Vikipediya:Tez boshlash uchun qoʻllanma: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Sociologist (munozara | hissa)
k Shaxriyor Marufov tahrirlari Sociologist versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1: Qator 1:
__NOTOC__
__NOTOC__
<center><u>Ushbu qisqa qoʻllanma sizga oʻz dastlabki maqolangizni yaratishda va uni bezashda yordam beradi.<br />Loyihada qatnashish sizga maroq bagʻishlaydi, degan umiddamiz.</u></center>yuu
<center><u>Ushbu qisqa qoʻllanma sizga oʻz dastlabki maqolangizni yaratishda va uni bezashda yordam beradi.<br />Loyihada qatnashish sizga maroq bagʻishlaydi, degan umiddamiz.</u></center>


=== 1-qadam. Maqola uchun mavzu tanlang. ===
=== 1-qadam. Maqola uchun mavzu tanlang. ===

17-Fevral 2019, 17:27 dagi koʻrinishi

Ushbu qisqa qoʻllanma sizga oʻz dastlabki maqolangizni yaratishda va uni bezashda yordam beradi.
Loyihada qatnashish sizga maroq bagʻishlaydi, degan umiddamiz.

1-qadam. Maqola uchun mavzu tanlang.

Aynan oʻzingizga qiziqarli boʻlgan mavzuni tanlang. Jamiyatga foydali boʻlgan, ammo, sizga qiziq boʻlmagan mavzuni tanlamang. Ushbu mavzuni juda yaxshi bilishingiz shart emas, ammo, shunday xohishingiz boʻlishi kerak. Mavzu boʻyicha ishonchli maʼlumotni qayerdan olishni bilsangiz maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Maʼlumot manbalari haqida batafsil oʻqish uchun bu yerga bosing.

2-qadam. Maqola uchun nom tanlang.

Maqola nomi faqat ot turkumida va birlik shaklida boʻlishi kerak. Masalan, Elektrogitara. Faqatgina birinchi soʻzni bosh harf bilan yozish kerak. Masalan, Ikkinchi jahon urushi. Agar, maqola nomi bir necha maʼnoni anglatsa, ushbu nomdan keyin qavs ichida tushuntirib oʻtiladi. Masalan, Oy (tabiiy yoʻldosh), Oy (vaqt birligi). Geografik nomlar (shahar, daryo va b.) qavssiz beriladi. Masalan, Vena shahri, ammo, Vena (qon tomiri), Sirdaryo viloyati va Sirdaryo daryosi. Shaxsiyatlar ismlarini imkon qadar ularning ona tilida yozish kerak. Agar biror kishining ismi ona tili lotin yozuvlarini ishlatmasa, u holda translit qilish kerak (masalan, George W. Bush, lekin Dmitriy Medvedev).
Batafsil maʼlumot uchun, bu yerga bosing.

3-qadam. Bunday maqola bor yoki yoʻqligini tekshiring.

Mavzuingizga taaluqli kalit soʻzlarni Vikipediya bosh sahifasining tepa oʻng tarafida joylashgan „Qidiruv“ oynasiga kiriting va „Qidirish“ tugmasini bosing. Qidiruv natijalari havolalar koʻrinishida paydo boʻladi. Sizni qiziqtirayotgan maqola mavjud boʻlsa, ushbu maqolaga oʻtib, tepasidagi „Tahrirla“ boʻlimini oching. Endi siz oʻzingiz istagan maqolani tahrirlashga tayyorsiz.
Batafsil maʼlumot uchun, bu yerga bosing.

4-qadam. Maqolani yarating.

Agar, sizga kerakli maqola Vikipediya hali mavjud boʻlmasa, u holda uni yaratish lozim. Buning uchun „Qidiruv“ oynasiga izlayotgan nomingizni kiritib, „Qidirish“ tugmasini bosasiz. Soʻng, paydo boʻlgan qizil rangdagi maqolani nomi ustiga bosib, uni yaratasiz.
Batafsil maʼlumot uchun, bu yerga bosing.

5-qadam. Maqolangizni toʻgʻri ravishda yarating.

Vikipediyada maqolalar maqola nomini takrorlash va maqola predmetini aniqlashdan boshlanadi. Masalan: „Falsafa — eng umumiy fan, dunyoqarash shakllaridan biri…“. Qavs ichida terminning kelib chiqishi haqida maʼlumot berish mumkin. Kishilar haqda maqolalarda ismidan soʻng uning tugʻilgan va vafot etgan sanalarini keltirib oʻtish kerak. Masalan: „Albert Einstein (talaffuzi: Albert Eynshteyn, 14-mart, 1879 — 18-aprel, 1955) nemis fizik-nazariyotchisi boʻlgan“.
Maqolani qanday qilib toʻgʻri yaratish haqida batafsil oʻqish uchun bu yerga bosing.

6-qadam. Maqolani yozing.

Maqolaning tavsiya etilgan uzunligi — 500 belgi. Maqola ilmiy-ommabop uslubda yozilishi kerak. Bundan tashqari, maqolalarni yozishda ikkita eng muhim prinsipga tayanish zarur:

  1. Betaraf nuqtai nazar (BNN). BNN prinsipi maqola mazmuni mutlaq betaraf va toʻliq tarzda berilishi kerak. Siz shaxsiy fikringizni maqolada koʻrsata olmaysiz. Agar, u yoki bu savol boʻyicha bir necha nuqtai nazarlar mavjud boʻlsa, ularning barchasi maqolada teng ravishda yoritilishi kerak.
  2. Mualliflik huquqlariga rioya qilish. Vikijamiyatning birdan-bir maqsadi — bepul va ochiq ensiklopediyani yaratish. Shuning uchun, Vikipediyaga mualliflik huquqi bilan himoyalangan matnlar, tasvirlar va boshqa resurslarni kiritish mumkin emas. Agar, resursning huquqiy mavqei koʻrsatilmagan boʻlsa, uni ham Vikipediyaga kiritish mumkin emas. Vikipediyaning oʻzi „GNU FDL“ litsenziyasi boʻyicha faoliyat yuritadi.

Tanlangan maqolalar turkumidan siz aʼlo darajada yozilgan va toʻgʻri bezatilgan maqolalarni topishingiz mumkin. Ushbu maqolalar ovoz berish yoʻli bilan „eng yaxshi“ deya topilgan. Ulardan siz misol sifatida foydalanishingiz mumkin.
BNN haqida batafsil oʻqish uchun bu yerga bosing.

7-qadam. Maʼlumot olgan manbalaringizni koʻrsating.

Maqolani yozishni tugatganingizdan keyin, maqola soʻngida „Adabiyot“ boʻlimini yaratib, roʻyxat ravishida barcha foydalangan bosma nashrlaringizni koʻrsatib oʻting (nomi, muallifi, nashriyoti, chop etilgan yili, va ISBN raqami). Soʻngra, „Shuningdek qarang“ boʻlimini yaratib, Vikipediyadagi mavzuingizga yaqin maqolalarni roʻyxat tarzida keltirib oʻting. Maqolaning eng oxirida „Havolalar“ boʻlimini yaratib, u yerda maʼlumot olingan barcha internet sahifalarini sanab oʻting. Bundan tashqari, „Havolalar“ boʻlimida — u yerdan maʼlumot olinmagan boʻlsa-da, maqola mavzusi boʻyicha boʻlgan qiziqarli veb-saytlar koʻrsatib oʻtiladi.

8-qadam. Maqolani chiroyli va xatosiz bezang.

Vikipediyada maqolalarni bezaklash juda oson:

  • Matnni quyuq shrift bilan belgilash uchun, uni uchta bittalik qoʻshtirnoq bilan mana bunday oʻrang: „'''quyuq matn'''“. Quyuq shrift bilan faqatgina maqola nomi (5-qadamga qarang) va kalit tushunchalar belgilanadi.
  • Kursiv shrift uchun, ikkita bittalik qoʻshtirnoq zarur boʻladi: „''kursiv''“. Kursiv matndagi muhim maʼnoviy qismlarni belgilash uchun ishlatiladi. Uni oʻqish qiyinroq boʻlgani sababli, undan haddan ziyod foydalanish tavsiya etilmaydi.
  • Maqola boʻlimlarining nomlari alohida qatorda yozilib, ikkita (ostboʻlimlar uchun uchta) tenglik belgisi bilan oʻraladi. Masalan: „=== 8-qadam. Maqolani chiroyli va xatosiz bezang. ===“.
  • Vikipediyada abzaslar boʻsh qator bilan ajratiladi — abzaslar oʻrtasida shunchaki boʻsh qatorni qoldiring.
  • Roʻyxatlar quyidagicha yaratiladi: roʻyxatning har bir alohida qatori „#“ belgisi bilan boshlanadi va undan soʻng roʻyxat punkti yoziladi. Raqamlanmagan roʻyxatlar uchun „#“ belgisining oʻrniga „*“ belgisi ishlatiladi. Masalan: „* 1-punkt;[yangi qator]* 2-punkt;[yangi qator]* 3-punkt.
  • Ichki havolalar (Vikipediyaning boshqa maqolalariga havolalar) „[[Kerakli maqola nomi|havolaning koʻrinadigan matni]]“ koʻrinishida shakllantiriladi. Masalan: [[Gipermatn|Ichki havolalar]] (oʻqiyotgan punktingiz boshini qarang). Agar, havola matni kerakli maqola nomi bilan bir xil boʻlsa, ish undan-da osonlashadi. Masalan: [[XX asr]]da koʻp narsa oʻzgardi…. Yaxshi maqola har bir xatboshida kamida 3 ta havolaga ega boʻlishi kerak.
  • Tashqi havolalar (Internetdagi boshqa veb-saytlarga havolalar) quyidagicha yoziladi:[http://URL-manzil Havola matnining koʻrinadigan qismi]. Masalan: [http://www.uza.uz/uz/ "Oʻzbekiston milliy axborot agentligi]. Lekin, shuni eʼtiborga oling-ki, Vikipediyada pulli resurslarga havola yoʻnaltirish mumkin emas, umuman, Vikipediyada reklama qatʼiyan taʼqiqlanadi.

Maqola matnini bezashdagi yakuniy muhim shtrix bu imloni tekshirishdir. Shuni unutmang-ki, Vikipediya maqolalari ostida imzoingizni qoʻyish mumkin emas.
Maqolalarni tahrirlash va bezash haqida batafsil oʻqish uchun bu yerga bosing. Bu yerda esa oʻrgangan bilimingizni sinab koʻrishingiz mumkin.

9-qadam. Maqolangizga turkum qoʻshing.

Qidiruv oson boʻlishi uchun, Vikipediyadagi har bir maqola bir yoki bir necha turkumga taaluqli boʻladi. Maqolani turkumlashtirish uchun, uning oxirida („Havolalar“ boʻlimidan soʻng), boʻsh qator qoldirib, har bir turkumni yangi qatorda yozasiz. Buning uchun, turkumlarni ikkitalik kvadrat qavslarda „Turkum:“ soʻzidan soʻng koʻrsatib oʻtish kerak. Masalan, [[Turkum:Fizika]] yoki [[Turkum:Oʻzbekiston tarixi]]. Shaxslar haqidagi maqolalar [[Turkum:Shaxslar]] turkumiga kiradi hamda tavallud va vafot turkumlari boʻyicha saralanadi. Masalan, [[Turkum:2-iyulda tugʻilganlar]] va [[Turkum:1890-yilda vafot etganlar]].
Turkumlar haqida batafsil oʻqish uchun bu yerga bosing.

10-qadam. Interviki havolalarini kiriting.

Vikipediya dunyoning oʻnlab tillarida boʻlimlari mavjud boʻlgan xalqaro ensiklopediyadir. Ammo, har xil tillardagi maqolalar orasida aloqa (interviki-havolalarini) oʻrnatish zarur. Buning uchun, maqolangiz nomini ingliz yoki rus tiliga oʻgiring. Maqola oxirida, turkumlardan soʻng, boʻsh qator qoldiring. Soʻng, yangi qatordan boshlab, [[til kodi:maqola nomining tarjimasi]] shaklli matnni yozing. Bu yerda til kodi ingliz tili uchun — en, rus tili uchun — ru. „Fizika“ maqolasi uchun interviki-havolalari quyidagicha boʻladi: [[en:Physics]] va [[ru:Физика]]. Maqola yozishni tugatganingizdan soʻng, pastdagi „Saqla“ tugmasini bosing. Tabriklaymiz, sizning birinchi maqolangiz Vikipediyaga kiritildi.
Interviki-havolalari haqida batafsil oʻqish uchun bu yerga bosing.

Soʻnggi soʻz

Yuqorida aytib oʻtilganidek, Vikipediyaning tanlangan maqolalari sahifasida siz ovoz berish yoʻli bilan eng yaxshi topilgan va Vikipediyaning bosh sahifasiga joylashtirilgan maqolalarni topishingiz mumkin. Maqola yaratib, uni tanlangan unvoniga olib chiqa olgan kishi oʻzini haqiqiy vikipediyachi deb hisoblashi mumkin. Shunday sifatli maqola yaratib, uni nomzodlikka qoʻying.
Siz buni albatta uddalaysiz!

Va yana, bir necha foydali havolalar:

Agar, Vikipediya sizga manzur kelgan boʻlsa, uni doʻstlaringizga tavsiya etishni unutmang!