Quba tumani: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 217: Qator 217:
{{reflist}}
{{reflist}}


[[Turkum:Ozarbayjon shaharlari]]
[[Turkum:Ozarbayjon tumanlari]]
[[Turkum:Ozarbayjon tarixi]]
[[Turkum:Ozarbayjon tarixi]]
[[Turkum:Ozarbayjon geografiyasi]]
[[Turkum:Ozarbayjon geografiyasi]]

9-Aprel 2020, 07:08 dagi koʻrinishi

Quba
tuman
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
41°22′12″N 48°30′0″E / 41.37000°N 48.50000°E / 41.37000; 48.50000 G OKoordinatalari: 41°22′12″N 48°30′0″E / 41.37000°N 48.50000°E / 41.37000; 48.50000 G O
Mamlakat Оzarbayjon
Hukumat
 • Hokim Mubariz Agayev[1]
Maydon [convert: invalid number]
Rasmiy til(lar)i ozarbayjoncha
Aholisi
 (2014)
182,534 [3][4]
Zichligi 62 (2014) kishi/km2
Milliy tarkib ozarbayjon, xınalıq, qrız, tat, lezgin, yahudiy, turk, rus, tatar, ukrayin, tolısh, gruzin, arman va boshqalar
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar
Telefon kodi 994 23
Pochta indeks(lar)i AZ 4000
Avtomobil kodi 40
Quba xaritada
Quba
Quba

Quba tumani (ozarb. Quba rayonu) — Ozarbayjon Respublikasidagi maʼmuriy birliklardan biri boʻlib Buyuk Kavkaz togʻlarining shimoliy-sharqida joylashgan. Rayon hududida 16 ta tibbiy muassasa, 194 ta madaniyat markazi faoliyat koʻrsatadi.

Tarixi

Yoshi ilk oʻrta asrlarga borib taqaladigan Quba tarixi haqıda qadim alban va arab manbalarida, Yevropa geografshunoslarining asarlari va boshqa manbalarda maʼlumotlarga duch kelamiz. Maʼlumki, Paygʻambarimizning Makka shahri atrofida qurdirgan ilk masjidi ham Quba deb nomlangan.

XI asrda Ozarbayjon hokimi Anushiravon tomonidan qurilgan „Bade-Firuzqubat“ XII asrga oid arab manbalarida Quba „Kuba“ deb koʻrsatilgan. XIII asrda yashagan arab olimi Hamaviyning geografiya lugʻatida Ozarbayjon shaharlari orasida „Kubba“ nomli shahar borligi aytib oʻtilgan. XVI asr safaviy manbalarida esa Quba „Qubba“ shaklida keltirilgan. Baʼzi manbalarda Qudyaldaryo nomiga nisbat berilib Quda deb atalgan.[5]

Quba shahrining ilk tamal toshi XIV asrda qoʻyilgan.

XVIII asrning oʻrtalarida Quba xonlıgı tashkil etilgach, uning markazi dastlab Xudat, soʻngra esa Quba shahri boʻlgan. Huseynali xonnıng oʻgʻli Fatali xon (1758-1789) davrida Quba xonligining mavqei yuqori boʻlgan. 1806 yildə Quba xonlıgı Rossiyaga birlashtirildi va viloyatga aylantirildi. Yangidan tashkil etilgan Quba 1840-yilda Darband guberniyası, 1860- yilda esa Baku guberniyası tarkibiga kiritildi. 1930- yilda Quba Ozarbayjonning maʼmuriy rayonlaridan biriga aylantirildi.

Quba xonlıgı

Quba xonlıgı — XVIII asrning oʻrtalarida tashkil etilgan Ozarbayjon xonliklaridan biri. Quba xonlıgı Ozarbayjonning shimoliy-gʻarbida joylashgan. 18-asrning birinchi yarmida hozirgi Quba, Davachi, Qusar, Xachmaz, Xızı va Siyazan rayonlarınıng hududi Quba xonlıgı tarkibida boʻlgan. Dastlab bu xonlikning markazi Xudat shahri boʻlib, keyinchalik Quba xonı Huseynali Qubanı oʻz xonligi markaziga aylantirdi va qarorgohini Qubaga koʻchirdi. Quba xonlıgınıng eng mashhur hurmdorlaridan boʻlgan Fatali xon Ozarbayjonning parokanda xonliklarini birlashtirib markazlashgan davlat barpo etdi. U Darbanddan Lankaranaga qadar boʻlgan Ozarbayjonning butun shimoliy-sharqiy qismini oʻziga boʻysunturdi. Oʻsha davrda yahudiylar Qubaya, Qudyaldaryosining soʻl sahilini oʻziga maskan etganlar. Ilgari Yahudiy Slobodası deb nomlangan bu manzilgoh 1926- yildan Qırmızı Qasaba deb atalgan.

Dogʻıston xonları Quba xonlıgı uchun hamisha shimol tarafdan xavf solib turgan. Rossiya uchun ham Kavkaz va Kavkazortini geosiyosiy jihatdan idora etish jarayonida Quba xonlıgınıng chegaralarini nazorat qilish ancha mushkullashdi. 19 asrning boshlarida (1813-yil) Quba xonlıgı Rossiya imperiyası tarkibiga kiritildi.

Aholisi

Budug qishloqi

AzStatning 2014-yil 1 yanvardagi rasmiy maʼlumotlariga asosan rayonda 161.434 nafar aholi istiqomat qiladi.[4]

Etnik tarkibi

Etnik guruhlar 27 yanvar-3 fevral, 1999-yil r/o.[6] 13-22 aprel, 2009-cu yıl r/o.[4][7]
Soni % Soni %
Jami 136 845 100.00 152 452 100.00
ozarbayjon 120 502 88.06 98 774 62.22
xınalıq 2 177 1.43
qrız 778 0.51
tat 1 088 0.80 35 880 24
lezgin 9 312 6.80 8 952 5.87
yahudiy 2 819 2.06 2 705 1.77
turk 2 615 1.91 2 159 1.42
rus 321 0.23 135 0.09
tatar 85 0.06 63 0.04
ukrayin 32 0.02 13 0.01
tolısh 10 0.01
gruzin 14 0.01 5 0.00
arman 7 0.01
Boshqa 50 0.04 801 0.53

İqtisodiyoti

Quba tumani

Quba Ozarbayjonning qishloq xoʻjaligi eng rivojlangan rayonlaridan biridir. Bu yerda yetishtirilgan meva va poliz mahsulotlari poytaxt bozorlariga olib kelinadi. Shuningdek mahalliy konserva zavodlarini mahsulot bilan taʼminlaydi. Qolaversa boshqa oʻlkalarga ham import qilinadi. Quba rayonida yetishtirilgan meva va poliz mahsulotlari orasida olmaning turli navlari ancha mashhur. Boy oʻsimlik dunyosiga ega boʻlgan Quba rayoni dori-darmon mahsulotlarini ham ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi. Bu yerda doʻlana, archa, ituzum, andız, naʼmatak, effedra va bir qator boshqa dorivor oʻsimliklar yetishtiriladi.

Rayonda konserva mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shigʻullanuvchi „SAF“ Mas’uliyati Cheklangan Jamiyati 60 xil meva-poliz shinnilari, mevali murrabolar ishlab chiqaradi. Muassasada 146 nafar ishchi xizmat qiladi. Korxonaning yillik mahsulot hajmi 3,5-4 million manatni tashkil etadi. Xomashyo bazasini asosan Ozarbayjonda yetishtiriladigan meva va poliz mahsulotlari tashkil etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy qismi xorijga eksport qilinadi.

Bu mahsulotlarga asosan AQSH, Kanada, Olmoniya, Rossiya, İsroil va Turkiya bozorlarıda talab kattadir. Hojıqabul rayonining Navahi qishlogʻida „SAF“ MCHJning anorni qayra ishlovchi filiali faoliyat koʻrsatadi.

Rayon hududidagi yoʻllarning jami uzunligi 542 kmni tashkil qiladi. Uning 67 kmlik masofasi respublika ahamiyatiga molik yoʻllardir. Respublika ahamiyatiga molik yoʻllarnıng 55 km-i II darajali, 12 km-i esa III darajali yoʻllardır. Mahalliy hudud uchun ahamiyatli yoʻllarning uzunligi 475 kilometrdir. Bu yoʻllarning 115,45 km-i asfalt beton, 46,4 km-i qora qoplamali, 234,55 shaklli, 78,6 km-i tuproqli yoʻllardır. Mahalliy hudud uchun ahamiyatli yoʻllarning 46 km-i III darajali, 225 km-i IV darajali, 247 km-i V darajali, 24 km-i VI darajali yoʻllardır.[8]

Madaniyati

Qubadagi eng mashhur muzeylardan biri Xınolıq tarix-etnoqrafiya muzeyi - 2001-yilda Ozarbayjonnıng Xınolıq qishlogʻida tashkil etilgan. Xınalıqnıng koʻzga koʻringan nasli nasabli oilalari, kishilari Xalilrahmon Jabborovning rahbarligida hamda yerli aholining koʻmagi ila qurilgan muzeyda turli asarlar, koʻrgazmalar namoyish etiladi. Xınolıqning qadim davrlaridan qolgan arxeologik va etnoqrafik yodgorliklar, ashyolar, jumladan gilam va gilamchalar, gil va mis idishlar, uy-roʻzgʻor va va maishiy ashyolar, tosh yozuvlar va boshqa buyumlar Xınalıq bir vaqtlar yuksak madaniyat oʻchoqlaridan biri boʻlganligidan darak beradi. 160 kvadrat metrlik ikki zaldan iborat boʻlgan bu muzey goʻyoki „Muzey ichidagi muzey“dir.

Muzeyning diqqatga sazovor joylaridan biri qoʻlyozma kitoblar boʻlimidir. XV asrdan XX asrning boshlariga qadar yaratilgan bu kitoblar Sovet davrining tahlikali damlarida qabrlarda saqlangan va mustaqillik yillarida yana dunyo yuzini koʻrgan qimmatli qoʻlyozma kitoblardir. Bu yerdagi saqlanayotgan kitoblardan ayon boʻladiki, kentning tarixi ilm bilan bogʻliq boʻlib, bir vaqtlar Xınolıqning muhim bir ilmiy markaz boʻlganidan darak beradi. Tarix, til, mantıq, riyoziyot, tabobat kabi sohalar bilan bir qatorda Fiqh, kalom, tafsir, hadis ilmi kabi diniy bilimlarga aloqador yuksak saviyali kitoblarning borligi fikrimizni isbotlaydi. Bu qimmatbaho asarlarning kataloglarini tuzish va nodir nusxalarning suratlarini chop etish kechiktirib boʻlmaydigan ishlardandir.

Kishloq oqsoqollarining ota va bobolarıdan eshitgan maʼlumotlariga koʻra Usmonlılar davridə bu yerlarga İstanbul, İzmir kabi shaharlardan qoplarda kitoblar keltirilgan.

Ozarbayjonning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan Quba gilamchilik markazi hamdir. Markaz uch — togʻlik, togʻoldi va vodiy qismlarida faoliyat koʻrsatadi:

  • Togʻ qismi - Qoʻnoqkent, Xaşi, Jimi, Afurja, Yerfi, Buduq, Qırız, Cek, Salmasoyud kentlarida;
  • Togʻoldi hissasiga tegishli gilam markazi - Amirxonlı, Alixonlı, Xalfalar, Piramsan, Biliji, Şahnazarli, Pirabadil, Zeyvə, Zuhrami, Sumoqoboq, Chichi, Xırdagul-chichi, Sırt-chichi, Dara-chichi} maktablari;
  • Vodiy qismidagi Şabran zonasıda Chay Qaraqoshlı, Hojı Qaraqoshlı, Susanli, Qaraqoshlı, Davachi, Mollakamallı va b. Bu maktabga shuningdek Darband hududida toʻqiladigan gilamlar ham kiradi.

Quba gilamlarining bezagini turli geometrik shaklli naqshlarni oʻz ichiga olgan oʻsimlik, baʼzan hayvon motivlari tashkil etadi. Bu gilamchilik maktabi gilamlarida medalyonli ziravor uslubi keng tarqalgan. Quba gilamlarining eng koʻzga koʻringan kompozisiyalari „Qadim-Minora“, „Qımıl“, „Alpan“, „Qollu-chichi“, „Piribedil“, „Hojiıqayıb“, „Qırız“, „Jek“ va b. Bu zonada toʻqilgan „CHİCHİ“, „SIRT CHİCHİ“, „QIMIL“, „CİMİ“, „YERFİ“ gilamlari dunyoning bir qator muzey va shaxsiy kolleksiyalarıdan oʻrin olgan. Qeyd etmoq lozımki,Quba gilamchilik maktabining maxsus togʻoldi va vodiy markazlari Şabran rayonida joylashgan.

Meʼmorlıy obidalari

Ozarbayjonning pochta markasıda aks etgan Qudyaldaryosi koʻprigi[9]

Meʼmoriy obidalaridan Agʻbil maqbaralari (XVI asr), Alpan kentidagi Subaba maqbarasi (XVI asr), Birinchi Nugadi kentidagi masjid va minora (XVII-XIX asrlar), Xınalıq kentidagi burj, Qudyaldaryodagi Togʻlı koʻprigi va boshqalar muhofazaga olingan. Yevropanıng eng baland togʻ kenti hisoblangan Xınalıqda IX asrga oid Otashparastlar ibodatxonasi, Agʻbil kentida XVI asrga oid maqbaralar, Quba shahrida XIX asrga oid Sakinaxonım, Hojı Jafar va Juma masjidlari, Gumbazli nomli hammom bor. Bundan tashqari Rustov kentida „Alamu“ nomli qal’a va tarixiy masjid bor.. Yerfi kentining orqa tarafida Kalava bobo nomli qadimiy obidalar joylashgan. Bu obidalar mudofaa xarakteriga ega boʻlgan. Ozarbayjon Respublikasınıng Madaniyat va Turizm Nozirligining saytıda XI — XII asrlarga oid bu mahalliy mudofaa obida qoldiqlari N4640 raqamli inventor bilan koʻrsatilgan.

OAV

Quba rayonida 2 xususiy teleshirkat „Qutb“ və „Xayol“, qolaversa mustaqil „Shafaq“, „Birlik“ gazetalari faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek Quba shahridagi rasmiy davlat gazetasi boʻlgan Milliy Majlisga tegishli „Ozarbayjon“ va Turkiya-Ozarbayjon gazetasi boʻlgan „Zamon“ gazetasining boʻlimi joylashgan. Quba rayonida „Qudyaldaryo“ nomli jurnal ham chiqariladi.

İqlimi

İqlimi tekislik va togʻoldi hududlarida yozi quruq, havosi iliq, baland togʻli qismlarida sovuq va namlidir. Oʻrtacha temperatura yanvarda −4 °C-dan l°C-gacha, iyulda 2 °C-dan 24 °C-gacha. Yillik yogʻin miqdori 300-1500 mmni tashkil etadi.

Oʻzini-oʻzi boshqarish organlari

Rayonda 101 ta oʻzini-oʻxi boshqarish organlari faoliyat koʻrsatadi.

Birodarlashgan shaharlari

2016 yilning oktabrida qırgʻız delegasiyasi Quba shahriga tasgrif buyurdi. Tashrif davomida Qırgʻizistonning Chuy viloyatining Kant shahri bilan birodarlashuv memorandumi imzolandi.[10]

Galereya

Xorijiy oʻtishlar

Manbalar