Qabala tumani: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k removed Category:Ozarbayjon using HotCat
Qator 326: Qator 326:
[[Turkum:Ozarbayjon tarixi]]
[[Turkum:Ozarbayjon tarixi]]
[[Turkum:Ozarbayjon geografiyasi]]
[[Turkum:Ozarbayjon geografiyasi]]
[[Turkum:Ozarbayjon]]
[[Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari‎]]
[[Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari‎]]

9-Aprel 2020, 07:47 dagi koʻrinishi

Quba
tuman
40°58′53″N 47°50′45″E / 40.98139°N 47.84583°E / 40.98139; 47.84583 G OKoordinatalari: 40°58′53″N 47°50′45″E / 40.98139°N 47.84583°E / 40.98139; 47.84583 G O
Mamlakat Оzarbayjon
Hukumat
 • Hokim Sabuhi Abdullayev
Maydon [convert: invalid number]
Rasmiy til(lar)i ozarbayjoncha
Aholisi
94 851
Zichligi 61 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar
Telefon kodi 994 24
Pochta indeks(lar)i AZ 3600
Avtomobil kodi 36
Quba xaritada
Quba
Quba

Qabala tumani(ozarb. Qəbələ rayonu avvalgi nomi:Qutqaşen rayonu) — Ozarbayjon Respublikasıdagi maʼmuriy birliklardan biri. Maʼmuriy markazi Qabala shahridir.

Tarixi

Qabala shahri Ozarbayjonıng qadimiy shaharlaridan biridir. Buyuk Pliniyning yozishicha, Albaniyanıng bosh shahri Kabalakadır.

Poytaxtı VI asrda Partava (Bardaya)ga koʻchirilguniga qadar Kavkaz Albaniyasınıng asosiy shahri Qabala boʻlgan. Qabala Buyuk Plinining xotiralarida Kabalaka (Cabalaca) va Ptolomeyda "Alban va Kavsi Alazan va Samur) daryolari orasidagi Xabala (Chabala) deb keltirilgan. Uning nomi VII asrda Musa Kalankatlıda Kavalaka, „Arman geografiyasi“da Kavagak (Kavalak) va Ostani — Marzpan shaklida uchraydi. VIII asrda Gevond Kaqadan (Qala) — Ostani Marzpanyandan (marzbonlarnıng yashash manzilgohi) deb tanishtiradiki, bu Qabalayaga uygʻun keladi. 1959-yildan bu muhtasham qal’a devorlarınıng xarobaları saqlanib qolgan Chuqur Qabala qishlogʻining (sobiq Qutqashan (hozirgi Qabala) rayoni) yaqinida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida antik davrga oid qadim Qabala shahri manzili aniqlandi.

Qabalaning xarobaları oʻrta asr shahar manzilgohi joylashgan yerdan 2 km janub-sharqda, Chuqur Qabala qishlogʻining yaqinida, Kavkaz togʻlarining yonbagʻrida, Qoradaryo va Jovurludaryo orasidagi keng tepalikda joylashgan. Har tomoni devorlar va minoralar bilan mudofaa qilingan shahar ikki ulkan qismdan — Salbir va mahalliy aholining Govurqal’a deb ataladigan qal’adan tashkil topgan. Ulardan sharqda, Jovurludaryo, Qochalandaryo orasidagi keng tekislikda ibodatxona yerida qabriston va qadimgi shahar qoldiqlari bor. Qabalaning atrofı oʻrmon bilan qoplangan. Shahar atrofini togʻ qishloqlari oʻrab olgan.

Eng yaqın yerda joylashgan Savalan va Avalanda (yoki Agʻvanda) istehkomlar va minoralar qurilgan. Salbirin qal’a devorları, toʻrtburchak va yarımdoira shaklidadagi minoralar koʻp uchraydi. Devorlar va minoralardagi halqalar toʻrtburchak shaklida. Shimol va gʻarb qismlarida darvoza qoldiqlari saqlanib qolgan. Salbirin hududidagi, umuman, butun shaharni chuqur xandaq ajratib turadigan Qal’a qismida devorlar, minora va darvoza qoldiqlari juda yaxshi saqlanib qolgan. Qal’anıng janub tomonida balandligi taxminan 7-8 m, diametri 5-6 m boʻlgan doira va yarımdoiraviy shaklidagi minoralar joylashgan. Dushman hujumi paytida xandak suv bilan toʻldirilgan. Devorlar va minoralar xom gʻishtdan, daryo toshi va ohak eritmasi asosida tayyorlangan pishgan gʻishtdan bunyod etilgan. Shahar istehkomlarını qurishda katta toshlardan foydalanilgan boʻlib u mudofaani yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.

V asrda yepiskopning yashash manzilgohi ham Qabalada joylashgan. Musa Kalankatlı 488-yilda Aquen shahrida chaqirilgan majlisda qabul qilingan qonunlarning pastki qismidagi imzolar bilan tanishgan hukmdor Vachaqandan va Partov arxiyepiskopidan soʻng Qabala (Kapala) yepiskopi Manasenining imzosi turishini aytadi. Shu muallif VII asrda xalkedonit katosi Nerseslaga aloqador hodisalardan bahs etarkan undan ayrılgan Kapalak yepiskopi İoannıng ismini tilga oladi. Majlis ishtirokchıları imzoları orasıda Albaniya katosidan keyingi ikkinchi oʻrinda Kapalak katosi İoannıng imzosı turgan.

I-V asrlarda Qabala alban Arshakilari sulolasi hukmdorlarining qarorgohi boʻlgan. Lekin V asrdan esa Sosoniylar hurmdorligining qarorgohiga aylangan. VI asrda xazarlarning bosqinlari natijasida marzbonlarnıng qarorgohi Partavaga koʻchirilgan. Qabala 737- yilda arablar tomonidan ishgʻol qilinganiga qadar Xazarlar hurmdorligi hududi tarkibida boʻlgan.

Qabala rayoni hozirgi rayon markazidan 20 km janubi-gʻarbda joylashgan IX asrda Kavkaz Albaniyasınıng poytaxtı boʻlmish Qadim Qabala shahrining nomini olgan. Qadim Qabala dunyonıng Bobil, Troya, Pompey kabi qadim va mashhur shaharlar bilan qiyos qilgulik darajada muhim siyosiy-iqtisodiy va tijorat markazlaridan biri boʻlgan.

1959-yildan bu yerda doimiy qazishma ishlarini olib borgan Qabala arxeologik ekspedisiyası shaharning qadimiy qismini yuzaga chiqardi va shahar bunyod etilish tarixini e.a. IV — m.a. I asrlarga borib taqalishini isbotladi. Turli tarixiy davrlarda bu shahar bir necha bor bosqinchilar tomonidan yakson qilingan. Eramızdan avvalgi 60- yillarda Roma qoʻshinlari Albaniyaga hujum qilgan boʻlsalarda, Qabalani ishgʻol eta olmaanlar. Sosoniylar davrida Qabala ulkan tijorat va madaniyat markazi boʻlgan. Xalifiya davrida ham Qabala tijorat va madaniyat markazi sifatidagi ahamiyatini saqlab qolgan. XIII asrda moʻgʻullarnin hujumi davrida Qabala tanazzulga uchragan boʻlsada, keyinchalik yana oʻz qudratini tiklab olgan. XVIII asrning oʻrtalarıda Qabala avvalgi qudratini tikladi, aholi oʻsishi jadallashdi. Bu vaqtga kelib Qabala hududida kichik feodal davlati boʻlgan Qutqashen sultonlıgı tashkil etilgan. Qutqashen keyinchalik Sheki xonlıgınıng tarkibiga kiritilgan boʻlib Sheki xonları tomonidan tayinlangan noiblar tomonidan idora qilingan. Sheki xonligi ketgach Qutqashen Sheki viloyati tarkibiga kiritilgan. 1930-yil 8 sentabrda Ozarbajon Respublikasınıng maʼmuriy rayonlarıdan biri sifatida Qutqashen rayoni yaratılgan. Qabala hududi 1963-yil 4 yanvarda Oqtosh rayonining tarkibiga qoʻshilgan, 1964 yil 17 yanvardan yangidan maʼmuriy rayonga aylantirilgan. Rayonning nomi 1991 yil 7 fevraliga qadar Qutqashen, shu sanadan boshlab esa qadimiy nomi bilan Qabala deb atalgan[3][4].

Georafiyasi

Relyefi

Rayon relyefining asosiy qismini togʻlar tashkil etadi. Shimol qismi Bosh Kavkaz togʻlarining Janubiy qiyaliklaridan boshlanadigan ulkan togʻliklarning markaziy qismida Alazan-Haftaran (Qanıx-Ayridaryo) vodiysi, janub qismida esa Ajınohur togʻoldi Qabala platosi, bu platoning janub sarhadlarida Surxayxan (Axar-baxar) silsilasining chegaralariga qadar hududni oʻz ichiga oladi.

Bosh chegarasini oʻz ichiga olgan Saral, Choban baba, Muchuq, Tufan va Oqbuloq bir-biriga zanjirsimon shaklda rayonning hududini gʻarbdan-sharqqa tomon oʻrab olgan: 1. Saral filiali - Raqdan yuksaklikda Filfildaryo va Tikanlıdaryoga qadar choʻzilgan. Bu filial dengiz sathidan 2000 Mdan janubdan 1000-ga qadar balandlikda joylashgan. 2. Rustambaz - Salavot daryosidan ikki qismni ajratib turadigan gʻarbiy qismida esa Safaryataq, sharqiy tomoni esa Rustambaz Salavot togʻlari nomi bilan nomlanadi. 3. Muchuq filiali -Salavot oʻtish joyi (2896 m) janubiy-gʻarbidan boshlanadigan Vandamdaryo va Temiraparandaryo oʻrtasida joylashgan. 4. Oqbuloq filiali - İsmoyıllı rayonining Qoraburgʻu togʻlaridan Vandamdaryosining sharq (soʻl) sohillariga qadar boʻlgan hududni oʻz ichiga oladi. Qabala rayonining hududi geostrategik jihatdan uch viloyatga boʻlinadi: 1. Togʻlik -denitatsiyaya boʻlmish viloyat — shimol qismini (1000-4466 metrlik) egallagan hudud: 2. Tekislik -akkumliyasiya natijasida shakllangan viloyat-Alazan-Haftaran vodiysi (450-800 m) shu yerda joylashgan. 3. Yaylov -choʻl viloyati-Sheki-Qabala platosinin Hajallı va Malikli tekisligini oʻz ichiga olgan hudud.

Qabalaning hozirgi hududi taxminan 185 million yil avval dengiz boʻlgan. Sharqiy Yevropa (shimoldan) va Arabiston (janubdan) platformalarınıng toʻqnashuvi natijasida - Alp togʻ tizmasi vujudga kelish bosqichida bu yerda quruq relyef shakllangan, 75-85 million yil avval hozirgi relyef shakli paydo boʻlgan. 10-12 million yil avval esa oxirgi materik maydoni relyefining, xususan yuksak togʻlarning shaklanishida muhim rol oʻynagan. Rayonning togʻlik qismi Mezazoy erasınıng Yura va boʻr davriga oid slanets, ohak va qum toshli formasiyalarning keskin parchalanishi (xususan Saraldaryo, Bumdaryo va Damniraparandaryosi vodiylari uchun) natijasida paydo boʻlgan. Vandam daryosidagi qum va slanetslar vulqon natijasida keng yoyilgan.

Rayon hududining janub — Malikli va Hajallı tekisliklarida, Amilli, Amirvan togʻlik (Koʻndalangtogʻ) Janub qiyaliklari, Surxayxan togʻlarining esa janub kengliklari denitatsiya (parchlanish) natijasida relyef formaları shakllangan. Alazan — Haftaran vodiysida esa akkumiliyativ choʻkindilar, daryo vodiylarida konuslar, terraslar va ustun boʻlsa, Ekzogen relyef formaları ham yetakchi oʻrinda turadi.

Umuman olganda Qabalaning ulkan togʻlik hududlaridan togʻoldi vodiylariga qadar, daryolarnung parchlanishi natijasida vujudga kelgan chuqur daralardan tortib yaylovlarga qadar butun togʻli relyef formaları bir-biri bilan muqobildir. Respublikamız hududidagi Buyuk Kavkaznıng eng baland nuqtalari: Bazartekisligi (4466 m), Toʻfontogʻ (4206 m), Bozoryurd (4126 m) va Yan tizmalari joylashgan Shohtogʻ (4243 m) faqat Qabalaning shimol sarhadlarini suv bilan taʼminlaydi. Qayd etish lozimki, Ozarbayjon hududida boʻlgan 6 km 2 togʻ muzliklari (Qapıjıq chiqqisidagi 0,15 km 2 mizliklarni nazarga tutmasak) mavjuddir. Rayonning relyefida uning markaziy qismini gʻarbdan sharqqa kesib oʻtgan — eni 18-20 km boʻlgan Alazan — Haftaran vodiysi, bu vodiyga paralel, undan janubga joylashgan Amilli, Gadik, dashtliklari, Qızlarqal’ası va Amirvan togʻlari koʻndalangiga ayrilgan, qadim Qabala elining nomini abadiylashtirgan Sheki — Qabala yaylovi (Hajallı va Malikli tekisliklari) asosiy oʻrin tutadi. Sheki yaylovini Shirvon tekisligidan Surxayxan (Palantoʻkan, Qash) faqat oʻng tizmasi ajratib turadi. Buyuk Kavkaz tektonik nuqtasi bilan Kur darasi tektonik choʻzmasining sarhadlaridagi zonada joylashgan Qabala rayonining hududi seysmik jihatdan faol zona hisoblanadi. 832 yillik (1139-1981- yillar) maʼlumotiga koʻra rayon hududida 1949-56-yillarda va 1981-yilning dekabr oyida toʻrt marotaba 3-5 ballik zilzila qayd etilgan. Murakkab togʻ relyefi va Mezazoy - Kaynazoy eralarınıng geologik davrlaridagi maxsus qoyalar Qabalaning yerosti tabiiy resurslarining rang-barang boʻlishiga sabab boʻlgan. Mineral suvlar: Qamarvan („Chumchə buloq“) mineral bulogʻı - Qamarvan qishlogʻidan 5 km shimolda, Bum daryosi darasida, 1388 metr balandlikdan yuzaga chiqqan issiq-mineral suvdur. Tabiiy tempiratura 39,2 0-dir. Sulfat va temir moddalariga boydir. 1965-1966- yillarda va 1973-1977-yillarda Sankt-Peterburg shahridagi xususiy labaratoriyada Qabala rayonidagı ,,Qamarvan" „Shonqar“ va „Yangichə“ mineral buloqlarınıng suvlaridan olingan namunalar kimyoviy analizlar asosida tekshirildi. Unga koʻra bu suvlarning tarkibida silisumlu birlashmalar 30-40 mq /l, sulfat 3-12 mq/l boʻlib, umumiy minerallıgı 1,52-1,79 q/lga tengdir. Sutkalık kuchi 50 ming litrga yetadi. Suvining kimyoviy va fizikaviy xossalari, davolovchi xususiyatlariga koʻra Qamarvan mineral bulogʻı Gʻarbiy Yevropada (Piriney yarımorolida) mashhur boʻlgan Kuldur mineral suvi bilan bir xil xususiyatga ega.

Tabiati

Rayonning tabiiy sharoyitida uning tuproq unumdorligi maxsus oʻrin tutadi. Rayonning umumiy tuproq fondi 150 ming gektar boʻlib, uning turlari xilma-xildir. Rayonda odamboshiga tushadigan tuproq fondi taxminan respublika boʻyicha koʻrsatgichlari teng boʻlib 1,5 gektarni tashkil etadi. (Respublika boʻyicha bu raqam 1,2 gektarga tengdir). Tuproq zahiralari insonlar tomonidan oʻzlashtirilishiga koʻra turli sohalarga boʻlinadi: Ekinga yaroqli (shu jumladan haydaladigan, koʻp yillik ekinlar va bogʻlar), yaylov va pichanzor uchun moʻljallangan, oʻrmon qoplagan tuproq turlari, qishloq va shaharlarning chiqindilaridan hosil boʻlgan tuproqlar, daryo, koʻl va suv omborlari, botqoqlik yerlarda hosil boʻlgan tuproqlar va butun bu maqsadlar uchun yaroqsiz dara, koʻchkilar, qoyali, toshloq yerlardagi tuproqlar.

Tuproq tiplarining tuzilishiga koʻra Ozarbayjonı baʼzan, tuproq muzeyida" deb nomlanadi. Bu yerda katta bir haqiqat bordir. Unga koʻra respublikamızda ekvatorial nuqtalarida qizil-sarıq tuproq keng tarqalgan boʻlib u yer yuzidagi eng unumdor tuproq turiga toʻgʻri keladi. Relyef va iqlim sharoyitining rang-barangligi, tuproq hosil boʻlishiga taʼsir etadigan bu va boshqa omillar respublkamızning boshqa hududlarida boʻlgani kabi Qabala rayonida ham tuproq tiplarining boy va unumdor ekanligiga sabab boʻlgan. Rayon janubidagi Shirvon tekisligi sarhadlaridan to togʻlik Buyuk Kavkaz tizmasining etaklariga qadar boʻlgan yerlardagi tuproq tizimida oʻsimliklarning yashashi uchun yetarli sharoyitlar bor.

Quruq togʻ choʻl iqlim sharoyitida shakllangan jigarrang togʻ-oʻrmon tuproqlari rayonning janubidagi tuproqlardan keskin farq qiladi. Denidasiyaga uchragan Surxayxan togli hududlarda, shuningdek Alazan-Haftaran vodiysida va tog-oʻrmon hududidan mutlaq balandligi 800-1600 m-ga qadar boʻlgan qismida boshqa bir tipga duch kelamiz. Bu tuproq tipida gumusning miqdori 10-12 % boʻlib pastki zonada (Surxayxan togʻli qismida) suvsizlikka chidamli siyrak daraxtlar va yuqori zonada esa eman, yongʻoqzorli oʻrmonlar keng tarqalgan.

Oʻrta togʻ qismining oʻrmon bilan qurshalgan qismida keng tarqalgan jigarrang tuproq turi shimolga tomon borgan sari qoʻngʻir oʻrmon tuproqlariga oʻzgarib boradi (qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlaridagi gumusning miqdorı 7-8 % boʻlib, eman-grab-olxa oʻrmonlari keng tarqalgan). Rayon boʻyicha umumiy tuproq fondining taxminan 38-40 %-ga qadarini tashkil etgan qahvarang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari bogʻdorchilik, xususan yongʻoq yetishtirish uchun juda mos keladi. N-4-jadvalida koʻrsatilgani kabi Qabala hududida maydonining kengligiga koʻra ikkinchi tuproq tipi Sharqiy Kavkazortining kashtan va ochiq kashtanli tuproqlar keng tarqalgan.. Bu tuproq tipi asosan Hajallı va Malikli tekisliklaridagi Qash hududida keng tarqalgan, lalmi va sugʻoriladigan sharoitda donli va texnik ekinlar uchun qulay va mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, tarkibida gumusning miqdorı 4-6 %-ga yetadi.

Balandlikka chiqqan sari rayonda tuproqlarning taqsimlanishi oʻzgarib boradi. Bu yerda asosan oʻtloqlar oʻsadigan tuproq tipi keng tarqalgan. 2000 m balandlikda nam havo yetarlicha kuzatilsada tempiratura koʻrsatgichi tuproq unumdorligi uchun qulay emas. Rayonda chimli togʻ tuproqlarining (1800-2500 m. balandlikda) yumshoq-chimli togʻ oʻtloq, torfli togʻ oʻtloq va ibtidoiy togʻ oʻtloq tuproqli yarım tiplari bor.. Ibtidoiy togʻ oʻtloq tuproqlarida gumusning miqdorı 8-10 %-ga yetadi. Namlik normadan yuqori haroratda esa baʼzan pastki padzollashma kuzatiladi.

Qayd etilganidek togʻ oʻtloq tuproqlari rayonning boy oʻtloqlarining paydo boʻlishiga va chorvachilikning rivojlanishiga muhim oʻrin tutadi.

Qolaversa rayon boʻyicha tuproq tiplarining taqsimlanishi relyef va iqlim sharoiyitiga ham bogʻliqdir. Qayd etilgan tabiiy omillarning taʼsiri natijasida respublka hududining jami 2 % ini tahkil etgan, Qabala rayonining hududida yarımsahro va sahro oʻsimliklari boʻlgan shuvoq va shoʻr yerga moslashgan oʻsimliklardan togʻ tundra tabiatiga xos boʻlgan oʻrmonlarning tabiiy rivojlanishi diqqatni jalb qiladi…

Rayon hududining janub qismida shuvoq va shoʻr yerga moslashgan oʻsimliklar, siyrak oʻrmonlar, markaziy qismida (Alazan — Haftaran vodiysida) dub, olxa, grablardan iborat oʻrmonlar, bundan tashqari, yongʻoq, olxa, terakzorlar tekislik oʻrmonlarini tashkil etadi. Tekislikdagi oʻrmonlar togʻ oʻrmonlari tomon choʻzilib ketgan boʻlib 1800-2000 m balandlikka qadar davom etadi.

Oʻrmon zonasidan yuqorida, 1800-2000-dan 2500-3000 mgacha balandlikka qadar boʻlgan yerlarda oʻtloqlar, yana ham yuqorida esa qorli-sovuq zona boshlanadi. Shunindek janubdan shimolga Qabala tabiatini kuzatgani chiqqan har bir turist taxminan 100-120 km masofada Oʻrta Yer dengizi sohillaridan Arktikaga qadar choʻzilgan tabiiy sharoit uygʻunlashuvini his qiladi.. Rayonda oʻrmonlar oʻrtacha 60 ming gektar boʻlib, umumiy maydonining 23,1 foizinin tashkil etadi. Oʻsimliklar dunyosining boy ekanligi va turli-tumanligi koʻra Kavkaz oʻrmonlarining ayrılmas tarkibiy qismi sanaladi. Qabala rayonining oʻrmon zonasi oʻzining fusunkorligi, goʻzalligi va hayratomuzligi bilan kishini oʻziga jalb etadi.. Bu yerlarning tabiiy goʻzalligini yuksak baholagan Umummilliy Liderimiz H.Aliyev Qabalani buyuk gʻurur bilan, „Ozarbayjonnıng Shvesariyasi“ deb atagan edi.

Qabalaning togʻ va tekis oʻrmonlari endemik va relikt oʻsimliklar, meva va manzarali daraxtlar va butasimon navlarga boydir. Dub, olxa, qayragʻoch, qayin, archa, saqıch, kashtan, yongʻoq va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. 1961-yilda Turyandaryo Davlat tabiat qoʻriqxonasining Qabala rayoniga tegishli boʻlgan 6.994 gektar maydoni ajratilib Qabala oʻrmon xoʻjaligi tasarrufiga berilgan. Turyanchayla — Goʻydaryo daryolari orasida joylashgan Surxayxan togʻlaridaki hududni egallagan qoʻriqxonada asosan archa, saqich, yovvoyi anor va butasimon oʻsimliklar koʻp uchraydi.

Alazan-Haftaran vodiysida esa maxsus yongʻoq, olxa oʻrmonlari bilan 1975-yilda Ozarbayjonnıng „ikkinchii Hirkanı“ boʻlgan, Chuqur Qabala qishlogʻi yaqinida tabiiy shaklda tarqalgan qattiqyogʻochli oʻrmonzorlar keng uchraydi.

2002-yildə esa Mammadagʻalı qishlogʻi yaqinida qattiqyogʻochli oʻrmonlarning (40 ga yaqin yosh daraxt) yangi hududi barpo etildi. Ozarbayjon tabiatinin yagona tabiiy obidasi boʻlgan Hamzalli qishlogʻidagi Qorajohrə daraxtlarining (yoshi 250-300 yildan koʻp) zich joylashuvi nafaqat oʻlkamizning, balki xorijdagi olim va tadqiqotchilarning ham diqqatinin oʻziga jalb qildi. Qabala oʻrmonlarida tabiiy shaklda keng tarqalgan kashtan, yongʻoq, nok, olma, behi, olcha, choytikan, sumak, yovvoyi malina va boshqalardan qimmatbaho dori-darmon vositalari ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Bu yerda yuqori sifati va shirin taʼmi bilan tanilgan qaragʻat, nastarin, choytikan, kashtan va yaylovlarda, oʻtloqlarda uchraydigan qaraqınıq, sarıqchoʻp, astraqal, baldırqan kabilardan tabiiy sharoitda keng tarqalan qızılgul va oʻsimliklardan xalq tabobatida keng foydalaniladi.

Hayvonot olami — Rayon Oʻrmon va tekisliklardagi tabiiy sharoit bu yerda hayvon va qushlarning koʻpayishiga qulaydir. Oʻrmonlarda koʻp turdagi hayvon va qush turlari uchraydi. Bulardan yovvoyi toʻngʻiz, qoʻngʻir ayiq, shoqol, quyon, olmaxon, boʻri, tulki, bugʻu, oʻrmon mushugi, ayiq, silovsin, boʻrsiq kabi hayvonlarni, qırgʻovul, tustovuq, kabutar, bedana, zargʻaldoq, qizilishton, qargʻa, kaklik, oʻrdak, gʻoz kabi qush turlarini uchratish mumkin. Choʻl va tekisliklarda, xususan Qabala yaylovlarida turli sudralib yuruvchilarni, jumladan, oʻtkir zaharli ilonlarni koʻrish mumkin.

Tabiyat muhofazasi qoʻriqxonalari

Rayonning janubiy sarhadlarida 1958-yilda 22.400 gektar hududdagi togʻ oʻrmonlari va buta (archa, saqich, yovvoyi anor, oʻrmon uzumi va b.) lantshaftini muhofaza etish maqsadida Turyandaryo Davlat tabiat qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

1961-yilda qoʻriqxonaning Qabala rayoniga tegishli boʻlgan 6.994 gektar maydoni ajratilib Qabala oʻrmon xoʻjaligi tasarrufiga berilgan. Hozırda Turyandaryo Davlat tabiat qoʻriqxonasi rayonning janubiy — gʻarbiy sarhadlarini egallagan.

Rayonning sharqiy sarhadlarida , Baku-Qabala shossesi yoʻli ustida 1981-yilda 5.878 gektar boʻlgan yerda, tekislikdagi oʻrmon landshaftining va olachipor kiyiklarni himoya qilish maqsadida İsmayıllı Davlat tabiat qoʻriqxonasi tashkil etildi.

1993-yilda rayonning Vandam, Damiraparan, Hamzalli, Bum va Qoradaryo daryolarining havzalarida, shuningdek Alvan (Alban) darasi hududida umumiy maydoni 39.680 gektar boʻlgan Qabala davlat tabiat qoʻriqxonasi tashkil etilgan. Qayd etilgan tekislik va togʻ oʻrmon landshaftidagi oʻsimlik, qolaversa yoʻqolish xavfi boʻlgan togʻ qoʻtosi, antilopa, ayiq, toʻngʻiz, silovsin va boshqa nodir hayvonlar muhofaza etiladi.

Shohtogʻ Milliy Parkı — Ozarbayjon Respublikası Prezidentinin 2006-yil 8 dekabrdagi 1814 sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. Maydoni 115895 gektarni tashkil etib, bundan İsmayıllı va Pirqulu Davlat Davlat tabiat qoʻriqxonalari 21014 gektar, Quba, Qusar, İsmayıllı, Qabala, Oʻgʻuz va Shamaxı rayonlarınıng maʼmuriy hududlarida boʻlgan davlat oʻrmon fondi 81797 gektar va shu rayonlarning balandliklarda joylashgan va foydalanilmagan yaylovlar 13084 gektarni tashkil etadi. Shohtogʻ Milliy Parkıni tashkil etishdan maqsad koʻplab daryolarda endemik va tobora yoʻqolib borayotgan turlar va transchegaraviy koʻchib yuruchi hayvonlarni oʻz ichiga olgan global ahamiyatga molik togʻ oʻrmonlari va yuksak togʻlik maydonlarda joylashgan yaylovlar ekosistemasini barpo etish, qoʻriqlashdir. Shuningdek tuproqning unumdor qatlamini saqlash, hududi uchun xarakterli fauna va florasini asrash, ularni yanada boyitish, qolaversa, tabiiy kompleks barqarorligini saqlab qolish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga sharoit yaratish, atrof-muhitni monitoringini, aholining ekologik madaniyatini oshirish va ekoturizm sohasini rivojlantirishdan iboratdir.

Milliy Park hududining yuqori qismi iqlimining xilma-xilligi, tuproq unumdorligi va hayvonlar olamining boy boʻlishiga asosiy taʼsir koʻrsatadi. Bu yerdagi oʻrmonlar boy, fusunkor va goʻzal manzaralarni tashkil etishi bilan dong taratgan. Relyefining vertikal oʻzgarishi va boʻlinishi, murakkab iqlim sharoyiti va turpoq unumdorligi uning turli xil xarakter kasb etishiga sabab boʻladi. Oʻrmonlar, asosan, iberiya va sharq emani, sharq olxalari va Qafqaz archalaridan tashkil topgan.. Milliy Parknıng katta hududni tashkil etishining sababi bu yerda ham toza, ham aralash oʻrmonlarning koʻpligidir. Oʻrmonlarda aralash holda manzarali qoraqayragʻoch, qayin, majnuntol, mevali yongʻoq, gilos, olma, nok kabi daraxtlar, doʻlana, maymunjon, itburnuq, zirk kabi butasimon oʻsimliklar keng tarqalgan. Shohtogʻ Milliy Parkıning hayvonot olami juda ham boydir. Bu yerda qushlardan qırgʻovul, tustovuq, kabutar, bedana, zargʻaldoq, qizilishton, qargʻa, sutemizuvchilardan yovvoyi toʻngʻiz, qoʻngʻir ayiq, shoqol, quyon, olmaxon, boʻri, tulki, bugʻu, oʻrmon mushugi, ayiq, silovsin, boʻrsiq kabilarni uchratish mumkin. Ozarbayjon Respublikasınıng „Qızil Kitob“iga sutemizuvchilardan silovsin, antilopa, qushlardan kaklik, kiritilgan sutemizuvchilardan silovsin, burgut, choʻl burguti kabilar kiritilgan.

İqlimi

Rayonning geografik joylashuvi, relyefining asosan togʻli va gorizontal boʻlganligi uning murakkab iqlim sharoitini yuzaga keltirgan. Shuningdek unga daryo tarmoqlarining zichligi, tuproq unumdorligiga ham kata taʼsir koʻrsatgan. Rayon hududida taxminan bundan 25 million yil avval nam subtropik dengiz iqlimi hukmronlik qilgan.

Qalin jala yogʻishlar, issiq havo sharoiti oʻsha davrlarda bu yerda qalin oʻrmonlarni vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Bir million yil avval esə rayon hududida hozirgi Oʻrta Yer dengizi sohillari iqlimia oʻxshash iqlim sharoiti hatto yoz faslida ham daraxtlarning doimo yashil boʻlib turishiga sabab boʻlgan. 10 — 12 ming yil avval sayyoramizda sodir boʻlgan soʻnggi qitʼalar boʻlinishi paytida rayonning yuksak va oʻrta togʻlarning qalin muzliklar bilan qoplanishiga asos boʻlgan. Keyinchlik iqlimning isib borishi natijasida muzliklar eriy boshlagan va hozirgi koʻrinishga kelgan.

Qabalaning hozirgi iqlimining shakllanishida uning ekvatorga koʻra geografik joylashuvi, quyosh radiasiyasınıng (umumiy va tekis) miqdorı, relyef va sathining xilma-xilligi, shuningdek havo massalari xarakteri muhim rol oʻynagan. Qayd etilgan butun bu iqlim tuzilishi omillari rayon hududi havo harorati va yogʻin miqdoriga, uning turli darajada taqsimlanishiga taʼsir koʻrsatadi. Qabalaning havo va iqlim sharoyiti 1936-yildan shaharda va bir muddat Nij shaharchasida faoliyat koʻrsatgan metostansiyada oʻrganilgan.

Qabala hududida koʻp yillardan buyon yanvar oyida oʻrtacha tempiratura 0 darajadan — 14 darajagacha, iyul oyida esa oʻrtacha tempiratura + 24 darajadan 2 darajagacha boʻlishi qayd etilgan. Yillik oʻrtacha tempiratura janubda + 10 — + 12 darajagacha, shimolda — 0 darajadan — 2 darajagacha boʻladi..

Akademik B.A.Budakovning fikriga koʻra rayon hududining eng issiq joyi Qushlar — Kurd — Bayramkoxa qishloqlari joylashgan yerga toʻgʻri keladi. Bu yerda maksimum tempiratura 410 — 420 — ga yetadi. Rayonda minimum tempiratura esa Bazartekisligida (4466 m). — 50 0 — ga qadar boʻlishi kuzatilgan. Rayon hududida yogʻin miqdorining taqsimlanishi janubdan shimolga tomonga toʻgʻri keladi. Yillik yogʻingarchilik eng kam miqdorda tushadigan Hajallı va Malikli tekisliklarining janubida 350 — 400 mm, eng koʻpi esa shimol tarafida 1500 — 200 metr balandlikda 1200 — 1300 mm-ga yetadi. Olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, rayon hududiga tushadigan yillik yogʻin miqdorining 25 — 30 % - may — iyun oylariga toʻgʻri keladi.

İ.V.Fikrovskiy (1926) Qabala rayonining iqlimini Buyuk Kavkazning iqlimi asosıda xarakterlar ekan, bu yerning iqlimi juda murakkab boʻlib quruq subtropik iqlimdan togʻli tundra iqlimiga qadar boʻlishini taʼkidlaydi. Umuman olganda rayon hududi Ozarbayjonda Lankaran — Astara zonasıdan soʻng ikkinchi (Sheki — Zaqatala) kiruvchi subtropikdan yumshoq iqlim (moʻtadil) zonaga kiradi. Yer kurrasida mavjud boʻlgan 13 iqlim tipidan (asos va foydalanish birligi boʻyicha) 9 tasi Ozarbayjonda, jumladan 4 tasi Qabala rayonining hududi shakliga toʻgʻri keladi.

İqlimshunos olimlar tomonidan (İ.V.Fikrovskiy va A.M.Shıxlınskiy) Qabala hududi iqlim turlari quyidagilarga boʻlinadi:

  1. Qıshi quruq keladigan yumshoq-issiq iqlim — rayonning janub qismiga toʻgʻri keladigan bu iqlim tipi oz yogʻinli, issiq — quruq kelishi bilan xarakterlanadi. Oqtosh — Goʻydaryo rayonları bilan tutashib ketgan faqat togʻlik va Hajallı Malikli tekisligini qurshab olgan bu iqlim tipi oʻz xarakteriga koʻra Oʻrta Yer dengizi subtropik iqlimiga oʻxshab ketadi.
  2. Yogʻingarchilik miqdori təxminən teng taqsimlangan yumshoq issiq iqlim tipi — birinchi iqlim tipidan yogʻin miqdorining koʻpligi va issiq iqlim qisqa muddatda boʻlishi bilan farqlanib asosan Alazan — Haftaran vodiysini va rayonning 1100 — 1500 m — ga qadar balandlikdagi shimol hissasini oʻz ichiga oladi. Bu yerda yogʻingarchilik fasllar boʻyicha teng taqsimlanadi. Lekin uning yillik miqdori rayon boʻyicha maksimum darajaga (1200 −1300 mm) yetadi. Shuningdek bu iqlim tipi avvalgi iqlim toifasidan tempiratura rejmiga koʻra farqlanadi.
  3. Yogʻingarchilik butun fasllar boʻyicha koʻp tushadigan sovuq iqlim tipi — rayon hududida oʻrta togʻning yuqori sarhadlaridan boshlanuvchi okean darajasi 1500 — 2700 m balandlikda toʻgʻri kelishi bilan xarakterlanadi.
  4. Togʻlik tundra iqlim tipi — 2700 m okean darajasidan balandlikda boʻlgan hududni oʻz ichiga oladi. Bu yerda yetarli darajada yogʻin miqdori tushishi va butun fasllarda ham havo harorati sovuq kechadi. Rayonning baland togʻ choʻqqilari doimo qor va muzliklar bilan qoplangan boʻlib bu yerda arktik iqlim sharoyiti hukmronlik qiladi. Umuman rayon hududida janubdan shimolga toʻgʻri keluvchi vertikal zonalar boʻyicha qayd etiladigan iqlim tiplari tempiratura va yogʻin miqdori boʻyicha farqlanadi. Savalan va Qushlar qishloqlarida nisbatan bahornin kelishi rayonning baland qismida joylashgan Laza (1350 m) va Qamarvan (1125 m) qishloqlaridan eng ozi bilan 25 — 30 kun tez sodir boʻladi. Kuz va qish fasli esa aksincha. Qabalaning oʻziga xos iqlimi qishloq hududlarida qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi.

Qabalaning aqroiqlim (qishloq hududi iqlimi) Ozarbayjon Respublkası Milli Ilmlər Akademiyasınıng Geografiya İnstitutu tomonidan 1970-yillarning oʻrtalarıda har tomonlama tadqiq etilgan, ilmiy manbalarda bu rayonning aqroiqlimiga doir keng maʼlumotlar berilgan.Rayonning aqroiqlimini tashkil etuvchi asosiy koʻrsatgichlar quyidagichadir.

Havonıng yillik oʻrtacha harorati 10,6 daraja, mutlaq minimum −14 darajagacha, maksimum + 37 −41 daraja, tuproq sathida esa oʻrtacha harorat + 13 darajani tashkil etadi. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 1027 mm, bugʻlanish esa 680 mm boʻlib namlik koeffetsienti birligidan koʻp (1,5 — a) nisbiy namlik miqdori esa 78 % tashkil etadi. Rayon hududida asosan oqroqrafik sharoitga mos shamollar esadi. Shamolning oʻrtacha tezligi 0,8 m / sant, yil davomida kuchli shamol esishi 3 kun, ,,oq yelli " kunlar 8 kun, doʻl tushgan kunlar esa ikki kunni tashkil etishi kuzatilgan.

Rayonda qor oʻrtacha 45 kunga qadar yerda saqlanadi. Birinchi kuz haftasi dekabrnıng II oʻnkunligida va yanvarda, oxirgi bahor haftasi esa 8 aprelni tashkil etadi. 5 0 — dan yuqori oʻrtacha yillik tempiraturalar jami 3.769 darajaga, 10 darajadan yuqori (faol) tempiraturalar jami 3.361 darajaga yetadi. Bir sm 2 maydonga tushgan quyosh issiqlik (energiyasi)ning miqdorı togʻ etagi qismida 123,6 kkalga yetadi, baland togʻ qismlarida esa bu oʻsib boradi (bulutlar hisobiga). Sovuq kunlari oʻrtacha yillik miqdorı 241 kun (minimum 208, maksimum 287 kun) vegetasiya davrida 5 darajadan yuqori haroratni tashkil etadigan kunlarning soni 265 kun, 10 darajadan yuqori boʻlgan kunlarning soni esa 198 kunni hosil qiladi. Professor A.J.Ayyubov (1978) Ozarbayjon Respublkası hududida olib borgan aqroiqlim jihatidan rayonlashtirish paytida Qabala rayoni kiruvchi Buyuk Kavkaz viloyatining janubida olti aqroiqlim borligini koʻrsatib oʻtadi. Qayd etilgan rayonlarnıng har birining qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻziga xos sharoyiti mavjuddir.

İqtisodiyotı

Qabalada 2011-yilning 17 noyabrida Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti İlhom Aliyev tomonidan Qabala Xalqaro Aeroporti ochilgan.[5] Rayonda shuningdek tamaki, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi, pilla saqlanadi. Rayon hududida sanoat ahamiyatiga molik gillar, slanets, ohak toshi, shagʻal, daryo toshi, arra toshi (Nij shaharchasidan janubda toshli hududda) konlari va mineral buloqlar (Qamarvan, Shonqar, Yengicha, Solqıja va b.) mavjud. Metal rudalari (Balakan — rudali polimetal geologik maydonida joylashgan) qazib olinadi. Dubrar — Bobotogʻ qalqoni Qabala hududida, Vandam shaharchasidan 4-5 km və Laza qishlogʻidan 3 km shimolda ohaktosh konlari bor. Lekin tikqoyali togʻ relyefi bu konlarni oʻzlashtirishni qiyinlashtiradi. Vandam shaharchasi, Hazra va Seyidqıshloq qishloqlarining atroflarida (Vandam antikilida) qurilish sohasiga tegishli ohaktoshlar olinadi. Qabala shahrining shimoli — gʻarbidagi („Kavkaz“ turistik bazasınıng janubida joylashgan bu konning geologik zahiralari 7 ming yil deb belgilangan.) Kusnat, Buyuk Amilli, Chuqur Qabala Soltannuxa, Tovla, Dızaxlı, Yengicha va b. qishloqlar atroflarida ham qurilish ahamiyatiga molik boshqa ashyolar mavjud. Rayonda nomlari keltirilgan konlarni mahalliy aholi eramizdan avvalgi yillarda qurilish ishlaridagi ehtiyoji uchun oʻzlashtirganlar. 1933-yilda Vandam shaharchasining „Shahargoh“ deb nomlanuvchi hududidan qalınligi 1,8 m boʻlgan boʻz koʻmir koni topilan. Geologik zahiralari jihatidan uning iqtisodiyotga samarasi kam deb hisoblanadi.

Yashash manzilgohlari

Qabala rayonida 1 shahar, 3 shaharcha va 60 qishloq mavjud.

A

  • Abrıx
  • Aydınqıshloq

B

  • Bayramkoxa
  • Bılıx
  • Bunud
  • Buyuk Piralli
  • Buyuk Amili
  • Bayli

D

  • Dandıx
  • Dashja
  • Dizaxlı

E

  • Emirvan

H

  • Hajıalılı (Qabala)
  • Hamzalli
  • Hazra (Qabala)

I

  • Imomlı

J

  • Jı’atelli
  • Jorlu

K

  • Kichik Piralli
  • Kichik Amili
  • Kotuklu
  • Kurd (Qabala)
  • Kusnat (Qabala)

L

  • Laza (Qabala)

M

  • Mamaylı
  • Mirzabeyli
  • Mıxlıqovaq
  • Mollashıxalı
  • Malikli (Qabala)
  • Mammatogʻli

N

  • Nohurqıshloq
  • Nasimi (Qabala)

O

  • Ovjullu

Q

  • Qarategin
  • Qushlar (Qabala)
  • Qamarvan

S

  • Sarı Hajılı
  • Savalan (Qabala)
  • Seyidqıshloq
  • Silayli (Qabala)
  • Sırt Yengicha
  • Solquja
  • Soltannuxa

T

  • Tikanlı
  • Topbogʻ
  • Toʻvla
  • Tuntul

U

  • Ulugʻtosh

V

  • Vandam

X

  • Xırxatala

Y

  • Yemishanlı (Qabala)
  • Yengicha (Qabala)
  • Yeni Dizaxlı
  • Yenikend (Qabala)

Z

  • Zalam
  • Zarağan
  • Zirik
  • Zargarli

Sh

  • Shomlı (Qabala)
  • Shafili

Ch

  • Chorxona (Qabala)
  • Chuqur Qabala

Aholisi

Rayon aholisining umumiy soni 95,133 nafar (01.01.2011) boʻlib, uning 48041 nafarini erkaklar, 47092 nafarini esa ayollar tashkil etadi. Aholining 13627 nafari shaharda, 81506 nafari esa shaharcha va qishloqlarda istiqomat qiladi. Rayon boʻyicha aholining zichligi 1 km² 61,1 nafarni tashkil etadi. Oʻrtacha umr koʻrish yoshi 70 yildan koʻproqdir. Yoshı 85-dan yuqori boʻlan Qabala keksalarining soni 186 nafardir. Aholisining 73235 nafari ozarbayjonlıklar, 17 mingdən koʻprogʻi lazgilar, 4640 nafari udilər, 209 nafari turklər, 37 nafari esa boshqa millat vakillarida iboratdir [6].

Taniqli shaxslari

1982-yilda Angliya (London, Oxford, Kembrij, Javentry, Brington), 1987-yil AQSH (Vashington, Jorjtaun, Baltimor, Boston, Filadelfiya) universitetlarida tadqiqot ishlarini olib borgan, shuningdek dars bergan. Umuman olima dunyoning oltmishga yaqin mamlakatlaridagi ilm markazlarida boʻlib, u yerdagi taʼlim sohasidagi yangiliklar bilan tanishdi, tajriba almashdi, maʼruzalar qildi. Koʻplab mamlakatlarning bir qator ilmiy birlashmalari, qolaversa ECA (Yevropa Jamoasi Assosiasiyası)ning aʼzosi sanaladi. Bu jamiyatlarning takliflari asosida Turkiya (Anqara, İstanbul, Arzirum, Kaysari, İsparta, Sivas va b.), Shimoliy Kipr Turk Respublikası (Qazimagʻusa, Lefkosha), Yunonıston (Selanik), Olmoniya (Myunxen) davlatlarida tashkil etilgan konferensiyalarda, assembleya va kongresslarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan. Uning ingliz tili fonetikasıga doir olti kitob, ellikga yaqin maqolalari chop etilgan. „20- asrning mashhur olimlari“ orasida „Muvaffaqiyat sharaf Diplomi“, „Dunyo Biografik Markazi“ tomonidan „Milleniumun Xalqaro Ayollar Naminatori“ va „2003-yilning eng yaxshi xalqaro ayol pedagogi“ singari turli mukofot va diplomlariga sazovor boʻlgan. „Yaxshi Niyat“ Xayriya İjtimoiy uyushmasining taʼsischisi va prezidentidir. Dunyo Konstitusiya va Parlamentlararo Assosiasiyasınıng (WCPA) Ozarbayjondagi aʼzosi sifatida, uning faxriy vitse-prezidentidir.

  • Vahid Qahramonov — huquq fanlari doktori, professor.
  • Yusuf Musabayov — kimyo fanlari doktori, professor.
  • Jahongir Qahramonov — filologiya fanlari doktori, professor.
  • Qara Mahammad oʻgʻli Ahmadov (1928-2003) — AMEAning muxbir aʼzosi. Qabala va Beylaqon shaharlarini tadqiq etgan. Arxeologiya sohasi boʻyicha Tarix fanlari doktori ilmiy unvonini olgan ilk ozarbayjonlik olimdir. Uning arxeologiyaga doir bir qator monografiya, ilmiy maqola va risolalari chop etilgan.
  • Majid Ahad oʻgʻli Mardonov (1913-1982) — Texnika fanlari doktori, prof. AMEA-nıng muxbir aʼzosi. Yuksak oktanlı benzinning olınishi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
  • Tursun Huseynov — tibbiyot fanlari doktori, professor.
  • Elman Mammadov — kimyo fanlari doktori, professor.
  • Ashraf Alimirzayev — Sosialistik Mehnat Qahramonı.
  • Muxlis Hajiyev — Fan doktori, professor, Ozarbayjon Prezidenti Qoshidagi Oliy Atestasiya komissiyasining inshoot va mashinasozlik boʻyicha ekspert kengashining raisi, Ozarbayjon Meʼmorlık va İnshoot Universitetining İnshoot Konstruksiyaları kafedrasınıng mudiri.
  • Raqim Latifov — Favqulodda faziyatlar Vazirining muovini, general-leytenant.
  • Yadiyar Maqsud oʻgʻli Yunusov (1927-1983) -tibbiyot fanlari doktori, professor, nevrolog, hakim-olim.1927-yilda Qabala(Qutqashın) rayonida Buyuk Piralli qishloqida tugʻilgan.İlk oʻrta tahsilini Qabala (Qutqashin) rayonida olgan. 1943-yilda oʻrta maktabni bitirib N.Narimonov nomli Ozarbayjon Davlat Tibbiyot İnstitutining (hozirgi Ozarbayjon Tibbiyot Universiteti) davolash-profilaktika fakultetiga oʻqishga kiradi. 1948-yilda uni imtiyozli diplom bilan tamomlaydi.1954 −1957- yillarda N.Narimonov nomli Ozarbayjon Davlat Tibbiyot İnstitutining asab kasalliklari kafedrasida klinik ordinator, 1957 — 1960 yillarda esa aspirant boʻldi.

1961- yilda tibbiyot fanlari boʻyicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1967- yilda dosent unvoniga loyiq koʻrilgan boʻlsa , 1970- yilda tibbiyot fanlari doktori boʻlgan. 1972-yilda unga professor unvoni berilgan. Umrining soʻnggi yilarida hozirgi Ozarbayjon Tibbiyot Universitetining asab kasalliklari kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritgan. Ilmiy tadqiqotlari, asosan, bosh, tomir, neyroinfeksiya, epilepsiya, neyrotravma kastaliklariga bagʻishlangan. U bir necha ilmiy anjuman va kongresslarda ishtirok etgan.

Madaniyat, taʼlim va tibbiyot muassasalari

Qabala Madaniyat Markazi faoliyat koʻrsatadi.[7]

Moddiy-madaniy merosi

Qabala rayonining eng mashhur tarixiy-madaniy obidasi — eramızning I asriga oid yozuv manbalarida (Pliniy va b.) nomi tilga olingan qadim Qabala shahridir. Yoshi 1800 yildan ziyodroq boʻlgan Qabala shahri 600 yil davomida Kavkaz Albaniyası davlatining poytaxti boʻlgan. Qadimiy shaharning xarobalari rayon markazidan 15 km uzoqlikda, Qoradaryo va Jovurli daryolari oʻrtasida joylashgan.

Bundan tashqari rayonda yuzdan ziyod tarixiy va madaniyat obidalari mavjuddir. Bunga misol qilib Amili qishloqidə IV-VIII asrlarga oid alban ibodatxonasi, Bum qishloqidagi XIX asra oid masjidi, Bayramkoxa qishloqidagi IX-XIV asrlara oid Ustacan qal’ ası, Shafili qishloqidagi XVII asrga oid maqbarani, Hamzali qishloqidagi XVI asrga oid Shıxbobo piri ziyoratgohi, Komrad togʻining etagida joylashgan Komrad piri ziyoratgohi, Nij qishloqidagi Hojı Qarib masjidi va XIX asrda yashagan Bolu boyning uyi va boshqalarni keltirib oʻtish lozim. Hazra qishloqidagi Shayx Badriddin va Shayx Mansur maqbaralari XV asrga oid obidalardir. Nij qishloqi yaqinidagi Yaloyli togʻi eramızdan avval III-I asrlarda insan yashagan manzilgohlardan boʻlgan. Bu davrga oid temir pichoq, xanjar, qılıch, bronzadan yasalgan uzuk, oltin sirgʻa, silliqlangan tosh va boshqa ashyolar uning qadimiy tarixidan darak berib turibdi. Ozarbayjonnıng shimol hududidagi togʻli va vodiy rayonlaridagi qadim davrga oid arxeologik madaniyati Yaloyli madaniyati deb ataladi.

Oshxonasi

  • Qabala oshi
  • Yongʻoqli doʻlma
  • Dovgʻa
  • Uchquloq pahlavasi

Mahalliy ommaviy axborot vositalari

Sovet davrida Qabalada „Zafar“ qazetasi nashr etilgan.

Gabalacity.net

Bir guruh Qabalalik yoshlar tomonidan tayyorlangan Gabalacity.net internet sayti Qabala rayoni haqidagi maʼlimotlarni joylagan boʻlib, u rayonning turizm salohiyatini dunyoga tanitish maqsadini koʻzlagan. www.gabalacity.net

"Qabala" gazetasi

Hozırda Qabala rayon İjro hokimiyati va redaksiya kollektivining taʼsischiligi bilan nashr etiladigan "Qabala" gazetasi 1933-yil oktyabr oyınıng 15-sanasida 2 sahifalik „Bolshevik bahsi“ nomi bilan nashr etilgan. Keyinchalik „Bahs“, „Yangi hayot“, „Zafar“, „Qabala“ nomlari ostida chop etilgan gazetani bu davrlar ichida 16 ta muharirdan 3 tasi — Baba Qahramonov, Ramazon İsmoyılov va Aziz Azizov maʼlum muddatlardan soʻng ikki martadan boshqarganlar. Gazetada uzoq muddat boʻlim mudiri boʻlib ishlagan shoir Tojiddin Shohtogʻli ham bir muddat bosh muharrir boʻlganligini qayd etish lozim. Hozirda gazetada avallari boʻlim mudiri va mas’ul kotib vazifalarida ishlagan Nodir Atakishiyev rahbarlik qiladi.

Fotosuratlar

Shuningdek qarang

Havolalar

  • Sara Aşurbəyli. Şirvanşahlar dövləti. Avrasiya press, Bakı, 2006.

Manbalar