Lohur: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t.y. → temir yoʻl, 0 y. → 0 yil (2), -a.da → -asrda (4), i.ch. → ishlab chiqarish using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 12: Qator 12:
{{manbalar}}
{{manbalar}}


{{no iwiki}}
{{OʻzME}}

{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->


{{stub}}
{{stub}}

8-May 2019, 08:51 dagi koʻrinishi

Lohur — Pokistonning shim.sharqiy qismidagi shahar. Ravi daryosining chap sohilida. Panjob viloyatining maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Kattaligi va iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Karochi shahridan keyin 2-oʻrinda. Aholisi 5,1 mln. kishi (1998).

L. milod boshlarida bunyod etilgan. 10-asrda hind rojaligining markazi. 11-asr boshida Mahmud Gʻaznaviy hukmronligi ostiga oʻtgan. 1099—1114 va 1153—86 yillarda Gʻaznaviylar davlatining poytaxti boʻlgan. 1240 yilda moʻgʻullar, 1342 va 1398 yillarda xoxorlar, 1398 yilda Amir Temur askarlari egallagan. Dehli sultonligi va Boburiylar saltanatida Panjob noibligining markazi. 16—17-asrlarda Boburiylarning muvaqqat qarorgohi, 18-asrda Nodirshoh va Ahmadshoh Durroniy qoʻl ostida boʻlgan. 1799—1849 yillarda sekxlar davlati, 1849—1947 yillarda ingliz mustamlakachilariga tobe boʻlgan. 1947—55 yillarda Panjob provinsiyasining , 1955—70 yillarda Lohur viloyati va Gʻarbiy Pokistonning , 1970 yil iyuldan Panjob viloyatining maʼmuriy markazi.

L. — transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Pokistonning savdo-moliya va diniy markazi. L. va unga yoʻldosh shaharlarda toʻqimachilik (ip va jun gazlamalar, shoyi), oziq-ovqat, rezina-texnika, koʻnpoyabzal, metallurgiya, me-tallsozlik va mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, transport jihozlari, nasoslar va elektrotexnika buyumlari ishlab chiqarish), oyna-shisha korxonalari, temir yoʻl ustaxonalari, issiklik elektr st-yasi, gugurt f-kasi mavjud. L. — hunarmandchilik (oltin va kumush buyumlar tay-yorlash, gilam toʻqish, kashtachilik va naqqoshlik)ning qad. markazi.

Panjob unti (1882 yildan), muhandislik-texnologiya universiteti, Sanʼat milliy kolleji, Markaziy muzey, Sanʼat va savdo muzeyi, Texnologiya muzeyi, Lohur qalʼasi muzeyi (Boburiylar davriga oid) va boshqa muzeylar, shahar chetida Shalimor bogʻi, Jaqongir maq-barasi (1626) bor.

L.da meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa (1570), Jahongir saroyi (1617), Marvarid masjid (1645), Vazirxon masjidi (1634), Oltin masjid (1753), universitet binosi va boshqa saqlangan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil