Nizomiy maqbarasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 77: Qator 77:
[[Turkum:Ozarbayjon_sanʼati]]
[[Turkum:Ozarbayjon_sanʼati]]
[[Turkum:Ozarbayjon tarixi]]
[[Turkum:Ozarbayjon tarixi]]
[[Turkum:Ozarbayjon]]
[[Turkum:Ganja]]
[[Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari‎]]
[[Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari‎]]

9-Aprel 2020, 07:52 dagi koʻrinishi

Nizomiy maqbarasi
ozarb. Nizami məqbərəsi
maqbaraning tashqaridan koʻrish.
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Ganja
Meʼmor Farmon İmomquliyev
Qo‘rqmas Sijoddinov
Qurilish vaqti XIII asr (Birinchi bino)
1947-1991 (Hozirgi bino)
Uslubi Ozarbayjon meʼmorligi
Holati muzey
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish
Manba nomeri 472
SSSR pochta markasi.

Nizomiy maqbarasi — buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy tavallud topgan Ganja shahri yaqinida joylashgan. Maqbara 20 m balandlikda, silindr shaklida marmar  bino va atrofidagi park bilan birga taʼmirlangan. Maqbara yaqinida shoirning boqiy asarlarini tarannum etuvchi bronzadan yasalgan obida joylashgan.[1]

Maqbara tarixi

Nizomiy qabri ustida qadimdan oq ohak toshdan maqbara qurilgan edi. Ilk maqbara qurilishi XIII-XIV asrlarga tegishli deb tahmin qilinadi.[1]

Maqbara Oltin Arslon tomonidan Nizomiyga sovg‘a qilingan Hamdon — hozirgi Ahmadli qishlog‘i hududida va bu hududga mahalliy aholi hozir ham „Shayx tekisligi“, „Shix tekisligi“ deyishadi. „Shix tekisligi“da olib borilgan arxeologik qazilmalar shuni tasdiqlaydiki, bu hudud vaqtida Ganja shahrining faxriy xiyoboni bo‘lgan. Bu yerda Shayx Nizomiyning maqbarasi atrofida Ganja shahrining boshqa mashhur shaxslarning ham maqbaralari bo‘lgan. XIX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Kavkazda olib borgan mustamlakachilik siyosati natijasida Ganja xonligi tanazzulga uchragach, 1826-yilda „Shix tekisligi“da yuz bergan mashhur Yelizavetpol jangi vaqti maqbara jiddiy shikastlanadi va taʼmirlangani sababli xaroba holatiga kelib qolgan. XIX asr 40-yillarida butunlay vayron bo‘lish xavfi ostida qolgan maqbaraning jiddiy taʼmirlash lozimligini ko‘rgan Qorabog‘ xonligi tarixchisi Mirzabey Adigo‘zal XIX asr o‘rtalarida maqbarani taʼmirlatib, uning qulab tushgan gumbazi o‘rniga yangi gumbaz qurdiradi. Keyinchalik general Yodgorzoda tomonidan qayta qurilgan. XX asr boshlarida esa Adigo‘zal naslidan bo‘lgan va Ganja politsiya boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan Ajdarbey Adigo‘zalov-Goraniy gumbazni taʼmirlatadi. Bundan keyin maqbara butunlay qarovsiz qolgani sababli vayron bo‘ladi. 1875-yilda Eron valiahdi Farhod Mirzo Qachar buyuk shoir ziyoratiga kelishi va maqbara holatini o‘zining „Yo‘l yo‘riqnomasi“ kitobida ham shunday tasvirlardi: „Biz yetti chaqirim yo‘l bosganimizdan so‘ng uncha katta bo‘lmagan gumbaz ko‘rdik. Gumbazning yarmi vayron bo‘lgan edi. Bu shayx Nizomiyning mozori edi. Bu yerdan Ganjaga yetti chaqirim qolgandi. Men shosha-shosha qabr tomonga ketdim. Faqat uning yaqinidagi post qo‘riqchilari gumbaz ustiga shunchalik ko‘p o‘t yig‘gan edilarki, ichkariga kirishning imkoni bo‘lmadi.“[1][2] 1879-yilda Makka ziyoratiga borgan Sayyid Azim Shirvoniy Nizomiy maqbarasini ziyorat qiladi va uning achinarli holatidan taʼsirlanib, mashhur ruboiysini o‘qiydi:

Ey Şeyx Nizami, ey nizamı dağılan,

Ey Gəncədə izzü – ehtişamı dağılan.

Olmayıbdır cahanda bir səninlə məntək,

Beyti, evi, məktəbi, kəlamı dağılan.


Ey, Shayx Nizomiy, ey nizomiy to‘kilgan,

Ey, Ganjada izzatu-ehtiromi to‘kilgan.

Bo‘lmagan jahonda bir senla manimdek,

Bayti, uyi, maktabi, kalomi to‘kilgan.

1947-yilda shoirning mozori ustida tavalludining 750 yilligiga bag‘ishlab obida barpo etildi. Maqbara 1990-1991-yillarda qaytadan qurildi. Nizomiy Ganjaviy maqbarasi kompleksiga qo‘riqxona maqomi berildi.[3]

Shuningdek qarang

Xorijiy oʻtishlar

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 Nizomiy maqbarasi
  2. Nizomiy Ganjaviy maqbarasi
  3. Ozarbayjon Milliy Kutobxonasi