48 921
ta tahrir
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)) |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Oʻzbekistonda T. fani. T. fani asrlar davomida qoʻlyozma asarlarda ifodalangan maishiy hayot, voqea-hodisalar, tarixiy personajlar va shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyantarixiy kontekstda tarixiy hayot yoʻlining shakllanishi, bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yoʻlni bosib oʻtdi.
Oʻzbekistonning eng qadimgi T.i haqida moddiy madaniyat yodgorliyutri va arxeologik topilmalar maʼlumot beradi. Mil. av. 1mingyillikkaoidyozma manbalar, zardushtiylarning muqadsas Avesto kitobida, axomaniylar davri kitobalarida (Bihistun, Naqshi Rustam va boshqalar) Turon va Movarounnahrning tabiati, xalklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Oʻzbekistonning qadimgi T. i haqida Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Polibiy, Diodor, Strabon, Kursiy Ruf, shuningdek, xitoy, arman, arab mualliflari yaratgan yozma manbalarda maʼlumotlarni uchratish mumkin. Asrlar davomida Oʻzbekiston siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy xayoti T.i haqidagi maʼlumotlar saroy yilnomachilari, tarixchilar, xonlar, podshohlar tomonidan yozilgan qoʻlyozma manbalar shaklida jamlana bordi. Oʻrta asrlar tarixnavisligida sulolaviy T.ga bagʻishlangan Bayhaqiyning "Tarixi Bayhaqiy", Nasaviynnng "Siyrat
Yaʼkubiyning "Kitob albuldon" ("Mamlakatlar xaqida kitob"), Tabariyning "Tarixi Tabariy", Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"; maʼlum bir xudud tarixiga oid — mintaqaviy uslubdagi Narshaxiynpng "Tarixi Buxoro", Nasafiynshsh "Kitob alqand fi tarixi Samarqand" ("Samarkand tarixi haqida qanddek kitob") kabi nodir qoʻlyozma manbalarda Oʻrta Osiyo mamlakatlarining geografik holati, yirik shaharlari va aholisi, ularning turmush tarzi va mashgʻulotlari, karvon yoʻllari, urushlar, gʻalayonlar, ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy hayotiga doyr turli maʼlumotlar bayon etilgan.
Bu qoʻlyozma tarixiy asarlar oʻz davrining ilgʻor fikrli kishilari tomonidan yozilgan boʻlsada, oʻsha davrdagi hukmdorlar raʼyidan oʻtolmasdan, ularning manfaatlariga moye qilib yozilganligini, oʻz davri va muhiti, zamonasi tartiblari, taraqqiyot darajasi tafakkurining xos koʻrinishlari taʼsirini namoyon qiladi.
19-asrning
Oʻrta Osiyo Rossiya mustamlakasiga aylantirilishi bilan mustamlakachilik tuzumi tartibotlari T. sohasidagi i.t.
20-asrning boshida milliy davriy matbuot "Sadoi Fartna", "Sadoi Turkiston", "Oyna", "Najot", "Hurriyat" sahifalarida Oʻzbekiston T.i muammolariga oid ilk makrlalar eʼlon qilina boshladi. Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyandalari boʻlib, ular mamlakat rivoji, millatning taraqqiysi, oʻzlikni anglashda T. fanining roliga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyatida T. muammolarini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etdi. Behbudiy komil inson boʻlib yetishishda va jamiyatni boshqarishda T. fanining oʻrni beqiyosligini taʼkidlaydi. U "Tarix va jugʻrofiya", "Turkiston tarixi", "Sart soʻzi majhuldir" kabi asarlarida faqatgina Vatan T.ini emas, Yevropa va jahon mamlakatlari T.ini bilish zarurligi haqida soʻz yuritadi. Uning "Moziy istiqbolning tarozisidir", degan xitobi T. tajribasida oʻzining hakligini isbotladi. Behbudiyning tarixiyilmiy qarashlari Oʻzbekiston T.ini va uni yaratish yoʻlida oʻziga xos ilmiy dasturdir.
Oktyabr toʻntarishi amalga oshishi bilan, Sovet tuzumining mohiyatidan kelib chiqqan holda, unga xos boʻlgan i.t.ning tashkil etishning shakl va usullarini, maqsad va vazifalarini, metodologiyasini ishlab chiqish ilgari suriddi. Kommunistik partiya mafkurasi asosiy eʼtiborni partiya T.i yoʻnalishiga qaratdi, tarixiy izlanish maktablari yoʻq qilib tashlandi, T. fanini jadallik bilan siyosatlashtirish va gʻoyalashtirish jarayoni yuz berdi, uslubiyatda "sinfiylik" "bir xillik" tamoyili yuzaga kelib "tarixni sinfning oʻzi yaratadi" degan qoida qaror topdi.
Totalitar tuzum ziddiyatlariga qaramasdan, shunday murakkab sharoitda oliy taʼlim tizimida T. taʼlimotining vujudga kelishi bilan mutaxassis tarixchi kadrlar tayyorlana boshlandi. T. fanining tashkiliy asoslari mustahkamlandi. Oʻrta Osiyo davlat unti, Samarqanddagi oliy ped.
T. fani rivojiga Abdurauf Fitrat salmokli hissa qushdi. Oʻzbekistonda agrar sugʻorish T.iga oid bir qancha vaqf hujjatlarini nashr k,ildi(mas, Tri dokumenta po agrarnomu voprosu v Sredney Azii, L., 1933; Kaziyskiye dokumentoʻ XVI veka, T., 1937).
Oʻzbekistonda T. fanining rivojida prof. Bulat Soliyevning oʻrni alohida. Bulat Soliyev milliy T. boʻyicha umumlashgan asar yaratishga uringan ilk tadqiqotchi edi. U qad., oʻrta asr, zamonaviy tarixchilarning turli xil va koʻplab asarlarini, sharq qoʻlyozmalari maʼlumotlarini jamlab, ulardan tanqidiy foydalanib, "Oʻzbekiston tarixi. XV— XIX ayerning birinchi yarmi", "Buxoro mangʻitlar sulolasi davrida" (1926), "Oʻrta Osiyo tarixi", "Oʻrta Osiyoda savdo kapitali" kitoblarini yezdi. Afsuski, uning asarlarining aksariyati NKVD tomonidan yoqib yuborilgan, uning oʻzi ham Oʻzbekiston ilgʻor milliy ziyolilarining katta qismi qatorida stalincha qatagʻon siyosati qurboni boʻldi. Bu siyosat T. fanining rivojlanishiga, albatta, salbiy taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina tarixchilar qatagʻon qilinganligiga qaramay,
1943 yilda SSSR FAning Oʻzbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti negizida Tarix institutining tashkil etilishi T. fani rivojida muayyan bosqich boʻldi, tadqiqotlarni maʼlum ilmiy yoʻnalishlar va reja asosida amalga oshirish yoʻlga koʻyildi. Mutaxassis ilmiy kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega boʻldi. Keyinchalik Tarix va arxeologiya instituti tarixiy tadqiqotlar boʻyicha ilmiy markazga aylandi. Bu
Tarix instituti tashkil etilgan dastlabki yillardanoq Oʻzbekiston T.ini yaxlit bir tarzda mujassamlashtirgan koʻp jildlik kitob yaratish ishlari boshlangan edi. Bu ish 1947 y. yakunlanib, 2 jildli "Oʻzbekiston xalklari tarixi" kitobi nashr etildi.
20-asrning
Bu davrda Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi T.ini oʻrganishda Sovet mafkurasi rasmiy andozalaridan chetga chiqishga yoʻl berilmadi, T. fani nihoyatda siyosiylashtirilib, ilmiytarixiy tafakkur hukmron mafkura nazorati ostida boʻlganligi tufayli juda koʻp masalalarning asl mohiyatini koʻrsatib berish imkoni boʻlmadi, natijada T.ni soxtalashtirish kuchayib ketdi. 1958 yilda boʻlib oʻtgan "Oʻrta Osiyoni Rossiyaga qoʻshib olishning progressiv ahamiyati". mavzusidagi birlashgan ilmiy sessiyada Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasiga "ixtiyoriy qoʻshilish"i haqidagi uydirma fanga zoʻrlik bilan kiritildi. Bu mavzu tarixi bilan shugʻullangan tadqiqotchilarning muammoni xolisona, haqqoniy yoritish imkoniyatlari cheklab qoʻyildi. Biroq bunday cheklashlarga qaramay, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi ijtimoiyiqtisodiy hayot, boshqaruv tizimi, mustamlakachilik zulmi hamda unga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatlari kabi masalalarga doir koʻpgina arxiv materiallari oʻrganildi va ilmiy isteʼmolga kiritildi.
T. fanida Sovet davri tarixini oʻrganish ham hukmron mafkura manfaatlariga moslashtirilganligi sababli, Oʻzbekistonda 1917 yilda Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi, uning oʻlkadagi siyosati, mahalliy aholining Sovet hokimiyatiga munosabati va unga qarshi kurashlari, bolsheviklarning amalga oshirgan ijtimoiyiqtisodiy tadbirlari va ularning oqibatlari, madaniyat sohasidagi siyosat, kolxozlashtirish tarixi kabi masalalarning mohiyati haqqrniy yoritilmadi. "Partiyaning rahbarlik va yaratuvchilik roli"ni koʻrsatish T. fanining eng muhim vazifasi deb belgilandi. Bunday yondashuv asosida yaratilgan tadqiqotlar Sovet hokimiyati siyosatini ulugʻlash maqsadlariga xizmat qildi. Sovet mafkurasining tazyiqiga, davr ziddiyatlariga qaramay, tarixchilar tomonidan juda koʻplab arxiv manbalarining ilmiy talqinini mujassamlashtirgan, jumladan, 4 jildli "Oʻzbekiston tarixi" (1967—70 yillar), 1 jildli "Oʻzbekiston tarixi" monografiyalari; Toshkent, Samarkand, Qoʻqon, Andijon, Xiva va Buxoro sh.larining eng qad. davrlaridan to 20-asr oʻrtalarigacha boʻlgan tarixiga bagishlangan ilk fundamental asarlar tayyorlandi. Ular Oʻzbekistonning qad. shaharlari tarixini umumlashtirilgan tarzda aks ettirgan tadqiqotlar sifatida qimmatlvdir.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, T. fani sovet mafkurasi va uning goyaviy qoliplaridan ozod boʻldi. Jamiyat hayotida amalga oshayotgan muhim ijtimoiy jarayonlar T. fani oldiga oʻzbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish, taraqqiyotning turli bosqichlarida jahon hamjamiyatida uning oʻrni va rolini aniqlash, tarixiy bilimlarni ommalashtirish va targib qilish orqali millatning maʼnaviyaxloqiy qadriyatlari, madaniyati, qad. anʼanalariga qaytish vazifalarini qoʻydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzurida "Oʻzbekistonning yangi tarixi" markazini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Mazkur markazda mamlakatimizning yetakchi olimlari ishtirokida 3 jildli "Oʻzbekiston tarixi" (Turkistonning Rossiya tomonidan istilo qilinishidan qoz. davrgacha) tayyorlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Oʻzbekiston FA Tarix instituta faoliyatini takomillashtirish" haqidagi 1998 y. iyul qarori T. fanining vazifalarini strategik jihatdan oʻzgartirdi. Tarix instituti respublikada T. tadqiqotlarini muvofiklashtiruvchi chinakam markaz maqomiga koʻtarildi.
Sovet davrida oʻrganish taqiqlangan, notoʻgʻri talqin etilgan mavzular ilmiy xolislik asosida — milliy mustaqillik nuqtai nazaridan qaytadan oʻrganildi. Yangi SH1miy yoʻnalishlar tadqiq qilindi.
|