Xushnud Xudayberdiyev: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3: Qator 3:
| asl ismi = {{lang-uz|Худайбердиев Хушнудбек Ғайратович}}
| asl ismi = {{lang-uz|Худайбердиев Хушнудбек Ғайратович}}
| lavozimi = [[Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi]] direktori
| lavozimi = [[Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi]] direktori
| tasvir =[[File:Khushnud Khudayberdiev.jpg|thumb|Khushnud Khudayberdiev]]
| tasvir = [[File:Khushnud Khudayberdiev.jpg|Khushnud Khudayberdiev]]
| uzunlik = 250px
| uzunlik = 250px
| boshlanish davri = [[28-yanvar]] [[2020-yil]]
| boshlanish davri = [[28-yanvar]] [[2020-yil]]

25-Mart 2020, 08:58 dagi koʻrinishi

Xudoyberdiyev Xushnudbek Gʻayratovich
oʻzbekcha: Худайбердиев Хушнудбек Ғайратович
Khushnud Khudayberdiev
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
Mansab davri
28-yanvar 2020-yil
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-iyun 1989-yil (1989-06-07) (34 yosh)
Qashqadaryo
Mukofotlari

Xudoyberdiyev Xushnudbek Gʻayratovich — huquqshunos, bloger, Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri. 2020-yildan eʼtiboran Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida faoliyat olib bormoqda. [1]

Biografiyasi

  • 1989-yil 7-iyunda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek.
  • 5 yoshligida Chiroqchi tumanidagi Habib Abdullayev nomidagi 3-oʻrta taʼlim maktabiga 1-sinfga oʻqishga borgan.
  • 2003 yilda Chiroqchi tumanidagi 2-ixtisoslashgan litseyning 9-sinfini tamomlab, Toshkent davlat yuridik instituti qoshidagi Akademik litseyda oʻqishni davom ettirgan.
  • 2006 yilda Toshkent davlat yuridik instituti talabasi boʻlgan. 2010 yilda Yuridik institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
  • 2010 yili Toshkent davlat yuridik instituti Magistratura boʻlimi „Jinoyat protsessi; kriminalistika va tezkor qidiruv huquqi; sud ekspertizasi“ yoʻnalishi magistranti boʻlgan. 2012 yilda Magistratura boʻlimini muvaffaqiyatli tamomlagan.
  • 2010-2013 yillarda Toshkent davlat yuridik institutida oʻqituvchi.
  • 2013-2017 yillarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi yuridik boʻlimi yuristkonsulti boʻlgan.

Blogerlik faoliyati

2012-yildan buyon „Xushnudbek.uz“ shaxsiy saytini yuritadi. Shuningdek, 2018 yil may oyida Telegram messenjerida kanal ochgan. Hozirda uning Telegram kanalini 197 mingdan koʻproq obunachi kuzatib boradi.[2] 2018 yilgi blogerlar chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan.[3] 2019 yilda esa yilning eng yaxshi blogeri deb topilgan.[4] U 2004 yildan buyon Zakovat intellektual klubining aʼzosi va muntazam efir oʻyinlarida ishtirok etib keladi. Efir orqali ilk marta 2005 yil iyun oyida oʻyinlarda ishtirok etgan. Faoliyati davomida 9 marta Oliy liga finalida ishtirok etib, ulardan 4 tasida jamoasi bilan chempion boʻlgan. Zakovat intellektual oʻyinlarida erishgan yutuqlari: Toʻrt karra Zakovat oʻyinlari chempioni (2007, 2009, 2011, 2016 yillar); 2008, 2010, 2012, 2015 va 2018 yillarda Oliy liga oʻyinlari finalchisi; 2008 hamda 2012 yilgi Oliy liga final oʻyinidagi „Zakovat terma jamoasi“ aʼzosi; 2008 yilda „Yilning eng yaxshi yosh bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2011 yilda „Yilning eng faol bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2013 yilda „Tomoshabinlar mehrini qozongan bilimdon“ nominatsiyasi sohibi.

Mukofotlari

  • 2014-yili — „Oltin qalam“ IX Milliy mukofotining „Jurnalistikada ijtimoiy masalalarni yoritishda innovatsion echim va yondashuvlar“ nominatsiyasi sovrindori „Turkiston“ saroyida MIT.uz — milliy internet tanlovi g‘oliblari taqdirlandi</ref>
  • 2014-yil — „MIT.UZ — Milliy internet festivali“da „Eng yaxshi tahliliy sayt“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. [5]
  • 2014-yil — „Uz domenlari Internet festivali“da „Eng yaxshi shaxsiy sahifa“ nominatsiyasida sovrindor boʻlgan. [6]
  • 2015-yil — „Jamiyat va men“ tanlovining „Eng yaxshi yoritilgan huquqiy mavzular“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. [7]
  • 2016-yil — „Oʻzbekiston belgisi“ [8] koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. [9]
  • 2018-yil — Oʻzbekiston blogerlari chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan.[10]
  • 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan „Eng yaxshi huquq targʻibotchisi“ tanlovida „Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan. [11]
  • 2019-yil — „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. [12]
  • 2019-yil — Prezident Farmoni bilan „Kelajak bunyodkori“ medali bilan taqdirlangan. [13]

Manbalar

Tashqi havolalar