Salavk I Nikator: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 11: Qator 11:


{{stub}}
{{stub}}
Andoza:Salavkiylar davlati hukmdorlari
{{Andoza:Salavkiylar davlati hukmdorlari}}

19-Aprel 2020, 13:29 dagi koʻrinishi

Salavk I Nikator (yun. Seleukos Nikator — "Muzaffar") (mil. av. 358/ 354281/280) — Salavkiylar davlati va sulolasi asoschisi. Makedoniyalik mashhur Antioxning oʻgʻli. 326 y. Aleksandrning Hindistonga qilgan yurishlarida mashhur sarkarda sifatida nom chiqardi. Aleksandr oʻlgandan keyin uning safdoshlari (diadoxlar) bilan taxt uchun shafkatsiz kurash olib bordi. 321 y. Bobil satrapligini boshqarish unga topshirilgan. 312 yilga kelib ("salavkiylar erasi"ning boshlanishi) bu yerda mustahkam oʻrnashib olgach, Midiya, Suziana va Forsiya (Persida)ni, keyinchalik Baqtriyani ham oʻz mulkiga qoʻshib oldi va oʻzini shoh deb eʼlon qildi. taxminan 305 yilda Hindistonga muvaffaqiyatli yurish qildi, lekin Gʻarbdan tashvishli xabar olgandan soʻng , hind shohi Chandragupta bilan 500 fil evaziga sulh tuzdi va egallab olgan hududni qaytarib berdi. Ipsdagi jang (mil. av. 301) natijasida (diadoxlar oʻrtasida yer boʻlinganda) Mesopotamiya va Suriyani oldi. 281 y. Lisimaxni tormor qilib Kichik Osiyoning deyarli hamma hududini egallab oldi. S. I Makedoniyaning podshosi boʻlish maqsadida Frakiya va Makedoniya tomon yurish boshlagan. Lekin, Ptolemey Lagning oʻgʻli Ptolemey Keravn tomonidan oʻldirilgan. S. I 70 ga yaqin shaharga asos solgan. Bu shaharlar Salavkiylar davlatining tayanchiga aylangan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil