Andalusiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 6: Qator 6:
|gerb = Escudo de Andalucía (oficial2).svg
|gerb = Escudo de Andalucía (oficial2).svg
|bayroq = Flag of Andalucía.svg
|bayroq = Flag of Andalucía.svg
|lat_dir = N |lat_deg = 37 |lat_min = 23 |lat_sec =
|lon_dir = W |lon_deg = 5 |lon_min = 59 |lon_sec =
|rasmiy til = [[Ispan tili|Ispancha]]
|rasmiy til = [[Ispan tili|Ispancha]]
|aholi = 8,388,107
|aholi = 8,388,107

20-Mart 2019, 07:19 dagi koʻrinishi

Andalusiya
Avtonom Jamoat
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
37°23′0″N 5°59′0″W / 37.38333°N 5.98333°W / 37.38333; -5.98333 G OKoordinatalari: 37°23′0″N 5°59′0″W / 37.38333°N 5.98333°W / 37.38333; -5.98333 G O
Mamlakat Ispaniya
Maydon 87,268 km2 (33,694 mi²)
Rasmiy til(lar)i Ispancha
Aholisi
 (2016)
8,388,107
Zichligi 96 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Andalusiya xaritada
Andalusiya
Andalusiya

Andalusiya (isp. Andalucía) Ispaniyaning janubiy, eng seraholi viloyati, avtonom jamoatdir. Markazi – Sevilla shahri. Aholisi – 8 424 102 kishi. Maydoni – 87 268 km2.

Ma’muriy jihatdan 8 provinsiya – Al-meriya, Granada, Kadis, Kordova, Malaga, Sevilya, Uelva, Xaenga bo‘linadi. Eng yirik portlari: Sevilya, Kordova (Qurtuba), Malaga, Kadis. Yevropaning eng janubiy nuqtasi – Marroki burni Andalusiya janubiy-g‘arbda Atlantika okeani (Kadis qo‘ltig‘i), janubi-sharqda O‘rta dengiz bilan o‘ralgan, janubida Gibraltar bo‘g‘ozi uni Afrika qitasidan ajratib turadi. Gvadalkvivir daryosi havzasidagi Andalusiya pasttekisligi viloyat hududining aksari qismini egallagan. Pirenei yarim orolning eng baland nuqtasi – Mulasen cho‘qqisi (3478 m) Andalusiyada joylashgan. Tog‘lar doim yashil o‘rmon va butazorlar bilan qoplangan. Andalusiyada asosan, g‘alla, paxta, dukkaklilar, shakarqamish, zaytun mevasi va zaytun moyi, sitrus mevalar (apelsin) hamda uzum yetishtiriladi. Qo‘y, qoramol (korrida o‘yinlari uchun buqa), yilqi boqiladi, baliq ovlanadi, dengizdan tuz olinadi.Yalpi mahsulot qiymatining 1/5 qismi sanoatga to‘g‘ri keladi. Andalusiyada poli-metall rudalari, temir ruda, toshko‘mir konlari bor. Ishlab beruvchi sanoat tarmoqlaridan tashqari rangli metallurgiya, mashinasozlik (jumladan ke-masozlik), to‘qimachilik, kimyo, neft, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Malaga shahri kurort rayonining markazi sifatida mashhur. Andalusiya nomining kelib chiqishi aniqlan-magan. Arablar 8-asr avvalida Pireney yarim orol katta qismini egallagach, o‘sha joylarni Andalusiya (al-Andalus) deb ataganlar. Andalusiyada qadimda iberlar yashagan. Andalusiyada finikiyaliklarning manzilgohlari (koloniyalari) [Gades (Kadis), Korduba (Kordova), Malaka (Malaga) va boshqa], so‘ngra karfagenliklarning manzilgohlari bo‘lgan. Ispaniyada Rim hukmronligi davrida A. Betika (Rim provinsiyasi) hududiga kirgan. Arablar hukmronligi o‘rnatilgan davrda Andalusiya 4 ta qirollik (amirlik) – Xaen, Kurtuba, Sevilya, G‘arnataga bo‘lingan. 13-asrda rekonkista jarayonida A. arablardan tortib olingan (G‘arnatadan tashqari). 1492 yil G‘arnata egallanishi bilan Andalusiya to‘la-to‘kis Kastiliya va Aragon qirolligiga qo‘shib olingan. A.ning keyingi tarixi Ispaniya tarixi bilan uyg‘unlashib ketgan. Granada, Kordova, Malaga, Sevilya shaharlarida Rim davri, arab madaniyati va Uyg‘onish davrining tarixiy yodgorliklari saqlangan.[1]

Havolalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil