Dirijabl: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
→‎Adabiyot: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Qator 3: Qator 3:
== Adabiyot ==
== Adabiyot ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}}
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

13-Sentyabr 2019, 12:55 dagi koʻrinishi

Dirijabl (frans. dirigeable — boshqariluvchi) — havodan yengil uchish apparati; boshqariladigan aerostat; korpusiga toʻldirilgan gaz (geliy yoki vodorod)ning koʻtarish kuchi hisobiga balandlaydi. Asosiy qismlari: korpus, qanot, stabilizator, boshqarish rullari, odamlar oʻtiradigan va dvigatellar oʻrnatiladigan qismi — gondola. D.ga bir yoki bir necha vintli dvigatel oʻrnatiladi. D.ning yumshoq, yarim qat-tiq turlari boʻladi. D. korpusi pishiq matodan qilinadi, baʼzilarining qorin tomoniga metall ferma ham oʻrnatiladi. D.ni balandlatish uchun ballast (ortiqcha yuk)ning bir qismi tashlanadi, pastlatish uchun gazning bir qismi chiqarib yuboriladi. D.ning tezligi 100—135 km/soat dan oshmaydi, hajmi — 200 ming m3gacha. D.lar borish qiyin boʻlgan, aerodromlar yoʻq joylarga yuk va yoʻlovchilar tashishda, suv osti kemalarini qidirishda qoʻllanilgan. Fransuz ixtirochisi A. Jiffar bug dvigatelli boshqariladigan aerostatda birinchi boʻlib parvoz qilgan (1852). D.dan asosan 20-asr 50-yillarigacha foydalanilgan. 70-y.larda qisman tiklangan (mas, GFR, Fransiyada). Hozir D. oʻrniga vertolyot ishlatilmoqda.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil