Huquqshunoslik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
YiFeiBot (munozara | hissa)
k Bot: endilikda Wikidata d:q4932206 sahifasida saqlanadigan 2 intervikini koʻchirdi
Qator 13: Qator 13:


{{stub}}
{{stub}}

[[en:Jurisprudence]]
[[ru:Юриспруденция]]

5-Fevral 2020, 03:28 dagi koʻrinishi

Huquqshunoslik, yurisprudensiya — huquqii ijtimoiy nor-malarning alohida tizimi sifatida, huquqning alohida tarmoqlarini, davlat va huquq tarixini, davlat va umuman siyosiy tizimning faoliyatini oʻrganuvchi fan. H. — eng qad. ijti-moiy fanlardan biri. Uning tarixan vujudga kelishi huquqning paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliq-dir. Yunon falsafasidayoq H.ning eng muhim nazariy muammolari oʻrtaga tashlangan, rim huquqshunoslari esa huquqiy tushuncha va tuzilmalarni ishlab chiqqan edilar, bu tushuncha va tuzilmalar hozirgi davrda ham oʻz ahamiya-tini saqlab qolgan. Huquq muammolari hozirgi demokratik jamiyatda va huquqiy davlataa gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi, H. tuzilish jihatdan bir qancha tarmoklarga boʻlingan: davlat huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, xalqaro huquq, davlat va huquq tarixi, siyosiy bilimlar tarixi. davlat va huquq mohiyatini, H.ning boshqa umumiy masalalarini oʻrganuvchi umumiy davlat va huquq nazariyasi fani alohida oʻrinda turadi.

H. umumiy nazariy fangina boʻlib qolmay, shu bilan birga amaliy fan ham hisoblanadi. Sud tibbiyoti, sud psixiatriyasi, kriminalistika, kriminologiya, yuridik psixologiya va boshqa yurisprudensiyaning amaliy turi hisoblanadi.

H. fani inson dunyoqarashi, uning huquq va davlat toʻgʻrisidagi tasavvuri, tushuncha va bilimlari shakllanishida muhim rol oʻynaydi. H.ning gʻoyaviy taʼsiri insonning huquqiy madaniyati rivojlanishiga, huquq talablarini qadrlab, unga rioya etishiga yordam qiladi. Bu bilan jamiyatda huquqiy axloq va huquq-tartibot qaror topishiga imkon yaratadi.

Galiya Tansiqboyeva.