Nerv: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vikifikatsiya, replaced: d-da → dda using AWB
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Qator 3: Qator 3:
== Manbalar ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{manbalar}}

{{no iwiki}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

13-Sentyabr 2019, 13:22 dagi koʻrinishi

Nerv, nervlar (yun. neuron — tola, ip), asab — murakkab anatomik tu-zilma. Bosh miya, orqa miya va nerv tu-gunlarini gavdaning boshqa aʼzo va toʻqimalari bilan bogʻlaydi; asosan, nerv tolalari tutam idan iborat. Bu tolalar biriktiruvchi toʻqimalar pardasi bilan qoplangan. Odam va umurtqali hayvonlarda bosh miyadan bogi miya nervlari, orqa miyadan esa orqa miya nervlari chikadi. Bir nechta N.lar nerv chigalini hosil qilishi mumkin. Markazga intiluvchi yoki sezuvchi va markazdan qochuvchi yoki harakatlanuvchi N. tolalar farq qilinadi. Markazga intiluvchi tolalar orqali miyaga impulslar yoʻnaladi, markazdan krchuvchi tolalar esa skelet muskullariga impulslar oʻtkazadi; ichki aʼzolarga vegetativ (simpatik va parasimpatik) tolalar keladi. Maʼlum sohalarda sezuvchi N. tolalari yuzaga (teri osti va shilliq pardalarga) chiqadi. N. tolalarining chiqish joyini anik, bilish igna sanchib davolashaa muhim aqamiyatga ega. N.lar zararlanganda sezuvchanlik bu-ziladi yoki ogʻriq paydo boʻladi, shi-kastlangan N. tolalari boradigan mus-kullar falajlanadi. Toʻqimalarda moddalar almashinuvini boshqarib tura-digan trofik impulslar N. orkali oʻtadi. Shu sababdan N. shikastlanganda yoki kasallanganda terida yara paydo boʻladi, boʻgʻimlar deformatsiyalanadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil