Vodil: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
→‎Tabiati: Havola(lar) qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 63: Qator 63:
Hududi viloyatning [[janub|janubiy]] qismida, [[Pomir-Olay togʻlari|Pomir Olay togʻlari]] etaklarida joylashgan. [[Relyef]]i janubida [[qir]][[adirlar]] (Xontaxt, Sariquchma, Kattakam, Kichikkam, Nomozgoʻy, Xirmonjoy) bilan band.[[Togʻlar]]dan [[Margʻilonsoy|Marg'ilonsoy]], Arabsoy, [[Oltiariqsoy]], Chimyonsoy oqib tushadi. Vodil asosan, [[tekislik (maydon)|tekislik]]dan iborat. [[Foydali qazilmalar]]dan [[neft]], [[tabiiy gaz]], [[ohaktoshlar|ohaktosh]], [[marmar]], hamda so'ngi yillarda aniqlangan juda katta yer osti [[ko'mir]] boyligi bor. [[Mineral suvlar|Mineral]] [[buloqlar|buloq]] koʻp. [[Iqlim|Iklim]]i [[kontinental iqlim|kontinental]]. [[Yanvar|Yanv.]]ning oʻrtacha [[temperatura]]si —2,7°, eng past temperatura —27°. [[Iyul]]ning oʻrtacha temperaturasi 26,4°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik [[yogʻinlar|yogʻin]] [[miqdor]]i 174 mm. [[Vegetatsiya davri]] 240 [[kun]].
Hududi viloyatning [[janub|janubiy]] qismida, [[Pomir-Olay togʻlari|Pomir Olay togʻlari]] etaklarida joylashgan. [[Relyef]]i janubida [[qir]][[adirlar]] (Xontaxt, Sariquchma, Kattakam, Kichikkam, Nomozgoʻy, Xirmonjoy) bilan band.[[Togʻlar]]dan [[Margʻilonsoy|Marg'ilonsoy]], Arabsoy, [[Oltiariqsoy]], Chimyonsoy oqib tushadi. Vodil asosan, [[tekislik (maydon)|tekislik]]dan iborat. [[Foydali qazilmalar]]dan [[neft]], [[tabiiy gaz]], [[ohaktoshlar|ohaktosh]], [[marmar]], hamda so'ngi yillarda aniqlangan juda katta yer osti [[ko'mir]] boyligi bor. [[Mineral suvlar|Mineral]] [[buloqlar|buloq]] koʻp. [[Iqlim|Iklim]]i [[kontinental iqlim|kontinental]]. [[Yanvar|Yanv.]]ning oʻrtacha [[temperatura]]si —2,7°, eng past temperatura —27°. [[Iyul]]ning oʻrtacha temperaturasi 26,4°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik [[yogʻinlar|yogʻin]] [[miqdor]]i 174 mm. [[Vegetatsiya davri]] 240 [[kun]].


[[Tuproq]]lari, asosan, [[boʻz-oʻtloqi tuproq|oʻtloqi boʻz tuproq]]. Yovvoyi [[oʻsimliklar]]dan [[shuvoq]], [[yantoq]], qovul, [[yalpiz]], [[changal]], [[lolaqizgʻaldoq]], [[bangidevona]], [[ajriq]], ituzum, [[itqoʻnoq]], burgan, [[boʻztikan]], [[otquloq]], [[ayiqtovonlar|ayiqtovon]], qoʻzgʻa, [[qamish]], [[doʻlana]], [[shoʻra]] va boshqalar usadi. Yovvoyi [[hayvonlar]]dan [[boʻri]], [[chiyaboʻri]], [[tulki]], [[sugʻurlar|sugʻur]], [[quyon (hayvon)|quyon]], [[jayran]], [[qobon]], [[jayralar|jayra]], [[yumronqoziq]], [[kalamushlar|kalamush]], har xil [[ilonlar]], [[echkemarsimonlar|echkemar]], [[sichqon]]; [[qushlar]]dan [[kaklik]], [[bedana]], [[bulbul]], [[oʻrdak]], [[gʻoz]], [[kaptarlar|kaptar]], [[laylaklar|laylak]], [[musicha]], [[chumchuq]], [[qaldirgʻochlar|qaldirgʻoch]], [[mayna]], [[zagʻizgʻon]], [[olaqargʻa]], [[sorlar|sor]], [[qirgʻiylar|qirgʻiy]], [[qizilishtonlar|qizilishton]], [[toʻrgʻay]], [[zargʻaldoq]], [[qarqunoqlar|qarqunoq]], [[boyoʻgʻli]] va boshqalar qushlar bor.
[[Tuproq]]lari, asosan, [[boʻz-oʻtloqi tuproq|oʻtloqi boʻz tuproq]]. Yovvoyi [[oʻsimliklar]]dan [[shuvoq]], [[yantoq]], qovul, [[yalpiz]], [[changal]], [[lolaqizgʻaldoq]], [[bangidevona]], [[ajriq]], ituzum, [[itqoʻnoq]], burgan, [[boʻztikan]], [[otquloq]], [[ayiqtovonlar|ayiqtovon]], qoʻzgʻa, [[qamish]], [[doʻlana]], [[shoʻra]] va boshqalar usadi. Yovvoyi [[hayvonlar]]dan [[boʻri]],[[ilvirs]], [[chiyaboʻri]], [[tulki]], [[sugʻurlar|sugʻur]], [[quyon (hayvon)|quyon]], [[jayran]], [[qobon]], [[jayralar|jayra]], [[yumronqoziq]], [[kalamushlar|kalamush]], har xil [[ilonlar]], [[echkemarsimonlar|echkemar]], [[sichqon]]; [[qushlar]]dan [[kaklik]], [[bedana]], [[bulbul]], [[oʻrdak]], [[gʻoz]], [[kaptarlar|kaptar]], [[laylaklar|laylak]], [[musicha]], [[chumchuq]], [[qaldirgʻochlar|qaldirgʻoch]], [[mayna]], [[zagʻizgʻon]], [[olaqargʻa]], [[sorlar|sor]], [[qirgʻiylar|qirgʻiy]], [[qizilishtonlar|qizilishton]], [[toʻrgʻay]], [[zargʻaldoq]], [[qarqunoqlar|qarqunoq]], [[boyoʻgʻli]] va boshqalar qushlar bor.


== Aholisi ==
== Aholisi ==

26-Fevral 2019, 18:17 dagi koʻrinishi

Vodil
shaharcha
40°10′34″N 71°43′25″E / 40.17611°N 71.72361°E / 40.17611; 71.72361 G OKoordinatalari: 40°10′34″N 71°43′25″E / 40.17611°N 71.72361°E / 40.17611; 71.72361 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Fargʻona tumani
Hukumat
Avvalgi nomlari Voh dil
Aholisi
 (2016)
80 400
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 73 352
Avtomobil kodi 40
Vodil xaritada
Vodil
Vodil

VodilFargʻona viloyatidagi qishloq. Fargʻona tumani markazi. Shohimardonsoy boʻyida joylashgan. Maydoni 0,62 ming km². Aholisi 80400 kishi (2016). Yaqin temir yoʻl stansiyasiFargʻona (25 km). Tumanda 1 shaharcha (Chimyon), 13 fuqarolar yigʻini (Avval, Gulshan, Damkoʻl, Vodil, Kaptarxona, Logʻon, Soyboʻyi, Mindon, Navkat, Oqbilol, Xonqiz, Chekshoʻra, Chimyon) bor. Tuman markazi — Vodil qishlogʻi.

Tarixi

Fargʻona tumani - Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil qilingan. 1962 yil 24 dekabrda Quva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964 yil 22 fevralda qayta tuzilgan. Shim.dan Margʻilon va Fargʻona shaharlari, sharqdan Quva tumani va Quvasoy shahri, janubisharq va janubidan Qirgʻiziston Respublikasi, shimoli-gʻarbdan. Oltiariq tumani bilan chegaradosh.

Tabiati

Hududi viloyatning janubiy qismida, Pomir Olay togʻlari etaklarida joylashgan. Relyefi janubida qiradirlar (Xontaxt, Sariquchma, Kattakam, Kichikkam, Nomozgoʻy, Xirmonjoy) bilan band.Togʻlardan Marg'ilonsoy, Arabsoy, Oltiariqsoy, Chimyonsoy oqib tushadi. Vodil asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, ohaktosh, marmar, hamda so'ngi yillarda aniqlangan juda katta yer osti ko'mir boyligi bor. Mineral buloq koʻp. Iklimi kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —2,7°, eng past temperatura —27°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,4°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogʻin miqdori 174 mm. Vegetatsiya davri 240 kun.

Tuproqlari, asosan, oʻtloqi boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, qovul, yalpiz, changal, lolaqizgʻaldoq, bangidevona, ajriq, ituzum, itqoʻnoq, burgan, boʻztikan, otquloq, ayiqtovon, qoʻzgʻa, qamish, doʻlana, shoʻra va boshqalar usadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri,ilvirs, chiyaboʻri, tulki, sugʻur, quyon, jayran, qobon, jayra, yumronqoziq, kalamush, har xil ilonlar, echkemar, sichqon; qushlardan kaklik, bedana, bulbul, oʻrdak, gʻoz, kaptar, laylak, musicha, chumchuq, qaldirgʻoch, mayna, zagʻizgʻon, olaqargʻa, sor, qirgʻiy, qizilishton, toʻrgʻay, zargʻaldoq, qarqunoq, boyoʻgʻli va boshqalar qushlar bor.

Aholisi

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qirgʻiz va boshqalar millat vakillari xam yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 271,8 kishi. Shahar aholisi

Xoʻjaligi

Vodilda sanoat korxonalari, shu jumladan, MTP, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, pillani qayta ishlash zavodi bor. Qishloq xoʻjaligi paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik (ayniqsa, malinasi mashhur), chorvachilik va pillachilikka ixtisoslashgan. Shirkat xoʻjaliklari, fermer xoʻjaliklari mavjud. xoʻjaliklarda paxta, kartoshka, sabzavot, don, ozuqa ekinlari ekiladi. Vodildagi shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

Maorifi va madaniyati

9 umumiy taʼlim maktabi, 1 litsey, 1 musiqa maktabi, 2 ta kasb hunar ko'lleji, bolalar dam olish oromgohi, 1 kinoteatr, 3 kasalxona, dorixonalar, 5 kutubxona, madaniyat uyi, dehqon bozori, chorva hayvonlari bozori, mehmonhona bor. Fargʻona—Shohimardon, Vodil—Oltiariq avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Geografiyasi

Xozirgi paytda mahalliy aholi Vodilni 7 qismga bo'lgan: Yuqori ko'cha, Qorovul tepa, Boy ko'cha, Yakka tut, Chakalik, Sestum, Bo'ston. Ushbu qismlardan eng kattasi va eng tarixiysi Qorovultepa hisoblanadi. Qorovultepa nomining kelib chiqishi Qo'qon xonligi davriga borib taqaladi ushbu davrda xon Shohimardonga safari paytida Vodilda joylashgan qarorgohida tunab qolgan paytlarda Xonni qo'riqlash tepaligi Qorovultepa deb atalgan hozirgi paytda ushbu o'rdaning o'rnida 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi joylashgan. Qorovultepa hududi ushbu maktabdan boshlanadi.[1]

Manbalar

  1. "Vodil" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil