Fizika: Versiyalar orasidagi farq

Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
17 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
1926 yilda E.Fermi va P.Dirak Pauli prinsipiga boʻysunadigan, spinlari 1/2 ga teng boʻlgan, bir xildagi zarralar tizimi uchun FermiDirak statistikasinn kashf qildilar.
 
1928 yilda Ya. Frenkel va V. Geyzenberg ferromagnetizm asosida kvantli almashinishdagi oʻzaro taʼsirlar hal qiluvchi ekanligini koʻrsatdilar. 1932 — 33 yillarda fransuz fizigi L.Neyel va Ya.Landaular antiferromagnitizm mavjud ekanligini oldindan bashorat qildilar. X. KamerlingOnnes tomonidan simob, qalay va baʼzi elementlarning oʻta oʻtkazuvchanligining hamda Kapitsa tomonidan geliyII ning geliyIIning, oʻta oquvchanlikttg ochilishi kvant statistikasida yangi yoʻnalishlarning vujudga kelishiga olib keldi. 1950 yilga kelib L. Landau va V.Ginzburg oʻta oʻtkazuvchanlikning batafsil nazariyasini ishlab chikdilar.
 
1916 yilda A. Eynshteyn yaratgan majburiy nurlanishning kvant nazariyasi asosida 50-yillarga kelib yangi kvant elektronikasi rivoj topdi. N. Basov va A. Proxorov (ulardan mustaqil tarzda amerikalik olim U. Tauns) yaratgan mazerda elektromagnit toʻlqinlarni hosil qilish va kuchaytirishni amalga oshirdilar. Bu 60-yillarda yorugʻlikning kvant generatori — lazerning yaratilishiga olib keldi.
Atom yadrosi fizikasi rivoji bilan bir vaqtda elementar zarralar fizikasi xam rivojlandi. Birinchi muhim yutuqlar kosmik nurlarni tadqiq qilish bilan bogʻliqdir. Myuonlar, pmezonlar, Kmezonlar, giperonlar kabi zarralar topildi. Yuqori energiyali zaryadli zarralar tezlatkichlari yaratilishi bilan elementar zarralar, ularning xususiyatlari va oʻzaro taʼsirlari rejali tadqiq qilina boshladi. Tajribalarda ikki xil neytrinolar va boshqa koʻplab elementar zarralar ochildi.
 
Fizika tekshiradigan hodisalarni miqdoriy tahlil qilishda matematikadan keng foydalanadi. Hodisalarning utishi va ularning tabiatidagi murakkablikka qarab qoʻllaniladigan mat. usullari ham murakkablashadi. Hozirgi davrda elementar matematika, differensial, integral hisoblar, analitik geometriya, oddiy differensial tenglamalar bngina cheklanib qolish mumkin emas. Mas, maydon nazariyasida tenzorlar, operatorlar kabi tushunchalardan keng foydalaniladi. Fizikaning rivojlanishi hamma vaqt boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib kelgan. Fizikaning rivojlanishi boshka tabiiy fanlarning rivojlanishiga va koʻpgina hollarda yangi fanlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Mas, fiziklar tomonidan mikroskopning ixtiro etilishi kimyo, biologiya, zoologiya fanlarining keng koʻlamda rivojlanishiga sabab boʻldi. Teleskopning yaratilishi, spektral analiz qonunlarining kashf etilishi astronomiya fanining rivojlanishini jadallashtirdi. Elektromagnit induksiya hodisasining kashf etilishi va radioning ixtiro etilishi elektronika va radiotexnika fanlarining vujudga kelishiga olib keldi. Juda koʻp sohalar borki, ularni fizika boshqa fanlar bilan birgalikda oʻrganadi. Shu tariqa kimyoviy fizika, biofizika, astrofizika, geofizika va boshqa fanlar vujudga kelgan. Fizikada yaratilgan kashfiyotlar texnikannnt turli sohalari rivojlanishiga, provardida sanoat va xalq xoʻjaligining jadal rivojlanishiga olib kelgan. Kundalik qayotda ishlatilayotgan elektr yoritkich asboblari, radiopriyomniklar, televizorlar, zavod va fabrikalardagi turli xil stanoklar, zamonaviy elektron hisoblash mashinalari, samolyotlar va boshqalar fizikadagi yaratilgan kashfiyotlarning natijasidir. Oʻz navbatida, texnika fanlarining erishgan yutuqlari fizikaning yanada rivojlanishiga sababchi boʻlgan. Texnikaning , umuman xalq xoʻjaligining rivojlanib borishida uzluksiz ravishsa vujudga keluvchi fizik muammolarni hal etib borishga toʻgʻri keldi. Bu esa texnika fanlarining hamma vaqt fizika bilan xamkorlikda ish olib borishini taqozo etadi. Oʻzbekistonda yadro fizikasi, fizik elektronika, qattiq jismlar fizikasi, yuqori energiyali va kosmik nurlar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, akustooptika, akustoelektronika, lazerlar fizikasi, geliofizika, geliotexnika va boshqa fizika sohalarida muhim yutuqlarga erishildi.
 
Hozir Oʻzbekiston FAFanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, Fizikatexnika instituti, S.A.Azimov nomidagi "Fizika—Quyosh" IICHB, U. O. Orifov nomidagi Elektronika in-tiinstituti kabi oʻnlab ilmiy muassasalar, Toshkent milliy universiteti, Samarkand universiteti, Toshkent texnika universiteti va respublikadagi qariyb barcha oliy oʻquv yurtlarida ham fizika fanining turli muammmolariga oid ishlar olib borilmokda. Mamlakatda fizika fanini rivojlantirishda.<ref>U.O.Orifov, S.A.Azimov, SV.Starodubsev, S.U.Umarov, Gʻ.Yo.Umarov, R.B.Bekjonov, M.S.Saidov, U.Gʻ.Gʻulomov, P.Q.Habibullayev, Q. Gʻ.Gʻulomov, FizikaRasulov, N.Y.Toʻrayev, M.M.Musaxonov, B.S. Yoʻldoshev, A.K.. Otaxoʻjayev, R.A. Moʻminov, A.T. Mamadalimov, T.M. Moʻminov, M.S. Yunusov, N. Toʻrayev, A. Noʻʼmonxoʻjayev, M. Rasulova va boshqalarning xizmatlari katta "{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20F%20harfi.pdf F-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyot ==

Navigatsiya