Encyclopædia Britannica: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 19: Qator 19:
}} „'''Encyclopædia Britannica'''“ ({{talaffuz|Insayklopidiya britennika}}; [[lotin tili|lot.]] „Britaniya ensiklopediyasi“ degani; {{lang-en|„British Encyclopaedia“}}) — [[ingliz tili|inglizcha]] universal [[ensiklopediya]]. „Encyclopædia Britannica“ [[Encyclopædia Britannica, Inc.]] kompaniyasiga qarashlidir. Ensiklopediyani 100 ga yaqin muharrir yozadi va muntazam yangilab turadi. Bundan tashqari, 4,000 dan oshiq odam hissa qoʻshib turadi. Bular orasida 110 [[Nobel mukofoti]] sovrindori va besh [[AQSh prezidenti]] bor. „Encyclopædia Britannica“ ingliz tilidagi eng ilmiy ensiklopediyalardan biri hisoblanadi.<ref>[http://www.thenews.com.pk/article-39870-Encyclopedia-Britannica-goes-digital-after-244-years- ''Encyclopedia Britannica'' goes digital after 244 years]. ''The News'' (2012-03-15). Retrieved 17 March 2012.</ref>
}} „'''Encyclopædia Britannica'''“ ({{talaffuz|Insayklopidiya britennika}}; [[lotin tili|lot.]] „Britaniya ensiklopediyasi“ degani; {{lang-en|„British Encyclopaedia“}}) — [[ingliz tili|inglizcha]] universal [[ensiklopediya]]. „Encyclopædia Britannica“ [[Encyclopædia Britannica, Inc.]] kompaniyasiga qarashlidir. Ensiklopediyani 100 ga yaqin muharrir yozadi va muntazam yangilab turadi. Bundan tashqari, 4,000 dan oshiq odam hissa qoʻshib turadi. Bular orasida 110 [[Nobel mukofoti]] sovrindori va besh [[AQSh prezidenti]] bor. „Encyclopædia Britannica“ ingliz tilidagi eng ilmiy ensiklopediyalardan biri hisoblanadi.<ref>[http://www.thenews.com.pk/article-39870-Encyclopedia-Britannica-goes-digital-after-244-years- ''Encyclopedia Britannica'' goes digital after 244 years]. ''The News'' (2012-03-15). Retrieved 17 March 2012.</ref>


„Britannica“ hali ham chiqarilayotgan eng eski inglizcha ensiklopediyadir. Birinchi marta „Encyclopædia Britannica“ 1768-va 1771-yillar orasida [[Edinburg]]da uch jildda chop etilgan. Vaqt oʻtishi bilan ensiklopediyaning hajmi oʻsdi: ikkinchi nashri 10 jildli boʻldi. Toʻrtinchi nashriga kelib (1801-1810) jildlar soni 20 ga yetdi. Ensiklopediyaning obroʻsi koʻtarilib bordi. „Britannica“ning 9- (1875-1889) va 11- (1911) nashrlari ilmiy va yozilish uslubi jihatdan yuqori darajada baholanadi.
„Britannica“ hali ham chiqarilayotgan eng eski inglizcha ensiklopediyadir. Birinchi marta „Encyclopædia Britannica“ 1768-va 1771-yillar orasida [[Edinburg]]da uch jildda chop etilgan. Vaqt oʻtishi bilan ensiklopediyaning hajmi oʻsdi: ikkinchi nashri 10 jildli boʻldi. Toʻrtinchi nashriga kelib (1801-1810) jildlar soni 20 ga yetdi. Ensiklopediyaning obroʻyi koʻtarilib bordi. „Britannica“ning 9- (1875-1889) va 11- (1911) nashrlari ilmiy va yozilish uslubi jihatdan yuqori darajada baholanadi.


11-nashrga kelib „Britannica“ni [[AQSH|Amerika]]da joylashgan kompaniya sotib oldi. Bundan soʻng [[Shimoliy Amerika]] bozoriga moslashtirilib ensiklopediyaning hajmi qisqartirildi va maqolalar soddalashtirildi. 1933-yil „Britannica“ ensiklopediyalar tarixida birinchi marta muntazam tahrirlashni kiritdi: har bir maqola belgilangan vaqtda yangilanib, butun ensiklopediya muntazam ravishda yangi nashrlarda chop etila boshlandi.
11-nashrga kelib „Britannica“ni [[AQSH|Amerika]]da joylashgan kompaniya sotib oldi. Bundan soʻng [[Shimoliy Amerika]] bozoriga moslashtirilib ensiklopediyaning hajmi qisqartirildi va maqolalar soddalashtirildi. 1933-yil „Britannica“ ensiklopediyalar tarixida birinchi marta muntazam tahrirlashni kiritdi: har bir maqola belgilangan vaqtda yangilanib, butun ensiklopediya muntazam ravishda yangi nashrlarda chop etila boshlandi.

19-Fevral 2020, 08:35 dagi koʻrinishi

Britaniya ensiklopediyasi

Britannicaning logotipi
Asl nomi Encyclopædia Britannica
Muallif(lar) 4 441 hissa qoʻshuvchi
Til inglizcha
Janr(lar)i ensiklopediya
Nashriyot Encyclopædia Britannica, Inc.
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1768-2010 (bosma)
Sahifalar soni 32 640 (15-nashr, 2010)

Encyclopædia Britannica“ (talaffuzi: Insayklopidiya britennika; lot. „Britaniya ensiklopediyasi“ degani; inglizcha: „British Encyclopaedia“) — inglizcha universal ensiklopediya. „Encyclopædia Britannica“ Encyclopædia Britannica, Inc. kompaniyasiga qarashlidir. Ensiklopediyani 100 ga yaqin muharrir yozadi va muntazam yangilab turadi. Bundan tashqari, 4,000 dan oshiq odam hissa qoʻshib turadi. Bular orasida 110 Nobel mukofoti sovrindori va besh AQSh prezidenti bor. „Encyclopædia Britannica“ ingliz tilidagi eng ilmiy ensiklopediyalardan biri hisoblanadi.[1]

„Britannica“ hali ham chiqarilayotgan eng eski inglizcha ensiklopediyadir. Birinchi marta „Encyclopædia Britannica“ 1768-va 1771-yillar orasida Edinburgda uch jildda chop etilgan. Vaqt oʻtishi bilan ensiklopediyaning hajmi oʻsdi: ikkinchi nashri 10 jildli boʻldi. Toʻrtinchi nashriga kelib (1801-1810) jildlar soni 20 ga yetdi. Ensiklopediyaning obroʻyi koʻtarilib bordi. „Britannica“ning 9- (1875-1889) va 11- (1911) nashrlari ilmiy va yozilish uslubi jihatdan yuqori darajada baholanadi.

11-nashrga kelib „Britannica“ni Amerikada joylashgan kompaniya sotib oldi. Bundan soʻng Shimoliy Amerika bozoriga moslashtirilib ensiklopediyaning hajmi qisqartirildi va maqolalar soddalashtirildi. 1933-yil „Britannica“ ensiklopediyalar tarixida birinchi marta muntazam tahrirlashni kiritdi: har bir maqola belgilangan vaqtda yangilanib, butun ensiklopediya muntazam ravishda yangi nashrlarda chop etila boshlandi.

2012-yil martda Encyclopædia Britannica, Inc. ensiklopediyaning bosma nashri toʻxtatilganini eʼlon qildi. Buning oʻrniga endi „Britannica“ning onlayn nusxasi boʻlmish „Encyclopædia Britannica Online“ga eʼtibor qaratildi. „Britannica“ning oxirgi bosma nashri 2010-yil chiqqan 32 jildli nashridir.[2]

„Britannica“ning 15-nashri uch qismdan iborat: qisqa maqolalardan iborat 12 jildli „Micropædia“ (750 tadan kam soʻz), uzun maqolalar kiritilgan 19 jildli „Macropædia“ (2 sahifadan 310 sahifagacha) va bilimning qisqa iyerarxik tavsifini beruvchi bir jildli „Propædia“. „Micropædia“ tezda biror faktni koʻrib olish uchun moʻljallangan va „Macropædia“dan foydalanish uchun qoʻllanma vazifasini oʻtaydi; „Propædia“ berilgan mavzuning ilmdagi oʻrnini koʻrsatish uchun va yana boshqa shu mavzuda batafsil yozilgan maqolalarga yoʻnaltirish uchun moʻljallangan.

„Encyclopædia Britannica“ hajmi oxirgi 70 yilda deyarli birday boʻlib keldi: yarim million mavzuda deyarli 40 million soʻz. Ensiklopediya 1901-yildan beri AQSHda chop etilib kelayotgan boʻlsa ham, „Britannica“da maqolalar Britaniyada soʻzlashiladigan ingliz tilida yozilib kelinmoqda.

Tarixi

Shu kungacha ensiklopediyaga egalik qilganlar koʻp oʻzgardi. Bular qatorida A & C Black, Horace Everett Hooper, Sears Roebuck va William Benton bor. Encyclopædia Britannica Inc. bugungi kunda Shveysariyalik milliarder aktor Jacqui Safraga tegishlidir. Keyingi paytda informatsiya texnologiyalarida kuzatilgan oʻzgarishlar va Encyclopædia Britannica Ultimate Reference Suite, Encarta va Vikipediya kabi elektron ensiklopediyalarning paydo boʻlishi sabab bosma ensiklopediyalarga boʻlgan talab susaydi.[3] Bunga qarshi kurashish uchun Encyclopædia Britannica, Inc. oʻzining jiddiy ensiklopediya sifatida olgan obroʻsiga eʼtibor qaratib, narxini pasaytirib va elektron versiyalarni (CD-ROM, DVD, onlayn) tayyorlab kelmoqda. 1930-yillardan beri kompaniya boshqa qoʻshimcha ensiklopedik loyihalarni ham yurgʻizib kelyapti.[4]

Nashrlar

„Encyclopædia Britannica“ birinchi nashrining bosh sahifasi.

„Britannica“ 15 nashrda chiqarilgan. 3- va 5-nashrlari uchun koʻp jildli qoʻshimchalar tayyorlangan (quyida berilgan jadvalga qarang). 10-nashr 9-nashrga qoʻshimcha boʻlgan xolos. 12- va 13-nashrlar boʻlsa 11-nashrga qoʻshimcha boʻlgan. 1985-yil 15-nashr keskin oʻzgartirilgan. Bunga qaramasdan, yangilangan hozirgi nashr 15-nashr deb aytiladi.

Yaratilganidan beri „Britannica“ ikki maqsadni koʻzlab kelmoqda: mukammal ensiklopediya boʻlish va taʼlim berish.[5] 1974-yil 15-nashrda yana bir maqsad qoʻshildi: insoniyatning bor bilimini sistemaga solish.[6] „Britannica“ tarixini boshqarishdagi oʻzgarishlar yoki qayta ishlashlar boʻyicha besh davrga boʻlish mumkin.

1768-1826

Birinchi davrda (1-6-nashrlar, 1768-1826) „Britannica“ Colin Macfarquhar, Andrew Bell, Archibald Constable va boshqalar tomonidan boshqarilgan va chop etilgan. Britannica birinchi marta 1768- va 1771-yillar orasida „Encyclopædia Britannica yoki yangi reja bilan toʻplangan sanʼat va ilm lugʻati“ (inglizcha: „Encyclopædia Britannica, or, A Dictionary of Arts and Sciences, compiled upon a New Plan“) nomi bilan Edinburgda chop etilgan. „Britannica“ning chop etilishiga qisman Denis Diderot va Jean le Rond d'Alembert tayyorlagan fransuzcha „Encyclopédie“ (1751-1772-yillarda chop etilgan) ensiklopediyasi sabab boʻlgan. Britannica asosan shotlandcha ish boʻlgan. Ensiklopediya Shotland Uygʻonishidan qolgan meroslardan biridir.[7] Bu davrda „Britannica“ bir yosh muharrir William Smellie[8] tayyorlagan uch jildli toʻplamdan (1-nashr) bir necha muallif tomonidan yozilgan 20 jildli toʻplam darajasiga yetishgan.

Bu davrda bir necha boshqa raqib ensiklopediyalar boʻlgan. Bular orasida Abraham Reesning „Cyclopædia“si, Samuel Taylor Coleridgening „Encyclopaedia Metropolitana“si,[9] va David Brewsterning „Edinburgh Encyclopaedia“si boʻlgan.

„Encyclopædia Britannica“ning 19-asrning boshlarida chiqqan nashrlarida olamshumul yangi izlanishlar yozilgan. Masalan, Thomas Youngning Misr haqidagi maqolalari kiritilgan. Bu maqolalarda Rosetta toshida (rasmga qarang) yozilgan Misr iyerogflilarning tarjimasi berilgan.

1827-1901

Ikkinchi davrda (7-9- nashrlar, 1827-1901) „Brittannica“ni Edinbrugda joylashgan A & C Black nashriyoti tayyorlagan. Baʼzi hissa qoʻshuvchilarni, masalan Macvey Napierni muharrirlar doʻstlari va tanishlari orasidan jalb qilishgan. Boshqa hissa qoʻshuvchilarni boʻlsa „Britannica“ning obroʻsi tufayli jalb qila olishgan. Hissa qoʻshuvchilar koʻpincha boshqa mamlakatlardan borgan. Ular orasida dunyoga mahshur mutaxassislar ham boʻlgan. 7-nashrda birinchi marta har bir maqola kiritilgan koʻrsatkich tayyorlangan. Bu odat 1974-yilgacha davom etgan. Birinchi Angliyada tugʻilgan muharrir 9-nashrni tahrir qilgan Thomas Spencer Baynes boʻlgan. 9-nashr „Olimlar nashri“ deb ataladi va bu nashr eng ilmiy nashr hisoblanadi.[10][11] 1880-yildan keyin Baynesga William Robertson Smith yordam bergan. Yashayotgan odamlarning biografiyalari kiritilmagan. James Clerk Maxwell va Thomas Huxley ilm boʻyicha maxsus maslahatchilar boʻlishgan. Shudnay boʻlsa ham, 19-asrning oxiriga kelib 9-nashr eskirgan va Britannica moddiy qiyinchiliklarga duchor boʻlgan.

1901-1973

Uchinchi davrda (10-14-nashrlar, 1901-1973) „Britannica“ni Amerikalik ishbilarmonlar boshqargan. Ular toʻgʻridan-toʻgʻri sotish usullaridan foydalangan. Ensiklopediyani kattaroq bozorda sotish uchun Amerikaliklar asta-asta maqolalarni soddalashtirdi. 10-nashr 9 jildli boʻlib, 9-nashrga qoʻshimcha boʻlgan. 11-nashr boʻlsa butunlay yangi ish boʻlgan. 11-nashr yaxshi baholangan. Horace Hooper bu nashrni iloji boricha kamol qilish uchun kurashgan.[11]

Hooper moddiy qiyinchiliklarga uchraganidan keyin „Britannica“ni Sears Roebuck 18 yil boshqardi (1920-1923, 1928-1943). 1932-yil Searsning vitse-prezidenti Elkan Harrison Powell prezidentlik lavozimiga chiqdi. 1936-yil u muntazam tahrir qilish uslubini kirgizgan. Bundan avval yangi nashr chiqquncha maqolalar yangilanmasdi, baʼzan yangi nashr 25 yildan keyin chiqarilardi.[4]

Powell „Britannica“ning obroʻsiga tayanib yangi taʼlim mahsulotlarini tayyorlagan. 1943-yil egalik huquqi William B. Bentonga oʻtgan, u 1973-yil vafotigacha boshqaruvchilik qilgan. Benton Benton Fondiga asos solgan. Bu fond „Britannica“ni 1996-yilgacha boshqargan. 1968-yil „Britannica“ oʻzining 200 yilligini nishonlagan.

11-nashr uchun AQSHda reklama. U.S. National Geographic Magazinenign 1913-yil mayda chiqqan nasrhidan.

1974-1994

Toʻrtinchi davrda (1974-1994) „Britannica“ning 15-nashri chiqdi. Bu nashr uch qismdan iborat: „Micropædia”, „Macropædia” va „Propædia”. Mortimer J. Adler rahbarligi ostida „Britannica”ni yaxshi ensiklopediya qilish bilan birga unda insoniyatning bor bilimini sistemalashtirishga harakat qilingan. Mortimer J. Adler 1949-1974-yillarda muharrirlar hay’ati aʼzosi boʻlgan. 1974-yildan shu hay’atning rahbari boʻlgan. 1965-yildan boshlab 15-nashrni rejalash boʻyicha direktor boʻlgan.[12] 15-nashrda alohida koʻrsatkichning yoʻqligi va maqolalarning parallel ensiklopediyalarda berilgani keskin tanqidga uchragan.[10][13] Bunga javoban 15-nashr 1985-yil yana qaytadan chop etilish uchun butunlay oʻzgartirilgan va koʻrsatkich qoʻshilgan. 15-nashrning bu ikkinchi versiyasi 2010-yilgacha tahrirlanib, chop etilib keldi. 15-nashrning rasmiy nomi „Yangi Encyclopædia Britannica” (inglizcha: „New Encyclopædia Britannica“) boʻlsa ham, u „Britannica 3” deb ham nomlanadi.[10]

1994-bugun

Beshinchi davrda (1994-bugun) „Britannica“ning elektron va onlayn nashrlari tayyorlandi. 1996-yil Jacqui Safra moddiy qiyinchiliklarga uchragan „Britannica“ni arzon bahoga sotib oldi. 1999-yil Encyclopædia Britannica, Inc. ikkiga boʻlindi. Bir qism kopmaniya nomini olib qoldi va bosma nashrni tayyorladi. Ikkinchi qism Britannica.com Inc. elektron versiyalarni tayyorladi. 2001-yildan beri ikki kompaniyaga Ilan Yeshua rahbarlik qilib kelmoqda. Powellga oʻxshab Yeshua ham Britannica nomi bilan yangi mahsulotlar kirgizishni qoʻllab-quvvatladi.

2012-yil martda prezident Jorge Cauz ensiklopediyaning bosma nashrlari boshqa chiqmasligini eʼlon qildi. 2010-yil chiqqan 15-nashr oxirgi nashr boʻldi. Endi kompaniya barcha eʼtiborni onlayn nashrga qaratayapti.[2][14]

„Britannica“ning global nashri 2010-yil chop etildi. Bu nashr 30 jilddan va 18,251 sahifadan iborat. Kichikroq jildlarda 8,500 surat, xarita, bayroq va tasvir berilgan. Nashrdagi 40,000 dan oshiq maqolani turli mamlakatlarda yashovchi mutaxassislar yozgan. Ular orasida Nobel mukofoti sovrindorlari ham bor. 15-nashrdan farqli oʻlaroq global nashr „Macro-“ va „Micropedia“ qismlariga boʻlinmagan. 14-gacha boʻlgan eski nashrlardagidek maqolalar alifbo tartibida berilgan. Global nashrning barcha nusxasi sotilgan va chop etish toʻxtatilgan.

Bagʻishlovlar

Britannica 1788-yildan 1901-yilgacha Britaniya taxtidagi monarxga bagʻishlangan. Amerikalik hamkorlikka sotilgandan keyin Britaniya monarxi va AQSH prezidentiga bagʻishlangan.[10] 11-nashr George II, Hindiston imperatori va AQSH prezidenti William Howard Taftga bagʻishlangan."[15] Bagʻishlovlardagi ketma-ketlik AQSH va Britaniya kuchiga va sotuvga qarab oʻzgarib kelmoqda. 14-nashrning 1954-yilgi versiyasi AQSH prezidenti Dwight David Eisenhower va qirolicha Elizabeth IIga bagʻishlangan."[16] Shu udumga koʻra 15-nashrning 2007-yilgi versiyasi AQSH prezidenti George W. Bush va qirolicha Elizabeth IIga bagʻishlangan."[17] 15-nashrning 2010-yilgi versiyasi boʻlsa AQSH prezidenti Barack Obama va qirolicha Elizabeth IIga bagʻishlangan.[18]

Tanqidiy baho

Obroʻsi

1-nashr uchun Andrew Bell tayyorlagan tasvir

3-nashrdan beri „Britannica“ga tanqidchilar yuqori baho berib kelyapti.[10][19][20] AQSHda 3- va 9-nashrlarning noqonuniy nusxalari tayyorlangan.[11] „Britannica“dagi maqolalar noqonuniy koʻchirilib tayyorlangan birinchi ensiklopediya „Dobson's Encyclopædia“dir.[21] 14-nashrdan keyin Time jurnali „Britannica“ni „kutubxona boshchisi“ deb nomlagan.[22] Bir reklamada William Beebening „Britannica“ni solishtirib boʻlmaydi, chunki unga mos raqib yoʻq" degan soʻzlari ishlatilgan.[23] „Britannica“ ingliz adabiyotida koʻp tilga olingan. Masalan, Arthur Conan Doylening Sherlok Xolms haqidagi „Qizil boshli liga“ hikoyasida. Bu hikoyani „Britannica“ning 200 yilligida Gilbert Inglefield tilga olgan.[24]

„Britannica“ bilimni umumlashtiruvchi ensiklopediya sifatida shuhrat qozongan.[25] Baʼzi odamlar bilimlarini chuqurlashtirish uchun „Britannica“ni boshdan-oyoq oʻqib chiqishga qaror qilishgan. Buning uchun 3 yildan 22 yilgacha vaqt sarflashgan.[11] 1797-yil Fat′h Ali Shah Qajar shoh boʻlganida unga „Britannica“ning 3-nashri toʻplami berilgan va u ensiklopediyani boshidan oxirigacha oʻqib chiqqan. Bundan keyin shoh oʻzining rasmiy unvoniga "Eng Buyuk Shoh va Encyclopædia „Britannica“ning ustasi" nomini qoʻshgan.[24] Yozuvchi George Bernard Shaw ilmiy maqolalardan tashqari 9-nashrni butunlay oʻqib chiqqanini aytgan.[11] Richard Evelyn Byrd 1934-yil Janubiy qutbga qilgan 5 oylik sayohati davomida „Britannica“ni oʻqish uchun olib olgan. Philip Beaver dengizda qilgan sayohati davomida „Britannica“ni oʻqigan.

Yaqinda boʻlsa Esquire jurnali muharriri Philip Beaver 2002-yilgi nashrni oʻqib chiqqan. Bu haqida 2004-yil chiqqan „Bilagʻon: Bir odamning dunyodagi eng aqlli odam boʻlish uchun qilgan kamtar intilishi“ (inglizcha: „The Know-It-All: One Man's Humble Quest to Become the Smartest Person in the World“) kitobida yozgan. Faqat ikkita inson „Britannica“ning ikki mustaqil nashrlarini oʻqib chiqqan: yozuvchi C. S. Forester[11] va ishbilarmon Amos Urban Shirk. Shirk 11- va 14-nashrlarni oʻqigan. 11-nashrni har kech uch soat oʻqigan va 4 yarim yil deganda oʻqishni bitirgan.[26] „Britannica“ning koʻp bosh muharrirlari kitobni boshdan-oyoq oʻqib chiqishgan deb ishoniladi. Bular orasida William Smellie (1-nashr), William Robertson Smith (9-nash) va Walter Yust (14-nashr) bor.

Mukofotlar

Onlayn „Britannica“ 2005-yil „Eng yaxshi onlayn isteʼmolchi servisi“ deb topilib Codie mukofotini oldi.[27] Codie mukofoti har yili Software and Information Industry Association tashkiloti tomonidan eng yaxshi programmalarga beriladi. 2006-yil „Britannica“ yana shu mukofotni oldi.[28] „Britannica“ning CD/DVD-ROM versiyasi Encyclopædia Britannica Ultimate Reference Suite 2004-yil Katta yutuq mukofoti (inglizcha: Distinguished Achievement Award) sovrindori boʻldi.[29] Shu versiya yana 2000-, 2001- va 2002-yil Codie mukofotini oldi.[30][31] 2009-yil 15-iyulda 2,000 dan oshiq mustaqil kishi ovoz berib „Britannica“ni „Buyuk Britaniyadagi 10 eng yuqori brend“ roʻyxatiga qoʻshishdi.[32]

Qamrovi

Encyclopædia Britannica, 1-nashr

„Britannica“da mavzular „Propædia“dagi „Bilimning qisqacha sxemasi“ga qarab tanlanadi.[6] „Britannica“da jugʻrofiya („Macropædia“ning 26 %i), biografiya (14 %), biologiya va tibbiyot (11 %), adabiyot (7 %), fizika va astronomiya (6 %), din (5 %), sanʼat (4 %), gʻarb falsafasi (4 %) va huquqshunoslik (3 %) haqida maqolalar yozilgan.[10] Bir izlanishga koʻra „Micropædia“da geografiya boʻyicha maqolalar 25 % ni, ilm boʻyicha — 18 % ni, ijtimoiy fanlar boʻyicha — 17 % ni, biografiyalar — 17 % ni, boshqa gumanitar fanlar boʻyicha maqolalar qolgan 25 % ni tashkil qiladi.[19] 1992-yil bir taqrizchi: "mavzularning koʻlami, chuqurligi va universalligi boʻyicha „Britannica“ga teng keladiganf ensiklopediya yoʻq, " — deb yozgan.[33]

„Britannica“da maqolalar bir xil chuqurlikda yoritilmagan. Masalan, Buddizm va boshqa koʻp dinlar „Macropædia“da bitta maqolada berilgan. Xristian dini boʻyicha 14 maqola berilgan va bu din haqidagi barcha maqolalarning yarmini tashkil qiladi.[34] Shunday boʻlsa ham, „Britannica“ni gʻarbdagi oʻquvchilarga taklif qilinadigan eng betaraf ensiklopediya deb baholashgan.[10] Yana barcha davrda yashagan ayollar haqida yozilgan biografiyalar ham olqishlanadi.[19]

„Britannica“ning 15-nashri gʻarbiy boʻlmagan madaniy, ijtimoy va ilmiy rivojlanishlarga boshqa har qanaqa hozir mavjud inglizcha ensiklopediyadan koʻproq eʼtibor beradi deb qoʻrqmasdan aytish mumkin.

— Kenneth Kister, „Kisterning eng yaxshi ensiklopediyalari” (inglizcha: „Kister’s Best Encyclopedias“) (1994)

Muharrirlarning maqola tanlashi

„Britannica“ muharrirlarining ishi koʻpincha tanqid qilinadi. Hajmi deyarli oʻzgarmagani uchun ensiklopediyada baʼzi maqolalarga joy ajratish uchun boshqalarini qisqartirish yoki olib tashlashga toʻgʻri kelgan. Bu koʻpincha muammo chiqargan. 15-nashr birinchi chiqqanida (1974-1985) bollar adabiyoti, Joachim du Bellay, harbiy unvonlar haqidagi maqolalar qisqartirilgani va yoʻq qilingani qoralangandi. Bundan tashqari, yapon biografiyalarini notekis taxlash kabi xatolarga yoʻl qoʻyilgani aytilgandi.[35] Koʻrsatkichning yoʻq qilingani va maqolalarning „Micropædia“ va „Macropædia“ boʻlimlariga boʻlingani ham qattiq tanqid qilingandi.[10][13] Bir tanqidchi ilk 15-nashr haqida: "maʼlumot saqlashdan koʻra tuzilishini oʻzgartirishga intiluvchi muvaffaqiyatsizlik, " — deb yozgan.[35] American Library Association xodimlari 1992-yilgi „Macropædia“dan koʻpgina taʼlim boʻyicha maqolalar va psixologiya haqidagi maqola olib tashlanganini bilib hayron qolishgan.[36]

„Britannica“ koʻpincha hissa qoʻshuvchi tanlashda adashadi. Bunga muhim misol 3-nashrning (1788-1797) bosh muharriri George Gleig Isaac Newtonning gravitatsiya teoriyasini qabul qilmagani va gravitatsiyaning sababi olov klassik elementidir deb yozganidir.[11] Shunday boʻlsa ham, „Britannnica“ his-tuygʻu va ishonchlar bilan bogʻliq mavzularga ilmiy yondashib kelyapti. Masalan, 9-nashrda William Robertson Smithning din haqidagi maqolalarida shunday qilingan. Xususan, Smithning Bibliya tarixiy xatolarga egaligi haqidagi maqolalariga (1875) ilmiy yondashilgan.[11]

Muharrirlar tanqid qilinganiga yana boshqa bir misol Britannica muharrirlar hay’ati aʼzosi Wendy Donigerning[37] Hinduizmga bergan salbiy taʼrifidir.[38][39] „Britannica“da Hinduizm haqidagi maqolalari umuman olganda tanqidga uchrab kelyapti.[40]

„Encyclopædia Britannica“ tanqidi

Encyclopædia Britannica, 2-nashr

„Britannica“ni nashrlar eskirgan sari tanqid qilishadi. Ensiklopediyaning yap-yangi nashrini chiqarish juda qimmat boʻlgani uchun muharrirlar yangi nashr chiqarishni iloji boricha choʻzishgan (odatda 25 yilgacha).[4] Masalan, muntazam yangilash metodiga qaramasdan 14-nashr 35 yildan soʻng (1929-1964) eskirib qoldi. 1964-yil Amerikalik fizik Harvey Einbinder oʻzining „Britannica mifi“[41] (inglizcha: „The Myth of the Britannica“) kitobida ensiklopediyani tanqid qilganidan keyin „Britannica“ ishchilari yangi nashr ustida ishlay boshlashgan va bunga 10 yil sarflashgan.[10] Bir tanqidchi „eskirgan yoki tahrir qilinishi kerak boʻlgan maqola topish qiyin emas“,- deb yozgan. Unga koʻra, „Macropædia“dagi uzun maqolalar „Micropædia“dagi qisqa maqolalarga qaraganda koʻproq eskiradi.[10] „Micropædia“ berilgan maʼlumot baʼzan „Macropædia“ga toʻgʻri kelmaydi, chunki ikkovidan biri yangilanmay qolgan boʻlishi mumkin.[19][20] „Macropædia“dagi biografiyalar maqolalardan koʻra koʻproq eskirishi tanqid qilinadi.[10][19][20]

2010-yil Irlandiya Bilim Va Fan Boʻlimi „Britannica“ning onlayn versiyasiga toʻlash haqida qaror chiqardi. Bundan keyin „Britannica“da irland grajdanlar urushi haqidagi maqoladagi xatolik payqaldi. Soʻngra mamlakatdagi ommaviy axborot vositalarida bu xatolik keng muhokama qilindi.[42][43]

„Britannica“ning bosh muharriri George Gleig 3-nashr haqida „bunday rejaga asoslangan va bunchalik har xil mavzularni qamragan ishda kamolotga erishish mushkul“,- deb yozgan.[44] 2006-yil martda „Britannica“ xodimlari „biz Britannica xatosiz demoqchi emasmiz; biz hech qachon bunday demaganmiz“,- deb yozishgan.[45] Birinchi muharrir William Smellie ham shunday ruhda yozgan:

Xatolar, ular aqliy, tipografik yoki tasodifiy boʻladimi, biz ularni har qanaqa tanqidchidan koʻproq qila olamiz. Bunchalik katta ishni qilganda chiqadigan qiyinchiliklarni bilgan odam xatoga keraklicha oʻrin qoldiradi. Biz shunday insonlar bergan bahodan qoniqamiz.

— William Smellie, „Encyclopædia Britannica“ning 1-nashri uchun yozilgan kirish soʻzdan

Ammo, Encyclopædia Britannica Inc.ning prezidenti Jorge Cauz boshqacha fikrda. 2012-yil Cauz bunday dedi: "„Britannica“ […] doim fakt jihatdan toʻgʻri boʻladi."[2]

Raqobat

Encyclopædia Britannica, 3-nashr

„Britannica“ universal ensiklopediya boʻlgani uchun maxsus ensiklopediyalar bilan raqobat qilmaydi. „Matematika ensiklopediyasi“, „Oʻrta asrlar ensiklopediyasi“ kabi ensiklopediyalarda tanlangan mavzular haqida yozish uchun joy koʻproq. „Britannica“ning ilk raqibi „Ephraim Chambers“ universal ensiklopediyasi boʻlgan. Keyin „Rees's Cyclopædia“ va „Encyclopaedia Metropolitana“ kabi raqiblar chiqqan. 20-asrdagi raqiblar qatoriga „Collier's Encyclopedia“, „Encyclopedia Americana“ va „World Book Encyclopedia“larini kiritish mumkin. Shunday boʻlsa ham, 9-nashrdan boshlab „Britannica“ inglizcha universal ensiklopediyalar orasida eng sarasi hisoblanib keldi.[25] Bunga sabab maqolalarning keng koʻlami va atoqli mualliflarning koʻpligi boʻldi.[10][19] „Britannica“ning bosma nashri raqib ensiklopediyalardan ancha qimmat boʻlgan.[10][19]

1990-yillardan beri „Britannica“ elektron manbalardan yangi raqobatda duchor boʻlib kelyapti. Hozirda koʻp inson uchun Internet maʼlumot manbasiga aylandi. Qidiruv saytlari orqali Internetda osonlikcha ishonchli manbalardan va mutaxassislardan maʼlumot olish mumkin. Google Book Search, MIT OpenCourseWare va PubMed Central kabi loyihalar Internetda maʼlumot topishni osonlashtirdi.[46][47] Umuman olganda Internetda bosma manbalardan koʻra maʼlumot tezroq yangilanadi. Sababi Internetda maʼlumot yangilash juda oson.[48] Ilm, texnologiya, siyosat, madaniyat va hozirgi tarix kabi sohalarda boʻlayotgan oʻzgarishlarni vaqtida yoritib turish „Britannica“ uchun muammo boʻlib kelyapti. Bu haqida ilk bor muharrir Walter Yust batafsil yozgan.[16] „Britannica“ hozir multimediya manbalarda va Internetda taklif qilinayotgan boʻlsa-da,Vikipediya kabi ensiklopediyalar raqobat yaratmoqda.[2]

Bosma ensiklopediyalar

Encyclopædia Britannica, 15-nashr

„Encyclopædia Britannica“ni sifat va son jihatda boshqa bosma ensiklopediyalarga solishtirish mumkin.[10][19][20] Kenneth Kister „Britannica“ni „Collier's Encyclopedia“ va „Encyclopedia Americana“ga solishtirgan.[10] Son jihatdan solishtirish uchun 10 ta tasodifiy maqola tanlangan: sunnat qilish, Charles Drew, Galileo Galiley, Philip Glass, yurak xastaligi, IQ, panda, seksual shilqimlik, plashanitsa va Oʻzbekiston (inglizcha: circumcision, Charles Drew, Galileo, Philip Glass, heart disease, IQ, panda bear, sexual harassment, Shroud of Turin, Uzbekistan). Toʻrtta kategoriyada A dan D gacha yoki F (muvaffaqiyatsizlik) baholari berilgan. Bu kategoriyalar maqolalarning qamrovini, aniqligini, ravshanligini va zamonga mosligini oʻlchagan.

Uchala ensiklopediya toʻrtala kategoriya boʻyicha uchala enskilopediya ham B− dan B+ gacha baho olgan. Bunga asosiy sabab 1994-yil birorta enskilopediyada ham seksual shilqimlik haqida maqola boʻlmagan. Aniqlik kategoriyasida „Brittanica“ga bitta „D“ va yettita „A“ berilgan. „Encyclopedia Americana“ sakkizta „A“ olgan. „Collier’s“ bitta „D“ va yettita „A“ olgan. Yaʼni „Britannica“ aniqlik uchun 92 %, „Americana“ 95 %, „Collier’s“ 92 % baho olgan. 1994-yilgi „Britannica“ Charles Drew haqidagi maqolasida anchadan beri notoʻgʻri deb topilgan maʼlumotni bergani uchun qoralangandi. Zamonga moslik kategoriyasida „Birannica“ga 86 %, „Americana“ga 90 % va „Collier’s“ga 85 % oʻrtacha baho berilgan. Uchala ensiklopediyani yana solishtirib Kister „Collier’s Encyclopedia“sini eng yaxshi deb tavsiya qilgan. Bunga asosiy sabab qilib u ensiklopediyaning yozish uslubi, maʼlumotni yoritishi va yaxshi yoʻnaltirishlarni koʻrsatgan. „Collier’s“ 1998-yildan beri chiqmaydi. „Encyclopedia Americana“ oxrigi marta 2006-yil chop etilgan. „Britannica“ bosma nashrini 2012-yil toʻxtatdi.

Optik mediyadagi ensiklopediyalar

CD/DVD-ROM ensiklopediyalardan „Britannica“ uchun eng muhim raqib Microsoft kompaniyasining „Encarta“ multimediya ensiklopediyasi boʻlgan.[49] „Encarta” hozirda chiqmaydi. „Encarta”da uch bosma ensiklopediya birlashtirilgan: „Funk & Wagnalls“, „Collier's Encyclopedia“ va „New Merit Scholar's Encyclopedia“. „Encarta“ AQSHda 2000-yil yanvardan 2006-yil fevralgacha boʻlgan savdo boʻyicha eng bozori chaqqon multimediya ensiklopediya boʻlgan.[50] „Encarta Encyclopedia“ va „Encyclopædia Britannica Ultimate Reference Suite“ deyarli bir xil narxda sotilgan. „2007 Encyclopædia Britannica Ultimate“ning CD yoki DVD nusxasi $50 ga,[51] „Microsoft Encarta Premium 2007“ DVD boʻlsa $45 ga sotilgan.[52]

„Britannica“ CD/DVDda 100,000 maqola va „Merriam-Webster’s Dictionary and Thesaurus“ bor (faqat AQSHda). Boshlangʻich va oʻrta maktab uchun alohida nashrlari bor.[51] „Encarta“da 66,000 maqola, qulay vizual brauzer, interaktiv xaritalar, matematika, til va uy vazifalari uchun asboblar, lugʻatlar va bollar uchun nashr bor.[52] „Encarta“ ham, „Britannica“ ham asosan AQSHdagilar uchun moʻljallangani tanqid qilingan. Britaniya haqidagi maqolalar kamroq yangilangan, AQSH xaritalari boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda batafsilroq boʻlgan va Britaniya lugʻati boʻlmagan.[49] Ikkala ensiklopediyani ham onlayn koʻrish uchun pul toʻlab obuna boʻlish kerak boʻlgan. Shunday boʻlsa ham, baʼzi materiallarni bepul koʻrish imkoni berilgan.[53]

Internet ensiklopediyalar

„Britannica“ga onlayn alternativ ensiklopediya Vikipediya ochiq ensiklopediyasidir. Ikki ensiklopediya orasidagi muhim farq mualliflikdadir. Macropædiadagi 699 maqolani maʼlum odamlar yozadi. Micropædiadagi 65,000 atrofidagi maqolani muharrirlar va maʼlum tashqaridan kelgan mualliflar yozadi. „Britannica“da mualliflar nomi maʼlumdir. Yoki nomlar maʼlum boʻlmasa muharrirlar yozgan deb bilish mumkin. Muharrirlardan tashqari „Britannica“ga hissa qoʻshuvchilar oʻz sohasi boʻyicha mutaxassislardir. Hissa qoʻshuvchilar orasida Nobel mukofoti sovrindorlari bor.[54] Vikipediyada boʻlsa maqolalar turli xil tajribaga ega odamlar tomonidan yoziladi. Koʻp vikipediyachilar tajribalari bor deb aytishmaydi. Tajribalilar boʻlsa ham ularning ismi nomaʼlum boʻlishi mumkin va ularning kimligini aniqlashning iloji boʻlmasligi mumkin. „Britannica“dan maosh oluvchi Robert McHenry Vikipediya „Britannica“ga aniqlik boʻyicha teng kela olmaydi degan.[55]

Ikkinchi farq maqolalardagi oʻzgarishlarning tezligidir. „Britannica“ning bosma nashri bir necha yilda bir yangi chiqqan. Vikipediyaning maqolalari boʻlsa tez-tez yangilanadi. „Britannica“ning onlayn nusxasi boʻlsa tezroq yangilanadi. Vikipediyaga oʻxshab hozirda onlayn „Britannica“ni tahrirlash mumkin. Ammo tahrir qilganda ismni koʻrsatish kerak va oʻzgarishlar mutaxassislar tekshirib maʼqullashgandan keyingina saytda koʻrinadi.

2005-yil Nature jurnali ikkala saytdan ham har xil mavzuda maqola olib ularni tegishli sohadagi ekspertlarga yuborgan. Mutaxassislar soʻngra maqolalarni yonma-yon solishtirishgan. Ammo ularga qaysi maqola qayerdan olingani aytilmagan. Nature jurnali 42 ta taqriz olgan.

Yakunida jurnal faqatgina sakkizta jiddiy xato topgan (masalan, muhim tushunchani notoʻgʻri anglash): ikkala saytdan toʻrttadan. Yana koʻpgina notoʻgʻri faktlar, qoldirib ketishlar va tushunarsiz gaplar topilgan: Vikipediyada 162 ta, „Britanica“da 123 ta. Bu degani Vikipediyada oʻrtacha har bir maqola uchun 3.86 ta, „Britannica“da oʻrtacha 2.92 ta shunday xato kuzatilgan.[56]

Encyclopædia Britannica, Inc. 20 betli batafsil raddiyasida Nature jurnalining izlanishini kamchiliklarga boy va notoʻgʻri deb aytgan[45] va tezlik bilan topishlaridan voz kechishga chaqirgan. Izlanishda qarab chiqilgan ikki maqola „Britannica“dan emas, balkim Yilnomadan, yana ikki maqola „Comptonʼs Encyclopedia“dan (kompaniya saytida „Britannica Student Encyclopedia“ deb ataladi) olingan deb aytilgan raddiyada. Norozilik xatida yana taqrizchilarga berilgan baʼzi maqolalar bir necha maqolaning birlashtirilgani boʻlgani, qolganlari boʻlsa shunchaki parchalar ekanligi yozilgan. Kompaniya yana Nature xato deb topgan baʼzi narsalar yozishning har xil variantlari ekanligini va qolganlari boʻlsa boshqacha tushunish sabab yuzaga kelganini aytgan.

Nature jurnali oʻzining soʻzidan qaytmagan. Jurnal Vikipediya bilan „Britannica“ning onlayn versiyasini solishtirgani uchun „Britannica“ning saytda qanday maʼlumot bor boʻlsa, oʻshani ishlatganini aytgan.[57]

„Britannica“ning direktori 2009-yil intervu berib bunday degan:

Vikipediya qiziqarli sayt va u yerda juda qiziq maʼlumot bor. Ammo ularning metodi „Britannica“ga toʻgʻri kelmaydi. Mening vazifam odamlar ongida nashriyotga boʻlgan boshqacha qarashimiz haqida fikr tugʻdirishdan iborat. Ular iskana, biz drel va ishni qilish uchun sizda toʻgʻri asbob boʻlishi kerak.[58]

Nashrlar haqida qisqacha maʼlumot

Nashr/qoʻshimcha Chop etilgan yillar Hajm Sotuv Bosh muharrir(lar) Izoh
1- 1768-1771 3 jild, 2,670 sahifa, 160 alohida tirkalgan tasvir 3,000 William Smellie Asosan Smellie yolgʻiz oʻzi tayyorlagan; 3,000 toʻplam sotilgan; 30 maqola uch sahifadan uzun boʻlgan
2- 1777-1784 10 jild, 8,595 sahifa, 340 tasvir 1,500[11] James Tytler Asosan Tytler yolgʻiz oʻzi tayyorlagan; 150 uzun maqola; sahifalarni nomerlashda xatolar; barcha xarita „Geografiya“ maqolasida; 1,500 toʻplam sotilgan [11]
3- 1788-1797 18 jild, 14,579 sahifa, 542 tasvir 10,000 yoki 13,000 Colin Macfarquhar va George Gleig Sotilgan 10,000 nusxadan £42,000 foyda tushgan; monarxga birinchi bagʻishlash; Dublinda Moore, Philadelphiada Thomas Dobson noqonuniy nusxalarni tayyorlagan
3-nashrga qoʻshimcha 1801, 1803-yil qayta ishlangan 2 jild, 1,624 sahifa, 50 tasvir George Gleig Mualliflik huquqi Thomas Bonarga tegishli
4- 1801-1810 20 jild, 16,033 sahifa, 581 tasvir 4,000 James Millar Mualliflarga birinchi marta mualliflik huquqini olib qolishga ruxsat berilgan; mualliflik huquqi bilan bogʻliq muammolar sabab 3-nashrga qoʻshimcha qilib tayyorlangan jildda berilgan material kirgizilmagan.
5- 1815-1817 20 jild, 16,017 sahifa, 582 tasvir James Millar 4-nashrning qayta chop etilgani; Millar va Andrew Bellning vorislari moddiy yoʻqotishlarni boshdan kechirishgan; EB huquqlari Archibald Constablega sotilgan
5-nashrga qoʻshimcha 1816-1824 6 jild, 4,933 sahifa, 125 tasvir1 10,500[11] Macvey Napier Ser Humphry Davy, Sir Walter Scott, Malthus kabi mashhur hissa qoʻshuvchilar ishga olingan
6- 1820-1823 20 jild Charles Maclaren 4- va 5-nashrning yangi font bilan qayta chop etilgani; 1826-yil 19-yanvarda Archibald Constable bankrot boʻlgan; EB huquqlarini Adam Black olgan
7- 1830-1842 21 jild, 17,101 sahifa, 506 tasvir, 187 betli koʻrsatkich 5,000[11] Macvey Napier, James Browne, LLD yordam bergan Mashhur hissa qoʻshuvchilar soni oshgan: Ser David Brewster, Thomas de Quincey, Antonio Panizzi; 5,000 toʻplam sotilgan [11]
8- 1853-1860 21 jild, 17,957 sahifa, 402 tasvir; 1861-yil chop etilgan 239 betli koʻrsatkich2 8,000 Thomas Stewart Traill Koʻp uzun maqolalar 7-nashrdan olingan; 344 hissa qoʻshuvchi, shu jumladan William Thomson; Amerikada ruxsat olib Little, Brown Boston shahrida chop etishgan; hammasi boʻlib 8,000 toʻplam sotilgan
9- 1875-1889 24 jild, 25-jild deb nomlangan 499 betli koʻrsatkich 55,000 rasmiy va 500 000 noqonuniy toʻplam Thomas Spencer Baynes (1875-80); keyin W. Robertson Smith 8-nashrdan material olingan, lekin asosan yangi ish; ilmning yuqori darajasi; Britannica tomonidan 10,000 toʻplam sotilgan va Little, Brown Boston shahrida, Schribners' Sons Nyu-York shahrida 45,000 nusxa chop etishgan; lekin AQSHda juda koʻp noqonuniy nusxasi tayyorlangan (500,000 toʻplam).3
10-,
9-nashrga qoʻshimcha
1902-1903 11 jild, 9-nashrning 24 jildi4 Londonda Ser Donald Mackenzie Wallace va Hugh Chisholm; Nyu-Yorkda Arthur T. Hadley va Franklin Henry Hooper 1901-yil 9-mayda Amerikalik sheriklar EB huquqlarini sotib olishgan; qizgʻin sotish usullari
11- 1910-1911 28 jild, 29-jild deb nomlangan koʻrsatkich 1,000,000 Londonda Hugh Chisholm, Nyu-Yorkda Franklin Henry Hooper Ilmda yana bir yuqori choʻqqi; 9-nashrdagidan koʻp maqola, ammo qisqaroq va soddaroq; ega Horace Everett Hooper uchun moddiy muammolar; 1920-yil egalik huquqlari Sears Roebuckga sotilgan
12-,
11-nashrga qoʻshimcha
1921-1922 oʻz koʻrsatkichi bilan 3 jild, 11-nashrning 29 jildi5 Londonda Hugh Chisholm, Nyu-Yorkda Franklin Henry Hooper Dunyoning Birinchi Jahon Urushidan avval, davomida va undan keyingi ahvoli haqida maʼlumot
13-,
11-nashrga qoʻshimcha
1926 oʻz koʻrsatkichi bilan 3 jild, 11-nashrning 29 jildi6 Londonda James Louis Garvin, Nyu-Yorkda Franklin Henry Hooper 12-nashr jildlari almashtirilgan; 1910-1926-yillardagi voqealar yaxshiroq qarash bilan yozilgan
14- 1929-1933 24 jild 7 Londonda James Louis Garvin, Nyu-Yorkda Franklin Henry Hooper Buyuk Depressiya boshlanishidan avval chop etish moddiy jihatdan fojeali boʻlgan
qayta ishlangan 14- 1933-1973 24 jild 7 1938-yilgacha Franklin Henry Hooper; keyin Walter Yust, Harry Ashmore, Warren E. Preece, William Haley 1936-yil muntazam yangilash kirgizilgan: har bir maqola har oʻn yillikda hech boʻlmasa ikki marta yangilana boshlagan
15- 1974-1984 30 jild 8 Warren E. Preece, keyin Philip W. Goetz Uch qismli tuzilish kirgizilgan; maqolalar Micropædia va Macropædia qilib boʻlingan; Propædia boʻlsa bilimning qisqacha tavsifini bergan; alohida koʻrsatkich yoʻq qilingan
1985-2010 32 jild 9 Philip W. Goetz, keyin Robert McHenry, hozirda Dale Hoiberg Ikki jildli koʻrsatkich tiklangan; Micropædia va Macropædia maqolalari birlashtirilgan; umuman olganda ozgina uzunroq; har bir necha yilda yangi nashr chiqarilgan; oxirgi bosmadan chiqqan nashr
Nashrlar haqida izohlar

1 Encyclopædia „Britannica“ning 4-,5- va 6- nashrlariga qoʻshimcha. Ilmlar tarixi haqida maʼruzalar bilan.

2 7-nashrdan 14-nashrgacha alohida koʻrsatkich tayyorlangan.

3 9-nashrga oʻsha paytda mashhur boʻlgan olimlar hissa qoʻshishgan. Masalan, elektr toki va magnetizm haqida James Maxwell, issiqlik haqida William Thomson maqola yozishgan.

4 10-nashrda xaritalar uchun alohida jild boʻlgan, 9- va 10- nashr jildlarini umumlashtiruvchi koʻrsatkich ham boʻlgan

5 30-32-jildlar… 11-nashrning 21 jildi bilan birga 12-nashrni tashkil qiladi

6 Bu qoʻshimcha oldingi qoʻshimchaning oʻrnini olgan.

7 Yangilanib turgan birinchi nashr. Odatda bir yilda bir tahrir qilingan.

8 15-nashr („Britannica 3“ deb nomlangan) uch qismdan iborat: qisqa maqolalardan iborat 10 jildli Micropædia, 19 jildli Macropædia va Propædia. 1985-yil Micro- va Macropædialar 12 va 17 jildli qilib oʻzgartirilgan.

9 1985-yil ikki jildli koʻrsatkich kirgizilgan; Macropædia maqolalar ozroq, kattaroq maqolalarga qoʻshilgan, oʻrtacha kattalikdagi maqolalar Micropædiaga koʻchirilgan.

Birinchi CD-ROM versiya 1994-yil chiqarilgan. Oʻsha paytda toʻlaganlar uchun onlayn nusxa ham taklif qilingan. 1999-yil bu bepul qilingan, va yangilangan bosma nashr chiqmagan. Bu tajriba 2001-yil toʻxtatilgan va yangi bosma nashr 2001-yil chiqarilgan.

Manbalar

  1. Encyclopedia Britannica goes digital after 244 years. The News (2012-03-15). Retrieved 17 March 2012.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Bosman, Julie. „After 244 Years, Encyclopædia Britannica Stops the Presses“. The New York Times (2012-yil 13-mart). Qaraldi: 2012-yil 13-mart.
  3. Day, Peter. „Encyclopaedia Britannica changes to survive“. BBC News (1997-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 27-mart. „Sales plummeted from 100,000 a year to just 20,000.“.
  4. 4,0 4,1 4,2 "Encyclopaedia". Encyclopædia Britannica (14- nashri). 1954. 
  5. "Encyclopedias and Dictionaries". Encyclopædia Britannica. 18 (15th nashri). Encyclopædia Britannica, Inc.. 2007. 257–286 b. 
  6. 6,0 6,1 The New Encyclopædia Britannica, 15th edition, Propædia, 2007 — 5–8 bet. 
  7. Herman, Arthur. How the Scots Invented the Modern World. Three Rivers Press, 2002. ISBN 978-0-609-80999-0. 
  8. Krapp, Philip; Balou, Patricia K. (1992). "Collier's Encyclopedia". Collier's Encyclopedia. 9. New York: Macmillan Educational Company. 135 b. 
  9. On editions of the Britannica through 1803 see Kafker and Loveland, eds., Early Britannica
  10. 10,00 10,01 10,02 10,03 10,04 10,05 10,06 10,07 10,08 10,09 10,10 10,11 10,12 10,13 10,14 Kister, KF. Kister's Best Encyclopedias: A Comparative Guide to General and Specialized Encyclopedias, 2nd, Phoenix, Arizona: Oryx Press, 1994. ISBN 0-89774-744-5. 
  11. 11,00 11,01 11,02 11,03 11,04 11,05 11,06 11,07 11,08 11,09 11,10 11,11 11,12 Kogan, Herman. The Great EB: The Story of the Encyclopædia Britannica. Chicago: The University of Chicago Press, 1958. 
  12. Mortimer J. Adler, A Guidebook to Learning: for the lifelong pursuit of wisdom. MacMillan Publishing Company, New York, 1986. p.88
  13. 13,0 13,1 Baker, John F.. A New Britannica Is Born. Publishers Weekly (1974-yil 14-yanvar), s. 64–65.
    * Wolff, Geoffrey. Britannica 3, History of. The Atlantic (1974-yil iyun), s. 37–47.
    * Cole, Dorothy Ethlyn. Britannica 3 as a Reference Tool: A Review. Wilson Library Bulletin (1974-yil iyun), s. 821–825. „Britannica 3 is difficult to use ... the division of content between Micropædia and Macropædia makes it necessary to consult another volume in the majority of cases; indeed, it was our experience that even simple searches might involve eight or nine volumes.“.
    * Davi s, Robert Gorham. Subject: The Universe. The New York Times Book Review (1974-yil 1-dekabr), s. 98–100.
    * Hazo, Robert G.. The Guest Word. The New York Times Book Review (1975-yil 9-mart), s. 31.
    * McCracken, Samuel. The Scandal of 'Britannica 3'. Commentary (1976-yil fevral), s. 63–68. „This arrangement has nothing to recommend it except commercial novelty.“.
    * Waite, Dennis V.. Encyclopædia Britannica: EB 3, Two Years Later. Publishers Weekly (1976-yil 21-iyun), s. 44–45.
    * Wolff, Geoffrey. Britannica 3, Failures of. The Atlantic (1976-yil noyabr), s. 107–110. „It is called the Micropædia, for 'little knowledge', and little knowledge is what it provides. It has proved to be grotesquely inadequate as an index, radically constricting the utility of the Macropædia.“.
  14. Pepitone, Julianne. „Encyclopedia Britannica to stop printing books“. CNN (2012-yil 13-mart). Qaraldi: 2012-yil 14-mart.
  15. Encyclopædia Britannica, 11th, 1910 — 3 bet. 
  16. 16,0 16,1 Encyclopædia Britannica, 14th, 1954 — 3 bet. 
  17. The New Encyclopædia Britannica, 15th edition, Propædia — 3 bet. 
  18. The New Encyclopædia Britannica, Propædia: Outline of Knowledge and Guide to the Britannica, 15th edition, 2010.
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 19,4 19,5 19,6 19,7 Sader, Marian; Lewis, Amy. Encyclopedias, Atlases, and Dictionaries. New Providence, New Jersey: R. R. Bowker (A Reed Reference Publishing Company), 1995. ISBN 0-8352-3669-2. 
  20. 20,0 20,1 20,2 20,3 reviews by the Editorial Board of Reference Books Bulletin ; revised introduction by Sandy Whiteley.. Purchasing an Encyclopedia: 12 Points to Consider, 5th, Booklist Publications, American Library Association, 1996. ISBN 0-8389-7823-1. 
  21. Arner, Robert D.. Dobson's Encyclopaedia: The Publisher, Text, and Publication of America's First Britannica, 1789–1803. Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1991. ISBN 0-8122-3092-2. 
  22. „Patriarch Revised“. Time (1929-yil 23-sentyabr), s. 66–69.
  23. A Completely New Encyclopaedia (sic) Britannica. Time (1929-yil 16-sentyabr), s. 2–3.
  24. 24,0 24,1 Banquet at Guildhall in the City of London, Tuesday 15 October 1968: Celebrating the 200th Anniversary of the Encyclopædia Britannica and the 25th Anniversary of the Honorable William Benton as its Chair and Publisher. United Kingdom: Encyclopædia Britannica International, Ltd., 1968. 
  25. 25,0 25,1 Thomas, Gillian. A Position to Command Respect: Women and the Eleventh Britannica. Scarecrow Press, 1992. ISBN 0-8108-2567-8. 
  26. Reader. The New Yorker (1934-yil 3-mart), s. 17.
  27. „2005 Codie Award Winners: Content Categories“. Software and Information Industry Association (2007). 2007-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 11-aprel.
  28. „2006 Codie Award Finalists: Content Categories“. Software and Information Industry Association (2007). 2007-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 11-aprel.
  29. „2004 Distinguished Achievement Awards Winners: Technology“. Association of Educational Publishers (2003-yil 1-avgust). 2006-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 11-aprel.
  30. „2001 Codie Awards Winners“. Software and Information Industry Association (2007). 2006-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 11-aprel.
  31. „2002 Codie Awards Winners“. Software and Information Industry Association (2007). 2007-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 11-aprel.
  32. „Top Ten Superbrands 2009–2010“. BBC (2009-yil 14-iyul). Qaraldi: 2009-yil 15-iyul.
  33. Lang, JP. Reference Sources for Small and Medium-Sized Libraries, 5th, Chicago: American Library Association, 1992 — 34 bet. ISBN 0-8389-3406-4. 
  34. The New Encyclopædia Britannica, 15th edition, Macropædia, 2007. 
  35. 35,0 35,1 Prescott, Peter S. (8 July 1974). "The Fifteenth Britannica". Newsweek: 71–72. 
  36. reviews by the Editorial Board of Reference Books Bulletin ; revised introduction by Sandy Whiteley.. Purchasing an Encyclopedia: 12 Points to Consider, 4th, Booklist Publications, American Library Association, 1992. ISBN 0-8389-5754-4. 
  37. „Encyclopædia Britannica Board of Editors“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2012-yil 16-avgust.
  38. Ramaswamy, Krishnan ed. Invading the Sacred. 2007. New Delhi. Rupa and co.
  39. „The Interpretation of Gods“, by Amy Braverman, University of Chicago Magazine: 97:2 (2004)
  40. „Encyclopædia Britannica Will Review Its Hinduism Article“. Hinduism Today Magazine (2009-yil 16-may). Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
  41. Einbinder, Harvey. The Myth of the Britannica. New York: Grove Press, 1964. ISBN 978-0-384-14050-9. 
  42. Cunningham, Grainne. „Britannica errors spark unholy row“. Irish Independent (2010-yil 3-fevral). Qaraldi: 2010-yil 30-avgust.
  43. Sheehy, Clodagh (4 February 2010). „Are they taking the Mick? Itʼs the encyclopedia that thinks the Civil War was between the north and south“. Evening Herald (Dublin).
  44. Supplement to the Encyclopædia or Dictionary of Arts, Sciences and Miscellaneous Literature, 1803 — iv bet. 
  45. 45,0 45,1 „Fatally Flawed – Refuting the recent study on encyclopedic accuracy by the journal Nature“ (PDF). Encyclopædia Britannica, Inc (March 2006). Qaraldi: 2011-yil 30-iyun.
  46. Lawrence S., Giles C. (1999). "Accessibility of information on the web". Nature 400 (6740): 107–9. doi:10.1038/21987. PMID 10428673. http://www.nature.com/nature/journal/v400/n6740/abs/400107a0.html. 
  47. Lawrence S., Giles C. (1999). "Searching the Web: general and scientific information access". Communications Magazine, IEEE 37 (1): 116–122. doi:10.1109/35.739314. http://ieeexplore.ieee.org/xpls/abs_all.jsp?arnumber=739314. 
  48. „Electronic publishing takes journals into a new realm“. American Chemical Society. Qaraldi: 2007-yil 11-aprel. [sayt ishlamaydi]
  49. 49,0 49,1 Seymour, Ursula „Encyclopedia face-off: Encarta vs Britannica“. PC Advisor. IDG (2006-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2006-yil 21-noyabr.
  50. „Microsoft Encarta—Premium 2007: Overview“. Microsoft. Qaraldi: 2007-yil 6-aprel. Sales figures for January 2000 — February 2006 as provided by the NPD Group.
  51. 51,0 51,1 „The Britannica Store“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2006-yil 21-noyabr. [sayt ishlamaydi]
  52. 52,0 52,1 „Amazon.com: Microsoft Encarta Premium 2007: Software“. Qaraldi: 2006-yil 21-noyabr.
  53. "Encarta's Encyclopedia Article Center". Encarta's Encyclopedia Article Center. Archived from the original on 31 October 2009. http://www.webcitation.org/5kwbm2bZC. Qaraldi: 11 April 2007. 
  54. The New Encyclopædia Britannica, 15th edition, Propædia, 2007 — 531–674 bet. 
  55. McHenry, Robert. „The Faith-Based Encyclopedia“. TCS Daily (2004-yil 15-noyabr).
  56. Terdiman, Daniel „Study: Wikipedia as accurate as Britannica“. Staff Writer, CNET News. CNET News. Qaraldi: 2011-yil 5-iyul.
  57. (2006-yil 23-mart). „Encyclopædia Britannica: a response“ (PDF). Press-reliz. Qaraldi: 2006-yil 21-oktyabr.
  58. Graham Charlton. „Q&A: Ian Grant of Encyclopædia Britannica UK [interview“]. Econsultancy (2009-yil 10-fevral). Qaraldi: 2009-yil 10-fevral.

Havolalar

Rasmiy sayt
Eski nashrlar
Encyclopædia Britannica va boshqa ensiklopediyalar
Encyclopædia Britannica tarixidan