Kuvayt: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Maʼnolari|Kuvayt (maʼnolari)}}
{{Maʼnolari|Kuvayt (maʼnolari)}}
{{Kuvayt info}}
{{Quvayt info}}
'''Kuvayt''', Kuvayt Davlati (Davlat al-Kuvayt) — Arabiston yarim orolida, Fors qoʻltigʻining shimoli-gʻarbiy sohilidagi davlat. Maydoni 17,8 ming km². Aholisi 2,04 mln. kishi ([[2001]]). Poytaxti — [[Al-Kuvayt]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi.
'''Kuvayt''', Kuvayt Davlati (Davlat al-Kuvayt) — Arabiston yarim orolida, Fors qoʻltigʻining shimoli-gʻarbiy sohilidagi davlat. Maydoni 17,8 ming km². Aholisi 2,04 mln. kishi ([[2001]]). Poytaxti — [[Al-Kuvayt]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi.



17-Yanvar 2020, 11:16 dagi koʻrinishi

Quvayt Davlati
دولة الكويت
Shiorدولة الکوݐت
Arabcha: Quvayt Davlati
Madhiya: Al-Nasheed Al-Watani
Location of Kuvayt
Poytaxt Al-Quvayt
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Semi-Konstitutsion Rohiblik
• Amir
Navvof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Saboh al-Xolid as-Saboh
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
19-iyun 1961
Maydon
• Butun
17,820 km2 (157-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
2,335,648 (140-oʻrin)
• Zichlik 131/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$53,310 mil. (74-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$22,825
Pul birligi Kuwaiti Dinar (KWD)
Vaqt mintaqasi UTC+3
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma KW
Telefon prefiksi 965
Internet domeni KW

Kuvayt, Kuvayt Davlati (Davlat al-Kuvayt) — Arabiston yarim orolida, Fors qoʻltigʻining shimoli-gʻarbiy sohilidagi davlat. Maydoni 17,8 ming km². Aholisi 2,04 mln. kishi (2001). Poytaxti — Al-Kuvayt shahri. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

Kuvayt — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 16-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — amir (1977-yildan shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament — Milliy majlis, ijroiya hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. Yer yuzasining koʻp qismi gʻarbdan sharqqa pasayib boruvchi plato. Fors qoʻltigʻining sohili botqoqli pasttekislik. Kuvayt hududi Afrika— Arabiston platformasining Shimoli-sharqida. Basra—Kuvayt sineklizasida joylashgan. Iqlimi quruq, tropik iqlim. Yanvarning temperaturasi 11°, iyulniki 34°. Yillik yogʻin 100–150 mm. Landshafta: shimoliy qismida toshloq, markaziy va janubiy qismiga tomon qumli choʻl bilan almashinib boradi. Oʻsimlik kam, tuprogʻi boʻz tuproq.

Aholisi

Aholisining 90% ga yaqini arablar, ularning yarmidan koʻpi muhojirlar. Koʻchmanchi badaviylar, hindistonlik va pokistonliklar, eronliklar ham yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Dini — islom dini. Aholining 96%i shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Kuvayt va Al-Ahmadi.

Tarixi

Miloddan avvalgi 3-ming yillikkacha Kuvayt hududi Bobil, Ossuriya va Eron davlatlari tarkibiga kirgan. Undan keyingi davrlarda esa turli davlatlar oʻrtasida talash boʻlib keldi.

7-asr dan Kuvayt arab xalifaligi, 16-asrdan Usmonli turk saltanati tarkibida. 18-asr oʻrtalaridan Kuvaytda hokimiyat as-Saboh sulolasi shayxlari qoʻlida. 18-asrning 60-yillaridan Kuvaytga Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi kirib kela boshladi. 1899 yildan Kuvayt amalda Buyuk Britaniya tasarrufiga oʻtdi. Kuvayt xalqining kurashi natijasida 1961 yil 19 iyunda Kuvayt mustaqillikka erishdi. Hukumat bir necha ilgʻor islohot oʻtkazdi. Mamlakatda siyosiy hayot faollashib, 1967 yilda Kuvayt kasaba uyushmalari federatsiyasi tuzildi. Kuvayt hukumati ijobiy betaraflik, hamma mamlakatlar bilan hamkorlik qilish siyosatini rasmiy ravishda eʼlon qildi. 1990 yil 2 avgustda Iroq Kuvaytni bosib olib, oʻz viloyati deb eʼlon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, 29 mamlakatdan iborat koalitsiya kuchlari Kuvaytni 1991 yil 26 fevralda butunlay ozod qildi.

Kuvayt 1963 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1994 yil 8 iyulda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25 fevral — Milliy kun (1961).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

Kuvaytda siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan. Kuvayt demokratik forumi, muxolifatdagi partiya, 1991 yil 7 muxolifat guruhining birlashuvi natijasida tuzilgan. Kuvayt ishchilari umumiy federatsiyasi kasaba uyushmasi 1967 yil dekabr da tuzilgan. Arab kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi va Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.

Iqtisodiyot

Ikkinchi jahon urushigacha Kuvayt iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi koʻchmanchi chorvachilik, sohilda esa dengiz jonivorlarini ovlash boʻlgan, aholining bir qismi savdo-sotiq va, xususan, marvarid savdosi bilan shugʻullangan. Urushdan keyin boy neft konlari negizida neft kazish sanoati rivojlandi. 1970-yillarga kelib yalpi milliy mahsulotning salkam 60%, valyuta tushumining 94% neft sanoatiga toʻgʻri keldi. Iroq agressiyasi Kuvayt iqtisodiyotiga, ayniqsa, neft konlariga katta zarar yetkazdi. Ammo 1993 yil dayoq neft eksportidan olingan mablagʻ urushdan avvalgi darajadan oshib 9,9 mlrd. va 1994 yil 11,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Kuvaytda neftdan olinadigan daromadlarning 10% "Kelgusi avlodlar jamgʻarmasi"ga oʻtkaziladi. Asosiy neft konlari: Al-Burkon, Al-Makva, Vafra, Ahmadi. Yiliga 25 mln. tonva neftni qayta ishlab oladigan 3 ta zavod mavjud. Tabiiy gaz ham qazib olinadi. Shuningdek, kimyo (kimyoviy oʻgʻit, ammiak, oltingugurt, kaustik soda, boʻyoq), kemasozlik, metall ishlash (quvur, akkumulyator), oziq-ovqat, qurilish ashyolari sanoati (sement, gʻisht, cherepitsa va boshqalar) ishlab chiqarish kabi tarmoqlari ham rivojlangan. Elektr stansiyalar, dengiz suvini chuchitadigan qurilmalar bor. Temir-tersakdan metall eritadigan, neft sanoati uskunalarini, roʻzgʻor elektr va radio asboblarini taʼmirlaydigan korxonalar, hunarmandchilik ustaxonalari ham mavjud. 90-yillarda neft sanoati yalpi ichki mahsulotning 42% ni, boshqa sanoat tarmoqlari 14,5%, qishloq xoʻjaligi esa 0,3% ni tashqil etdi. 1 yilda oʻrtacha 16,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligida hamon koʻchmanchi chorvadorlik ustun. Vohalarda xurmo, bugʻdoy, arpa, sabzavot yetishtiriladi. Umuman, mamlakat xududining atigi 1 % qishloq xoʻjaligi ga yaroqli. Bu aholinig qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ehtiyojining 50% nigiva qondiradi. Oziq-ovqatning koʻp qismi chetdan keltiriladi. Baliqovlash aholi ehtiyojining 25% ni qondiradi. Kuvaytda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 4 ming km dan ortiq. Dengiz transporta, ayniqsa, tankerdar katta ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Shuvayx (Kuvayt), AshShuayba, Mino-al-Ahmadi. Chetga neft va neft mahsulotlari, kimyoviy oʻgʻit, suyultirilgan gaz, asbest quvurlar, sement va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, qurilish ashyolari, metall va metall buyumlar, oziq-ovqat keltiradi. Kuvaytning bir qancha mamlakatlardagi sarmoyalarning katta qismi koʻchmas mulkka aylantirilgan. Jumladan, Gollandiya va Daniyada Kuvayt ga karashli neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi 9 davlatda 5117 avtomobil yoqilgʻisini quyish tarmoqlari mavjud. Bundan tashqari, Angiyaning "British petrolium", "Midlend", Germaniyanig "Daymler bens", "Folksfagen", "Simens", Ispaniyaning "Taras", Fransiyaning "Pariba" kabi yirik kompaniya va banklari hissadoridir. "Santa-Fe" xalqaro neft kompaniyasi Kuvaytning toʻla xususiy mulki hisoblanadi. Asosiy savdo mijozlari: Yaponiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Xitoy, arab mamlakatlari. Pul birligi — Kuvayt dinori.

Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy muassasalari

Vrachlar Kuvayt davlat universitetida va chet ellarda tayyorlanadi. Davlat oʻquv yurtlarida barcha turdagi taʼlim bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 4 yil, oraliq maktabda 4 yil va oʻrta maktabda 4 yil Boshlangʻich va oral i q maktablarda 6— 14 yoshdagi bolalarning oʻqishi majburiy. Mamlakatda 1 oliy oʻquv yurti — Kuvayt davlat universiteti (1966 yilda asos solingan) mavjud. Ilmiy muassasalari: Kuvayt ilmiytadqiqot instituti (1967), qishloq xoʻjaligi tajriba styasi (1953), Arab rejalashtirish instituti (1966)— hammasi Kuvayt shahrida. Kuvayt markaziy kutubxonasi (1936), universitet kutubxonasi, Kuvayt shahrida Kuvayt muzeyi va tabiiy-tarixiy muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

Kuvaytda bir necha gazeta va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilidagi kundalik gazeta, 1976 yildan), "Arab tayme" ("Arab vaqti", ingliz tilidagi gazeta, 1977 yildan), "Al-Vatan" (arab tilidagi kundalik gazeta, 1974 yildan), "Al-Jamahir" ("Omma", arab tilidagi kundalik gazeta, 1984 yildan), "Al-Kabas" ("Bilim", arab tilidagi kundalik gazeta, 1972 yildan), "Kuvayt tayme" ("Kuvayt vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1961 yildan), "Ar-Risola" ("Maktub", arab tilidagi haftalik gazeta, 1961 yildan), "As-Siyosa" ("Siyosat", arab tilidagi kundalik gazeta, 1965 yildan), "Al-Xadaf" ("Maqsad", arab tilidagi haftalik gazeta, 1961 yildan), "Al-Amal" ("Ishchi", haftalik jurnal), "Al-Arabi" ("Arab", oynoma, 1958 yildan), "Al-Kuvayti" ("Kuvaytlik", haftalik jurnal, 1961 yildan), "At-Talia" ("Ilgor", haftanoma, 1962 yildan). Kuvayt axborot agentligi (KUVA) 1976 yilda tuzilgan. Kuvayt radioeshittirish xizmati 1951 yil, televideniyesi 1961 yil tashqil etilgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

Faylaka oroldan qad. ibodatxona vayronasi, jez haykalchalar, ioniy kolonnali Satir ibodatxonasi, keramika buyumlari topilgan (miloddan avvalgi 3-asr). Kuvayt shahrining eski uylari 1—2 qanatli boʻlib, tosh va loydan ishlangan hamda tashqi (devon) va ichki (haram)ga ajratilgan. Gumbazli 1 va 2 minorali jome masjidlar (Katta masjid, as-Suk va boshqalar) qurilgan. 1950—60 yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat inshootlari barpo etildi. Koʻp qanatli uylar qurilib, koʻchalar koʻkalamzorlashtirildi. Temir-beton va oynadan qurilayotgan koʻp qanatli uylar koshinli, shishaband. Xalq ustalarining sanʼati bezak buyumlarda (yogʻoch kosa, shisha munchoqlar, qimmatbaho tosh koʻzli oʻzuklar, kumush yoki qoʻrgʻoshin qoplab vaqshlangan chilimlar va boshqalar) koʻzga tashlanadi.

Musiqasi arab musiqa sanʼati bilan bevosita bogʻlangan. Hanaskorlik musiqa sanʼati rivojlangan. Chet elda oʻqib kelgan musiqa mutaxassislari maktablarda daryo beradi va hanaskorlar orkestrini tashqil qiladi. Yirik milliy professioval orkestr — radio va televideniye orkestri bor. Unga mahalliy bastakorlar musiqa yozib beradi.

Teatri

1957 yil Xalq, teatri tuzildi. 1959 yildan Arab teatri ishlay boshladi. Uning repertuarini Misr va mahalliy mualliflar pyesalari boyitib keldi. 1964 yil truppani miyerlik rejissyor Zakiy Toʻlaymat boshqarib, arab pyesalarini sahnalashtirdi va mamlakatda ilk bor teatr bilim yurtini tashqil etdi. 1963 yil Fors qoʻltigʻi Kuvayt teatri paydo boʻldi va unda mahalliy dramaturglar asarlari qoʻyildi. 1967 yil yava bir teatr truppasi — Kuvayt teatri tashqil etildi.

Kinosi

60-yillar boshidan qisqa metrajli voqeiy va hujjatli filmlar suratga olina boshladi. 1971 yil "Shafqatsiz dengiz" (rejissyor Xolid Saddiq) ba-diiy filmi namoyish qilindi. Kuvaytning oʻz kinostudiyasi yoʻq.

Oʻzbekiston — Kuvayt munosabatlari

1994 yil iyulda ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, turli sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Kuvayt oʻrtasida "Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim" kelishib olindi.

1997 yilda Kuvayt iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi Nukus va Urganch shaharlarini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun 18 mln. AQSH dollari miqdorida pul ajratdi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonga 6 mln. Kuvayt dinori miqdorida kredit berish haqidagi shartnoma imzolandi; 20 yil muddatga berilgan bu kreditda 5 yillik imtiyozli davr koʻzda tutilgan.

1998 yil 250 ming kuvayt dinori miqdoridagi kredit mablagʻi oʻzlashtirildi. Ikki davlat oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunga Kuvayt parlamentida Kuvayt — Oʻzbekiston doʻstlik qoʻmitasi tashkil etilgani yaqqol misol boʻla oladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil