonidan signallarni qayta ishlaydi va boshqaradi.[3] Yarimsharlar orasida kuchli lekin to‘liq bo‘lmagan bilateral simmetriya mavjud. Miya funksiyalari lateralizatsiyasi ma’lum va bo‘lishi mumkin bo‘lgan farqlarni ko‘rsatadi.

Rivojlanishi

Umurtqalilarning rivojlanayotgan embrionida nerv naychasi to‘rtta ajralmagan qismlari bo‘lib, ulardan keyinchalik markaziy nerv sistemasining ma’lum sohalari rivojlanadi; bular oldingi miya (prosencephalon), o‘rta miya (mesencephalon), ortki miya (rhombencephalon) va orqa miya.[4] Oldingi miya keyinchalik telensefalon (oxirgi miya) va diensefalon (oraliq miya)ga rivojlanadi. Dorsal telensefalon pallium (sutemizuvchilar va reptiliyalarda bosh miya po‘stlog‘i)ga aylanadi va ventral telensefalon bazal o‘zaklarni hosil qiladi. Diensefalon thalamus va gipotalamusga rivojlanadi, shuningdek optik pufakchalar (keyinchalik to‘r parda)ga ham.[5] Dorsal telensefalon keyin o‘rta chiziq bilan ajralgan ikkita lateral telensefalik pufakchalarni hosil qiladi. Ular chap va o‘ng bosh miya yarimsharlariga rivojlanadi. Qushlar va baliqlarda barcha umurtqalilardagi kabi dorsal telensefalon bor, lekin qavatlanmagan va shuning uchun bosh miya po‘stlog‘i deb hisoblanmaydi. Faqatgina qavatlangan sitoarxitektonika po‘stloq deb hisoblanishi mumkin.

Funksiyalari

Eslatma: Bosh miya ko‘plab qism va sohalardan iborat bo‘lgan yahlit tuzilma bo‘lgani uchun, ushbu bo‘limda faqatgina bosh miyaning umumiy vazifalari keltirilganini aytib o‘tish muhim. To‘liqroq ma’lumot uchun asosiy maqolalar, bosh miya po‘stlog‘i va bazal o‘zaklarga, qaralsin. Bosh miya miyaning asosiy qismi bo‘lib, hissiyot, eshitish, ko‘rish, shaxsiyat va yana ko‘plab funksiyalarni boshqaradi. U barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.

Birlamchi harakatlantiruvchi po‘stloqdagi yuqorigi harakatlantiruvchi neyronlari miya ustuni va orqa miyaga o‘z aksonlarini yuboradi va u yerda muskullarni innervatsiya qiluvchi pastki harakatlantiruvchi neyronlar bilan sinapslar hosil qiladi. Po‘stloqdagi tasodifiy o‘garishlar natijasida harakatlantiruvchi sohalarning zararlanishi ma’lum turdagi harakatlantiruvchi neyron kasalligiga olib kelishi mumkin. Bu turdagi zararlanish natijasida total shol emas, muskul kuchi va aniqligi yo‘qolishiga olib keladi.

U sensor tushunish, xotira, fikrlar va xulosalar qilish markazi sifatida ishlaydi; bosh miya shuning ixtiyoriy harakat faoliyati markazi sifatida ham ishlaydi.

Sensor protsessing

Bosh miya po‘stlog‘ining birlamchi sezuvchi sohalari vizual, eshitish, somatosensor, ta’m bilish va hid bilish informatsiyalarini qabul qiladi va qayta ishlaydi. Po‘stloq assotsiatsiyalovchi sohalari bilan birgalikda bu miya sohalari sensor informatsiyalarni bizning dunyo bo‘yicha tushunchalarimizga aylantiradi.

Hid bilish

Hidlov piyozchasi, hid bilish sezgisi uchun javobgar bo‘lib, ko‘plab umurtqalilar bosh miyasining yirik sohalarini egallaydi. Ammo, odamlarda, miyaning bu qismi anchagina kichikroq va peshona bo‘lagining ostida yotadi. Hid bilish sensor sitemasi unikal bo‘lib, hidlov piyozchasi neyronlari o‘z aksonlarini birinchi talamusga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri hidlov po‘stlog‘iga yuboradi. Hidlov piyozchasining jarohati hid bilishning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Til va aloqa

Gapirish va tilni bosh miya po‘stlog‘i qismlari ta’minlaydi. Tilning harakat ulushlarini Broka sohasi ta’minlaydi. Nutqni tushunish Vernikke sohasi orqali ta’minlanadi. Bu ikki soha yirik oq modda trakti, yoysimon tutam orqali o‘zaro bog‘langan. Broka sohasining jarohati ekspressiv afaziya (to‘liq bo‘lmagan afaziya)ga olib kelsa, Vernikke sohasi jarohati reseptiv afaziya (to‘liq afaziya deb ham ataladi)ga sabab bo‘ladi.

O‘rganish va xotira

Xotiraning aniq yoki deklarativ (faktli) shakllanishi gippokamp va o‘rta chakka bo‘lagining unga bog‘liq sohalarida amalga oshadi. Bu bog‘liqlik chakka bo‘lagi epilepsiyasini davolash uchun ikkala, chap va o‘ng gippokamp xirurgik olib tashlangan HM nomi bilan mashhur bemordan so‘ng tavsiflangan. Amaliyotdan so‘ng, HMda anterograd amneziya, yoki yangi xotiralar shakllantira olmaslik kuzatilgan.

So‘zsiz yoki jarayonli xotira, masalan murakkab harakatlar, bazal o‘zaklarni o‘z ichiga oladi.

Qisqa muddatli yoki ishchi xotira po‘stloqning assotsiativ sohalarini, xususan dorsolateral prefrontal po‘stloq, shu qatorda gippokampni o‘z ichiga oladi.

Boshqa hayvonlarda

Eng sodda umurtqalilar, miksina va minogalarda, bosh miya hidlov piyozchasidan nerv impulslarini qabul qiluvchi nisbatan oddiy tuzilma. Tog‘ayli baliqlar va panja qanotli baliqlar, shuningdek amfibiyalarda, anchagina murakkab tuzilma mavjud: bosh miya uchta alohida sohalarga bo‘lingan. Eng pastki (yoki ventral) soha bazal o‘zaklarni hosil qiladi va bosh miyaning qolgan qismlarini talamus bilan bog‘lovchi tolalar tutadi. Undan yuqorida va bosh miyaning lateral qismi paleopallium va eng yuqori (yoki dorsal) qismi arxipallium deb ataladi. Bu hayvonlarda bosh miya, amniotlardagi keng doiradagi funksiyalaridan farqli ravishda, asosan hidlov sezgisiga bag‘ishlangan.[6]

Shu’la qanotli baliqlarda tuzilishi birmuncha boshqacha. Bosh miyaning letral va ventral sohalari ichki yuzasi bo‘rtib miya qorinchalariga shakllanadi; u bazal o‘zaklarni va palliumning turli qismlarini o‘z ichiga oladi va murakkab tuzilma bo‘lishi mumkin, xususan teleostlarda. Bosh miyaning dorsal yuzasi membranali va nerv to‘qimasi tutmaydi.[6]

Amniotlarda bosh miya anchagina yirik va murakkablashadi. Sudralib yuruvchilar (reptiliyalar)da, paleopallium amfibiyalardagidan ancha yirik va uning o‘sishi bazal yadrolarni bosh miyaning markaziy sohalariga itargan. Quyi umurtqalilardagi kabi, kulrang modda oq moddaning ostida joylashgan, lekin ba’zi reptiliyalarda, u tashqi yuzaga tarqalib, primitiv po‘stloq hosil qiladi, xususan miyaning oldingi qismida.[6]

Sut emizuvchilarda, bu rivojlanish yanada davom etadi va po‘stloq bosh miya yarimsharlarini to‘liq qoplaydi, xususan rivojlangan turlarda, masalan primatlarda. Paleopallium miyaning ventral yuzasiga itrilib, hidlov bo‘laklariga aylanadi, arxipallium bo‘lsa medial dorsal burchak trofida aylanadi va gippokampni hosil qiladi. Yo‘ldoshlilarda, keyinchalik ikki yarimsharni bog‘lovchi qadoqsimon tana ham rivojlanadi. Bosh miya yuzasining murakkab burmalari ham yuqori sutemizuvchilarda topilgan.[6] Garchi yirik sutemizuvchilar (masalan, fillar) bosh miyasi ham mos ravishda yirik bo‘lsada, delfinlar bosh miyasi tana massasining 2 foizidan ko‘proqni tashkil qiluvchi yagona tur (odamdan tashqari) hisoblanadi.[7]

Qushlar bosh miyasi ham sudralib yuruvchilardan farqli ravsihda sutemizuvchilarnikiga o‘xshash yiriklashgan. Qushlar miyasining kattalashgan o‘lchamini klassik jihatdan kattalashgan bazal o‘zaklarga bog‘lashgan, qolgan sohalari ibtidoiy qolgan degan fikr bo‘lgan, lekin bu qarash sezilarli darajada qolib ketgan.[8] Qushlarda ensefalizatsiyaning alternativ jarayoni kechgan,[9] ular boshqa arxozavrlardan kelib chiqqan bo‘lsada, sutemizuvchilar va ularning terapsid ajdodlari boshidan o‘tkazgan tajribalari bilan kam sonli aniq parallellari bor.

Qo‘shimcha suratlar

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Arnould-Taylor, William. A Textbook of Anatomy and Physiology. Nelson Thornes, 1998 — 52 bet. 2015-yil 27-yanvarda qaraldi. 
  2. Angevine, J.; Cotman, C.. Principles of Neuroanatomy. NY: Oxford University Press, 1981. 2015-yil 25-yanvarda qaraldi. 
  3. 3,0 3,1 Rosdahl, Caroline; Kowalski, Mary. Textbook of Basic Nursing, 9th, Lippincott Williams & Wilkins, 2008 — 189 bet. 2015-yil 28-yanvarda qaraldi. 
  4. Gilbert, Scott F.. Developmental biology, 10th, Sunderland, Mass.: Sinauer, 2014. ISBN 978-0-87893-978-7. 
  5. Principles of neural science, 5th, Appleton and Lange: McGraw-Hill, 2006. ISBN 978-0-07-139011-8. 
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Romer, Alfred Sherwood; Parsons, Thomas S.. The Vertebrate Body. Philadelphia, PA: Holt-Saunders International, 1977 — 536–543 bet. ISBN 0-03-910284-X. 
  7. T.L. Brink „Unit 4: The Nervous System.“,. Psychology: A Student Friendly Approach. (PDF), 2008 — 62 bet. 
  8. "Avian brains and a new understanding of vertebrate brain evolution.". Nat. Rev. Neurosci. 6 (2): 151–9. 2005. doi:10.1038/nrn1606. PMID 15685220. PMC 2507884. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2507884. 
  9. Emery NJ (2006-01-29). "Cognitive ornithology: the evolution of avian intelligence". Philos. Trans. R. Soc. Lond. B Biol. Sci. 361 (1465): 23–43. doi:10.1098/rstb.2005.1736. PMID 16553307. PMC 1626540. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1626540. 

Havolalar