Kinostudiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: i.ch. → ishlab chiqarish (4) using AWB
k Malikxan Kinostudiya sahifasini Film studiyaga koʻchirdi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
(Farq yoʻq)

12-May 2019, 02:38 dagi koʻrinishi

Kinostudiya (kino... va ital. studio — oʻrganish) — kinofilmlar ishlab chiqaruvchi korxona. K. badiiy-ijodiy va texnik ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtiradi. Qanday film chiqarishiga qarab badiiy, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop, oʻquv K.si, multiplikatsiyey filmlar K.siga ajraladi. K.ning tashkiliy toʻzilishi ishlab chiqariladigan filmlarga, ishlab chiqarish hajmiga, texnik jihozlarga bogʻliq. Film ishlab chiqarish 4 bosqichdan iborat: 1) ssenariy tayyorlash; 2) suratga olish uchun tayyorgarlik (suratga olish joyini, aktyorlarni tanlash, deqoratsiya, kiyim tayyorlash, kinoproba va repetitsiya oʻtkazish, film ishlab chiqarish rejasini toʻzish); 3) suratga olish. Bu eng masʼuliyatli va sermehnat bosqich boʻlib, K. pavilonida va tabiat quchogʻida amalga oshiriladi; 4) filmni montaj qilish, oʻnga ovoz berish, musiqa yozish va qayta ovoz berish.

Suratga oluvchi guruh asosiy ijodiy boʻgʻin boʻlib, film yaratish davrida barcha ijodiy va boshqa xodimlarni oʻz atrofida uyushtiradi. Suratga olishda badiiyijodiy guruh faoliyatiga film direktori rahbarlik qiladi.

Oʻzbekistonda "Oʻzbekfilm", "Oʻzbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasi", "Dostonfilm", "Yogʻdu", "Imon", "Inson", "Samarqandfilm", "Shod", "Yulduz" va boshqa K.lar, "Nashtar" hajviy kinojurnali, shuningdek, Oʻzteleradio qoshida "Oʻzbektelefilm" faoliyat koʻrsatmokda.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil