James Cook: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 3 y. → 3 yil using AWB
k Nataev Kuk Jeyms sahifasini James Cookga koʻchirdi
(Farq yoʻq)

11-Iyun 2019, 05:00 dagi koʻrinishi

KUK (Cook) Jeyms (1728.27.10, Marton, Yorkshir grafligi — 1779.14. 2, Ganayi orollari) — ingliz dengizchi sayyohi. 1768—71 yillarda "Indevor" ke-masida dunyo aylana ekspeditsiyaga rah-barlik qilgan. Britaniya admiralligi tomonidan tashqil etilgan ushbu eks-peditsiyaning maqsadi Tinch okeanda yangi yerdarni egʻallash edi. Kema Plimut shahridan safarga chiqib, Gorn bur-nini aylanib oʻtgach, Taiti o.ga yetib bordi. 1769 yilda uning shim.-gʻarbidagi yondosh orollarni Jamiyat o.lari degan umumiy nom bilan haritaga tushirdi. 1769—70 yillarda Yangi Zelandiya qir-gʻoklarini aylanib oʻtib, uning orollardan iborat ekanligini aniq-ladi. Katta Toʻsiq rifi va Avstrali-yaning sharqiy so-hillarini tadqiq qiddi. Torres boʻgʻo-zi orqali K. Yaxshi Umid burnini aylanib, 1771 yilda Angliyaga qaytdi.

Antarktida materigini topish va Yangi Zelandiya va boshqa orollarni oʻrganish maqsadida uyushtirilgan dunyo aylana 2-sayohatida (1772— 75) K. "Rezolyushen" kemasida suzib 1773 yil tarixda ilk bor Jan. qutbiy doirani (40° shq.u.) kesib oʻtdi va 66° 36’j. k.gacha yetib bordi. Ikkinchi sayoh-ati davomida Tuamotu arxipelagidagi 2 atoll, Kuk o.lari guruhidagi Pal-merston o. va Xervi atolli, Yangi Gebrid o.lari, Yangi Kaledoniya va Nor-folk o.ni (1774), Atlantika okeani jan.dagi Jan. Georgiya va Jan. Sandvich o.larini (1775) topib, yevropaliklarga maʼlum qildi.

K. 1776 yilda "Rezolyushen" va "Diskoveri" kemalariga ekspeditsiya boshligʻi qilib tayinlandi. 1777 yilda Kuk o.laridagi 3 atollni, Tubuai va Rojdestvo o.larini, 1770 yilda Ganayi o.larini tavsifladi, Amerikaning shim.-gʻarbiy sohillarini oʻrgandi va qis-man haritaga tushirdi. 1779 yilda Ganayi o.da mahalliy aholi tomonidan oʻldirildi. 20 dan ortiq geografik obʼyekt lar K. nomiga qoʻyilgan.

Manbalar

  • Pervoye krugosvetnoye plananiye Dj. Kuka..., M., 1960;
  • Vtoroye krugosvetnoye plananiye kapitana Dj. Kuka..., 1964;
  • Tretye plananiye kapitana Dj. Kuka..., M., 1971.

Adabiyotlar

  • Svet Ya. M.., Istoriya otkritiya i issledonaniya Avstralii i Okeanii, M., 1966.