Fizalis: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Rasmlar: Xitoy fonarcha
→‎Rasmlar: File:Physalis alkekengi R0015041.JPG
Qator 5: Qator 5:
File:Physalis einzeln.jpg|Peru paqpaqi: gul kosachasi qutulish mumkin bo'lgan mevalarni namoyish etish uchun ochildi.
File:Physalis einzeln.jpg|Peru paqpaqi: gul kosachasi qutulish mumkin bo'lgan mevalarni namoyish etish uchun ochildi.
File:Physalis alkekengi 004.JPG|Yevrosiyo paqpaqi, "Xitoy fonarcha" (Physalis alkekengi)
File:Physalis alkekengi 004.JPG|Yevrosiyo paqpaqi, "Xitoy fonarcha" (Physalis alkekengi)
File:Physalis alkekengi R0015041.JPG|Physalis alkekengi
</gallery >
</gallery >



7-Mart 2020, 17:14 dagi koʻrinishi

Fizalis (Physalis), paqpaq — ituzumdoshlar oilasiga mansub bir yoki koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; sabzavot ekini. Yovvoyi holda 100 dan ortiq turi tropik va subtropik mintaqalarda, koʻproq Markaziy Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari Afrikaning jan.sharqida uchraydi. F. Yevropaga 18-asrda, keyinchalik Osiyoga keltirilgan. Asosan, Meksika F.si yoki Meksika pomidori (P. ixocarpa); tukli F. (P. pubescens) va peru F.si (peru olchasi) (P. peruviana) yetishtiriladi. Meksika F.si koʻp tarqalgan. Tarkibida 8—9% quruq modda, 33,133,6% yogʻ, 18,4 19,5% oqsil, 17,6— 18,1% kletchatka, 4,48,3% kul, 3—4% qand, 5— 10% pektin, 20– 30 mg % S vitamini hamda karotin, organik kislotalar, achchiq moddalardan fizalin va alkaloidlar (0,260,4%) bor. Shifobaxsh. Mevasi nordonshirin, tuyey ochsariq, koʻkish; ya n gil i gida, qayta ishlangan holda isteʼmol qilinadi. Peru F.si (5—12 g) yumaloq oval, sariq, toʻq sariq, nordonshirin. Mazasi qulupnay taʼmini beradi. Yetishtirish agrotexnikasi pomidordan farqqilmaydi. Konserva sanoatida, souslar, murabbo, tuzlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Pishgan mevalaridan limon kislota olinadi.[1][2]

Rasmlar

Manbalar

  1. Pivovarov V. F., Aramov M. X., Dubrutsskaya Ye. G. va boshqa, Fizalis. Ovoshnie i baxchevie kulturi v Uzbekistane, M., 2001.
  2. Armando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o'zbek tilida: Ituzumdoshlarning Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstein 2001. ISBN 3-904144-77-4