Xatirchi tumani: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 62: Qator 62:
}}
}}

'''Xatirchi tumani''' — Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1927–30 yillarda Zarafshon okrugidagi tuman, 1938 yildan Samarqand viloyati, 1982 yildan Navoiy viloyati, 1989 yildan Samarkand viloyati, 1992 yildan Navoiy viloyati tarkibida. Shimolidan Nurota, janubisharqdan Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon, shimoli-sharkdan Qoʻshrabot, janubidan (Zarafshon daryosi orqali) Narpay va Paxtachi tumanlari, gʻarbdan Navoiy viloyatining Navbahor tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,37 ming km². Aholisi 143,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yangirabot), 1 shaharcha (Langar), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻchakalon, Olchinobod, Oxunboboyev, Oqoltin, Poʻlkan shoir, Xonaqa, Yangiyoʻl, Krracha) bor. Markazi – Yangirabot shahri.
'''Xatirchi tumani''' — Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1927–30 yillarda Zarafshon okrugidagi tuman, 1938 yildan Samarqand viloyati, 1982 yildan Navoiy viloyati, 1989 yildan Samarkand viloyati, 1992 yildan Navoiy viloyati tarkibida. Shimolidan Nurota, janubisharqdan Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon, shimoli-sharqdan Qoʻshrabot, janubidan (Zarafshon daryosi orqali) Narpay va Paxtachi tumanlari, gʻarbdan Navoiy viloyatining Navbahor tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,37 ming km². Aholisi 143,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yangirabot), 1 shaharcha (Langar), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻchakalon, Olchinobod, Oxunboboyev, Oqoltin, Poʻlkan shoir, Xonaqa, Yangiyoʻl, Krracha) bor. Markazi – Yangirabot shahri.

== Tabiati ==
== Tabiati ==
Shim. kismi Nurota togʻ tizmasi va togʻ etagi qiya tekisligidan iborat, janubiy qismi Okdaryo,Qoradaryo va qisman Zarafshon daryosi vodiylarini oʻz ichiga oladi. Iklimi kontinental, yillik oʻrtacha tempatura 13,5°. Yanvarning oʻrtacha trasi –1,7°, eng past tra –33°. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 28,7°, eng yuqori tempatura 44°. Vegetatsiya davri 212 kun. Yillik yogʻin miqsori, shimoliy togʻlik kismida 300 mm, janubidagi tekisliqda 200 mm. Suv resurslari Krradaryo, Okdaryo, Zarafshon va bir necha soylardan iborat. Tuproqlari tog etaklari tipik boʻz, och boʻz tuproqlar. Jan. kismida sugʻoriladigan boʻz, allyuvial, oʻtloqi va oʻtloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Togʻ etaklaridagi qiya tekisliklarda chorvachilik va tokchilik rivojlangan. Yovvoyi oʻsimliklardan daryo terrasalari va qayirlarida qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang , yulgʻun va boshqa, Nurota togʻlari etaklarida rang , yaltirbosh, chalov, karrak, kiyik oʻti, oq safrak, gulxayri, betaga; bahorda efemerlar oʻsadi. Butalardan doʻlana, pista uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, jayran, togʻ echkisi va toʻqayzorlarda qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, lochin, bulduruq, qirgʻiy, soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq; sudraluvchilardan gekkonlar, toshbaqa, sariq ilon, kobra, echkemar; kemiruvchilardan jayra, koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqa uchraydi. Nurota togʻining yon bagʻrida. Langar koni bor.
Shim. kismi Nurota togʻ tizmasi va togʻ etagi qiya tekisligidan iborat, janubiy qismi Okdaryo,Qoradaryo va qisman Zarafshon daryosi vodiylarini oʻz ichiga oladi. Iklimi kontinental, yillik oʻrtacha tempatura 13,5°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –1,7°, eng past temperatura –33°. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 28,7°, eng yuqori tempatura 44°. Vegetatsiya davri 212 kun. Yillik yogʻin miqsori, shimoliy togʻlik kismida 300 mm, janubidagi tekisliqda 200 mm. Suv resurslari Krradaryo, Okdaryo, Zarafshon va bir necha soylardan iborat. Tuproqlari tog etaklari tipik boʻz, och boʻz tuproqlar. Janubiy kismida sugʻoriladigan boʻz, allyuvial, oʻtloqi va oʻtloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Togʻ etaklaridagi qiya tekisliklarda chorvachilik va tokchilik rivojlangan. Yovvoyi oʻsimliklardan daryo terrasalari va qayirlarida qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang, yulgʻun va boshqa, Nurota togʻlari etaklarida rang, yaltirbosh, chalov, karrak, kiyik oʻti, oq safrak, gulxayri, betaga; bahorda efemerlar oʻsadi. Butalardan doʻlana, pista uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, jayran, togʻ echkisi va toʻqayzorlarda qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, lochin, bulduruq, qirgʻiy, soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq; sudraluvchilardan gekkonlar, toshbaqa, sariq ilon, kobra, echkemar; kemiruvchilardan jayra, koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqa uchraydi. Nurota togʻining yon bagʻrida. Langar koni bor.

== Aholisi ==
== Aholisi ==
Qator 79: Qator 79:
Xatirchi tumanida markaziy stadion, bir qancha sport inshootlari, sport maydonlari va sport zallari faoliyat koʻrsatadi.
Xatirchi tumanida markaziy stadion, bir qancha sport inshootlari, sport maydonlari va sport zallari faoliyat koʻrsatadi.

Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 244 vrach xizmat qiladi. Oltinsoy sanatoriysi mavjud. Tuman markazi bilan Navoiy sh. oʻrtasida avtobus qatnaydi. "Xatirchi hayoti" tuman gaz. (avvalgi "Yangi Hayot") 1998 yildan nashr qilinadi (adadi 7300 ga yaqin).
Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 244 vrach xizmat qiladi. Oltinsoy sanatoriysi mavjud. Tuman markazi bilan Navoiy shahri oʻrtasida avtobus qatnaydi. "Xatirchi hayoti" tuman gaz. (avvalgi "Yangi Hayot") 1998 yildan nashr qilinadi (adadi 7300 ga yaqin).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->

Qator 86: Qator 86:

== Tuman tarixi ==
== Tuman tarixi ==
Tuman [[1926-yil]] [[29-sentabr]]da Oʻzbekistondagi boshqa 79 ta tuman qatori rasman tashkil topgan. Ungacha Xatirchi [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]] tarkibidagi viloyat (''1920-21 y.''), 1922-24-yillarda esa [[Karmana]] viloyatida [[uzed]], 1925-26-yillarda Karmana uezdining [[volost]]i boʻlib kelgan.
Tuman [[1926-yil]] [[29-sentabr]]da Oʻzbekistondagi boshqa 79 ta tuman qatori rasman tashkil topgan. Ungacha Xatirchi [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]] tarkibidagi viloyat (''1920-21 yil''), 1922-24-yillarda esa [[Karmana]] viloyatida [[uzed]], 1925-26-yillarda Karmana uezdining [[volost]]i boʻlib kelgan.

1927-30-yillarda [[Zarafshon okrugi]]da rayon, 1938-yilgacha esa respublikaga boʻysunuvchi rayon, [[1938-yil]]da yangidan viloyatlar(''[[oblast]]'') tuzilgach, [[1982-yil]] [[20-aprel]]gacha Samarqand viloyatining, soʻngra [[1989-yil]] sentabr oyiga qadar yangi tashkil etilgan Navoiy viloyati tarkibida boʻldi. 1989-yilda Navoiy viloyati tarqatib yuborilgach, yana Samarqand viloyatiga qoʻshildi. [[1992-yil]]dan boshlab, qayta tashkil qilingan yangi Navoiy viloyatining tumani hisoblanadi.

7-Sentyabr 2018, 23:38 dagi koʻrinishi

Xatirchi tumani
Хатырчинский район
tuman
Tarkibida Navoiy viloyati
Maʼmuriy markazi Yangirabot
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Xatirchi tumani xaritada
Koordinatalari: 40°2′24″N 65°57′36″E / 40.04000°N 65.96000°E / 40.04000; 65.96000 G O

Xatirchi tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1927–30 yillarda Zarafshon okrugidagi tuman, 1938 yildan Samarqand viloyati, 1982 yildan Navoiy viloyati, 1989 yildan Samarkand viloyati, 1992 yildan Navoiy viloyati tarkibida. Shimolidan Nurota, janubisharqdan Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon, shimoli-sharqdan Qoʻshrabot, janubidan (Zarafshon daryosi orqali) Narpay va Paxtachi tumanlari, gʻarbdan Navoiy viloyatining Navbahor tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,37 ming km². Aholisi 143,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yangirabot), 1 shaharcha (Langar), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻchakalon, Olchinobod, Oxunboboyev, Oqoltin, Poʻlkan shoir, Xonaqa, Yangiyoʻl, Krracha) bor. Markazi – Yangirabot shahri.

Tabiati

Shim. kismi Nurota togʻ tizmasi va togʻ etagi qiya tekisligidan iborat, janubiy qismi Okdaryo,Qoradaryo va qisman Zarafshon daryosi vodiylarini oʻz ichiga oladi. Iklimi kontinental, yillik oʻrtacha tempatura 13,5°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –1,7°, eng past temperatura –33°. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 28,7°, eng yuqori tempatura 44°. Vegetatsiya davri 212 kun. Yillik yogʻin miqsori, shimoliy togʻlik kismida 300 mm, janubidagi tekisliqda 200 mm. Suv resurslari Krradaryo, Okdaryo, Zarafshon va bir necha soylardan iborat. Tuproqlari tog etaklari tipik boʻz, och boʻz tuproqlar. Janubiy kismida sugʻoriladigan boʻz, allyuvial, oʻtloqi va oʻtloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Togʻ etaklaridagi qiya tekisliklarda chorvachilik va tokchilik rivojlangan. Yovvoyi oʻsimliklardan daryo terrasalari va qayirlarida qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang, yulgʻun va boshqa, Nurota togʻlari etaklarida rang, yaltirbosh, chalov, karrak, kiyik oʻti, oq safrak, gulxayri, betaga; bahorda efemerlar oʻsadi. Butalardan doʻlana, pista uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, jayran, togʻ echkisi va toʻqayzorlarda qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, lochin, bulduruq, qirgʻiy, soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq; sudraluvchilardan gekkonlar, toshbaqa, sariq ilon, kobra, echkemar; kemiruvchilardan jayra, koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqa uchraydi. Nurota togʻining yon bagʻrida. Langar koni bor.

Aholisi

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (99, 1%), shuningdek, tojik, rus, ukrain, tatar, ozarbayjon, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 105 kishi. Shahar aholisi 20,2 ming kishi, qishloq aholisi 123,7 ming kishi (2004).

Iqtisodiyot

Tumanda 2,1 ming korxona roʻyxatga olingan (2004). 55 kichik, 32 oʻrta, 109 yirik korxona, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Xatirchi tumanida "LangarUzRos" qoʻshma korxonasi ishlab turibdi (2003). Xatirchi paxta tozalash zavodi, non kti, qurilish tashkilotlari, MTP va boshqa bor. Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 300 ga yaqin dehqon, 907 fermer, 17 shirkat xoʻjaliklari mavjud (2003). Ekin maydonlariga paxta, don, ozuqa, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ekiladi. Shu jumladan, 12,3 ming ga yerda paxta, 10,3 ming ga yerda gʻalla yetishtiriladi (2004). Bogʻdorchilik (bodom, yongʻoq, anor, oʻrik, anjir va boshqalar), tokchilik rivojlangan. 19,9 ming ga yer oʻrmonzor (2004). Tutzorlar ham bor. Ipakchilik bilan shugʻullaniladi.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 56,8 mingga yaqin qoramol (shu jumladan, 33,1 mingdan ziyod sigir), 86,7 mingga yaqin qoʻy va echki, 38 mingga yaqin parranda, 853 yilqi boqiladi (2003).

Tumanda 85 umumiy taʼlim maktabi (44 mingga yaqin oʻquvchi), shu jumladan, 1 litsey (245 oʻquvchi), bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 4 kasb-hunar kolleji (2000 dan ziyod oʻquvchi), 23 klub muassasasi, 35 kutubxona, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi, madaniyat saroyi ishlab turibdi (2004).

Xatirchi tumanida markaziy stadion, bir qancha sport inshootlari, sport maydonlari va sport zallari faoliyat koʻrsatadi.

Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 244 vrach xizmat qiladi. Oltinsoy sanatoriysi mavjud. Tuman markazi bilan Navoiy shahri oʻrtasida avtobus qatnaydi. "Xatirchi hayoti" tuman gaz. (avvalgi "Yangi Hayot") 1998 yildan nashr qilinadi (adadi 7300 ga yaqin).

Joylashuvi

Xatirchi tumani shimoldan va shimoliy gʻarbdan viloyatning Nurota, gʻarbdan Navbahor tumanlari bilan, janubdan Zarafshon daryosi orqali Samarqand viloyatining Paxtachi va Narpay tumanlari, janubi sharq va sharqdan Kattaqoʻrgʻon, hamda shimoli-sharqdan Qoʻshrabod tumanlari bilan chegaradosh. Tumanning yer maydoni 1382 kv.km, aholisi 151 000 kishi.[1]

Tuman tarixi

Tuman 1926-yil 29-sentabrda Oʻzbekistondagi boshqa 79 ta tuman qatori rasman tashkil topgan. Ungacha Xatirchi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarkibidagi viloyat (1920-21 yil), 1922-24-yillarda esa Karmana viloyatida uzed, 1925-26-yillarda Karmana uezdining volosti boʻlib kelgan.

1927-30-yillarda Zarafshon okrugida rayon, 1938-yilgacha esa respublikaga boʻysunuvchi rayon, 1938-yilda yangidan viloyatlar(oblast) tuzilgach, 1982-yil 20-aprelgacha Samarqand viloyatining, soʻngra 1989-yil sentabr oyiga qadar yangi tashkil etilgan Navoiy viloyati tarkibida boʻldi. 1989-yilda Navoiy viloyati tarqatib yuborilgach, yana Samarqand viloyatiga qoʻshildi. 1992-yildan boshlab, qayta tashkil qilingan yangi Navoiy viloyatining tumani hisoblanadi.

Xatirchidan atoqli xalq baxshisi Poʻlkan shoirning nabirasi, hassos shoir Amirqul Poʻlkan[2] va taniqli qomuschi olim, adabiyotshunos Gʻaybulla Salomovlar yetishib chiqqan.

Manbalar

Havolalar