Kamerun — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
qisqa izoh tahrirlanmadi
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
Kamerun xalqlari oʻrtasida qadimdan raqs-musiqa oʻyinlari — pantomimalar odat boʻlgan. Ayrim raqslar baʼzan tomosha sahnasiga aylanib, xalq, teatriga oʻxshab ketadi. 1955 yil Yaundeda yosh artistlar uyushmasi tashkil etildi. Truppa rahbari S. Avona oʻzining "Ebutuning uylanishi", "Ishsiz" pyesalarini sahnalashtirdi. 1961 yilda Dualada Kamerun xalq, teatri ochildi. Keyinchalik tashkil etilgan "Afrika avangardi" dramatik truppasi mahalliy mualliflarning asarlarini saqnalashtirdi. Yaunde va Dualada havaskor jamoalarning koʻriklari, sanʼat festivallari oʻtkazildi.
 
== Kinosifilmi ==
Kamerunda yaratilgan dastlabki filmlar etn. tusida edi: "Tam-tam Parijda" (1963, rejissyor T. Sita-Bella), "Bambilikening katta uyi" (1966, rejissyor J. P. Ngassa). 1966 yilda Axborot vazirligi huzurida kino boʻlimi ochildi. 1973 yilda kino sanoati jamgʻarmasi taʼsis etilib, filmlar yaratish uchun shu jamgʻarmadan mablagʻ berila boshladi. Rejissyor J. P. Dikong-Pipaning "Shoxlar" (1964) va "Otamni qaytarib beringlar" (1965) qisqa metrajli filmlaridan keyin "Begona bola" (1975), "Ozodlik qadri" (1979) filmlari shuhrat qozondi. Rejissyor. D. Kamva "Belanchak" va "Bizning qizimiz" nomli hajviy filmlar yaratdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
116

ta tahrir

Navigatsiya