Nabi Gʻaniyev: Versiyalar orasidagi farq

Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3))
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
'''Gʻaniyev Nabi''' (1904 - Toshkent -1953.29.10) — kinorej., oʻzbek kinosining asoschilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Moskvadagi Oliy davlat badiiy-texnik ustaxonasining rabfakida oʻqigan (1921—25). 1925 yil Toshkentda kinostu-diya ishga tushirilgach, Gʻ. Toshkentga qaytadi va umrining oxirigacha shu kinostudiyada ishlaydi. Atrofiga iqtidorli yoshlarni toʻplab, ularga kino haqida koʻproq maʼlumot berish maqsadida "Kinoaktyor" va "Kinosse-nariy" kitoblarini yozadi, "Oʻzbekiston kino doʻstlari" jamiyatini tuzadi, kinotexnikum (hozirgi Gʻ. nomida) ochilishida faollik koʻrsatadi. Avval aktyor, konsultant, rej.rejissyor yordamchisi boʻlgan, asosiy rej.likrejissyorlik faoliyatini 30-yillar boshlagan. Uning "Yuksalish", "Ramazon", "Yigit" filmlari oʻzbek badiiy kinosining shakllanishida muayyan bosqich yoʻlini oʻtadi.
 
Ikkinchi jahon urushi yillari Gʻ. "Biz yengamiz" filmi suratga olinishida qatnashdi va "Dovyurak doʻstlar" filmini yaratdi. Keyinchalik unga katta shuhrat keltirgan va oʻzbek kinosining durdonalaridan boʻlgan "Tohir va Zuhra" (1944), "Nasriddinning sarguzashtlari" (1947), "Fargʻona qizi" (1948) kabi filmlarni ekranlashtirdi.

Navigatsiya