Marilyn Manson (guruh): Versiyalar orasidagi farq
Tahrir izohi yoʻq |
|||
Qator 228: | Qator 228: | ||
;Hozirgi aʼzolari |
;Hozirgi aʼzolari |
||
* [[Marilyn Manson]] – vokal, gitara, klavishlar, tamburin, saksofon, Pan fleytasi <small>(1989–hozirgacha)</small> |
* [[Marilyn Manson]] – vokal, gitara, klavishlar, tamburin, saksofon, Pan fleytasi <small>(1989–hozirgacha)</small> |
||
⚫ | |||
⚫ | |||
;Tur aʼzolari |
;Tur aʼzolari |
||
Qator 250: | Qator 248: | ||
* [[Fred Sablan]] – bas gitara <small>(2010–2014)</small> |
* [[Fred Sablan]] – bas gitara <small>(2010–2014)</small> |
||
* [[Twiggy Ramirez]] – bas gitara <small>(1993–2002; 2008–2009)</small>; gitara <small>(2009–2013)</small> |
* [[Twiggy Ramirez]] – bas gitara <small>(1993–2002; 2008–2009)</small>; gitara <small>(2009–2013)</small> |
||
⚫ | |||
⚫ | |||
;Sobiq tur aʼzolari |
;Sobiq tur aʼzolari |
21-Aprel 2019, 08:28 dagi koʻrinishi
Marilyn Manson | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Fort Lauderdale, Florida |
Mamlakat | AQSh |
Faoliyat yillari | 1989-bugun |
Janr |
Industrial metal Alternative metal Heavy metal |
Leybl | Cooking Vinyl, Nothing Records, Interscope Records |
Tarkib |
Marilyn Manson Twiggy Ramirez Tyler Bates Gil Sharone |
Sobiq aʼzolar |
Daisy Berkowitz Olivia Newton Bundy Zsa Zsa Speck Madonna Wayne Gacy Gidget Gein Sara Lee Lucas Ginger Fish Zim Zum John 5 Tim Sköld Chris Vrenna Fred Sablan |
Vebsayt | www.marilynmanson.com |
Marilyn Manson (talaffuzi: Merilin Menson) — AQSHda tashkil topgan rock musiqa guruhi. Guruhga 1989-yil Marilyn Manson va Daisy Berkowitz (asl ismi Scott Putesky) Florida shtatining Fort Lauderdale shahrida asos solishgan. Guruhning ilk nomi Marilyn Manson & the Spooky Kids boʻlgan. 1990-yillarning boshlarida faqat Amerikada tanilgan guruh keyinchalik butun dunyoda shuhrat qozondi.
Guruhga asos solinganidan beri uning aʼzolari koʻp marta oʻzgardi. Guruh nomi bilan bir xil ismli Manson musiqiy gurhuhning yagona oʻgarmas aʼzosidir. 1996-yilgacha guruh aʼzolarining ismlari mashhur ayol seks ramzlari ismi bilan serial qotillarning familiyasini birlashtirib yasalgan. Masalan, Marilyn Manson Marilyn Monroe hamda Charles Manson ism-sharifining birlashmasidir.
Guruhning toʻrt albomi bir necha marta platinum, ikki albomi gold sertifikatlarini olgan.[1][2] VH1 musiqa telekanali Marilyn Manson guruhini oʻzining 100 Great Artists of Hard Rock roʻyxatida 78-eng yaxshi rock guruh deb topgan.[3] Shu kungacha Marilyn Mansonning 50 milliondan oshiq audioyozuvi sotilgan.[4][5][6][7] BBC muxbiri fikricha, Marilyn Manson aksariyat oʻzbek gotlari uchun sanamdir.[8]
Guruh tarixi
Tashkil topishi
Guruh ijod qilishni 1989-yil Marilyn Manson & the Spooky Kids nomi bilan boshladi. Guruhning ilk tarkibini Marilyn Manson (vokal) Daisy Berkowitz (gitara), Olivia Newton Bundy (bas gitara), va Zsa Zsa Speck (klavishli asboblar) tashkil qilgan. Keyinchalik guruhga Pogo laqabi ostida ijod qilgan klaviyachi Madonna Wayne Gacy va bas gitarachi Gidget Gein qoʻshiladi. Bu tarkib bilan demo albom yozadilar. 1991-yilda Sara Lee Lucas qoʻshiladi. Guruhning asosiy maqsadi insonlarni hayron qoldirish edi. Konsertlarda qiziqarli kiyimlar kiyib, olovli tamoshalar namoyish qilar edilar. Guruh katta eʼtibor qozonadi. Nine Inch Nails guruhining asoschisi Trent Reznorni ham etiborini qozonadilar. Bunday keing Reznorning Nothing Records leybli bilan shartnoma tuzadilar.
Portrait of an American Family
Portrait of an American Family („Amerika oilasi tasviri“) albomini 1933-yilda yozib bitiradilar. Bu vaqtda Marilyn Manson bas gitarachi Gidget Geinning oʻrniga Twiggy Ramirezni oladi. Birinchi singl „Get Your Gunn“ („Qurolingni ol“) dan muxlislar mamnun boʻladilar. Guruh tanitim turnesiga chiqadi. Turnedan keyin Anton LaVey bilan uchrashgan Manson „muhtaram“ maʼnosini bildirgan va asosan rohiblarga beriladigan „Reverend“ unvonini oladi. Bir konsert paytida Sara Lee Lucasning barabanlarini yoqib yuborgan Manson uning oʻrniga guruhga Ginger Fishni oladi. 1995-yilda Smells Like Children nomli EPni chiqargan guruh, „Sweet Dreams“ („Shirin tushlar“) singllari bilan MTVda koʻp ekranga chiqadigan boʻldi va koʻpchilikni tashkil qilgan muxlislarga ega boʻldi.
Antichrist Superstar
Guruh, Mansonning aytishi boʻyicha, qiyomatni anglatuvchi Antichrist Superstar („Isoga qarshi super yulduz“) albomini yozishni boshlaydi. Lekin guruh aʼzolari orasida muammolar bor edi. Narkotik qabul qilishlari ham katta muammolarga sabab boʻlardi. Oʻsha paytlar Daisy Berkowitz guruhdan ketadi. Albomda gitarani asosan Twiggy Ramirez chaladi. Keyinchalik guruhga Zim Zum qoʻshiladi. 1996-yilda chiqarilgan albom va „The Beautiful People“ („Boyvachchalar“) singlining olib kelgan muvaffaqiyatlar bilan guruh katta turnega chiqadi. Guruhning mashhurligi ortishiga qaramasdan, qoʻshiqlarning soʻzlari va koʻrinishlari tufayli koʻp qarshiliklar koʻradilar.
Mechanical Animals
|
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
Mechanical Animals („Mexanik hayvonlar“) yangi albomiga tayyorgarliklar davom etarkan, Marilyn Manson filmlarda rol olishda davom etayotgan edi. Oʻz hayoti haqida „Long Hard Road Out Of Hell“ („Uzoq va qiyin doʻzaxdan chiqish yoʻli“) kitobini yozadi. Albom 1998-yilda chiqariladi. Albomdagi qoʻshiqlarni yozilishida Zim Zum qatnashsada, keyin guruhdan ketadi va uning oʻrniga John 5 keladi. 1999-yildagi turne paytlarida Columbine Litsey Qirg'ini yuz beradi. Marilyn Manson qotil oʻquvchilarga taʼsir koʻrsatgan model sifatida ayblandi. Bu sababdan turne oxirigacha davom etmadi va guruh uzoq vaqt sahnalardan uzoqroq turdi. Qirgʻin haqida guruhing keyingi albomida „The Nobodies“ („Hechkimlar“) qoʻshigʻi yoziladi.
Holy Wood
Uzoq vaqt jimjitlikda qolgan guruh 1999-yilda The Last Tour On Earth nomli konsert albomi chiqaradi. Marilyn Manson studiyaga qamalib yangi qoʻshiqlar ustida ish olib borayotgan edi. 2000-yilda Holy Wood (In The Shadow Of The Valley Of Death) (Muqaddas oʻrmon (Oʻlim Vodiysi soyasida)) chiqarildi. Manson bu albomda Columbine qirgʻinidan keyingi tuygʻularini bayon qiladi va Amerikaning madaniyatini tanqid qiladi. Albom tanqidchilar tarafida yoqtirilgan boʻlsada, uncha koʻp sotilmaydi.
The Golden Age Of Grotesque
Marilyn Manson Holy Wood albomi bilan miyasidagi ikkilanmani tugatdi. Yangi albomda 1930-yillarning taʼsirini koʻrsatish planlarida bor edi. Bu vaqtlarda bas gitarachi Twiggy Ramirez kelishmovchiliklar tufayli ketadi guruhdan va uning oʻrniga Tim Skold keladi. Tim Skold musiqiy janrlardan electronica janriga yaqinroq edi va u Marilyn Mansonning musiqiy tarziga biroz boʻlsa ham taʼsir koʻrsatadi. 2003-yilda chiqgan The Golden Age Of Grotesque (Groteskning oltin davri (grotesk: adabiyot va sanʼatda ortiq mubolagʻa bilan boʻrttirib tasvirlash uslubi va shunday uslubdagi asar)) albomi chartlarga kiradi. Turneda 1930-yillarga mos qiyofalar va tamoshalar bilan sahnaga chiqadilar. 2004-yilda guruh Lest We Forget nomli „best of“ (eng sara qoʻshiqlar toʻplami) chiqaradi. Best of albomidan keyin John 5 guruhdan ketadi.
Eat Me Drink Me
2007-yil 5-iyunda guruh yangi albomi Eat Me Drink Me (Ye meni, ich meni) ni chiqaradi. Manson ayoli Dita Von Teesedan ajrashadi. Shuning uchun albomida sevgi mavzusiga koʻp toʻxtaladi. Bu esa albomni boshqa albomlaridan ajratib turadi. Albomning boshqa farqli tarafi uni Marilyn Manson va Tim Skold hamkorligida yozilishi edi. Bu vaqtlarda Madonna Wayne Gacy guruhdan ketadi. Albomni yozish ishlari tugagandan keyin Chris Vrenna (klaviyalar) va Rob Holliday (bas gitara) guruhga olindilar. Guruh solisti Tim Skold esa gitaraga oʻtdi. Albom billboard roʻyxatlarida 8-oʻringa chiqdi.
The High End of Low
2009-yil 25-mayda guruhning The High End of Low (Pastning yuqori qismi) albomi chiqarildi. Bu albom Interscope Records leybli bilan chiqqan sonʼnggi albombdir. Albom Billboard 200da 4- oʻrinda debut qildi. Albomning rasmiy singllari „Arma-Goddamn-Motherfuckin-Geddon“ („armageddon“, „goddamn“ va „motherfucker“ soʻzlarining birlashmasi) va „Running to the Edge of the World“ („Dunyoning chekkasiga yugura“) qoʻshiqlaridir.
Born Villain
|
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
2012-yil 1-mayda guruhning Born Villain (Yovuz boʻlib tugʻilgan) albomi chiqarildi. Guruh aʼzolari yangi albomni ogʻirroq deb baholashdi. „No reflection“ („Hech qanaqa aks“) va „Slo-Mo-Tion“ („Sekinlashtirib suratga olish“) qoʻshiqlari singl sifatida chiqarildi.
The Pale Emperor
2015-yil 15-yanvarda The Pale Emperor (Rangi oʻchgan imperator) albomi sotuvga chiqdi. „Third Day of a Seven Day Binge“ (Yetti kunlik mayxoʻrlikning uchinchi kuni), „Deep Six“ („Chuqur olti“) hamda „Cupid Carries a Gun“ („Qurol koʻtargan sevgi tangrisi“) qoʻshiqlari singl sifatida chiqarildi.
Heaven Upside Down
2017-yil 6-okabrda Heaven Upside Down (Jannat teskari) albomi sotuvga chiqdi. „We Know Where You Fucking Live“ („Qayerda yashashingizni bilamiz“) hamda „Kill4Me“ („Men uchun oʻldir“) qoʻshiqlari singl oʻlaroq chiqarildi.
Guruh tarkibi
Xronologiya
Tarixi
- Hozirgi aʼzolari
- Marilyn Manson – vokal, gitara, klavishlar, tamburin, saksofon, Pan fleytasi (1989–hozirgacha)
- Tur aʼzolari
- Paul Wiley – ritm gitara, qoʻshimcha vokal, dasturlash (2014–hozirgacha)
- Juan Alderete – bas gitara (2017–hozirgacha)[9]
- Daniel Fox – klavishlar, dovul (2015–2017, 2017–hozirgacha)
- Sobiq aʼzolar
- Zsa Zsa Speck – klavishlar (1989–1990)
- Olivia Newton Bundy – bas gitara (1989–1990)
- Gidget Gein – bas gitara (1990–1993; died 2008)
- Sara Lee Lucas – barabanlar (1990–1995)
- Daisy Berkowitz – gitara (1989–1996; died 2017[10])
- Zim Zum – gitara (1996–1998)
- John 5 – gitaralar (1998–2004)
- Madonna Wayne Gacy – klavishlar, dasturlash, dovul (1990–2007)
- Tim Sköld – gitaralar, klavishlar (2006–2008), bas gitara, qoʻshimcha vokal (2002–2006)
- Ginger Fish – barabanlar (1995–2011)
- Chris Vrenna – klavishlar, dasturlash, dovul (2007–2011)
- Fred Sablan – bas gitara (2010–2014)
- Twiggy Ramirez – bas gitara (1993–2002; 2008–2009); gitara (2009–2013)
- Tyler Bates – gitara, qoʻshimcha vokal (2014–2015, 2015–2018)
- Gil Sharone – barabanlar (2014–2019)
- Sobiq tur aʼzolari
- Chris Vrenna – barabanlar (2004–2005)
- Mark Chaussee – gitara (2004–2005)
- Rob Holliday – gitara (2008), bas gitara, qoʻshimcha vokal (2007–2008)
- Wes Borland – gitara (2008)
- Andy Gerold – bas gitara (2009)
- Jason Sutter – barabanlar (2012–2013)
- Spencer Rollins – klavishlar, gitara (2013)
- Twiggy Ramirez – bas gitara (2014–2017)
Guruh aʼzolarining ismlari
1996-yilgacha guruh aʼzolarining ismlari mashhur ayol seks simvollarning ismi va serial qotillarning familiyasini birlashtirib yasalgan. Bundan maqsad Amerika jamiyati boʻlinishi ayanchli ekanligini koʻrstaish edi. Quyida guruh aʼzolari (avvalgi va hozirgi) ismlarining kelib chiqishi berilgan:
- Marilyn Manson: Mashhur Aktrisa Marilyn Monroe va 1960-yillarning mashhur qotili Charles Manson
- Madonna Wayne Gacy: Mashhur qoʻshiqchi Madonna va masxaraboz qiyofasidagi qotil John Wayne Gacy
- Ginger Fish: Raqqosa Ginger Rogers va kichik qizlar qotili Albert Fish
- Zsa Zsa Speck: Aktrisa Zsa Zsa Gabor va hamshira qotili Richard Speck
- Olivia Newton Bundy: Qoʻshiqchi Olivia Newton John va kichik qizlar qotili Theodore Bundy
- Gidget Gein: TV qahramoni Gidget va seriyali qotil Ed Gein
- Sara Lee Lucas: Mashhur Magazinlar Sara Lee va 108 kishi qotili Henry Lee Lucas
- Daisy Berkowitz: TV qahramoni Daisy Duke va „Samning oʻgʻli“ laqabli qotil David Berkowitz
- Zim Zum: Kaballa diniga koʻra „yaratilish“
- Twiggy Ramirez: Ingliz model Twiggy va oʻzi oʻldirgan kishilarni yegan qotil Richard Ramirez
Diskografiya
Studiyaviy albomlar:
1994 — Portrait of an American Family
1995 — Smells Like Children
1996 — Antichrist Superstar
1997 — Remix & Repent
1998 — Mechanical Animals
1999 — The Last Tour on Earth
2000 — Holy Wood (In the Shadow of the Valley of Death)
2003 — The Golden Age of Grotesque
2004 — Lest We Forget
2007 — Eat Me, Drink Me
2009 — The High End of Low
2012 — Born Villain
2015 — The Pale Emperor
2017 — Heaven Upside Down
Manbalar
- ↑ „Billboard 200: Week of June 23, 2007“. Billboard (2007-yil 23-iyun). Qaraldi: 2010-yil 30-avgust.
- ↑ Caulfield, Keith „Eminem Stays Atop Billboard 200; Grizzly Bear, Manson Debut Top 10“. Billboard (2009-yil 3-iyun). Qaraldi: 2010-yil 30-avgust.
- ↑ „Rock on the Net: VH1: 100 Greatest Hard Rock Artists“.
- ↑ „Marilyn Manson signs with Cooking Vinyl Records“. Blabbermouth.net (2010-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 1-iyul.
- ↑ „Marilyn Manson“. Soundwave Festival. Qaraldi: 2012-yil 1-iyul.
- ↑ „Marilyn Manson – Born Villain“. Drowned in Sound. Qaraldi: 2012-yil 1-iyul.
- ↑ http://www.amazon.com/Marilyn-Manson/e/B000APEA60/ref=ac_dpt_sa_bio/188-1123348-7255950
- ↑ Diloram Ibrahimova.. „The last goths of Tashkent“ (20-avgust 2012). Qaraldi: 6-mart. „Marilyn Manson is an icon for many Uzbek goths“.
- ↑ Fu, Eddie „The Mars Volta’s Juan Alderete is Marilyn Manson’s new bassist“. Consequence of Sound (2017-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
- ↑ Conde, Chris. „Founding Marilyn Manson Band Member Has Died“. San Antonio Current (2017-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 23-oktyabr.
Havolalar
Vikiomborda Marilyn Manson (guruh) haqida turkum mavjud |
- Rasmiy vebsayt (ingl.)
- Marilyn Manson & the Spooky Kids vebsayti (ingl.)
- Rasmiy Marilyn Manson ensiklopediyasi (ingl.)
- Marilyn Manson aforizmlari toʻplami (ingl.)