Foydalanuvchi munozarasi:Nataev: Versiyalar orasidagi farq

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 178: Qator 178:
::::::::::::Meni tushunmadingiz, tushuna olmaysiz ham. Takrorlayman, munozara sahifamni axlat bilan toʻldirishni, uni bir marta emas, bir necha martalab tahrir qilishni bas qiling. P.S. „[[:wikt:deb|deb]]“ bilan vergul ishlatiladi, bilagʻon. [[Foydalanuvchi:Nataev|<span style="color:red;">N</span><span style="color:blue;">ataev</span>]] <sup>[[Foydalanuvchi munozarasi:Nataev|munozara]]</sup> 03:23, 20-May 2019 (UTC)
::::::::::::Meni tushunmadingiz, tushuna olmaysiz ham. Takrorlayman, munozara sahifamni axlat bilan toʻldirishni, uni bir marta emas, bir necha martalab tahrir qilishni bas qiling. P.S. „[[:wikt:deb|deb]]“ bilan vergul ishlatiladi, bilagʻon. [[Foydalanuvchi:Nataev|<span style="color:red;">N</span><span style="color:blue;">ataev</span>]] <sup>[[Foydalanuvchi munozarasi:Nataev|munozara]]</sup> 03:23, 20-May 2019 (UTC)
:::::::::::::Yaxshi. Siz aytganingizcha bo‘la qolsin. &ndash; [[Foydalanuvchi:Malikxan|Malikxan]] ([[Foydalanuvchi munozarasi:Malikxan|munozara]]) 08:22, 20-May 2019 (UTC)
:::::::::::::Yaxshi. Siz aytganingizcha bo‘la qolsin. &ndash; [[Foydalanuvchi:Malikxan|Malikxan]] ([[Foydalanuvchi munozarasi:Malikxan|munozara]]) 08:22, 20-May 2019 (UTC)

== Vikipediya maxsus sahifalari boʻyicha soʻrov. ==

Oʻzbek vikipediyasida [http://en.wikipedia.org/wiki/Wikipedia:Translation Ushbu] sahifaga o'xshagan oʻzbek vikisida maqola mavjudmi? Mavjud boʻlsa ushbu sahifaga qoʻshsak...[[Foydalanuvchi:Gayrat98|Gayrat98]] ([[Foydalanuvchi munozarasi:Gayrat98|munozara]]) 11:30, 20-May 2019 (UTC)

20-May 2019, 11:30 dagi koʻrinishi

Iltimos, yangi mavzularni sahifa pastidan qoʻshing. Qoʻshish…

Arxivlar
Arxiv 1 Arxiv 2 Arxiv 3
Arxiv 4 Arxiv 5 Arxiv 6
Arxiv 7 Arxiv 8 Arxiv 9
Arxiv 10 Arxiv 11 Arxiv 12
Arxiv 13
Agar siz mening munozara sahifamda yozsangiz, u holda men mana shu sahifada javob beraman.
Agar men sizning munozara sahifangizda yozsam, u holda men sizning munozara sahifangizni yana bir necha kun kuzataman.

Alfred Hitchcock

Salom, Nataev! Alfred Hitchcock sahifasini qaysidir adminstrator Alfred Xichkokga ko‘chiribdi. Nima deb o‘ylaysiz, original nomi to‘g‘ri emasmi? Men buni to‘g‘irlamoqchi edim, afsuski, ko‘chirishni faqat adminstratorlargina amalga oshirish mumkin ekan. – Malikxan (munozara) 04:19, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Koʻchirdim. Nataev munozara 05:19, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Rahmat! – Malikxan (munozara) 06:47, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Bemalol! Nataev munozara 09:59, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Bir ogʻiz „hey“ desangiz boʻlardi oʻsha „qaysidir adminstrator“ga, indamay koʻchirmasdan. Esingizda boʻlsa, biz bunga kelishmaganmiz. Yoki konsensus degan narsa bizda bekor qilindimi? --Sociologist--munozara-- 12:19, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Sociologist, konsensusga binoan aslidek yozamiz. Har bir holatda nufuzli manba qidirish boʻlmagan gap. Oʻzbek tilida nufuzli manbaning oʻzi deyarli yoʻq. Oʻzbekistondagi geniylar rasman qoida ishlab chiqqunicha oʻz qoidalarimizga amal qilishda davom etamiz. Nataev munozara 12:32, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Konsensusga binoan OʻzMEga binoan yozamiz. OʻzME, kun.uz. daryo.uz va boshqalar siz uchun nufuzli emasdur, lekin men uchun nufuzli. Nega oʻzbek manbalarini hurmat qilmaysiz? Britannica'da xato yoʻq deb oʻylaysizmi? Unda uni ham hurmat qilmang. --Sociologist--munozara-- 12:36, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
OʻzME nufuzli manba emas aslida, chunki u Oʻzbek sovet ensiklopediyasining nusxasidan boshqa narsa emas. Bitta farqi, kommunistlar oʻrniga Karimov tuzumi koʻklarga koʻtarilgan. Siz aytgan nashrlar nufuzli boʻla oʻlmaydi. Oʻzlari bir atamani har safar har xil yozishadi. OʻzME haqida gapirar ekanmiz, ensiklopediya CC litsenziya boʻyicha yoyinlangani haqida rasmiy hujjatimiz yoʻq. Yaqin-orada barcha OʻzME sahifalari oʻchirilishi mumkin. Mabodo mana bunaqa hujjatni qoʻlga kiritsak, qoladi. Nataev munozara 12:44, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
OʻzME — nufuzli manba, siz xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham. Chunki olimlar tomonidan yozilgan. Siz olim emassiz. Men ham. Ular nima qilsa biz ham shunday qilamiz. Siz shunchaki oʻzbek olimlarini hurmat qilmaysiz, inglizlar esa geniy. --Sociologist--munozara-- 12:49, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Ad hominem argumentlarga oʻtmang. OʻzME kirill yozuvida yozilgan. Oʻzbekcha Vikipediya sahifalari esa lotin yozuvida yozilyapti. Lotin yozuvida inglizcha ismlarni yozish koʻrsatilgan rasmiy qoida qani? Yoʻq bunaqa qoida. Shunday ekan, yangilik kiritmay, aslidek yozishda davom etamiz. Nataev munozara 12:51, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Manbalarga tayanish — Vikipediyaning ustunlaridan biri. Aslidek emas, inglizcha yozish Abdulla aka kiritgan yangilik. Bu borada hech qanday konsensusga erishilmagan. Shuning uchun ustunga tayanamiz. --Sociologist--munozara-- 12:59, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Abdulla aka shaxsan oʻzi emas, oʻsha paytdagi barcha faol vikichilar buni maʼqullagan. Qaytaraman, yoqmayotgan boʻlsa, munozara oching. OʻzME asosida maqolalarni qayta nomlashni esa bas qiling. Lotin yozuvidagi nufuzli manbalarni bir koʻrsating, biz ham koʻraylik. Nataev munozara 13:02, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Hech kim maʼqullamagan. Oʻylab topmang, iltimos. Siz inglizcha nufuzli manbalarni koʻrsating. Siz uchun nufuzli manba nima oʻzi? --Sociologist--munozara-- 13:09, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Shaxsan men maʼqullaganman. Adashmasam, Casual, Amir.Temur, Xusinboy Bekchanovlar ham qarshi boʻlmagan. Nufuzli manba haqida gapirashdan avval manba qaysi yozuvda ekanligi haqida bir oʻylab koʻring. Nataev munozara 13:11, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Amir.Temur manbaga tayanish tarafdori boʻlgan. Casual va Xusinboy Bekchanov muhokamada qatnashishmagan, lekin manbaga tayanish tarafdori boʻlishgan. --Sociologist--munozara-- 13:17, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Isbot? Nataev munozara 13:18, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Vikipediya:Skype/Loglar/Maqolalarni nomlash. „Adashmasam, Casual, Amir.Temur, Xusinboy Bekchanovlar ham qarshi boʻlmagan“ — isbot? --Sociologist--munozara-- 13:22, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Savolga savol bilan javob beradigan boʻlsangiz, munozara qilmay qoʻyavering. Nafaqat bu ikki foydalanuvchi, balki oʻsha paytdagi boshqa foydalanuvchilar fikrini ham izlab topish mumkin. Hozirgi kunda faol tahrir qilayotgan foydalanuvchilar fikrini ham soʻrash mumkin. Menga bu kerak emas hozir. Siz jon kuydiryapsizmi, siz munozara oching. Jarayonga boshdan-oyoq bosh boʻling. OʻzMEni lotin yozuvida qachon koʻrsatasiz? Nataev munozara 13:25, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
1) Izlab toping, ularning nomidan gapirmasdan. 2) OʻzME lotin yozuvida chiqqanida. 3) Kirillchada boʻlsa ham, chet el ismlari oʻzbekchaga transliteratsiya qilinishi mumkinligi va kerakligi koʻrsatilgan. Nega originalidek Jean-Jacques Rousseau yozishmagan ensiklopediyada? Chunki transliteratsiya oʻzbek tili uchun zarur. Siz buni tan olgingiz kelmayapti. Olimlar ahmogʻu, siz aqllimi? --Sociologist--munozara-- 13:34, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Xayriyat, kirill yozuvida chiqqanini bilar ekansiz. Bir yozuv tizimi qoidalariga ikkinchi yozuv tizimida ham amal qilish kerak ekan-da sizningcha? Kechirasiz-u, ahmoqona agrument. Jean-Jacques Rousseauga kelsak, aynan shunday yozish tarafdoriman. Qavs ichida talaffuzini keltiraveramiz. Olimlarni pesh qilishni bas qiling. Olimlar oʻziyam bilmaydi nima qilishni. Shuning uchunam 2008-yildayam — yozuv qabul olinganidan keyin 15 yil oʻtib — izohli lugʻatni kirill yozuvida chiqarishdi. Chunki yozuv qoidalari chala-chulpa ekani ularga maʼlum. Endi boshlari ishlab, uni islohot qilishmoqchi. Nataev munozara 13:41, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
1) Ha, oʻzbek yozuv tizimiga amal qilish kerak va oʻzbekcha yozishga intilish kerak. Oʻzbek tiliga kirib kelgan soʻzlardan foydalaning bemalol, lekin oʻzingiz yangi soʻz kiritmang. 2) Ha, olimlarga osilib olaman, chunki ularni hurmat qilaman. Sizni ham hurmat qilaman, lekin olim sifatida emas. Vikipediya — olimlarga baho beradigan joy emas. --Sociologist--munozara-- 13:54, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Demak, sizningcha Orvel deb yozish oʻzbekcha? Bu inglizcha ismning ruscha translitini lotin yozuvida yozishdan boshqa narsa emas. Shunday ekan, argumentingiz asossiz. Olimlarga kelsak, oʻsha olimlar oʻylab topgan ahmoqona okinasifat belgini. Endilikda oʻzlari ham bu belgini topa olmay hayron. Translit qilish haqida rasmiy qonun chiqsagina biz unga amal qila boshlasak boʻladi. Ammo Oʻzbekistonda chiqarilgan qonun ham yuz foiz majburiy boʻlmaydi, chunki Oʻzbekcha Vikipediya Oʻzbekiston loyihasi emas. Faqatgina batafsil muhokama yordamida qoidalarni oʻzgartirishimiz yoki yangi qoida qabul qilishimiz mumkin. Nataev munozara 14:05, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Oʻzbeklar qariyb 150 yil davomida ruslar taʼsiri ostida boʻlgan, shuning asorati bu. Tarixni orqaga qaytarib boʻlmaydi. PS: Orvel esa shunchaki texnik xato boʻlishi mumkin (Oruel deb yozmoqchi boʻlishgan boʻlsa). --Sociologist--munozara-- 14:45, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Tarix haqida gap ketmayapti. Oʻzbek kirill va lotin yozuvlari 100 foiz bir-biriga mos kelmaydi. Oddiy misol, lotin yuzovida yumashitsh beligi yoʻq. Rejissor, sex gabi soʻzlar yangi qoidalar boʻyicha yoziladi. Keltirgan bu argumentingizning ham mavzuga aloqasi yoʻq. Nataev munozara 09:34, 4-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Bu yerda maqola nomini Alfred Hitchcock deb qoldirishni taklif qilaman. Agar Oʻzbekiston fanlar akademiyasi yoki uning qoshidagi biror tashkilot tomonidan maʼqullangan, lotin yozuvida chop etilgan ensiklopediya yoki lugʻatda boshqa ism keltirilgan boʻlsa, maqolani albatta shunday nomlash kerak. Abdulla munozara 23:53, 5-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Kitoblar haqida qanday fikrdasizlar? Jules Vernning „Oʻn besh yoshli kapitani“ lotin yozuvida nashr qilingan. „Sharq“ nashriyotida. Adashmasam, bu xususiy nashriyot. U yerda Jyul Vern deb yozilgan. Kitob ishonchli manba boʻladigan boʻlsa, biz ham Jyul Vern deb yozishimiz kerak, toʻgʻrimi? Endi, Alexandre Dumasning asarlari hali lotin yozuvida chop etilmagan boʻlsa, aslidek yozamizmi? Katta chalkashlik kelib chiqadi. Aslida bir qoidaga amal qilganimiz yaxshi, menimcha. Maqola ichida oʻzbekcha manbalarda Jyul Vern deb ham yoziladi, desakmikin? Nataev munozara 06:04, 6-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Tulki va Tozi

I was wondering, if "tozi" is a sighthound, wouldn't that mean that the redirects Tulki va Tozi, Tulki va tozi, and Tulki va tozi 2 are all incorrect? Also, I think that the page history for Graviti Folz (multserial) should be merged with the page history for Gravity Falls, since there were two different articles created on the same subject. Meanwhile, I think that redirect along with Graviti Folz should be deleted because it doesn't seem to be an official title or even an actual translation, but a transcription. I also noticed that Mary Poppins (toʻplam) has a different Wikidata page than the one for all the other languages, with the one used in this Wikipedia being d:Q26707523 while the one in all other Wikipedias is at d:Q858705. Finally, I was wondering if you could restore Bambi, as that page was deleted in April 2010, but it could easily be improved by adding the infobox and stuff. Meanwhile, there was also page history at Charlotte's Web that could be restored, if just for historical reasons. Thank you. 104.58.147.208 04:38, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

The more redirects we have, the better. So, I see no need to delete them. As for Gravity Falls, I don't know how to merge page histories. As for d:Q26707523, this entry is about a particular collection in Uzbek which contains only two stories. It is vastly different from d:Q858705 which is a general article about the whole series. As for Babmi, you can go ahead and create a new article. The old one contained a single sentence in broken Uzbek. Finally, I restored the page history of Charlotte's Web. Nataev munozara 05:36, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
But one thing I don't know regarding Bambi is whether to use the original name (which is in English, though it was based on a book that was originally Austrian, and thus originally written in German) or the Russian spelling, which spells it as Bembi. The reason I ask this is because on the article about Dumbo, it was titled Dambo like in Russian. "Dumbo" was also an article that was deleted, but of course it wouldn't be useful to restore it since the current article is better, but could it at least be redirected from the English name to the Uzbek? Also, as long as redirects are a good thing, there are other pages that could redirect to Tulki va it. Like for example, Tulki va It, It va tulki, It va Tulki, Fox and the Hound, Fox and Hound, The Hound and the Fox, Hound and the Fox, Hound and Fox, and some Wikipedias include a disambig, so it could also be redirected from The Fox and the Hound (film) or The Fox and the Hound (1981). And finally, there could also be a redirect from Charlotte's Web (film, 1973) to Charlotte's Web (multfilm), as well as from Charlotte's Web (film, 2006) to Charlotte's Web (film) and from Charlotte's Web (roman) to Charlotte's Web. Just a suggestion, as I thought if more redirects is a good thing, then these should be good suggestions. 104.58.147.208 05:55, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
There are no official rules on how to spell names/titles that are originally written in a Latin alphabet. Take, for example, Shekspir vs Shakespeare. I think the former is an abomination: it's a Latin spelling of an English name based on a Russian transliteration. It's funny how most people are OK with monstrosities like Jorj Oruell, since it flies in the face of the nationalistic policies of the Uzbek government which wants to get rid of all Russian heritage in the country. Here on uzwiki we stick to the original and provide pronunciations. As for the redirects, you can go ahead and create as many as you want. I have absolutely no interest in obscure flicks. Nataev munozara 09:52, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Should Dambo be moved as well then? I already edited it. Also, I was wondering if it would be better to move Charlotte's Web (multfilm) to Charlotte's Web (film, 1973) and Charlotte's Web (film) to Charlotte's Web (film, 2006). After all, they are both films, so reading the disambig for the 2006 film as simply film might be confusing. And I would think to move it without redirect due to there being two films of the same name. Meanwhile, could the past history of Bambi be restored now that the page exists with better content? I think it would be good to have for historical reasons. Same for Dumbo. Finally, I noticed that the files Fayl:Foxhoundposter.jpg and Fayl:Qirol Sher.jpg don't have the same poster titles and poster images as in the English Wikipedia articles. The file for The Fox and the Hound is known in English as en:File:The Fox and the Hound.jpg while the file for The Lion King is known as en:File:The Lion King poster.jpg. Would it be possible to upload new versions of these files (based on English Wikipedia), along with their names changed to the names in English Wikipedia and the fair use rationales added? Either that, or should new files be uploaded instead? After all, there is no fair use rationale on the Qirol Sher file, only the signature of the user who uploaded it (sinner 90), and the date (21:05, 23 Aprel 2010). And then the file for The Fox and the Hound just lists "Manba" with the link to the English version of the file, but still no fair use rationale. The file in English was moved anyway, and is currently a dead link. 104.58.147.208 11:08, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Maybe you could register like everyone else and start uploading images, moving pages, etc? As for Charlotte's Web, the page names are quite OK. No need to change anything. By the way, what do you know about this? Nataev munozara 11:42, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Dambo va Bembi

Yana bir bor salom! Siz nima uchun Dambo va Bembi sahifalarini ko‘chirdingiz? Axir ular o‘zbek tilidagi rasmiy tarjima edi. Shuningdek, nima uchun 2 ta faylni o‘chirdingiz? – Malikxan (munozara) 14:17, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Koʻchirishim sababi rasmiy tarjima kirill yozuvida yozilgan. Bu yerda maqolalarni lotin yozuvida yozamiz. Bu katastrofa emas, oddiy yoʻnaltirish orqali maqolani topib olaverishadi. Suratlarni esa fair-use rationale keltirilmagani uchun oʻchirdim. Nataev munozara 06:20, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Nodir aka, shu fikringiz ham qoidalarga zid. Biz oʻzbekcha manbalarga tayanishimiz kerak va iloji boricha maqolalarni oʻzbekcha nomlashimiz kerak. Yoʻnaltirish qoʻyish va maqola boshida talaffuzini koʻrsatish muammoni hal qilmaydi ham, bu mavzuga aloqasi ham yoʻq. 5 yil oldingi gaplar yana qaytarilyapti. Oʻzbekcha Vikipediyada inglizcha nomlardan foydalanish qattiq xatolik. --Sociologist--munozara-- 12:33, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Nega inglizcha Vikipediyaga link beryapsiz? Maqolalarni nomlashda aslidek yozishda davom etamiz. Bir-ikki axlat manba borligi uchun ististo qilish oʻrniga har doim bir qoidaga amal qilgan maʼqul. Oʻzbekcha nufuzli manba topish oʻzi osonmas. Nataev munozara 12:38, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
„Maqolalarni nomlashda aslidek yozishda davom etamiz“ — iltimos buyruq berish ohangidan voz keching. Bu yerda hamma teng huquqli. Argumentingiz boʻlsa keltiring, bahsni kuch ishlatish yoʻli bilan hal qilib boʻlmaydi. --Sociologist--munozara-- 12:51, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Yuqorida aytib oʻtganimdek, kelishilgan qoidamiz bor. Skypeda olib borilgan suhbatga asoslanib emas, kelishilgan qoidalarga amal qilib yozamiz. Yoqmayotgan boʻlsa, umumiy munozara oching. Hamma oʻz fikrini bildirsin. Avval qabul qilingan qoidalarni bir oʻzingiz oʻzgartira olmaysiz. Nataev munozara 12:54, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Adashtiz, kelishilgan qoidamiz yoʻq. Yaxshilab eslang. Oʻsha Skype chatdan boshqa muhokama boʻlmagan. Qoida hali ham muhokama jarayonida. Munozara sahifasiga qarang — Vikipediya munozarasi:Maqolalarni nomlash --Sociologist--munozara-- 13:05, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Kishilar nomlarini yozish qoidasi suvdek ravshan. Filmlar va shahar nomlari boʻyicha bir kelishuvga kelganimiz yoʻq, ha. Ammo hozir yangilik kiritish oʻrniga bungacha amal qilingan qoidalarga rioya qilishda davom etamiz. Rasmiy qoida chiqsa yoki bu yerda keng qamrovli muhokama ortidan kelishuvga erishilsa, maqola nomlarini oʻzgartirishimiz mumkin. Nataev munozara 13:08, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Tahrirlar jangini oldini olish uchun kelishib olishimniz kerak. Noldan. Chunki avval hech qanday kelishuv boʻlmagan. Hamma oʻz fikrida qolgan. Siz oʻz fikringizni konsensus deb atamang. --Sociologist--munozara-- 13:12, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Qaytaraman, kishilar ismlarini yozish qoidalari haqida hech qanday savol yoʻq. Bir-ikki yil yoʻq boʻlib ketib, keyin paydo boʻlib inqilob boshlashga urinmang. Qoidalarni oʻzgartirish ishtiyoqida yonayotgan boʻlsangiz, munozara boshlang. Har bir faol foydalanuvchi oʻz fikrini bildirsin. Nataev munozara 13:17, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
„Bir-ikki yil yoʻq boʻlib ketib, keyin paydo boʻlib inqilob boshlashga urinmang. Qoidalarni oʻzgartirish ishtiyoqida yonayotgan boʻlsangiz“ — ad hominem'ga oʻtmang. Kishilar ismlarini manbalarga tayanib yozishga kelishilgan, siz oʻzingizni boshliqdek tutmang. --Sociologist--munozara-- 13:20, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Takrorlayman, yoqmayotgan boʻlsa, munozara oching. Yozgan gapim bilan shaxsiyatingizga tekkanim yoʻq. Bor gapni aytdim. Nataev munozara 13:22, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Menga buyruq bermang, iltimos. Munozara ochish barcha ishtirokchilar uchun muhim, faqat men uchun emas. Biz hozirgi holat haqida gapiryapmiz, u konsensusdan yiroq. --Sociologist--munozara-- 13:26, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Mavzuni siz ochdingiz. Menga hozir amal qilinayotgan qoidalar juda maʼqul. Muhokama boshlash niyatim yoʻq. Qolaversa, Oʻzbekistondagi geniylar yozuvni yana almashtirishi mumkin. Men ungacha yangilik kiritishga qarshiman. Nataev munozara 13:29, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Shuning uchun, yangilik kiritmang-da, hammasi oʻz holicha qolsin. Men manbaga tayanib nomlayman, siz — oʻziz bilgancha. Meni tahrirlarimga boshliqlik qilmang. Qachon kelishib olsak, keyin eʼtiroz bildirasiz. Tahrir urushini siz ochdiz. --Sociologist--munozara-- 13:36, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Ha aytgancha, muhokama ochilgan — Vikipediya munozarasi:Maqolalarni nomlash. Kimga qiziq boʻlsa, fikr bildirishi mumkin (Argumentsiz fikrlar inobatga olinmaydi). --Sociologist--munozara-- 13:40, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Manba lotin yozuvida boʻlmasa, tahrirlaringizni bekor qilaman. Topgan nufuzli manbangiz lotin yozuvida boʻlsin. „Argumentsiz fikrlar inobatga olinmaydi“ — buyruq berishni sizdan oʻrgansak. Nataev munozara 13:43, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
„tahrirlaringizni bekor qilaman“ — Marhamat, tahrirlar urushini boshlab bering. Manbani nufuzli-nufuzsiz ekanligini aniqlash uchun sizga hech kim vakolat bergani yoʻq, sal pastroq tushing. Tajribali ishtirokchilar kelisha olmas ekanmiz, yangilar chalkashaveradi. Men muhokamaga chaqirdim, siz bosh tortdiz, deb hisoblaymizmi? --Sociologist--munozara-- 13:50, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Manba nufuzli yoki nufuzli emasligini aniqlash mushkul emas. Ammo qaytaraman, kirill yozuvidagi manbani lotin yozuvi uchun asos qila olmaymiz. Munozarani bir foydalanuvchi sahifasida emas, maxsus sahifada olib boring. Barcha administratorlar fikrini toʻplang. Ungacha yangilik kiritmang. Nataev munozara 14:17, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
1) Oʻzbek tilidagi har qanday manba Oʻzbekcha Vikipediya uchun manba boʻla oladi (agar mavzuga oid boʻlsa, albatta). Har bir oʻzbekcha kirillcha harfning lotincha analogi bor (Қ → Q), chunki lotincha alifboimiz oʻsha sovet davridagi alifbo asosida ishlangan. Shuning uchun kimning ismi qanday yozilishi kerakligini kirillcha manbadan anglash mushkul emas. 2) Kimni fikri boʻlsa qayerda xohlasa yozaversin, men orqasidan quvib yurmayman. Men faqat konsensusga erishilmagan mavzuda tahrirlar urushini uyushtirmang deyapman xolos. --Sociologist--munozara-- 14:40, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
1. „Oʻzbek tilidagi har qanday manba Oʻzbekcha Vikipediya uchun manba boʻla oladi“ — boʻlmagan gap. Kirill yozuvidagi manbalardan faktlarni tasdiqlash uchun foydalanish mumkin. Ammo kirill yozuvidagi manba lotin yozuvi qoidalari uchun asos boʻla olmaydi. 2. „Har bir oʻzbekcha kirillcha harfning lotincha analogi bor“ — xato. Ц ning analogi yoʻq, lotin yozuvida yumshatish belgisi yoʻq. 3. „Kimning ismi qanday yozilishi kerakligini kirillcha manbadan anglash mushkul emas“ — boʻlmagan gap, bir yozuv qoidalari ikkinchi yozuv uchun asos boʻla olmaydi. 4. „Kimni fikri boʻlsa qayerda xohlasa yozaversin“ — mavzuni siz ochdingiz. Community wide discussion boʻlishi uchun Oʻzbekcha Vikipediyada sahifalari ilk marta ochilganda banner chiqarish kerak boʻladi. Kamida yuz nafar tajribali foydalanuvchi oʻz fikrini bildirishi kerak boʻladi. Balki undan ham koʻp. Tafsilotlarini hamkorlikda belgilash kerak boʻladi. Ungacha mavjud qoidaga amal qilishda davom etamiz. Nataev munozara 09:43, 4-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Bu munozara ru:Обсуждение:Ивиса mavzusini eslatdi. U yerda ruschada minglab manbalarda Ибица yozilgani bilan bir necha rasmiy va nufuzli manbalarda (ensiklopediya, lugʻat, xarita) Ивиса yozyapti, deb kam tarqalgan nomni qoldirishgan edi. Agar biz ham tepada yozganimdek Dumbo va Bambi personajlari eslatilgan, lotin yozuvida nashr qilingan rasmiy va nufuzli ensiklopediya, lugʻat yoki almanax topsak, tegishli maqolalarni albatta u yerda koʻrsatilganidek yozamiz, deb taklif qilaman. Abdulla munozara 23:53, 5-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Birgina mavzu munozarali boʻlsa qani edi. Bizdagi muammo global muammo. Lekin lotin yozuvidagi manbalarga tayanishimiz kerak, degan fikringizga yuz foiz qoʻshilaman. Lotin yozuvida maqolalarni nomlashda OʻzME kabi kirill yozuvidagi manbalarga tayana olmaymiz. Nataev munozara 06:06, 6-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Uzviki bloklashdan ozod etildi!

Assalomu alaykum Nodir aka. Bugundan boshlab oʻzbek vikipediyasi bloklashlardan ozod etildi! Tabriklayman. Endilikda uzvikini rivojlantirishda yangi faol foydalanuvchilarni tarbiyalashlarda sizga omad tilayman!Gayrat98 (munozara) 11:49, 15-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Xayrli kun, Gayrat98! Bundan oldin ham https bilan ochilayotgan edi. Endi http bilan ham ochilyatimi? Qanday farq sezdingiz? Nataev munozara 03:58, 16-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Hayrli kun, Nataev! Oʻsha kuni 3-4 soatga barcha saytlar(ular orasida uzviki ham) blokdan olingan edi… http orqali ham ochilayotgan edi. Keyinchalik saytni https orqali ham bloklashni boshlashdi. Hozirda men uzvikining mobil ilovasi orqali kirayapman. Komputer versiyasi orqali kirish uchunfaqatgina VPN yoki proxy serverlar kerak boʻlyapti.Gayrat98 (munozara) 21:02, 13-May 2019 (UTC)[javob berish]

Tushunarli. Nataev munozara 03:36, 14-May 2019 (UTC)[javob berish]

Nataev Hozir qayerda istiqomat qilyapsizlar? Bu savolni berishdan maqsad: Sizdan master klass oʻtgazib berishni soʻrash edi… Toshkent axborot texnologiyalari universitetida master klass oʻtgazishga nima deysiz?Gayrat98 (munozara) 06:42, 14-May 2019 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, men http: orqali ham ocha olayapman. Bu yaxshi yangilik - Xusinboy Bekchanov (munozara) 09:12, 14-May 2019 (UTC).[javob berish]
Ajoyib! Yaxshi xabar! Nataev munozara 09:52, 14-May 2019 (UTC)[javob berish]
Menda qanchadir vaqt https ham, http ham ochmay qoldi, hozir yana ochayapti. Texnik muammolar bor deb o`ylayman, xabarni ko`rib to`liq ochilgan bo`lsa kerak deb o`ylabman - Xusinboy Bekchanov (munozara) 10:11, 14-May 2019 (UTC).[javob berish]
Tushunarli. Bu safar uzoq muddatga ochildi, deb umid qilamiz! Kuzatib boraylik-chi. Nataev munozara 10:14, 14-May 2019 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi master-klass bo'yicha savolimga javob bermadingiz...Gayrat98 (munozara) 10:59, 14-May 2019 (UTC)[javob berish]

Xayrli kun, Gayrat98! Hozir Bishkekdaman. Jon deb oʻtkazib bergan boʻlardim. Ammo universitet xodimlari boshqa davlat fuqarosi master klass oʻtkazishiga qanday qararkin? Nataev munozara 03:41, 15-May 2019 (UTC)[javob berish]
Men ushbu universitetda tahsil olaman. Tuit.uz sayti administratoriga vikipediyaga TATU haqida maqola kiritmoqchiman deb aytgan edim: "Master klass o'tkazib bera olasizmi?" - deb so'rab qoldi. Bizda shu paytgachan yirik korxonalardan Yandex.ru sayti administratorlari kelib ketishgan. Ortiqcha rasmiyatchiliklar bo'lmaydi degan umiddaman. Eng asosiysi taqdimot yuqori saviyada o'tsa bas! Umarxon hozirda faolmilar?Gayrat98 (munozara) 05:14, 15-May 2019 (UTC)[javob berish]
Umarxon kirib turibdi, ha. Aslida Abdulla, Xusinboy Bekchanov akalar boshlab berishsa, toʻgʻriroq boʻlardi. Menam qatnashaveraman lozim boʻlsa. Shu bahonada yana Toshkentni koʻrib kelaman. :) Nataev munozara 06:06, 15-May 2019 (UTC)[javob berish]

Ovoz berish

Ushbu maqolani TM qilish uchun ovoz berishda ishtirok eting! – MALIKXAN munozara 08:49, 5-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]

Salom! TM bundan ikki-uch barobarga uzun boʻlishi kerak. Yaxshi maqola qilish mumkin. Nataev munozara 09:44, 5-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]

"Ипак йўли" туризм халқаро университети саҳифасининг ўчирилганлиги ҳақида

Ассалому алайкум ҳурматли сайт мухаррири! Мен "Ипак йўли" туризм халқаро университети саҳифасини яратгандим. Лекин нимагадир сиз томонингздан ушбу саҳифанинг ўчирилганлиги ҳақида хабар олдим. Сизлардан ушбу саҳифа нима учун ўчирилганлиги ҳақида изоҳ беришингизни сўрайман. Янги очилган Университет тўғрисида маълумот қўйиш мумкин эмасми. Мен бу маълумотларни бошқа университетларнинг маълумотни ўрганиб чиқиб қўйгандим. Сабаби ҳақида тўлиқроқ маълумот беришингизни сўрайман. Мен ўзим ушбу университетда ишлайман. Ҳурмат билан Содиқ Матлабов — Bu xabarni Smatlabov (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Salom, Smatlabov! Ipak yoʻli xalqaro turizm universiteti nomli maqola mavjud. Bizda maqolalar lotin yozuvida yaratiladi. Kirill yozuvida oʻqish uchun konverter bor. Mavjud maqolani kengaytirishingiz mumkin. Ammo shuni eslatib oʻtishimiz kerakki, Vikipediyada reklama qatʼiyan man etiladi. Universitetga aloqador boʻlsangiz, manfaatlar ziddiyati kelib chiqadi. Qoidalarga amal qilgan holda tahrir qiling. Yana bir narsa. Munozara sahifalarida yozgandan keyin imzo chekishni unutmang. Nataev munozara 05:08, 17-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]

Salom! Nimagadir Oʻzbekcha Vikipediyaning mobil versiyasida "Vikipediya" logosi yo‘qolib qolgan. Bu haqda xabaringiz bormi? – Malikxan (munozara) 15:10, 18-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]

Salom! Xabarim yoʻq. Screenshot olib koʻrsata olasizmi? Nataev munozara 08:13, 19-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]
Qarang!Malikxan (munozara) 08:50, 19-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]
Ishlamagan linkni berdingiz. Nataev munozara 09:26, 19-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]
Endi ishladi. Qiziq. Avval qaysi logo chiqib turardi? Eʼtibor bermagan ekanman. Nataev munozara 04:17, 20-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]
Bu muammo hal bo‘ldi. – Malikxan (munozara) 15:32, 22-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]
Yaxshi. Nataev munozara 04:54, 23-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]

Ovoz berish

Ushbu maqolani TM qilish uchun ovoz berishda ishtirok eting! – MALIKXAN munozara 15:32, 22-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]

Shoshmang, shoshmang. Maqolada mualliflik huquqlari buzilgan. Bu jiddiy muammo. TM u yoqda tursin, maqolani oʻchirishni taklif qilaman. Nataev munozara 04:53, 23-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]

tez o'chirish sababi

salom! marcel proust maqolasida nima uchun tez o'chirish belgisini urdingiz? Changez36 (munozara) 06:53, 23-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]

Qarang. Nataev munozara 08:02, 23-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]

Ko‘chirish

Salom! Kapitan Amerika (Marvel Comics) nomli maqolani "Kapitan Amerika"ga ko‘chira olasizmi? Men ko‘chira olmadim. Bunday nomli sahifa mavjud ekan. Fikrimcha, shu nomli sahifani o‘chirib, keyin ko‘chirish kerak. – Malikxan (munozara) 09:04, 11-Mart 2019 (UTC)[javob berish]

Koʻchirdim. Nataev munozara 10:42, 11-Mart 2019 (UTC)[javob berish]
Rahmat! – Malikxan (munozara) 14:23, 11-Mart 2019 (UTC)[javob berish]
Bemalol! Nataev munozara 03:57, 12-Mart 2019 (UTC)[javob berish]

Salom. Meni tasdiqlangan foydalanuvchilar roʼyhatiga qoʼshishingizni soʼrayman...

Assalomu alaykum Nodir aka. Meni tasdiqlangan foydalanuvchilar roʼyhatiga qoʼshishingizni soʼrayman.S(uz)ak (munozara) 17:49, 21-Mart 2019 (UTC)[javob berish]

Salom! Bajarildi. Charchamang. Nataev munozara 03:27, 22-Mart 2019 (UTC)[javob berish]

Yangi sahifalarni tekshirish

Salom Nodir Ataev! Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin. Shu kunlarda juda ko'p sahifalar yaratildi. Ularni patrullashga ulgurolmayapman, yordamlashib yuboring. Sababi - Vikipediya tez-tez bloklanyapti, ishim ko'pligi uchun ham ulgurolmayapman. Umarxon III (munozara) 15:51, 22-Mart 2019 (UTC).[javob berish]

Xayrli kun! Qoʻlgan kelganicha tekshiravering, men ham shunday qilaman. Https bilan ham ochish muammo boʻlyaptimi? Nataev munozara 10:10, 23-Mart 2019 (UTC)[javob berish]

Hello? Can I ask for that page to be deleted? The user has requested it on Meta m:Steward_requests/Miscellaneous#List_1:_unused_redirects. Deleted per reason "author request". Thank you.Aldnonymous --(munozara) 16:10, 21-Aprel 2019 (UTC)[javob berish]

Also if possible, please also delete my Foydalanuvchi:Aldnonymous userpage. Thank you.--Aldnonymous (munozara) 16:11, 21-Aprel 2019 (UTC)[javob berish]
Done. Nataev munozara 04:21, 22-Aprel 2019 (UTC)[javob berish]

Yangiliklar

Xayrli kun! Nima uchun men qo‘shgan tahrirni bekor qilib, Andoza:Yangiliklar sahifasini himoyaladingiz? – Malikxan (munozara) 09:43, 5-May 2019 (UTC)[javob berish]

Har safar notoʻgʻri maʼlumot kiritganingiz uchun. Hamma koʻradigan bosh sahifada faqat toʻgʻri maʼlumot boʻlishi kerak. Boening qulagani yoʻq. Qoʻnib, polosadan chiqib ketib, daryoga tushgan. Fell - quladi, skids off runway - polosadan chiqib ketdi. Yer bilan osmoncha farq bor. Nataev munozara 10:48, 5-May 2019 (UTC)[javob berish]
Men Kun.uz saytidagi maʼlumot asosida yozgan edim. U yerda daryoga quladi deb berilgan edi. Men qilgan tahrirda esa daryo so‘zi qolib ketibdi. Kechirasiz, endilikda eʼtiborsizlik qilmayman. Ammo yangiliklar sahifasini bloklab, xato qildingiz. Endilikda bu Andoza:Yangiliklar sahifasi kamida bir yil tahrirlanmaydi. Chunki, ushbu sahifa administratorlar tomonidan tahrir qilinmaydi desak ham bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham, ushbu sahifani blokdan chiqarishingizni so‘rayman. – Malikxan (munozara) 15:07, 5-May 2019 (UTC)[javob berish]
Hech chatogʻi yoʻq. Notoʻgri maʼlumotdan eski maʼlumot yaxshi. Adminlar vaqtiga qarab yangilayveradi. Umarxon III, siz nima deysiz? Nataev munozara 04:25, 7-May 2019 (UTC)[javob berish]
Siz har kuni yangilaysiz deb umid qilaman. – Malikxan (munozara) 02:02, 8-May 2019 (UTC)[javob berish]
Hatto inglizcha Vikipediyada ham har kuni yangilanmaydi. Nataev munozara 04:19, 8-May 2019 (UTC)[javob berish]
Har kuni bo‘lmasa ham, Andoza:Yangiliklar sahifasiga, hech bo‘lmasa uch-to‘rt kunda yangilik qo‘shing. Hamma koʻradigan bosh sahifaga ko‘p maʼlumotlar qo‘shsangiz yaxshi emasmi? Ko‘plab maʼlumotlar qo‘shishingizga tilakdoshman! – Malikxan (munozara) 16:08, 8-May 2019 (UTC)[javob berish]
Boshqa adminlarimiz ham bor. Hamma imkoniyatiga qarab hissa qoʻshadi. Nataev munozara 08:22, 9-May 2019 (UTC)[javob berish]
Odatda, yangiliklar sahifasida 4 ta yangilik bo‘ladi. Fikrimcha, 5 ta emas 4 ta bo‘lgani yaxshi. – Malikxan (munozara) 14:43, 9-May 2019 (UTC)[javob berish]
U qanaqa ahmoqona qoida? Endi eshitishim. Nataev munozara 06:09, 10-May 2019 (UTC)[javob berish]
Bu ahmoqonami yoki ahmoqona emasmi, buni bilmadim-u, Ingliz Vikipediyasida shunday. – Malikxan (munozara) 15:11, 10-May 2019 (UTC)[javob berish]
Ruslarda va boshqa vikilarda esa unday emas. Nataev munozara 07:23, 12-May 2019 (UTC)[javob berish]

Maqola bo'yicha so'rov

[| Ushbu] sahifani munozarasini koʻrib chiqsangiz. Iltimos Nataev;Gayrat98 (munozara) 05:38, 15-May 2019 (UTC)[javob berish]

Maqola munozrasida yozish kifoya. Kuzatib boraman. Nataev munozara 06:14, 15-May 2019 (UTC)[javob berish]

Faylni muallifi rozi boʻlsa-ku, qanday qilib mualliflik huquqini tasdiqlasangiz boʻladi?

Salom, Nataev. Men [| Ushbu] faylning muallifidan huquqni oldim. Buni qanday tasdiqlasa boʻladi? Oʻzining pochtasi orqali Vikimediyaga qandaydur xat joʻnatishi lozimmi? Iltimos aniqroq qilib tushuntirib bersangiz (kelajakda bunday xatolarni bartaraf etish uchun)Gayrat98 (munozara) 05:48, 17-May 2019 (UTC)[javob berish]

Qarang. Ammo buni boshlashdan avval suratning originalini topish kerak. EXIF maʼlumoti bor. Yaʼni, toʻgʻridan-toʻgʻri kameradan olingan versiyasini. Nataev munozara 05:31, 18-May 2019 (UTC)[javob berish]

Desktop versiyadagi Vikipediya logotipi boʻyicha...

Qozoq Vikipediyasidagi logotipni koʻrib ochigʻi havasim keldi... Shuning uchun ushbu mavzuda logotipni oʻzgartirish haqida gʻoyani ilgari surmoqchi edim... Nima deysiz?Gayrat98 (munozara) 06:58, 17-May 2019 (UTC)[javob berish]

Qilinadigan boshqa ish koʻp. Taklif boʻlsa, bemalol tayyorlashingiz mumkin. Birga koʻrib chiqamiz. Nataev munozara 05:32, 18-May 2019 (UTC)[javob berish]

Yomon mushuk Şerafettin

Xayrli kun! Siz nima uchun Yomon mushuk Şerafettin sahifasini o‘chirdingiz. O‘chirish sababi – Google Translate deb yozibsiz. Ushbu sahifada Google Translate'dan foydalanilgan so‘z bor edimi? – Malikxan (munozara) 11:03, 18-May 2019 (UTC)[javob berish]

Hozirgi versiyasi ham chala oʻzbekchada yozilgan. "2016-yil Turkiyaning Mehmet Kurtuluş[2] va Ayşe Ünal[3] tomonidan ishlangan". Nataev munozara 04:53, 19-May 2019 (UTC)[javob berish]
Sizga hech tushuntirib bo‘lmas ekan. Qarang: Turkiyaning Mehmet Kurtuluş va Ayşe Ünal tomonidan ishlangan filmi. Yaʼni bu yerda Turkiyaning filmi deb Turkiyada ishlab chiqarilgan film tushuniladi. – Malikxan (munozara) 05:07, 19-May 2019 (UTC)[javob berish]
Boʻlmagan gap. Oʻzbek tilini chindan bilgan odamdan soʻrab koʻring. „Turkiyaning filmi“ emas, „turk filmi“ yoki „Turkiyada ishlangna film“ deyish mumkin. „Turkiyalik rejissorlar a va b tomonidan ishlangan film“ deyish mumkin. Menga aql oʻrgatmang. Tarjima qilib pul topaman. Chalasavod boʻlganimda, hech kim men bilan ishlashmasdi. Nataev munozara 05:15, 19-May 2019 (UTC)[javob berish]
Turk filmi, Turkiya filmi so`zlarida "-ning" qo`shimchasi tushib qolgan. O`zbek tilida bu normal hisoblanadi. Manba ham keltirishim mumkin - Xusinboy Bekchanov (munozara) 05:27, 19-May 2019 (UTC).[javob berish]
Mana: http://atelim.com/n-turniyozov-a-rahimov-ozbek-tili.html?part=10 - Xusinboy Bekchanov (munozara) 06:28, 19-May 2019 (UTC).[javob berish]
@Nataev: Men sizga aql o‘rgatmayapman, janob aqlli. Turkiyaning filmida xato yo‘q. „Chalasavod boʻlganimda, hech kim men bilan ishlashmasdi“, ushbu gapda "ishlashmasdi" emas ishlamasdi yoki ishlamas edi bo‘ladi. Keyin „Turkiyada ishlangna film“ emas, „Turkiyada ishlangan film“ bo‘ladi. – Malikxan (munozara) 06:57, 19-May 2019 (UTC)[javob berish]
Xusinboy aka, aynan shu „tushib qolgan“ versiya standartga aylangan. Malikxan, yana aql oʻrgatmoqchi boʻldingiz, ammo oʻxshamay qoldi. Tilni chindan yaxshi bilmasligingizga amin boʻldim. Typolarga kelsak, shoshib yozganda hamma, jumladan, siz ham bunday xatolarga yoʻl qoʻyasiz. Nataev munozara 08:32, 19-May 2019 (UTC)[javob berish]
O‘zbek tilini sizdan yaxshi bilaman. Sizning amin bo‘lishingiz yoki bo‘lmasligingiz hech narsani hal qilmaydi. Amin bo‘lasizmi yoki bo‘lmaysizmi, buni o‘zingiz bilasiz. Keyin tushib qolgan versiyaga kelsak, standartga aylangan bo‘lsa ham ning qo‘shimchasi qo‘shilishi noto‘g‘ri emas. Fikrimcha, sizning o‘zbek tilini yaxshi bilishingizga shubham bor. – Malikxan (munozara) 08:41, 19-May 2019 (UTC)[javob berish]
„Sizdan yaxshi bilaman“ — bu gap aqlli odamdan chiqmaydi. Hech kim „Kapitanning qizi“ demaydi. Oʻzbek tilini juda yaxshi bilishingizga kelsak, mana bu jumlani koʻrib chiqamiz: „Bolt, 2008-yil Amerikaning Walt Disney Animation Studios tomonidan ishlab chiqarilgan“. „Amerikaning XYZ SHIRKATI/STUDIYASI/FALONI tomonidan ishlab chiqarilgan“ boʻladi. „Oʻzbekistonning Artel Group tomonidan ishlab chiqarilgan“ degan jumlada maʼno yoʻq. „Fikrimcha, sizning o‘zbek tilini yaxshi bilishingizga shubham bor“. Bir gapda ham „fikrimcha“, ham „shubham bor“ deyilmaydi. Nataev munozara 08:48, 19-May 2019 (UTC)[javob berish]
Hurmatli, bilimdon! Menga aql oʻrgatmang. "Oʻzbekistonning Artel Group tomonidan ishlab chiqarilgan" degan jumlada maʼno bor. Qarang: Oʻzbekistonning Artel Group tomonidan ishlab chiqarilgan mahsuloti. Yana takrorlayman, ning qo‘shimchasi qo‘shilishi noto‘g‘ri emas. – Malikxan (munozara) 10:34, 19-May 2019 (UTC)[javob berish]
-ning ishlatilganidan keyingi ot birikmasida egalik qoʻshimchasi boʻlishi kerak. „Oʻzbekistonning Artel Groupi“ yoki „Oʻzbekistonning Artel Group shirkati“. Xullas, buni tushunishga qurbingiz yetmaydi. Munozara sahifamni axlat bilan toʻldirishni bas qiling. Nataev munozara 12:57, 19-May 2019 (UTC)[javob berish]
Tushunishga sizning qurbingiz yetmaydi. Ey inson, men egalik qo‘shimchasini qo‘shganman: Oʻzbekistonning Artel Group tomonidan ishlab chiqarilgan mahsuloti. Yana o‘zbek tilini yaxshi bilaman deb maqtanasiz. Munozara sahifani to‘ldirishimga kelsak, aslida, munozara sahifangizni o‘zingiz axlat bilan to‘ldiryapsiz. Shuning uchun mavzuni yopganingiz maʼqul. – Malikxan (munozara) 14:44, 19-May 2019 (UTC)[javob berish]
Meni tushunmadingiz, tushuna olmaysiz ham. Takrorlayman, munozara sahifamni axlat bilan toʻldirishni, uni bir marta emas, bir necha martalab tahrir qilishni bas qiling. P.S. „deb“ bilan vergul ishlatiladi, bilagʻon. Nataev munozara 03:23, 20-May 2019 (UTC)[javob berish]
Yaxshi. Siz aytganingizcha bo‘la qolsin. – Malikxan (munozara) 08:22, 20-May 2019 (UTC)[javob berish]

Vikipediya maxsus sahifalari boʻyicha soʻrov.

Oʻzbek vikipediyasida Ushbu sahifaga o'xshagan oʻzbek vikisida maqola mavjudmi? Mavjud boʻlsa ushbu sahifaga qoʻshsak...Gayrat98 (munozara) 11:30, 20-May 2019 (UTC)[javob berish]