Umarali Normatov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Automated text replacement (-o' +o` & -O' +O` & -g' +g` & -G' +G`)
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Changing Category:O`zbekiston: Shoir va Yozuvchilar
Qator 19: Qator 19:
Sharafiddinov O. Go`zallik izlab. T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1985, 198-208 sahifalar.
Sharafiddinov O. Go`zallik izlab. T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1985, 198-208 sahifalar.


{{wikify}}[[Category:O`zbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]
{{wikify}}
[[Category:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]

11-Avgust 2006, 17:13 dagi koʻrinishi

Umarali Normatov Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Farg`ona viloyatining Rapqon qishlog`ida tug`ilgan. O`rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu O`zMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952-1957), aspiranturasida ta'lim olgan (1959-1962).

1962 yildan hozirgi kungacha o`zbek adabiyoti kafedrasida katta o`qituvchi, dotsent, professor, mudir bo`lib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957 yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi o`zbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yo`naltirilgan.

U 1962 yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978 yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. “Nasrimiz ufqlari” (1974), “Yetuklik” (1982), “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy bog`i” (1996), “Umidbaxsh tamoyillar” (2000) singari asarlarida yangi o`zbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. U. Normatov “O`zbekiston fan arbobi” (1981), O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989).


Asarlari: Normatov U. Janr imkoniyatlari. T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1970. Normatov U. Yetuklik. T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1982. Normatov U. Qodiriy bog`i. T.: “Yozuvchi”, 1996. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. T.: “Ma'naviyat”, 2000.


Adabiyotlar: Yoqubov O. Tanqidchining kamoli. “Sharq yulduzi” jurnali, 1981, 1-son. Sharafiddinov O. Go`zallik izlab. T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1985, 198-208 sahifalar.