Proteksionizm siyosati: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 44 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q179073 (translate me)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
Proteksionizm siyosati — ichki bozorni turli hil iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalash siyosati.
Proteksionizm siyosati — ichki bozorni turli xil iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalash siyosati.
Proteksionizm siyosati olib borilganda, erkin savdo yoʻlida juda koʻp toʻsiqlar mavjud boʻladi.
Proteksionizm siyosati olib borilganda, erkin savdo yoʻlida juda koʻp toʻsiqlar mavjud boʻladi.
Ularning asosiylari quyidagilar:
Ularning asosiylari quyidagilar:

17-Oktyabr 2019, 10:50 dagi koʻrinishi

Proteksionizm siyosati — ichki bozorni turli xil iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalash siyosati. Proteksionizm siyosati olib borilganda, erkin savdo yoʻlida juda koʻp toʻsiqlar mavjud boʻladi. Ularning asosiylari quyidagilar:

  1. Boj toʻlovlari. Boj toʻlovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
  2. Import kvotalari. Import kvotalari yordamida maʼlum bir vaqt oraligʻida import qilinishi mumkin boʻlgan tovarlarning maksimal hajmi oʻrnatiladi;
  3. Tarifsiz toʻsiqlar. Taʼrifsiz toʻsiqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qoʻyish yoki oddiy maʼmuriy taqiqlashlar tushuniladi;
  4. Eksportni ixtiyoriy cheklash. Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo toʻsiqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari oʻzlarining maʼlum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.


Havolalar