Bunyodkor PFK: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
k "Turkum:Pages with script errors" ga tushmasligi uchun
Makenzis (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 17: Qator 17:
|byudjeti =
|byudjeti =
|musobaqasi = [[Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Oliy ligasi|Oliy liga]]
|musobaqasi = [[Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Oliy ligasi|Oliy liga]]
|mavsum = [[Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Oliy ligasi|2014]]
|mavsum = [[Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Oliy ligasi|2017]]
|mavqei = 3
|mavqei = 4
|sayti = ?
|sayti = ?
| pattern_la1=_|pattern_b1=_bluestripes2|pattern_ra1=_|pattern_sh1= |pattern_so1=_steaua6_20102011 |leftarm1=041789
| pattern_la1=_|pattern_b1=_bluestripes2|pattern_ra1=_|pattern_sh1= |pattern_so1=_steaua6_20102011 |leftarm1=041789

16-Oktyabr 2018, 09:03 dagi koʻrinishi

Bunyodkor
Toʻliq nomi Bunyodkor Professional Futbol Klubi
Laqabi Qaldirgʻochlar
Asos solingan 6-iyul, 2005
Stadion Bunyodkor Stadioni
Stadion hajmi 34.000
Egasi  UZB Bedil Alimov
Murabbiyi  RUS Sergey Lushan
Vebsayt ?
Musobaqasi Oliy liga
2017 4

Bunyodkor PFK (Bunyodkor Professional futbol klubi; sobiq Quruvchi PFK) — Toshkent shahri jamoasi. Oʻzbekiston Oliy Ligasi vakili. Bunyodkor PFK 2008-yili Oliy Ligada birinchi oʻrinni egalladi. 2008-yilning 4-avgustidan klub nomi oʻzgartirildi. „Quruvchi“ bundan buyon endi „Bunyodkor“ deb yuritiladi

Tarix

„Bunyodkor, quruvchi“ futbol klubi havaskorlik jamoasidan Oʻzbekiston chempioni, mamlakat kubogi sohibi va qitʼa chempionlar ligasi yarim finalchisigacha boʻlgan yoʻlni toʻrt yil ichida toqat bilan bosib oʻtdi. 2005-yilda Toshkent viloyati chempionatida (2-liga) ishtirok etayotib, jamoa Oʻzbekiston birinchi ligasiga chiqish uchun kurashish huquqini beruvchi yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. „Quruvchi“ bu vazifani muvaffaqiyat bilan uddaladi va 2006-yilda milliy birinchilikning birinchi divizionida oʻynay boshladi. „Quruvchi“ Hikmat Ergashev rahbarligi ostida 38 ta uchrashuv (27 gʻalaba, 5 ta durang va 6 ta magʻlubiyat) oʻtkazib, dastlabki urinishda liga turnirida gʻolib chiqdi va 2007-yil oliy ligada qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.

2007-yil mavsumi „Quruvchi“ uchun oliy ligada debyut davri boʻldi. Toshkent klubi mamlakat miqyosidagi bir nechta rekordlarni bir yoʻla yangiladi (masalan, eng koʻp urilgan va eng kam oʻtkazib yuborilgan toʻplar soni, favoritlar bilan oʻyinlarda olingan ochkolar soni boʻyicha). Bundan tashqari, „Quruvchi“ hujumchisi Ilhom Moʻminjonov chempionatning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2007-yil mavsumida „Quruvchi“ oliy ligada 30 ta uchrashuv oʻtkazdi (22 ta gʻalaba, 5 ta durang va 3 ta magʻlubiyat, urilgan va oʻtkazib yuborilgan toʻplar farqi 62 — 16) va 71 ta ochko toʻplab, Oʻzbekiston chempionatlari tarixida birinchi marta kumush medallarni qoʻlga kiritdi. „Quruvchi“ mamlakat Kubogida ham muvaffaqiyatli qatnashib, finalga chiqdi. Finalda „Quruvchi“ mamlakat chempioni „Paxtakor“ ga qarshi maydonga tushdi. Oʻyinning asosiy va qoʻshimcha vaqti durang natija — 0:0 bilan tugadi. Penaltilar seriyasida „Quruvchi“ futbolchilariga omad kulib boqmadi (6-7).

2008-yil „Bunyodkor“ FK tarixidagi eng omadli yil boʻldi. Mavsum boshlanishi oldidan jamoa tarkibi sezilarli darajada mustahkamlandi, mamlakatimizning eng yosh murabbiylaridan biri Mirjalol Qosimov klubga bosh murabbiy boʻldi. Yoz oxirida „Bunyodkor“ FK jahon chempioni Rivaldo, braziliyalik himoyachi Luizao va chililik hujumchi Villyanueva bilan shartnoma imzoladi. Mamlakat terma jamoasi murabbiyi etib tayinlangan Qosimov oʻrniga taniqli mutaxassis — ZIKO taklif etildi. U Mirjalol Qosimov boshlagan ishni oxiriga etkazdi. Braziliyalik murabbiy raqbarligida jamoa mamlakat chempioni va Oʻzbekiston Kubogi sohibi nomini qozondi. 2009-yil boshida „Sport Park Toshkent“ sport-kompleksining keng miqyosli qurilishi boshlandi. Qiymati 150 million dollar boʻlgan bu noyob loyiha 35 ming tomoshabinga moʻljallangan ikki qavatli arena va usti yopiq tribunalarni oʻz ichiga olgan futbol stadionidan iborat. Loyiha oʻz futbol akademiyasiga moʻljallangan yettita, shu jumladan, ikkita sunʼiy maysa bilan qoplangan mashgʻulot maydoni, mehmonxona, qayta tiklanish va restoran majmuini oʻz ichiga oladi.

Tarkibi

Hozirgi tarkib

2015-yil 12-fevral sanasidan olingan maʼlumot.[1]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Pavel Bugalo
2  UZB HM Akmal Shorahmedov
3  UZB HM Shukurali Poʻlatov
4  UZB HM Hayrulla Karimov
5  UZB HM Dilshod Joʻrayev
6  UZB HM Anvar Gʻafurov
7  TUN YH Chaker Zouagi
8  UZB YH Javlon Ibrohimov
9  JPN YH Minori Sato
10  UZB HJ Anvar Berdiyev
11  UZB HJ Mirzohid Gʻafurov
13  SRB HM Ivan Milošević
14  UZB YH Vohid Shodiyev
15  UZB HM Obid Joʻraboyev
16  UZB HM Artyom Filiposyan
17  UZB YH Dostonbek Hamdamov
Amplua Futbolchi
19  UZB HJ Zabihillo Oʻrinboyev
20  BIH YH Samir Bekrić
21  UZB HJ Sardor Rashidov
24  UZB YH Nuriddin Hasanov
25  UZB DR Murod Zuhurov
27  UZB YH Sardor Sobirxoʻjayev
28  UZB HM Dilyorbek Ermatov
29  UZB YH Otabek Shukurov
35  UZB DR Abdukarim Muhammedov
37  UZB YH Doston Abdurahmonov
39  UZB HJ Eldor Shomurodov
40  UZB HJ Timur Ayupov
44  UZB YH Mirjamol Qosimov
45  UZB DR Akbar Toʻrayev
48  UZB HM Akram Komilov

Havolalar

  1. „“Бунёдкор”нинг ОЧЛ-2015га “заявка”си“. FC Bunyodkor (2015-yil 12-fevral).