Din: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1: Qator 1:
[[Tasvir:Religious syms.png|thumb|224px|Diniy ramzlar, chapdan o‘ngga: <br />1-qator. [[Xristianlik|Xristian]], [[Yahudiylik|yahudiy]], [[Hinduiylik|hinduiy]] <br /> 2-qator. [[Islom]]iy, [[Buddizm|buddist]], [[Sintoizm|sintoiy]] </br /> 3-qator. [[Sikhizm|Sikhiy]], [[Bahoiylik|bahoiy]], [[Jainizm|jainiy]] ]]
[[Tasvir:Religious syms.png|thumb|224px|Diniy ramzlar, chapdan o‘ngga: <br />1-qator. [[Xristianlik|Xristian]], [[Yahudiylik|yahudiy]], [[Hinduiylik|hinduiy]] <br /> 2-qator. [[Islom]]iy, [[Buddizm|buddist]], [[Sintoizm|sintoiy]] </br /> 3-qator. [[Sikhizm|Sikhiy]], [[Bahoiylik|bahoiy]], [[Jainizm|jainiy]] ]]
'''Din''' jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy [[muqaddas yozuvlar|yozuvlar]], [[mifologiya]] va [[rituallar]]ga qat’iy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar to‘plamidir; shuningdek, shaxsiy [[e’tiqod]] hamda [[mistika|mistik kechinmalardan]] iborat bo‘lishi ham mumkin. "Din" atamasi ham jamoat e’tiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qo‘llanadi.
'''Religión''' jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy [[muqaddas yozuvlar|yozuvlar]], [[mifologiya]] va [[rituallar]]ga qat’iy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar to‘plamidir; shuningdek, shaxsiy [[e’tiqod]] hamda [[mistika|mistik kechinmalardan]] iborat bo‘lishi ham mumkin. "Din" atamasi ham jamoat e’tiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qo‘llanadi.


<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->

12-Avgust 2018, 18:06 dagi koʻrinishi

Diniy ramzlar, chapdan o‘ngga:
1-qator. Xristian, yahudiy, hinduiy
2-qator. Islomiy, buddist, sintoiy
3-qator. Sikhiy, bahoiy, jainiy

Religión jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qat’iy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar to‘plamidir; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat bo‘lishi ham mumkin. "Din" atamasi ham jamoat e’tiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qo‘llanadi.

Religión (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. D. muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. D.ning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, D. — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.

D. dunyo, celoveq, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan D. kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy D.ga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. D.ga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin. 18-asr fransuz faylasuflarining D.ga boʻlgan oʻziga xos yondashuvlari, 19-asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va V. Grim, M. Myuller), antropologik maktab (L. Feyerbax) va b. turli yoʻnalishlar paydo boʻlgan boʻlsa, 20-asrda D.ni tadqiq qilish yuzasidan yana boshqacha qarash va nazariyalar (K. Yung , E. Dyurkxeym) vujudga keldi.

D.ning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman ol ganda D. — ishonmoqlik tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq D.siz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. D. insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida D. turli shakllarda namoyon boʻlgan. D.ning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila D.lari, milliy D.lar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon D.lari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. D. avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir D. diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda D. maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir D. dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saklashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. D.lar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. D. insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi (qarang Axloq). Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi.

D. insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi boʻlib kelgan. Unga turli davrda turlicha munosabatda boʻlingan. D.ni jamiyatning hukmron kuchlari davlat siyosati darajasiga koʻtargan yoki D. hamda dindorlarni ayovsiz taʼqib ostiga olgan hollar tarixda koʻp uchraydi. Yaqin oʻtmishda — shoʻrolar davrida D.ni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati olib borildi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, D. madaniy-maʼnaviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va D.ga toʻla erkinlik berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekistan aholisining asosiy qismi islom diniga, yevropalik aholi xristianlikning pravoslaviye mazhabiga eʼtiqod qiladi. Ular bilan bir qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab (jami 15 dan ortiq konfessiya) vakillari yashaydi. Ular vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiyijtimoiy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida faoliyat yuritmoqdalar.

Oʻzbekiston dunyoviy davlat boʻlib, D. davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1998) bayon etilgan. Oʻzbekistonda D. va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr bilan yonma-yon rivojlanib kelmoqda.

Shoista Shoabdurahimova, Muhammadjon Qodirov.[1]


Barcha patriarxal dinlar bir g‘oyani ilgari surishadi: olam va odamlarni ikkiga, biri muqaddas, boshqasi kufr bo‘lgan qismlarga bo‘lish. Din odatda hech kim tomonidan kuzatilmaydigan va aniqlanmaydigan, g‘ayritabiiy, muqaddas, eng yuqori shaxs yoki mavjudotga fokuslangan o‘zak e’tiqod ustiga qurilgan ijtimoiy tizim, deb ham ta’riflanadi. An’analar, qadriyatlar, institutlar, rituallar va diniy matnlar o‘zak e’tiqod bilan bog‘liq ko‘riladi, va bulardan ba’zilari sekyular falsafa bilan mos tushmasligi mumkin. Dinni shuningdek "turmush tarzi" ham deyishadi.

Dinlarning kelib chiqishi turli madaniyatlarda turlicha kechgan. Ayrim dinlar ijtimoiy tartibni belgilab kelgan bo‘lsa, boshqalari insonning ichki kechinmalari va ruhiyatini tartibga solishni ko‘zlaydi. "Din" so‘zini ba’zi hollarda "e’tiqod" ma’nosida ham qo‘llashadi, lekin bu doim o‘rinli emas, zero e’tiqod shaxsiy ishonchdan iboratdir, aslo ijtimoiy tizim emas.

Asketizm

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil