Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 63: Qator 63:
|title_leader = [[Moldaviya Kommunistik partiyasi|Birinchi kotib]]
|title_leader = [[Moldaviya Kommunistik partiyasi|Birinchi kotib]]
|title_deputy = [[Moldaviya prezidenti|Davlat boshchisi]]
|title_deputy = [[Moldaviya prezidenti|Davlat boshchisi]]
|hukmdor5 = [[Mircea Snegur]]
|hukmdor6 = [[Mircea Snegur]]
|hukmdor6_yili = 1989–1991
|hukmdor6_yili = 1989–1991
}}
}}

3-Sentyabr 2018, 07:35 dagi koʻrinishi

Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi
Молдавская Советская Социалистическая Республика
Republica Sovietică Socialistă Moldovenească/
Република Советикэ Сочиалистэ Молдовеняскэ

Sovet Ittifoqi respublikasi
(1940–1991)

 

1940 — 1991



 

Bayroq Gerb
Shiori
Пролетарь дин тоатe цэриле, уници-вэ! (Moldavancha)
Proletari din toate țările, uniți-vă! (transliteratsiya)
„Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“
Madhiya
Молдова ку доинэ стрэбунэ пэ плаюрь
(Moldova cu Doine străbune pe Plaiuri)
„Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“
(1945–80)

Молдова Советикэ
(Moldova Sovietică)

„Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“
(1980–91)
Fayl:Anthem of the Moldavian Soviet Socialist Republic (vocal).ogg

Moldaviya SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
Poytaxti Kishinyov
Yirik shaharlari 2-avgust
Til(lar)i Rasmiy tillar:
Moldavana
 • Rusb
Ozchiliklar tillari:
Gagauz • Ukrain
Dini Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1940–1953)
Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1953–1990)
Unitar yarim prezidentlik respublika (1990–1991)
Pul birligi Tuzilgan
Boshqaruv shakli 1940-yil
Sulola XX asr
 - 1941–1942 Piotr Borodin
 - 1991 Grigore Eremei
 - 1990–1991 Tihon Konstantinov
 - {{{hukmdor5_yili}}} Petru Pascari
 - 1989–1991 Mircea Snegur
Tarix
 -  23-iyun 1990-yil Suverenitet eʼlon qilingan
 -  2-sentabr 1990-yil Pridnestrovye mustaqilligi
 -  Avgust toʻntarish urinishi Gagauzia mustaqilligi
 -  27-avgust 1991-yil Mustaqillik eʼlon qilingan

Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi yoki Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi, Moldaviya SSR yoki Moldova SSR (rumincha: Republica Sovietică Socialistă Moldovenească; mold.: Република Советикэ Сочиалистэ Молдовеняскэ; ruscha: Молда́вская Сове́тская Социалисти́ческая Респу́блика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Sovet davrida chop etilgan oʻzbekcha manbalarda mamlakat nomi Moldaviya SSR deb yuritiladi.[1] Ayrim manbalarda esa Sovet Moldaviyasi deb berilgan.

Moldaviya SSR 1940-yilning 2-avgustida oʻsha yilning 28-iyunida Ruminiyadan anneksiya qilib olingan Bessarabiyaning ayrim hududlari hamda Ukraina SSR tarkibidagi Moldaviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining ayrim hududlarini birlashtirib tuzilgan.

Moldaviya SSR poytaxti Kishinyov shahri boʻlgan. Respublika 40 rayonga boʻlingan, 21 shahar, 47 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.

1990-yilning 23-iyunida Moldaviya SSR suverenitet deklaratsiyasini eʼlon qildi va Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 23-mayida oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va Moldova Respublikasi deb qayta nomlandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 26-dekabrda rasman tan oldi.

Tarixi

Ruminiya va Moldaviya SSRlari. 1940-yil sentabr.

Moldaviyada sinfiy jamiyat 9–11-asrlarda paydo boʻlgan. 12–14-asrlarda turli qabila ittifoqlari va davlat uyushmalari (skiflar, gotlar, hunnlar, Qadimiy rus davlati, Oltin Oʻrda va boshqalar) sistemasida, 14-asrda voloxlarning sharqiy slavyanlar bilan aloqasi natijasida moldavan elati tashkil topgan. 1359-yildan mustaqil Moldaviya knyazligi hukm sura boshlagan. 16–18-asrlarda Usmonli turk imperiyasi qoʻl ostida boʻlgan, turklar zulmiga qarshi ozodlik harakatlari boshlangan.

18-asr oxiriga kelib Rossiya Dnestr davlatidan chap tomondagi yerlarni, 1812-yili esa Bessarabiyani qoʻshib olgan. Sovet hokimiyati 1917-yil (dekabr) – 1918-yil (yanvar)da oʻrnatilgan. 1918-yil yanvar-martida Ruminiya Bessarabiyani bosib olgan.

1924-yil 12-oktabrda Ukraina SSR tarkibida Moldaviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etilgan. 1940-yil 28-iyunda Sovet Ittifoqi Bessarabini qaytarib olgan. 1940-yil 2-avgustda Moldaviya SSR tashkil topgan. Oʻsha yili Moldaviya Kommunistlar Partiyasi tuzilgan. 1941-yilda Moldaviya gitlerchi-fashist qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan. 1944-yil avgustda Qizil armiya fashistlarni siqib chiqargan.

1990-yilning 23-iyunida Moldaviya SSR suverenitet deklaratsiyasini eʼlon qildi va Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 23-mayida Moldova Respublikasi deb qayta nomlandi. Oʻsha yili 27-avgust kuni oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 26-dekabrda rasman tan oldi.

Manbalar

  1. "Moldaviya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 531. 5-89890-002-0. 

Havolalar