Razzoq Hamroyev: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
'''Razzoq Hamroyev''' (1910.30.11 - shofirkon tumani, Tezguzar qishlogʻi — 1981.5.5, Toshkent) — aktyor, rejissyor, pedagog. [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1951). Xalq artisti (1973). Toshkentdagi oʻlka erlar bilim yurtini (1930), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). Namangan teatri asoschilaridan (1931). Namangan teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor, badiiy rahbar (1931—45). 1946 yildan Muqimiy teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor (1959—76), 1977 yildan rejissyor Ayni vaqtda, 1954 yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dars bergan, professor (1978 yildan). "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla)dagi Nozim, "Rustam" (U. Ismoilov)dagi Rustamlar H.ning sahnada yaratgan ilk obrazlaridir. H. sahna va ekran navoiynomasining shakllanishiga salmoqli hissa qoʻshgan. Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan "Farhod va Shirin" musiqali dramasida Xusrav, Xoqon rollarini, "Navoiy" (Oybek) dramasida Navoiy rolini ijro etgan. Shuningdek, uning teatr sahnasida yaratgan Ferdinand (F.Shiller, "Makr va muhabbat"), Pantalone (K. Gotssi, "Malikai Turondot"), Arslon (K.Yashin, "Tor-mor"), Muqimiy (S.Abdulla, "Muqimiy"), Hamza ([[Komil Yashin]], A. Umariy, "Hamza"), Trufaldino, Kavaler (K.Goldoni, "Ikki boyga bir malay", "Musofirxona bekasi"), Malvolio ([[William Shakespeare|Uilyam Shekspir]], "Oʻn ikkinchi kecha"), Melivoy (H. Gʻulom, "Toshbolta oshiq") kabi obrazlari ham mashhur.
'''Razzoq Hamroyev''' (1910.30.11 - shofirkon tumani, Tezguzar qishlogʻi — 1981.5.5, [[Toshkent]]) — aktyor, rejissyor, pedagog. [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1951). Xalq artisti (1973). [[Toshkent]]dagi oʻlka erlar bilim yurtini (1930), [[Toshkent teatr]] va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). Namangan teatri asoschilaridan (1931). Namangan teatrida [[aktyor]], rejissyor, bosh rejissyor, badiiy rahbar (1931—45). 1946 yildan Muqimiy teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor (1959—76), 1977 yildan rejissyor Ayni vaqtda, 1954 yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dars bergan, professor (1978 yildan). "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla)dagi Nozim, "Rustam" (U. Ismoilov)dagi Rustamlar H.ning sahnada yaratgan ilk obrazlaridir. H. sahna va ekran navoiynomasining shakllanishiga salmoqli hissa qoʻshgan. Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan "Farhod va Shirin" musiqali dramasida Xusrav, Xoqon rollarini, "Navoiy" (Oybek) dramasida Navoiy rolini ijro etgan. Shuningdek, uning teatr sahnasida yaratgan Ferdinand (F.Shiller, "Makr va muhabbat"), Pantalone (K. Gotssi, "Malikai Turondot"), Arslon (K.Yashin, "Tor-mor"), Muqimiy (S.Abdulla, "Muqimiy"), Hamza ([[Komil Yashin]], A. Umariy, "Hamza"), Trufaldino, Kavaler (K.Goldoni, "Ikki boyga bir malay", "Musofirxona bekasi"), Malvolio ([[William Shakespeare|Uilyam Shekspir]], "Oʻn ikkinchi kecha"), Melivoy (H. Gʻulom, "Toshbolta oshiq") kabi obrazlari ham mashhur.

H. oʻzbek kinosida ham chuqur falsafiy, hajviy, mazmunli obrazlar yaratdi: Nozim ("Tohir va Zuhra"), Navoiy ("Alisher Navoiy"), Xoʻja Nasriddin ("Nasriddinning sargu-zashtlari"), Beruniy ("Abu Ali ibn Sino"), Muqimiy ("Furqat"), Mir-zakarim qutidor ("Oʻtgan kunlar"), Togʻa ("Yoryor"), Toshtemir dorboz ("Dorbozlar"), Ibn Iroq ("Abu Rayhon Beruniy"), Jaʼfarbek ("Jay-xun"), Rahimjon mirob ("Mirzachoʻl"), Usmonboy ("Xorazm afsonasi"), nomozov ("Komandirning qaytishi"), Gʻofir ("Seni kutamiz, yigit") va boshqa shular jumlasidan. Aktyor ekranda yaratgan Alisher Navoiy obrazi sanʼatkor ijodida alohida oʻrin tutadi. Navo-iyni mutaffakkir shoir, xalqparvar davlat arbobi, sodiq doʻst sifatida yorqin gavdalantirdi, uning ichki kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkazdi, davr qarama-qarshiliklarini ifodalashda katta isteʼdodini namoyish qildi. 1968 yil Muqimiy teatrida shoirning 525 yilligi munosabat bilan H. "Navoiy Astrobodda" (I.Maxsumov; Yu.Rajabiy, S.Jalil) musiqali dramasini sahnalashtirib, oʻzi bosh rolni ijro etdi. Navoiyning baytugʻazallarini ajoyib talaffuzda maʼnoli, jarangdor, yuksak mahorat bilan va taʼsirchan oʻqish bilan obrazning taʼsir kuchini yanada oshirdi.

6-Noyabr 2019, 12:59 dagi koʻrinishi

Razzoq Hamroyev (1910.30.11 - shofirkon tumani, Tezguzar qishlogʻi — 1981.5.5, Toshkent) — aktyor, rejissyor, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1951). Xalq artisti (1973). Toshkentdagi oʻlka erlar bilim yurtini (1930), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). Namangan teatri asoschilaridan (1931). Namangan teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor, badiiy rahbar (1931—45). 1946 yildan Muqimiy teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor (1959—76), 1977 yildan rejissyor Ayni vaqtda, 1954 yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dars bergan, professor (1978 yildan). "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla)dagi Nozim, "Rustam" (U. Ismoilov)dagi Rustamlar H.ning sahnada yaratgan ilk obrazlaridir. H. sahna va ekran navoiynomasining shakllanishiga salmoqli hissa qoʻshgan. Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan "Farhod va Shirin" musiqali dramasida Xusrav, Xoqon rollarini, "Navoiy" (Oybek) dramasida Navoiy rolini ijro etgan. Shuningdek, uning teatr sahnasida yaratgan Ferdinand (F.Shiller, "Makr va muhabbat"), Pantalone (K. Gotssi, "Malikai Turondot"), Arslon (K.Yashin, "Tor-mor"), Muqimiy (S.Abdulla, "Muqimiy"), Hamza (Komil Yashin, A. Umariy, "Hamza"), Trufaldino, Kavaler (K.Goldoni, "Ikki boyga bir malay", "Musofirxona bekasi"), Malvolio (Uilyam Shekspir, "Oʻn ikkinchi kecha"), Melivoy (H. Gʻulom, "Toshbolta oshiq") kabi obrazlari ham mashhur.

H. oʻzbek kinosida ham chuqur falsafiy, hajviy, mazmunli obrazlar yaratdi: Nozim ("Tohir va Zuhra"), Navoiy ("Alisher Navoiy"), Xoʻja Nasriddin ("Nasriddinning sargu-zashtlari"), Beruniy ("Abu Ali ibn Sino"), Muqimiy ("Furqat"), Mir-zakarim qutidor ("Oʻtgan kunlar"), Togʻa ("Yoryor"), Toshtemir dorboz ("Dorbozlar"), Ibn Iroq ("Abu Rayhon Beruniy"), Jaʼfarbek ("Jay-xun"), Rahimjon mirob ("Mirzachoʻl"), Usmonboy ("Xorazm afsonasi"), nomozov ("Komandirning qaytishi"), Gʻofir ("Seni kutamiz, yigit") va boshqa shular jumlasidan. Aktyor ekranda yaratgan Alisher Navoiy obrazi sanʼatkor ijodida alohida oʻrin tutadi. Navo-iyni mutaffakkir shoir, xalqparvar davlat arbobi, sodiq doʻst sifatida yorqin gavdalantirdi, uning ichki kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkazdi, davr qarama-qarshiliklarini ifodalashda katta isteʼdodini namoyish qildi. 1968 yil Muqimiy teatrida shoirning 525 yilligi munosabat bilan H. "Navoiy Astrobodda" (I.Maxsumov; Yu.Rajabiy, S.Jalil) musiqali dramasini sahnalashtirib, oʻzi bosh rolni ijro etdi. Navoiyning baytugʻazallarini ajoyib talaffuzda maʼnoli, jarangdor, yuksak mahorat bilan va taʼsirchan oʻqish bilan obrazning taʼsir kuchini yanada oshirdi.

Uning rejissyor sifatida ayniqsa, musiqali drama janri taraqqiyotida xizmatlari alohida. "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Oltin koʻl", "Nurxon", "Makr va muhabbat", "Mu-qimiy", "Guli siyoh", "Fargʻona tong otguncha", "Toshbolta oshiq" kabi H. rejissyorlik qilgan drama, kome-diya, musiqali drama kabi turli janrdagi spektakllar chuqur hayotiyligi, yuksak ijro saviyasi va teran gʻoyaviy mazmuni bilan ajralib turadi. U nafaqat Muqimiy teatrida balki respublikamizning viloyat teatrlarida ham koʻpgina spektakllar sahnalashtirgan.

Davlat mukofoti (1948), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari (1964, 1970) laureati. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2003).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil