Carl Linnaeus: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 30: Qator 30:
== Manbalar ==
== Manbalar ==
{{reflist}}
{{reflist}}

{{OʻzME}}
{{OʻzME}}
{{scientist-stub}}
{{scientist-stub}}

15-May 2020, 08:42 dagi koʻrinishi

Carl Linnaeus (Carl von Linné)
Tavalludi 23-may 1707-yil
Rosxult, Shvetsiya
Vafoti 10-yanvar 1778-yil(1778-01-10)
(70 yoshda)
Uppsala, Shvetsiya
Istiqomat joylari Shvetsiya
Fuqaroligi Shvetsiya[1]
Millati Shvetsiya
Sohasi Botanika
Biologiya
Zoologiya
Taʼlimi Lund universiteti
Uppsala universiteti
Mashhur ishlari Taksonomiya
Ekologiya
Botanika
Dini Luteran

Carl Linnaeus (shved tilidagi asl ismi Carl Nilsson Linnæus, 23-may, 1707 – 10-yanvar, 1778) — binominal nomenklaturaga asos solgan shved botanigi, zoologi va shifokori boʻlgan. U zamonaviy taksonomiya va ekologiyaning otasi deb ataladi. Uning ishlarining asosiy qismi lotin tilida yozilgan boʻlib, lotinchada uning ismi Carolus Linnæus deya, 1761-yildan soʻng Carolus a Linné deb yozilgan.

LINNEY (Linne, Linnaeus) Karl (1707.23.5, Rosxult - 1778.10.1, Upsala) — shved tabiatshunosi. Shvetsiya Fanlar akademiyasi akademik va uning birinchi prezidenta (1739 yildan), Parij Fanlar akademiyasi akademik (1762 yildan). Lund va Upsala universitetlarida oʻqigan, Upsala universiteti professor (1741 yildan). Oʻsimlik va hayvonlarning zamonaviy sistematikasiga asos solgan, binar nomenklaturani fanga kiritgan. L. turni ikki nom, yaʼni tur va urugʻ (turkum) nomi bilan atashni taklif etgan; sinf, turkum (tartib), urugʻ (turkum), tur va variatsiya tushun-chalarini anikdab bergan. L. 1500 oʻsimlik turlarini tavsiflab berdi. Oʻsimliklarni 24 sinf, hayvonlarni 6 sinf (sut emizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, baliklar, chuvalchanglar va hasharotlar)ga ajratadi. Amfibiyalarga suvda va quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilarni kiritadi. Odamni hayvonlar sistemasi (sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumi)ga kiritish oʻsha davrda hukmron boʻlgan dunyoqarashlarga zid edi. L. sistemasi kup xususiyatlarga kura, sunʼiy bulsa ham oʻz davrida katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. U 10000 dan ortiq usimlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini tavsiflab berdi. L. tibbiyot, oʻsimliklarning iqlimga moslanishk va boshqa masalalarga bagʻishlangan bir qancha asarlar yaratdi. Upsala shahrida Gʻarbiy Yevropada eng yaxshi hisoblangan botanika bogini tashkil etdi.[2]

Manbalar

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil