Gvineya-Bisau: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Gvineya-Bissau_info}}
{{Gvineya-Bissau_info}}


'''Gvineya-Bisau Respublikasi''' ([[Fransuz tili|fransuzcha]]: Republics da Guine-Bissau) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. Gvineya-Bisau tarkibiga materik qismidan tashqari Bʼlama va Bijagosh orollari kiradi. Maydoni 36,1 ming km{{sup|2}}. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti – Bisau shahri Maʼmuriy jihatdan Bisau muxtor sektori, 8 okrug va 37 tumanga boʻlinadi .
'''Gvineya-Bisau Respublikasi''' ([[Portugal tili|portugalcha]]: Republica da Guine-Bissau) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. Gvineya-Bisau tarkibiga materik qismidan tashqari Bʼlama va Bijagosh orollari kiradi. Maydoni 36,1 ming km{{sup|2}}. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti – Bisau shahri Maʼmuriy jihatdan Bisau muxtor sektori, 8 okrug va 37 tumanga boʻlinadi .


== Davlat tuzumi ==
== Davlat tuzumi ==

12-Noyabr 2019, 17:11 dagi koʻrinishi

Gvineya-Bissau Respublikasi
República da Guiné-Bissau
ShiorUnidade, Luta, Progresso
Madhiya: Esta é a Nossa Pátria Bem Amada
(Bu bizning sevimli makonimiz)
Location of Gvineya-Bisau
Poytaxt Bisau
Rasmiy til(lar) Portugal tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
José Mário Vaz
Carlos Correia
Mustaqillik (Portugaliyadan)
• Sana
24-sentabr, 1973
Maydon
• Butun
36,120 km2 (137-oʻrin)
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
1,416,027 (149-oʻrin)
• Zichlik 39/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$1,103 mil. (189-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$779
Pul birligi CFA Franc (XOF)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+0
Qisqartma PU
Telefon prefiksi 245
Internet domeni .gw


Gvineya-Bisau Respublikasi (portugalcha: Republica da Guine-Bissau) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. Gvineya-Bisau tarkibiga materik qismidan tashqari Bʼlama va Bijagosh orollari kiradi. Maydoni 36,1 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti – Bisau shahri Maʼmuriy jihatdan Bisau muxtor sektori, 8 okrug va 37 tumanga boʻlinadi .

Davlat tuzumi

Gvineya-Bisau – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident. U umumiy yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi 102 deputatdan iborat bir palatali parlament – Millat xalq majlisi. Ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u hukumat aʼzolari va bosh vazirni tayinlaydi.

Tabiati

Materikdagi qismi tekis, ayrim joylari botqoqpi pasttekislik. Sohilida qoʻltiqlar va daryo estuariylari koʻp. Boksit, fosforit, oltin, temir rudasi, sirkoniy, neft konlari bor. Iqlimi ekvatorial mussonli, yozi seryomgʻir, qishi quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 24°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin sohilda 2000 mm dan ortiq, mamlakat ichkarisida 1200 – 1500 mm. Daryolari (Jeba, Korubal, Kasheu) qisqa, ammo sersuv. Oʻsimliklari savanna va doimiy yashil nam tropik oʻrmonlardan iborat. Oʻrmonlarda maymun, buyvol, kiyik, leopard, begemot, timsoh, toʻngʻiz va har xil qushlar yashaydi.

Aholisi

Aholisi balante, mandyak, mandinka, fulbe, manjak va boshqa elatlardan iborat. Rasmiy tili – portugal tili. Shahar aholisi 19,9%. Aholining yarmidan kupi mahalliy, anʼanaviy dinlarga, 35% i islom diniga eʼtiqod qiladi, bir qismi xristianlar. Yirik shaharlari: Bisau, Bolama, Gabu, Kasheu.

Tarixi

Gvineya-Bisau xalqining qadimgi va oʻrta asrlardagi tarixi oʻrganilmagan. 15-asr dan boshlab Portugaliya mustamlakachilari hozirgi Gvineya-Bisau hududini qul bozoriga aylantirdilar. 16 – 18-asrlarda portugaliyalik qul savdogarlari bu yerda bir necha tayanch bazalar (Farin, Kasheu, Bisau va boshqalar) kurib, yuz minglab qullarni Amerika va Vest-Indiyaga olib ketdilar. 19-asrda Afrikani boʻlib olish boshlangan vaqtda Portugaliya Gvineya-Bisau ustidan nazoratni yanada kuchaytirdi. 1879 yil alohida mustamlaka deb eʼlon qilindi.

Gvineya-Bisau aholisi mustamlakachilarga qarshi keskin kurashib, tayanch bazalariga teztez hujum qilib turdi. 1908 yil mustamlakachilarga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni 1915 yil gacha davom etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati keng tuye oldi. 1951 yilda Gvineya-Bisau Portugaliyaning "dengiz orti viloyati" maqomini olgan bulsada, mustamlaka holati oʻzgarmadi.

1956 yilda "Gvineya va Yashil Burun orollari mustaqillik Afrika partiyasi" mustaqillik kurashiga rahbarlik qildi. 1962 yilda qurolli kurash boshlanib, 1970 yil boshlarida mamlakatning oʻchdan ikki qismi mustamlakachilardan ozod qilindi va hukumatning mahalliy organlari tuzildi. 1972 yil mahalliy muxtoriyat huquqini oldi. Shu yili Millat xalq majlisiga deputatlar saylandi. 1973 yil 24 sentabr da Millat xalq majlisining birinchi sessiyasi mustaqil Gvineya-Bisau Respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi. Portugaliyadagi fashistlar rejimi agʻdarilgach (1974), Portugaliyaning yangi hukumati 1974 yil 10 sentabrda Gvineya-Bisau mustaqilligini tan oldi. Gvineya-Bisau 1974 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami – 24 sentabr – Mustaqillik kuni (1973).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

Gvineya va Kabo-Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi, 1956 yilda tuzilgan; Birlashgan sotsial-demokratik partiya, 1991 yilda tuzilgan; Gvineya-Bisau qarshilik koʻrsatish partiyasi – Ba-Fata harakati, 1986 yilda tuzilgan; Ijtimoiy yangilanish partiyasi, 1992 yilda tuzilgan. Gvineya-Bisau mehnatkashlari milliy birligi kasaba uyushmasi, 1961 yilda asos solingan, Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi va Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi.

Iqtisodiyoti

Gvineya-Bisau – iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Mustamlakachilarning koʻp asrlik hukmronligi natijasida mamlakat iqtisodiyoti qoloq, monokultura yoʻnalishida boʻlib, yarim kustar sanoatga ega. Hukumat bir yoqlama rivojlanishga barham berish choralarini koʻrmoqda. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 40%, sanoatning ulushi 10 %. Mehnatga yaroqli aholining 80% qishloq xoʻjaligi da band. Asosiy qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlari: yer yongʻoq, palma magʻizi, yogʻi va boshqa Paxta, kanakunjut, kauchukli oʻsimliklar, sholi ham yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi. Baliqovlanadi .

Sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigai korxonalardan iborat. Yer yongʻoq tozalovchi va sholi oqpovchi zavodlar, yer yongʻoq va palma yogʻi ishlab chiqaradigan f-ka, yogʻoch tilish, gʻisht zavodlari, sovungarlik va sellyuloza zavodlari, kema taʼmirlash ustaxonalari bor. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Gvineya-Bisau yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 4,6 ming km. Ichki suv yullarining uz. – 1,8 ming km. Bisau shahrida xalqaro aeroport bor. Dengiz portlari: Bisau, Bolama, Kasheu. Chetga yer yongʻoq. palma yogʻi va magʻizi, kauchuk, yogʻoch va yogʻoch materiallari chiqariladi. Chetdan sement, gazlama, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, tamaki keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Portugaliya, Ispaniya, Fransiya, Shvesiya, AQSH, Senegal. Pul birligi – Afrika franki.

Maorifi

Mustamlakachilik davrida koʻpchilik afrikaliklar uchun faqat 2 yillik boshlangʻich maktablar bor edi. 4 yillik boshlangʻich va 7 yillik oʻrta maktablarda yevropaliklar va duragaylar oʻqigan. Mustaqillikka erishilgandan soʻng 7 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalarning majburiy bepul umumiy taʼlimi toʻgʻrisidagi qonun joriy etildi. Boshlangʻich maktabdagi oʻqish muddati – 4 yil, oʻrta oʻquv yurtlarida –7 yil Bundan tashkari 6 yillik boshlangʻich va 3 yillik toʻliqsiz oʻrta maktab negizida toʻliq oʻrta maʼlumot beradigan 2 yillik litseylar mavjud. Mamlakatda oliy oʻquv yurti yoʻq. Yoshlar oliy maʼlumotni chet ellarda oladi. Oʻqituvchilar tayyorlovchi kurslar mavjud .

Matbuoti, radioeshittirish

Gvineya-Bisauda nashr etiladigan yirik gaz.lar: "Libertasau" ("Ozodlik", portugal tilidagi haftanoma, 1960 yildan), "No pincha" ("Olgʻa", asosan portugal tilida, ayrim maqolalari kreol tilida chiqadigan haftanoma, 1975 yildan). Gvineya-Bisau axborot agentligi hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1975 yilda tuzilgan. Gvineya-Bisau Respublikasi milliy radioeshittirish xizmati 1975 yilda tashkil etilgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

Aholining turar joylari juda xilmaxil. Sohil boʻyidagi pasttekisliklarda yashovchi balante qabilasi toʻgʻri burchakli pastqam uylarda istiqomat qiladi. Bu uylarning devorlari 4 ustunga mahkamlangan qamishdan toʻqilib, loy bilan suvalgan. Tomi poxol bilan yopilib nishabi ikki tomonga yoki 4 tomonga qaratilgan. Har bir uy bir necha xona va qaznoqdan iborat boʻlgan. Bir necha uy baland qalin devor bilan oʻralib, qoʻrgʻon tusini olgan va uning oʻrtasida qabila boshligʻining uyi joylashtirilgan. Mamlakat ichki tumanlari (fulbe, mandinka qabilalari qarorgoxdari) aniq va ravon rejalangan. Toʻsiqsiz uylar toʻgʻri va keng koʻchalar boʻylab joylashtirilgan. Markazdagi maydon turli bayram va yigʻinlarni oʻtkazishga moʻljallangan. Uylarning devorlari loydan yoki xom gʻishtdan tiklangan va somonli konussimon tom bilan yopilgan. Darvozalar, toʻsinlar, ustunlarga ohu, sigir, ilon va qushlarning qiyofasi oʻyib tasvirlangan. Bayot va papel qabilalarining kattakatta oilalari koʻp xonali (4–10 xonagacha) uylarda yashaydi. Bu uylar toʻgʻri burchakli, doirasimon yoki choʻziq shaklda boʻlib, poxol tomining nishabi 2 tomonga qaragan yoki konussimon qilib ishlangan .

Badiiy hunarmandchilik ayniqsa orollarda rivojlangan. Qizil va qora yogʻochdan hamda fil suyagidan ajdodlarning haykalchalari, diniy buyumlar, mayda roʻzgʻor asbob-anjomlari (mas, oʻsimliklar tasvirlangan qoshiklar), turli jonivorlar qiyofasidagi niqoblar yasaladi. Qabila boshliklarining oʻrindiq va taxtlari, qoʻndoq, jovon, togʻoralarga turli naqshlar tushirilib, hayvonlar, qushlar, ilonlar va baliqlar tasvirlanadi. Yogʻoch va sigir shoxidan qurol (oʻq-yoy, oʻqdon, nayza, qalqon) yasash avj olgan. Xorijiy sayyohlarga moʻljallab koʻpgina buyumlar yasaladi. Qitʼadagi elatlar orasida fulbelar haykalcha, poyabzal, bezak buyumlari, musiqa asboblari yasashga mohir. Mandyaklar va papellar orasida toʻquvchilik hamda badiiy kashtachilik rivojlangan.

Musiqasi

Gvineya-Bisau musiqa madaniyati mamlakatda yashovchi koʻpgina elatlarning musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. Balante, fulbe, mandinka va boshqa xalqlarning musiqasi Gʻarbiy Afrika mamlakatlari (Gvineya, Senegal, Gambiya, Mali) musiqiy sanʼatiga juda oʻxshashdir. Ayniqsa griotlar kora, balafon, kusundi kabi musiqa asboblarida kuylarni mohirona ijro etishadi. Qad. anʼanaga ega boʻlgan baraban dastalari yuksak ijrochilik mahoratiga erishganlar. Mustaqillik yillarida milliy musiqa anʼanalarini saqlash va rivojlantirish madaniy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoldi. Bisau shahrida madaniy markaz – Madaniyat uyi ishlaydi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil