Sherali Joʻrayev: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bekmedia (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 52: Qator 52:
* [http://www.sayyod.ucoz.org/forum/8-103-1 Sherali Joʻrayevning Sayyod.com nashriga bergan intervyusi]
* [http://www.sayyod.ucoz.org/forum/8-103-1 Sherali Joʻrayevning Sayyod.com nashriga bergan intervyusi]
* [http://ziyouz.com/files/sherali.html Sherali Joʻrayev qoʻshiqlarining matnlari]
* [http://ziyouz.com/files/sherali.html Sherali Joʻrayev qoʻshiqlarining matnlari]

* [https://rayhon.me/tags/Sherali%20Jo’rayev/ Sherali Joʻrayev xit qoʻshiqlari]
* [https://bisyor.me/tags/Sherali+Jo’rayev/ Sherali Joʻrayev mp3]


{{OʻzME}}
{{OʻzME}}

9-Avgust 2019, 14:59 dagi koʻrinishi

Sherali Joʻrayev
Sherali Joʻrayev.jpg
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 12-aprel 1947-yil (1947-04-12) (77 yosh)
Vafoti 4-sentyabr 2023
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi Qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor, aktyor
Janr Oʻzbek milliy musiqasi

Sherali Joʻrayev — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori, shoiri va aktyori. 1987-yil Joʻrayevga Oʻzbekiston xalq artisti unvoni berilgan.2018-,yilda Tojikiston xalq artisti unvoni berilgan[1][2] 1991-yil unga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berilgan. Joʻrayevning qoʻshiqlarni oʻzbeklar orasida yaxshi tanilgan.

Joʻrayev tabiatan shirali ovozga ega. Ijro uslubi monologik, dramatik iztiroblarga asoslangan. Uning ijrosidagi qoʻshiqlar xalqchilligi, mushohadali, falsafiy mazmunga boyligi, benazir jozibasi va teran insoniy dardliligi bilan ajralib turadi. Joʻrayev repertuari koʻp qirrali va rang-barang. Qoʻshiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Saʼdiy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jomeʼ va boshqalar) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqalar) shoirlarning sheʼrlari tashkil etadi.

Joʻrayev eng mashhur va eng nufuzli oʻzbek qoʻshiqchilaridan biri boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston hukumati uning ijodini 2002-yildan beri barcha oʻzbek TV kanallarida namoyish qilishni man qilib hamda qoʻshiqchining katta sahnaga chiqishiga yoʻl qoʻymay kelmoqda.[3][4]

Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimovga Joʻrayevning tanqidiy qoʻshiqlari maʼqul kelmagan, degan fikr keng tarqalgan. Qoʻshiqchi oʻzi bu haqida ochiqcha gapirishni istamaydi.[5] Ijodi man qilingan boʻlsa-da, Sherali Joʻrayev boshqa mamlakatlarda va toʻy-marosimlarda qoʻshiq kuylab turadi.

Hayoti

Sherali Joʻrayev 1947-yil Asakada tugʻilgan. Uning qaysi kunda tugʻilgani nomaʼlum. Qoʻshiqchi 12-aprelni ramziy ravishda oʻz tugʻilgan kuni qilib tanlagan. 12-aprelda rus kosmonavti Yuriy Gagarin fazoga uchgan. Qoʻshiqchiga koʻra, uning bu sanani oʻz tugʻilgan kuni oʻlaroq tanlashiga yana bir sabab u oʻquvchilik davrida 12-aprel kuni boʻlib oʻtgan velopoygada gʻolib boʻlgan.[6]

Joʻrayev 1972-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1976-yil Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutini yakunlagan. Joʻrayevning ikki oʻgʻli – Shohjahon Joʻrayev va Zoirshoh (Zirgʼomshoh) Joʻrayev ham qoʻshiqchilik yoʻlini tanlagan. Shogirdlari: Halim Joʼrayev, Ilhom Joʼrayev, Shuhrat Davlatov, Rustam Gaipov, Botir Qodirov, Asilbek Amonulloh (Negmatov), Sardor Mamadaliyev va boshqalar.

Ijodi

Joʻrayev oʻzbek davlat estradasi (1972-1973), „Shodlik“ ashula va raqs ansambli (1972-1979), Andijon viloyati filarmoniyasi (1979-1986), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1986-1996), „Oʻzbeknavo“ birlashmasi (1999-yildan)da yakkaxon xonanda boʻlgan.

Joʻrayev tabiatan shirali ovozga ega. Ijro uslubi monologik, dramatik iztiroblarga asoslangan. Uning ijrosidagi qoʻshiqlar xalqchilligi, mushohadali, falsafiy mazmunga boyligi, benazir jozibasi va teran insoniy dardliligi bilan ajralib turadi. Joʻrayev repertuari koʻp qirrali va rang-barang. Qoʻshiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Saʼdiy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jomeʼ va boshqalar) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqalar) shoirlarning sheʼrlari tashkil etadi. 2008-yil Joʻrayev uyida Rumiyxonlik kechalarini uyushtirgan.[7]

Sherali Joʻrayev oʻzining uzoq yillik ijodi davomida yuzlab qoʻshiq yozib, ijro etgan. Uning eng mashhur ashulalari orasida „Bahor ayyomi“ (Bobur sheʼri), „Birinchi muhabbatim“ (Abdulla Oripov sheʼri), „Inson qasidasi“ (Erkin Vohidov sheʼri), „Karvon“, „Meni kutgil“ (Konstantin Simonov sheʼri), „Oshiqlar sardori“ (Rasul Hamzatov sheʼri), „Oʻzbegim“ (Erkin Vohidov sheʼri), „Oʻxshamas“ (Alisher Navoiy gʻazali) qoʻshiqlari bor.

Joʻrayevning „Oʻzbegim“ qoʻshigʻi World Music Network 2005-yil chiqargan „Oʻrta Osiyo musiqasi boʻyicha umumiy qoʻllanma“ (inglizcha: Rough Guide to the Music of Central Asia) albomiga kiritilgan. 2004-yil 23-aprelda Britaniya qirolichasi Yelizaveta IIning 78 yoshga toʻlish munosabati bilan Britaniya elchisi Craig Murray mingdan oshiq mehmonni elchixonaga chaqirgan. Toshkentdagi tadbirga Sherali Jo‘rayev, Sevara Nazarxon va Vladimir Neimer dirijorlik qilgan orkestr chaqirilgan. Oʻsha paytda yana Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Shotlandiyalik Battlefield guruhining Oʻzbekiston boʻylab turini uyushtirgan. Bu guruh bilan Joʻrayev ham birga qoʻshiq kuylagan.

Joʻrayev aksar qoʻshiqlari kuyini oʻzi bastalagan (jumladan, „Birinchi muhabbatim“, „Oʻzbegim“, „Karvon“, „Achchiq haqiqat“, „Yaralgan“, „Oshiqlar sardori“, „Inson qasidasi“, „Oshiq boʻling“ va boshqalar). Baʼzi qoʻshiqlarining matnini ham oʻzi yozgan. Bular orasida „Bobo Dehqon“, „Zamon“, „Qarashlarga“, „Ona Turkiston“, „Sohibqiron“, „Doʻst boʻlsang, yonimda tur“, „Qayon ketmoqdasiz?“ ashulalari bor.

1992-yilda Oʻzteleradiokompaniyasi Joʻrayev ijodiga bagʻishlangan „Bir ulugʻ el bor jahonda“ film-esse yaratgan. Qoʻshiqchi Yevropa, Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Jo‘rayev 1990-yildan 1995-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi aʼzosi boʻlgan. U „Sherali va Oybarchin“ filmiga ssenariy yozgan va filmda bosh rolni oʻynagan. 1998-yil „Bola yerning sultoni“ (ruscha: Ребенок — султан Земли) deb nomlanuvchi kitob yozgan.[8]

Manbalar

  1. „Sherali Joʻrayev: „Biz toʻxtab qolmadik. Biz hali bormiz““. Bi-Bi-Si (2007-yil 13-aprel). Qaraldi: 2012-yil 12-iyun.
  2. Toshpoʻlatova, Feruza „Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev yosh qoʻshiqchi bilan qarindoshligi haqidagi mish-mishlardan gʻazabda“ (ruscha). Ferghana News (2007-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 12-iyun.
  3. „Propaganda sanʼati“ (ruscha). EurasiaNet (2009-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 12-iyun.
  4. „Oʻzbekiston: Milliy qoʻshiqchi Sherali Joʻrayev oltmish yoshga toʻldi. Uning konsertlari — rasmiylar tomonidan man etilgan“ (ruscha). Ferghana News (26-042007). Qaraldi: 2012-yil 12-iyun.
  5. „Sherali Joʻrayev oʻgʻillarining oʻz yoʻlini istaydi“. Bi-Bi-Si (2009-yil 25-avgust). Qaraldi: 2012-yil 12-iyun.
  6. „Sherali Joʻrayev 64 yoshda“. Ozodlik radiosi (2011-yil 13-aprel). Qaraldi: 2012-yil 12-iyun.
  7. „Sherali konsert berdi“. Ozodlik radiosi (2008-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 30-yanvar.
  8. „„Bola yerning sultoni”“ (ruscha). Biblus. Qaraldi: 2012-yil 12-iyun.

Havolalar