Abdulaziz Komilov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 53: Qator 53:
[[Turkum:Oʻzbekistonning AQShdagi elchilari]]
[[Turkum:Oʻzbekistonning AQShdagi elchilari]]
[[Turkum:Oʻzbekistonning Kanadadagi elchilari]]
[[Turkum:Oʻzbekistonning Kanadadagi elchilari]]
[[Turkum:Oʻzbekistonning Braziliyadagi elchilari]]


{{Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi}}
{{Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi}}

5-Sentyabr 2018, 06:07 dagi koʻrinishi

Abdulaziz Hafizovich Komilov
Абдулазиз Ҳафизович Комилов
Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2012-yil 13-yanvar
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Elyor Gʻaniyev
Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1994-yil 11-sentabr – 2003-yil 14-martgacha
Prezident Islom Karimov
Vorisi Sodiq Safoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-noyabr 1947-yil (1947-11-16) (76 yosh)
Yangiyoʻl, Oʻzbek SSR
Bolalari Doniyor Komilov
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni Andoza:Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni

Abdulaziz Hafizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 2012-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.[1] 1994-2003-yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan.

Hayoti

Abdulaziz Komilov 1947-yil Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. 1972-yil SSRI Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini bitirgan. 1978-80-yillarda SSRI Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik boʻlimida oʻqigan. Komilov tarix fanlari nomzodidir.

Siyosiy karyerasi

Komilov 1973-1976-yillar Sovet Ittifoqining Livandagi elchixonasida attashe oʻlaroq ishlagan. 1980-1984-yillarda Sovet Ittifoqining Suriyadagi elchixonasida ikkinchi kotib sifatida ishlagan. 1984-1988-yillarda esa Oʻzbek SSR Tashqi ishlar vazirligining Yaqish Sharq ishlari boʻlimida ishlagan.

1988-1991 yillarda SSRI Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodi hamda tashqi ishlar boʻlimida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi oʻlaroq faoliyat yurtigan. 1992-1994-yillarda Oʻzbekiston milliy xavfsizlik vaziri oʻrinbosari oʻlaroq ishlagan.

1994-yil Komilov Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 1998-2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori. 2003-yil Komilov oʻrniga Sodiq Safoyev tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. Buning ortidan Komilov Oʻzbekiston prezidentiga tashqi ishlar boʻyicha maslahatchi oʻlaroq ishlay boshlagan.

2003-yil Komilov Oʻzbekistonning AQSh hamda Kanadadagi elchisi etib tayinlangan. 2008-yil Komilov mamlakatnign Braziliyadagi elchisi sifatida ham ishlay boshlagan. 2010-yil tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlay boshlagan. 2012-yilga kelib tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.

Mukofotlari

Komilov Fidokorona xizmatlari uchun ordeni[2], „Mehnat shuhrati“, „Doʻstlik“, „Oʻzbekiston belgisi“ va „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Oilasi

Komilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidovaga uylangan. O'gli - Doniyor[3].

Manbalar