Beliz — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
k
qisqa izoh tahrirlanmadi
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
k
 
Yer yuzasi asosan tekislikdan iborat, janubiy qismida 1122 m gacha balandlikdagi Mayya togʻlari joylashgan. Neft konlari bor. Iqlimi — tropik, passat (tropiklardan ekvator tomon doim shamol esib turadi). Havoning oʻrtacha oylik temperaturasi 25°, 27°. Yiliga 2000 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Katta daryolari Rio-Ondo va Beliz, koʻllar, sohil boʻylab laguna (qoʻltiq)lar koʻp. Hududining katta qismi nam tropik oʻrmonlar, aksari qimmatli daraxt turlari bilan qoplangan, shimolida — savanna. B. hayvonot dunyosi turli-tuman.
 
16-asr boshlarigacha B. hududida indeys qabilalari yashagan. 16-asr boshida ispanlar bosib olgan va ularning mustamlakasiga aylangan. 1862 yildan Britaniya Gondurasi nomi bilan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1964 yil ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini olgan. 1973 yildan mamlakat rasmiy ravishda B. deb atala boshladi. 1981 yil 21 sentabrda B. mustaqilligi eʼlon qilindi. B.— agrar mamlakat. Iqgisodiyotining asosi qimmatli daraxt turlari — qizil, sandal daraxtlarini chetga chiqarish uchun tayyorlash va qayta ishlash, saqich ishlab chiqariladigan xom ashyo — chikle smolasi (yelimi)ni yigʻish. Beliz chetga chiqariladigan mahsulotlar, asosan shakarqamish, banan va sitrus mevalari (apelsin, greypfrut) yetishtirishga ixtisoslashgan. Kokos palmasi, ananas, banan, kakao, ichki isteʼmol uchun makkajoʻxori, sholi ham ekiladi. Janubiy hududlarda chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Baliq, dengiz hayvonlari ovlanadi, shuningdek taxta tilish, poʻlat prokatlash va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Elektr energiya ishlab chiqarish— 74 mln. kVts. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari — 1,4 ming km. Asosiy dengiz porti — Beliz, uning yaqinida, Stenli Fildda aeroport bor. B.dan chetga xom shakar, kiyim-kechak, meva konservalari, sitrus mevalar, yogʻochning qimmatli turlari, baliq chiqariladi. Oziq-ovqat, asbobuskuna, transport vositalari, kimyoviy tovarlar va yoqilgʻi keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yamayka, Meksika. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — B. dollari. "Amandala" (1969 yildan), "Beliz Tayme" ("Beliz vaqti", 1956 yildan), "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi"), "Piplz pale" ("Xalq nafasi", 1989 yildan), "Riporter" ("Muxbir", 1968 yildan) gaz.larigazetalari chiqadi. 1937 yildan yarim tijorat radioeshittirish xizmati mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>{{Shimoliy Amerika mamlakatlari}}
 
== Manbalar ==

Navigatsiya