Chust tumani: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 45: Qator 45:
|Kengligi =
|Kengligi =
|Uzunligi =
|Uzunligi =
|Xarita = Chust District location map.png
|Xarita = Chust tumani.png
|Xarita oʻlchami = 300
|Xarita oʻlchami = 300
|Maʼmuriy birlik xaritasi =
|Maʼmuriy birlik xaritasi =

18-May 2020, 07:22 dagi koʻrinishi

Chust tumani
Чустский район
tuman
Tarkibida Namangan viloyati
Maʼmuriy markazi Chust
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Chust tumani xaritada
Koordinatalari: 41°0′0″N 71°14′0″E / 41.00000°N 71.23333°E / 41.00000; 71.23333 G O

Chust tumaniNamangan viloyatidagi tuman. 1926-yil 29- sentabrda tashkil etilgan. Sharqdan Toʻraqoʻrgʻon, shimoli-sharqdan Kosonsoy, janub va gʻarbdan Pop, janubi-sharqdan Mingbuloq tumanlari, shimoldan Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,92 ming km². Aholisi 198,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Chust), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Axcha, Boymoq, Varziq, Karkidon, Karnon, Olmos, Ogʻasaroy, Shoyon, Shoʻrkent, Gʻova, Hisorak) bor. Markazi — Chust shahri.

Tabiati. Tuman hududi Chatqol togʻlarining etaklaridagi pastbaland tekisliklarda joylashgan. Koʻp qismi adir. Balandligi 1000–1200 m. Togʻlardan oqib tushadigan soylar (Gʻovasoy, Olmossoy, Shataksoy, Rezaksoy, Karkidonsoy va boshqalar) jarliklar hosil qilgan. Janubiy qismi Sirdaryoga tutash boʻlib, tekislikdan iborat. 1947-yilda ishga tushirilgan Chust kanali Kosonsoy suv ombori suvini 58km masofaga — Olmos qishlogʻigacha olib boradi. 1973- yilda suv taqsimlaydigan Gʻovasoy gidrouzeli qurildi. Koʻksaraksoy suv ombori va Chust nasos styasi bor. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 1G. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —1,3°, eng past temperatura —26°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25,8°, eng yuqori temperatura 40°. Yiliga 305mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190 kun. Tuproqlari tekisliklarda boʻz tuproq, adirlar qum, tosh, lyoss, mergel bilan qoplangan. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, doʻlana, qizilmiya, oqmiya, yovvoyi piyoz, lola va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, sutur, qobon uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1&km² ga 216,2 kishi. Qishloq aholisi 135,1 ming kishi, shahar aholisi 63,8 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda "Chustmash", "Paxta tolasi", "Barion" aksiyadorlik jamiyatlari, milliy pichoqlar yasash, "Suvmash" korxonalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, asfalt zavodlari (Olmos qishlogʻi), badiiy buyumlar, qandolat, tikuvchilik, atlas korxonalari, non, sut zavodlari, savdo korxonalari bor. Chust pichoqlari jahon koʻrgazmalarida ishtirok etgan. Chust doʻppilari 1968-yilda NyuDexli, 1969-yilda Monreal, 1970-yilda Tokio va Poznan shaharlaridagi jahon koʻrgazmalarida yuqori baholandi.

Tuman qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Chorvachilik, bogʻdorchilik, tokchilik ham rivojlangan. Tumanda 16 shirkat, 945 fermer, 68 dehqon xoʻjaligi bor. Ekin maydonlarining 9,7 ming gektariga paxta, 12,3 ming ga yerga galla, 55 ga yerga kartoshka, 128 ga yerga sabzavot, 28 ga yerga poliz ekinlari ekiladi. 4,3 ming ga mevazor, 1,5 ming ga tokzor, 798 ga tutzor, 13 ga mevali koʻchatzor bilan band. Chust tumani jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 43,4 ming qoramol (shu jumladan, 20^5 ming sigir), 89,9 ming qoʻy va echki, shuningdek, parranda ham boqiladi (2003).

Tumanda 69 umumiy taʼlim maktabi, 2 iqtidorli bolalar internati, 2 gimnaziya internat, sanatoriy internat maktablari, sanʼat, musiqa maktablari, 6 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 47 kutubxona (306 ming nusxa kitob), 14 klub muassasasi, 2 muzey, sanʼat saroyi, 6 madaniyat va istirohat bogʻi bor. 3 bolalar va yoshlar sport maktabi, 6 stadion, 2 suv havzasi, 40 sport zali, 36 otish tiri, 4 tennis korti, 11 futbol maydoni bor. 38 kasalxona (1096 oʻrin), tugʻruqxona, poliklinika, dorixona, qishloq vrachlik punkti, 3 feldsher akusherlik punkti, 3 qishloq davolash ambulatoriyasi va boshqa tibbiy muassasalarda 408 vrach va 2031 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Sanatoriy, dam olish uylari ishlab turibdi. Tuman hududi orqali Fargʻona halqa avtomobil yoʻli oʻtadi. Chustdan Namanganga avtobus qatnaydi. 1960-yildan "Chust haqiqati" tuman gazetasi chiqadi (adadi 6,5 ming).[1]

Manbalar

  1. "Chust tumani" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil