Kaliyli oʻgʻitlar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 193.106.50.75 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 5: Qator 5:
K.oʻ. sifatida tarkibida kaliyli tuzlar bor alyuminiy va sement sanoati chiqindilari (potash) ham ishlatiladi. Sement changi va potash muhiti ishqorli. Kul, ayniqsa, nordon tuproqpar uchun aʼlo darajadagi K.oʻ. hisoblanadi, u tuproqning zararli kislotaliligini ham neytrallaydi. Goʻng oʻsimliklar uchun kaliy manbai, chunki unda 0,6% atrofida K2O boʻladi.

Barcha q.x. ekinlari, ayniqsa, qumli va qumloqli tuproqlardagi ekinlar K.oʻ.ga kuchli ehtiyoj sezadi. K.oʻ., odatda, fosforli yoki azot va fosforli oʻgʻitlar bilan birga ishlatiladi. Gʻoʻza, kartoshka, sabzavot, qand lavlagi, xashaki ildizmevalilar, makkajoʻxori, kuzgi gʻalla ekinlari va b. ekinlar kaliyga talabchan. 1 ga maydondagi gʻoʻza har tonna hosili uchun yerdan 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor bilan birga 30– 80 kg kaliyni oʻzlashtirishi aniklangan. K.oʻ. meva, rezavor-meva, uzum, ildizmevalilar va b. tarkibidagi qand miqdorini, kartoshkada kraxmalni, tolali ekinlarda tola miqdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi, yem-xashak ekinlari tarkibidagi proteinni koʻpaytiradi, kuzgi gʻalla ekinlari, dukkaklilar va daraxtlarning sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamini oshiradi. Quruq choʻl zonasida va sur tuproq yerlarda K.oʻ. faqat sugʻorish paytida beriladi. Shoʻrtob tuproqlarda K.oʻ. ishlatilmaydi, ular tuproq shoʻrini kuchaytiradi. Yerga solinadigan K.oʻ. meʼyori tuproqning harakatchan kaliy bilan qanchalik taʼminlanganligiga bogʻliq. Bunda azot, fosfor, kaliy (NPK) 1:0,7—0,8:0,53 nisbatda olinadi. K.oʻ. yillik miqdorining 50% ini asosiy oʻgʻit sifatida kuzgi shudgorda, 50% ini esa vegetatsiya davrida berish tavsiya etiladi.Asosan
Barcha q.x. ekinlari, ayniqsa, qumli va qumloqli tuproqlardagi ekinlar K.oʻ.ga kuchli ehtiyoj sezadi. K.oʻ., odatda, fosforli yoki azot va fosforli oʻgʻitlar bilan birga ishlatiladi. Gʻoʻza, kartoshka, sabzavot, qand lavlagi, xashaki ildizmevalilar, makkajoʻxori, kuzgi gʻalla ekinlari va b. ekinlar kaliyga talabchan. 1 ga maydondagi gʻoʻza har tonna hosili uchun yerdan 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor bilan birga 30– 80 kg kaliyni oʻzlashtirishi aniklangan. K.oʻ. meva, rezavor-meva, uzum, ildizmevalilar va b. tarkibidagi qand miqdorini, kartoshkada kraxmalni, tolali ekinlarda tola miqdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi, yem-xashak ekinlari tarkibidagi proteinni koʻpaytiradi, kuzgi gʻalla ekinlari, dukkaklilar va daraxtlarning sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamini oshiradi. Quruq choʻl zonasida va sur tuproq yerlarda K.oʻ. faqat sugʻorish paytida beriladi. Shoʻrtob tuproqlarda K.oʻ. ishlatilmaydi, ular tuproq shoʻrini kuchaytiradi. Yerga solinadigan K.oʻ. meʼyori tuproqning harakatchan kaliy bilan qanchalik taʼminlanganligiga bogʻliq. Bunda azot, fosfor, kaliy (NPK) 1:0,7—0,8:0,53 nisbatda olinadi. K.oʻ. yillik miqdorining 50% ini asosiy oʻgʻit sifatida kuzgi shudgorda, 50% ini esa vegetatsiya davrida berish tavsiya etiladi.

== Adabiyot ==
== Adabiyot ==

8-May 2020, 10:18 dagi koʻrinishi

Kaliyli oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar oson oʻzlashtiradigan shaklda kaliy elementi boʻlgan mineral moddalar; suvda eruvchan xlorid, sulfat va karbonat kislotalarning tuzlari. Tarkibida kaliyli tuzlar boʻlgan togʻ jinslari K.oʻ. olinadigan xom ashyo.

K.oʻ. konsentrlangan K.oʻ., aralash K.oʻ. va xom kaliy tuzlariga boʻlinadi. Konsentrlangan K.oʻ.ga kaliy xlorid (55,259,7% K2O), kaliy sulfat (44— 52% K2O), kaliyli selitra (44% K2O) kiradi. Aralash K.oʻ. xom kaliy tuzlariga konsentrlangan K.oʻ. qoʻshib tayyorlanadi: 30—40% li kaliy tuzlari kaliy xloridning silvinit yoki kainit bilan mexanik aralashmasidan iborat; kaliy-magniyli konsentrat; kaliy-magniy sulfat yoki kalimagneziya; yogʻoch, torf va b. kuli. Xom kaliy tuzlari — maydalangan tabiiy minerallar (silvinit va kainit).

K.oʻ. sifatida tarkibida kaliyli tuzlar bor alyuminiy va sement sanoati chiqindilari (potash) ham ishlatiladi. Sement changi va potash muhiti ishqorli. Kul, ayniqsa, nordon tuproqpar uchun aʼlo darajadagi K.oʻ. hisoblanadi, u tuproqning zararli kislotaliligini ham neytrallaydi. Goʻng oʻsimliklar uchun kaliy manbai, chunki unda 0,6% atrofida K2O boʻladi.

Barcha q.x. ekinlari, ayniqsa, qumli va qumloqli tuproqlardagi ekinlar K.oʻ.ga kuchli ehtiyoj sezadi. K.oʻ., odatda, fosforli yoki azot va fosforli oʻgʻitlar bilan birga ishlatiladi. Gʻoʻza, kartoshka, sabzavot, qand lavlagi, xashaki ildizmevalilar, makkajoʻxori, kuzgi gʻalla ekinlari va b. ekinlar kaliyga talabchan. 1 ga maydondagi gʻoʻza har tonna hosili uchun yerdan 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor bilan birga 30– 80 kg kaliyni oʻzlashtirishi aniklangan. K.oʻ. meva, rezavor-meva, uzum, ildizmevalilar va b. tarkibidagi qand miqdorini, kartoshkada kraxmalni, tolali ekinlarda tola miqdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi, yem-xashak ekinlari tarkibidagi proteinni koʻpaytiradi, kuzgi gʻalla ekinlari, dukkaklilar va daraxtlarning sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamini oshiradi. Quruq choʻl zonasida va sur tuproq yerlarda K.oʻ. faqat sugʻorish paytida beriladi. Shoʻrtob tuproqlarda K.oʻ. ishlatilmaydi, ular tuproq shoʻrini kuchaytiradi. Yerga solinadigan K.oʻ. meʼyori tuproqning harakatchan kaliy bilan qanchalik taʼminlanganligiga bogʻliq. Bunda azot, fosfor, kaliy (NPK) 1:0,7—0,8:0,53 nisbatda olinadi. K.oʻ. yillik miqdorining 50% ini asosiy oʻgʻit sifatida kuzgi shudgorda, 50% ini esa vegetatsiya davrida berish tavsiya etiladi.

Adabiyot

  • Ergashev Sh., Ergashev M., Kaliyli oʻgʻitlar va paxta hosildorligi, T., 1983.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil