Riga — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k (removed Category:Shaharlar using HotCat)
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Riga''' — Latviya Respublikasidagi shahar. Respublika poytaxti. Yirik industrial, ilmiy va madaniy markaz, temir yoʻl tuguni, dengiz porti. Daugava (Gʻarbiy Dvina) daryosi sohilida, uning Riga qoʻltpigʻita quyilish joyida. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi —4,5°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin miqdori — 649&nbsp;mm. Maydoni 307&nbsp;km. Aholisi 764 ming kishidan ziyod (2000). Olti shahar tumanidan iborat.
 
Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, R. 10—11-asrlarda vujudga kelgan. Shahar sifatida 1201 yilda tilga olingan. 13— 16-asrlarda Riga arxiyepiskopligiga boʻysundirilgan. 14-asr boshida Ganzatarkibiga kirgan. 1561 yilgacha Livon ordeni tarkibida. 1561 yildan erkin shahar, savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. 1581 yilda Rech Pospolita xukmronligi ostiga oʻtgan. 1621 y.yil shvedlar tomonidan bosib olingan. R.ni Shimoliy urush davrida 1710 y.yil 14 iyulda rus qoʻshinlari egallagan. 1714 yildan Riga, 1796 yildan Liflyandiya gubernyasining markazi. 18-asr oxirida R. Rossiyaning eng yirik porti va savdo markazi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yirik sanoat markazlaridan biri. R. 1919 yildan Latviya Respublikasi poytaxti, 1940—90 yillarda Latviya SSR poytaxti, 1990 y.yil maydan yana Latviya Respublikasi poytaxti.
 
Mashinasozlik va metallsozlik, shu jumladan, elektrotexnika va radioelektronika, kimyo, kimyofarmatsevtika, yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari bor. Parfyumeriyakosmetika zdizavodi faoliyat koʻrsatadi, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
 
R. — baliqsanoatining yirik markazi. Konservakulinariya va sardina zdlarizavodlari, baliqchilik portida tral va refrijerator floti bazalari ishlab turibdi. R. porti muqim ahamiyatga ega. Daugavada kemalar katnaydi. 2 aeroport bor.
 
Shahar eski va yangi qismlarga boʻlinadi. Eski R. hududida oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklaridan Dom cherkovi (13-asr), Yekaba (13-asr), Yan (manbalarda dastlab 1297 yilda tilga olingan) va Peter (13—15-asr boshlari) cherkovlari, Orden qasri (14—19-asrlar), 15—18-asrlar turar joylari, Birodarlik kabristoni memorial majmui (1924—36 yillar) va boshqa saqlanib qolgan. R.da 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Latviya un-tiuniversiteti, Riga texnika un-tiuniversiteti, konservatoriya), Riga BABadiiyot akadimyasi (Yevropada eng koʻhna akademiyalardan), 21 muzey (shu jumladan, Latviya tarixi muzeyi, Shahar tarixi va dengiz sayyoxligi muzeyi, Tabiat muzeyi, Adabiyot va sanʼat tarixi muzeyi, Badiiy muzey, Etnografiya muzeyi va boshqalar), 9 teatr (shu jumladan, Latviya Milliy operasi teatri), filarmoniya, sirk, telemarkaz, kinostudiya bor. Shahar markazida 2004 y. apr.daaprelda Mirzo Ulugʻbekka haykal oʻrnatilgan. R. yaqinida Yurmala kurorti faoliyat koʻrsatadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 

Navigatsiya