Zikir Muhammadjonov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 14: Qator 14:
| Faoliyat yillari = 1938—2012
| Faoliyat yillari = 1938—2012
| Yo'nalish = Aktyorlik
| Yo'nalish = Aktyorlik
| Mukofotlari = {{Oʻzbekiston qahramoni}}{{Buyuk xizmatlari uchun ordeni}}{{Doʻstlik ordeni}}{{Mehnat Qizil Bayroq ordeni}}
| Mukofotlari = {{Oʻzbekiston qahramoni}}{{Buyuk xizmatlari uchun ordeni}}{{Doʻstlik ordeni}}{{Mehnat Qizil Bayroq ordeni}}{{Lenin ordeni}}
| imdb_id =
| imdb_id =
| Sayt =
| Sayt =

16-Aprel 2020, 06:50 dagi koʻrinishi

Zikir Muhammadjonovich Muhammadjonov
Tavalludi 1-yanvar 1923-yil
Vafoti 23-avgust 2012-yil(2012-08-23)
(91 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1938—2012
Yoʻnalish Aktyorlik
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Zikir Muhammadjonov (1-yanvar, 1921[1] — 23-avgust, 2012) oʻzbek artisti, teatr va kino aktyori boʻlgan. Zikir Muhammadjonov 70 yildan koʻproq Oʻzbek Akademik drama teatrida ishlab, yuzdan ortiq rollarni ijro etgan.[2]

Zikir Muhammadjonov 2012-yil 23-avgustida vafot etdi.[2][3]

Muhammadjonov Zikir (Zokir) (1921.1.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1962). Oʻzbekiston Qahramoni (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1949). 1938 yildan Hamza teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da aktyor. 1977—82 yillar Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasining raisi. M. keng qamrovli aktyor boʻlib, spektaklda, kino va televideniyeda jahon dramaturgiyasining mumtoz namunalarida, oʻzbek adiblarining umuminsoniy mavzularidagi asarlarida obrazlarni maxrrat bilan yaratgan. Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Jaloliddin ("Jaloliddin Manguberdi"), Abdullatif ("Mirzo Ulugʻbek"), Navoiy ("Alisher Navoiy"), Goratsio ("Hamlet"), Kassio ("Otello"), Furqat ("Furqat"), Yedi-gey ("Asrga tatigulik kun"), Samandar ("Samandar"), Sintaro ("Oʻgʻirlangan umr"), Oktaviya Sezar ("Yuliy Sezar"), Dehqonboy (Shoqi soʻzana"), Jabborov ("Parvoz"), Yusufbek hoji ("Oʻtgan kunlar"), Beruniy ("Abu Rayxrn Beruniy") kabi rollarida M.ning oʻziga xos ijod nafasi ovozdagi joʻshqin ehtiros, fikran teranlik va vazminlik bilan toʻldirilib, imkoniyat kuchi namoyon boʻlgan. M. bir qancha filmlarda (Maksud, "Fidoyi"; professor Karimov, "Koniyut gʻorining siri"; Shoh Baxrom, "Dilorom"; Junaidxon, "Uzoq-yaqin yillar"; Yusuf, "Alibobo va qirq qaroqchi" va boshqalar) ham suratga tushgan. Ayniqsa, "General Rahimov" filmidagi Sobir Raximov roli aloxdda oʻrin tutadi. Generalga xos joʻshqinlik, shijoat, jasurlik, bagʻri kenglik M. ijrosida oʻz aksini toʻla topa olgan. Aktyor videofilm va telespektakllarda qam bir qancha obrazlar yaratgan: Ulugʻbek ("Ulugʻbek xazinasi"), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy"), Isomiddin aka ("Yer farzandi"), professor Komilov ("Imon") va boshqa shular jumlasidan. Bir qancha chet el filmlarida ham suratga tushgan. M. yaratgan obrazlar kuchli psixologik dramatizmi, romantik koʻtarinkiligi bilan ajralib turadi. "Shuxrat" medali (1994), "Doʻstlik" (1996), "Buyuk xizmatlari uchun" (1998) ordenlari bilan takdirlangan.[4]

Manbalar

Havolalar