Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (Isfana): Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Удалить}}
{{Удалить}}
Kimga qiziq bu musor maktab. Natayev Goluboydi maktabi. Yana Uzwikiga bosh sahifada turibdi bu goluboy o'zini wikipediada huddi otasidan qolgan merosday o'zini tutadi! Uz wiki fuuu qo'toq adminlar joyi!
{{Maktab
{{Maktab
|name = Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab
|name = Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab

15-Noyabr 2018, 18:38 dagi koʻrinishi

Andoza:Удалить

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab
Joylashgan yeri
Isfana, Qirgʻiziston
Koordinatalar 39°50′17″N 69°32′45″E / 39.8380°N 69.5459°E / 39.8380; 69.5459 G O
Maʼlumot
Maktab turi Boshlangʻich va oʻrta maktab
Asos solingan sanasi 1977 (47 yil avval) (1977)
Ochilgan sanasi 1-dekabr, 1977-yil (46 yil avval) (1977-12-01)
Direktor Orozgul Sattarova
Sinflar 1-11
Oʻquvchilar soni 1400[1]
Til oʻzbek, qirgʻiz va rus
Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab darvozasi

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (ruscha: Средняя школа имени Алишера Навои; qirgʻizcha: Алишер Навои атындаги орто мектеби) — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan oʻrta maktab.[2] Oʻrta maktab deb nomlanishiga qaramasdan, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor. Maktabda darslar oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida oʻtiladi.

Maktab 1977-yil Oktabr inqilobining 60 yilligi arafisida ochilgan. Shuning uchun boshida Oktabr 60 yilligi (ruscha: 60 лет Октября; qirgʻizcha: Октябрь 60 жылдыгы) deb atalgan. 1991-yil maktabga taniqli turkiy adib va davlat arbobi Alisher Navoiy nomi berilgan. Maktabda tarixiy muzey boʻlib, unda 300 dan oshiq eksponat, jumladan, Iosif Stalin isfanaliklarga yozgan maktub saqlanadi.

Tarixi

Maktab 1977-yilning 1-dekabrida Oktabr inqilobining 60 yilligi arafasida Oktabr 60 yilligi nomi bilan ochilgan. Yangi maktab direktori etib Shamshiddin Qunduzov tayinlangan. Boshida maktabda faqatgina oʻzbek sinflar boʻlgan. 1990-yil ilk qirgʻiz sinfi ochilgan.

1980-yil maktab hovlisida Nasrullo (Mashrab) Mahmarajabov tashabbusi bilan Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonlilgan gʻalabaga bagʻishlangan esdalik qurilgan.

1987-yildan 1990-yilgacha Marziya Sharipova direktor lavozimda ishlagan. 1990-yil Saodat Muhammedjanova direktor etib tayinlangan. 1991-yil taniqli turkiy adib va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan maktabga uning nomi berilgan.

1993-yil Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab direktori etib Shokirjon Toʻychiyev tayinlangan. 1990-yillarda „Issiqkoʻl“ va „Nariste“ bolalar bogʻchalarida hamda mahalliy yoʻl qurilish boshqarmasida maktabning boʻlimlari boʻlgan. 1999-yil maktab boʻlimlaridan biri alohida maktab — „Issiqkoʻl“ oʻrta maktabi oʻlaroq ajralib chiqqan.

2000-yildan boshlab Habibullo Sattorov direktor vazifasini bajargan. 2010-yilda Toʻyichev qayta direktor etib tayinlangan va 2013-yilgacha shu lavozimda ishlagan. 2013-yildan beri Orozgul Sattarova direktor boʻlib kelmoqda.

2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan mahalliy qirgʻiz rasmiylari maktab nomini almashtirishga bir necha marta urindi, ammo muvaffaqiyatga erishmadi. 2012-yil rasmiylar tazyiqi ostida Alisher Navoiyning maktab asosiy zalida uzoq yillar turgan portreti olib tashlandi.

Oʻquv yili 11-sinfni yakunlagan bitiruvchi soni
1977—1978 132
1978—1979 66
1979—1980 49
1980—1981 74
1981—1982 71
1982—1983 79
1983—1984 68
1984—1985 69
1985—1986 84
1986—1987 61
1987—1988 78
1988—1989 78
1989—1990 79
1990—1991 34
1991—1992 42
1992—1993 36
1993—1994 37
1994—1995 54
1995—1996 43
1996—1997 41
1997—1998 45
1998—1999 82
1999—2000 86
2000—2001 93
2001—2002 80
2002—2003 80
2003—2004 121
2004—2005 82
2005—2006 77
2006—2007 63
2007—2008 78
2008—2009 57
2009—2010 52
2010—2011 39
2011—2012 58
2012—2013 64
2013—2014 44
2014—2015 75
2015—2016 55
2016—2017 56

Dars programmasi

Oʻquvchilar birinchi sinfga bolaning individual rivojlanishiga qarab 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) oʻlaroq uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.

Mamlakatdagi boshqa maktablardagi kabi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi (jismoniy tarbiya va chet tillaridan tashqari).

5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, jugʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, falsafa, astronomiya kabi darslar oʻtiladi.

Qirgʻizistondagi boshqa maktablardagi kabi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda ham ikki smenada (ertalabki va tushki) darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchi soni koʻpligidir.

Oʻquv yili sentabr boshidan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, -5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.

Dars oʻtish tili

Navoiyning maktab kirish zalida uzoq yillar turgan portreti 2012-yil qirgʻiz rasmiylari tazyiqi ostida olib tashlandi.

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda darslar oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida olib boriladi.[3][4] Qirgʻizistondagi boshqa koʻp millatli maktablardagidek, maktabda oʻzbek tilida oʻqitishning kelajagi nomaʼlum boʻlib qolmoqda.[5]

2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan qirgʻiz rasmiylari oʻzbek tilini cheklashga va oʻzbek maktablarni majburan qirgʻizlashtirishga harakat qila boshladi.[6][7][8][9][10] Shu harakatlar doirasida 2010-yillar boshida oʻzbek tili va adabiyoti fanlariga ajratilgan dars soati ozaytirilib, oʻrniga qirgʻiz tili va adabiyoti fanlariga koʻp soat berildi.[11]

Hozirda oʻzbek tilidagi darsliklar yetishmaydi va Qirgʻiziston hukumati maktablarni mablagʻ yoʻqligini bahona qilib, oʻzbekcha kitoblar bilan taʼminlashni istamaydi. Qirgʻiz rasmiylari oʻzbek oʻquvchilarining Oʻzbekistonda chiqqan kitoblardan foydalanishga keskin qarshi boʻlgani uchun hozirda koʻp maktablarda, shu jumladan, Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda ham aksar darslar oʻzbek tilida ammo qirgʻiz tilidagi darsliklardan foydalanib oʻtilmoqda.

Maktab oʻquvchilarining umumrespublika testida ishtiroki

Qirgʻiziston Respublikasi prezidentining farmoni bilan mamlakatda 2002-yildan beri maktab bitiruvchilari orasida oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun umumrespublika testi oʻtkaziladi[12]. Testni topshirgan oʻquvchilar Qirgʻizistondagi koʻplab oliy oʻquv yurtlariga kirish va bepul taʼlim olish uchun erishgan ballari bilan boshqa abituriyentlar bilan tanlovda qatnashadi. Testni „Bilimni baholash va oʻqitish uslublari markazi“ hamda Taʼlim vazirligi uyushtiradi. AQShning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) esa loyihani moliyalashtiradi. Umumrespublika testida qatnashish majburiy emas, uni faqat xohlagan oʻquvchilar topshiradi.

Umumrespublika testi ikki qismdan iborat: asosiy test va fan testlari. Asosiy testni barcha topshiruvchilar yozishi shart. Fan testlarini esa xohlagan oʻquvchilar oliy oʻquv yurtida tanlamoqchi boʻlgan sohalariga tayangan holda topshirishadi.

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab bitiruvchilari umumrespublika testida 2002-yildan beri qatnashib keladi. Umumrespublika testining asosiy testida maʼlum bir balldan (odatda 200 balldan) yuqori natija olgan bitiruvchilarga „oltin sertifikat“ beriladi va bu oʻquvchilarda oʻquv yurtiga kirish va bepul oʻqish imkoni kattaroq boʻladi. Shu kungacha Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabning birorta bitiruvchisi 200 yoki undan yuqori ball olgani yoʻq. Maktab tarixidagi eng yuqori natija boʻlmish 193 ballni 2017-yil bitiruvchisi Abdusamat qizi Meerim olgan.

Qirgʻizistonda umumrespublika testini 2013-yilgacha qirgʻiz, rus va oʻzbek tillarida topshirish mumkin edi[12]. 2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan ayrim qirgʻiz siyosatchilar muntazam ravishda testni oʻzbek tilida oʻtkazishni toʻxtatishga chaqira boshladi[13]. 2013-yil oʻzbekcha umumrespublika testi yoʻq qilingani haqida xabar qilindi[14]. Ammo keyinroq bu qaror bekor qilindi va oʻzbek bitiruvchilarida oʻsha yili ham testni oʻz ona tillarida topshirish imkoni boʻldi.

2014-yil umumrespublika testi boshlanishiga juda oz muddat qolgan boʻlishiga qaramasdan, oʻzbek tili test tillari safidan olib tashlangani qatʼiyan eʼlon qilindi[15][16][17][18]. Ammo testning asosiy qismi boʻlib oʻtganidan keyin, bu sinovlarda qatnashish uchun qayddan oʻtmagan va testda qatnashmagan oʻquvchilarga 2014-yilning iyun oyida boʻlib oʻtadigan kechki sinovlarda testni oʻzbek tilida topshirish imkoni berilishi haqida xabar berildi[19]. Kechki test sinovida ishtirok etish uchun bitiruvchilar faqat Bishkek va Oʻsh shaharlarida qayddan oʻtishlari mumkinligi aytildi. Hozirda testni faqat rus va qirgʻiz tillarida topshirish mumkin.

Maktab muzeyi

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab muzeyi

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabning oʻz tarixiy muzeyi bor. Muzey 1998-yil 28-mayda ochilgan. Unda 300 dan oshiq eksponat saqlanadi.[20]

Muzeyda Laylak tumani tarixi, etnografiyasi hamda maktab tarixiga taalluqli eksponatlar saqlanadi. Ular orasida Qoʻqon xonligi davrida kiyilgan ust-boshlar, tarixiy tangalar hamda Iosif Stalin isfanaliklarga yozgan maktub va boshqalar bor.

Manbalar

  1. „Isfanadagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda kompyuter yetishmaydi“ (ruscha) (2016-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
  2. „Isfana: Shahar profili“ (ruscha). Qirgʻiziston shaharlari birlashmasi. Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr.
  3. „Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab“ (ruscha). Isfana shahrining rasmiy vebsayti. Qaraldi: 2012-yil 10-may.
  4. „Foto - Isfanadagi eng koʻp millatli maktab“ (ruscha) (2016-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-noyabr.
  5. Usmon, Sarvar. „Qirgʻizistondagi oʻzbek maktablari taqdiri savol ostida“ (2011-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  6. Sherzod. „Maqsad nima? Savodsizlarni koʻpaytirishmi?“ (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  7. Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Oʻsh oʻzbek maktablarni man qilish haqida oʻylamoqda“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  8. Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Qirgʻizcha maktablar haqidagi keskin gaplar“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  9. Qosim, Elmurod. „Ommaviy hayotdan oʻzbek tilini yoʻq qilish“ (inglizcha) (2012-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
  10. Wisniewski, Dan. „Qirgʻizistonda oʻzbek tili yoʻq boʻlib bormoqda“ (inglizcha) (2012-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
  11. Ivashenko, Yekaterina. „Kimga kerak bu oʻzbekcha taʼlim?“ (ruscha) (2013-yil 13-fevral). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  12. 12,0 12,1 „Umumrespublika testi (rus.). Bilimni baholash va oʻqitish uslublari markazi. Qaraldi: 21-oktabr, 2013.
  13. Elmurod „Qirgʻiz deputati oʻzbekcha imtihonga qarshi“. Ozodlik radiosi (2012-yil 19-aprel). Qaraldi: 2012-yil 29-oktyabr.
  14. Indina, Mariya „„Qirgʻizistonda oʻzbekcha umumrespublika testi bekor qilindi“ (rus.). News-Asia (1-fevral, 2013). Qaraldi: 1-aprel, 2014.
  15. „Qirgʻiziston: Oʻzbekcha umumrespublika testi pirovardida bekor qilindi“ (ruscha). Fergana News (2013-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  16. Miroshnik, Marina „Umumrespublika testidan oʻzbek tili olib tashlandi“ (ruscha). Vecherniy Bishkek (2014-yil 11-mart). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  17. „Inna Valkova: 2014-yildan boshlab umumrespublika testi oʻzbek tilida berilmaydi“ (ruscha). Qabar (2014-yil 6-mart). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  18. Elmurod „Qirgʻizistonda oʻzbekcha testlar yana bekor qilindi“. Ozodlik radiosi (2014-yil 22-aprel). Qaraldi: 2014-yil 22-aprel.
  19. „Qirgʻizistonda bitiruvchilarga oʻzbek tilida test topshirish imkoni berildi, ammo...“. Ozodlik radiosi (2014-yil 29-may). Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
  20. „Isfanadagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab muzeyida Stalin xati saqlanmoqda (foto)“ (ruscha) (2016-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.

Havolalar

Isfana shahridagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab direktorlari
 Shamshiddin Qunduzov (1977–1987) | Marziya Sharipova (1987–1990) | Saodat Muhammedjanova (1990–1993) | Shokirjon Toʻychiyev (1993–2000) | Habibullo Sattorov (2000–2010) | Shokirjon Toʻychiyev (2010–2013) | Orozgul Sattarova (2013—)